28.10.2009 yildagi PQ-1213-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.10.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2010-YILGI INVESTITSIYA DASTURI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyotda tarkibiy oʻzgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsiya faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni, eng avvalo toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni keng jalb etish va ulardan samarali foydalanish, yangi ish oʻrinlari yaratish va shu asosda Oʻzbekiston iqtisodiyotining barqaror va bir maromda rivojlanishini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi Investitsiya dasturi kapital qoʻyilmalarining asosiy parametrlari, shuningdek 2010-yilgi ijtimoiy soha obyektlarini foydalanishga topshirish prognozlari 1 va 2-ilovalarga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 2010-yilgi markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash fondining mablagʻlari hisobidan 2010-yilgi markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari 4-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan tashqari Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2010-yilgi markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari 5-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati bilan xorijiy kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan 2010-yilgi investitsiya loyihalarining aniq manzilli dasturi 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yilda amalga oshiriladigan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, amaldagilarni modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish boʻyicha yirik investitsiya loyihalarining yigʻma roʻyxati 7-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlarini jalb etgan holda 2010-yilda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining aniq manzilli dasturi 8-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan 2010-yilgi investitsiya loyihalarining aniq manzilli dasturi 9-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zona hududida amalga oshiriladigan 2010-yilgi investitsiya loyihalarining aniq manzilli dasturi 10-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yilda ishlab chiqilishi lozim boʻlgan istiqbolli investitsiya takliflarining yigʻma roʻyxati 11-ilovaga* muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar berilmaydi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, buyurtmachi vazirliklar va idoralar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn kun muddatda Davlat budjeti, budjetdan tashqari Respublika yoʻl jamgʻarmasi, Maktab taʼlimi jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha 2010-yilgi qurilishlarning dastlabki aniq manzilli roʻyxatini kelishib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligiga taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan birgalikda 2010-yilda qurilishi yangidan boshlanadigan, Davlat budjeti va budjetdan tashqari Respublika yoʻl jamgʻarmasi, Maktab taʼlimi jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha tanlov savdolarini oʻtkazishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov savdolarining natijalari tasdiqlangandan soʻng oʻn kun muddatda yangidan boshlanadigan obyektlar boʻyicha pudrat shartnomalari tuzilishini taʼminlasin va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda uning mahalliy organlariga, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi banklarga moliyalashni ochish maqsadida taqdim qilish uchun qurilishlarning titul roʻyxatlarini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yilning 15-noyabrigacha Davlat budjeti, budjetdan tashqari Respublika yoʻl jamgʻarmasi va Maktab taʼlimi jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha 2010-yilgi qurilishlarning uzil-kesil aniq manzilli roʻyxatini kelishib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligiga taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yilning 10-dekabrigacha korxonalarning shaxsiy mablagʻlari, xorijiy investitsiyalar va kreditlar, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, tijorat banklarining kreditlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha 2010-yilgi loyihalarni amalga oshirishning belgilangan tartibda tasdiqlangan tarmoqli jadvallarini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga Moliya vazirligi bilan birgalikda oʻtkazilgan tanlov savdolari hamda ayrim qurilishlar va obyektlar boʻyicha mablagʻlarni amalda oʻzlashtirish natijalariga koʻra tasdiqlangan limitlar doirasida buyurtmachilar qurilishlarining aniq manzilli roʻyxatiga oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirliklar va idoralar — xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarning qarz mablagʻlarini jalb etgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining buyurtmachilari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda vakil banklar bilan birgalikda qarz bitimlari 2009-yilning 15-dekabrigacha kuchga kirishi boʻyicha chora-tadbirlarni yakuniga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, 11-ilovaga kiritilgan investitsiya loyihalarining tashabbuskorlari bilan birgalikda ularni amalga oshirish maqsadida batafsil ishlab chiqilishini taʼminlasin hamda mazkur masala boʻyicha har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etib tursin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishilgan holda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi Investitsiya dasturiga kirmay qolgan loyihalarni oʻz ichiga oladigan mintaqaviy investitsiya dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda mintaqaviy investitsiya dasturlarining amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi axborotni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga taqdim etib tursin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi loyiha va qurilish-montaj ishlarining sifati hamda investitsiya loyihalari amalga oshiriladigan butun davr mobaynida markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishi muddatlari va shartnoma majburiyatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib borilayotgan ishlarning natijalari toʻgʻrisida har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berib turilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda markazlashtirilgan manbalar hisobidan amalga oshiriladigan kapital qurilishda narxlarning shakllantirilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda har oy yakunlari boʻyicha 2010-yilgi Investitsiya dasturi bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi majlislarida muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 28-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1213-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 10-son, 403-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda)