Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining
Qarori
“XORIJIY INVESTORLAR XARID QILADIGAN AKSIYALAR PAKETLARI VA OBYEKTLAR UChUN HAQ TOʻLASh ShAKLLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA”GI QAROR HAMDA UNGA OʻZGARTIRIShNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 11-noyabrda 1030-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli “Davlat aktivlarini sotish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 6-son, 51-modda) Qarorining 4-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1 Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2001-yil 29-martdagi 01/06-5-sonli “Xorijiy investorlar xarid qiladigan aksiyalar paketlari va obyektlar uchun haq toʻlash shakllari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1030, 2001-yil 1-may) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 9-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2001-yil 29-martdagi IU-01/116-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining “Xorijiy investorlar xarid qiladigan aksiyalar paketlari va obyektlar uchun haq toʻlash shakllari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1030-1, 2002-yil 4-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 21-son).
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 2-noyabr,
01/23-18/21-son
Kelishilgan:
Moliya vaziri R. AZIMOV
2009-yil 2-noyabr
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
2009-yil 2-noyabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 46-son, 504-modda)