Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining
Qarori
“DAVLAT AKTIVLARINI NOMINAL BAHOSIDAN PAST NARXDA SOTISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA”GI QAROR HAMDA UNGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALARNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 11-noyabrda 1255-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli “Davlat aktivlarini sotish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 6-son, 51-modda) Qarorining 4-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligining 2003-yil 16-iyuldagi 01/06-6, 79, 8-sonli “Davlat aktivlarini nominal bahosidan past narxda sotish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1255, 2003-yil 16-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 13-14-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligining 2003-yil 16-iyuldagi 01/06-9, 120, 14-sonli “Davlat aktivlarini nominal bahosidan past narxda sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1255-1, 2003-yil 1-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 21-22-son).
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 2-noyabr,
01/23-18/23-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 2-noyabr,
101-son
Iqtisodiyot vaziri S. BEKENOV
Toshkent sh.,
2009-yil 2-noyabr,
86-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 46-son, 505-modda)