Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining
buyrugʻi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SAMOVIY HUDUDIDA “FUQARO VA EKSPERIMENTAL AVIATSIYASINING PARVOZ QILISh QOIDALARI” (OʻZR AQ-91)GA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 24-noyabrda 1723-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni IKAO standartlari va tavsiyalarini inobatga olgan holda takomillashtirish maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2007-yil 12-sentabrdagi 141-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida “Fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish qoidalari” (OʻzR AQ-91) ga (roʻyxat raqami 1723, 2007-y. 29-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 41-42-son, 420-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Boshliq T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 9-noyabr,
118-son
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 9-noyabrdagi 118-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida “Fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish qoidalari” (OʻzR AQ-91) ga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 126-bandda:
“b” kichik banddagi “350” raqami “300” raqami bilan almashtirilsin;
“v” va “g” kichik bandlardagi “200” raqami “175” raqami bilan almashtirilsin.
2. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi gidrometeorologik xizmati Markazi va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri K. BERDIYEV
2009-yil 9-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi gidrometeorologik xizmati Markazi V. ChUB
2009-yil 9-noyabr
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasining Bosh direktori V. TYAN
2009-yil 9-noyabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 48-son, 519-modda)