Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAMDA BAʼZILARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING IJRO ETUVChI TUZILMASIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA” 2009 YIL 27 OKTYABRDAGI PQ-1211-SON QARORI)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 27-oktabrdagi PQ-1211-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 10-noyabr,
293-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 10-noyabrdagi 293-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Muruvvat yordamidan va begʻaraz texnik koʻmakdan maqsadli foydalanilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 26-iyuldagi 268-son qarorining 2-bandi ikkinchi xatboshidagi “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi” soʻzlari “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-apreldagi 180-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 44-modda) bilan tasdiqlangan Respublika baynalmilal madaniyat markazi toʻgʻrisidagi Nizomning 10-bandidagi “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi” soʻzlari “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-martdagi 135-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 31-modda) “Kinovideomahsulotlarni ishlab chiqarish, koʻpaytirish, dublyaj qilish, sotish va ularning prokati boʻyicha faoliyat turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomning 16-bandi uchinchi xatboshidagi “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi” soʻzlari “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qarorida:
1-ilovada “Qosimov R.S. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri” soʻzlari “Aripov A.N. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-ilovada “Aripov A.N. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining bosh direktori” soʻzlari “Muxitdinov X.A. — Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining bosh direktori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
23 va 44-ilovalardan “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining bosh direktori” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-sentabrdagi 419-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 9-son, 91-modda) bilan tasdiqlangan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi Ustavining 10-bandi toʻqqizinchi xatboshidagi, 14-bandi ikkinchi xatboshidagi va 16-bandi oltinchi xatboshidagi “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi” soʻzlari “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining “Bosh vazirning oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri boshchilik qiladigan respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 4-noyabrdagi 519-son qarorida:
qarorning nomida va 1-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri” soʻzlari “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi rahbari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1, 2, 5, 6, 10 va 11-ilovalardagi “Qosimov R.S. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri” soʻzlari “Aripov A.N. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-ilovada:
“Qosimov R.S. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri” soʻzlari “Aripov A.N. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Aripov A.N. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari” soʻzlari “Muxitdinov X.A.” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining funksional boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2004-yil 2-dekabrdagi 564-son qarorida:
1, 3, 4 va 5-ilovalarda Apparat Rahbariga koʻrsatmalar “Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin;
4-ilovaning 6-bandi oltinchi xatboshidagi “Yuridik boʻlim” soʻzlari “Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 11-son, 61-modda) bilan tasdiqlangan Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi toʻgʻrisidagi Nizomning 2-bandi oltinchi xatboshidagi “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi” soʻzlari “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 63-modda) 8-bandining birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi (R.S.Qosimov)” soʻzlari “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi (A.N.Aripov)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 26-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 1-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Xoʻjalik birlashmalari va yirik sanoat korxonalarida ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish yigʻma parametrlarining 5 va 6-bandlari quyidagi mazmundagi 5-band bilan almashtirilsin.
|
5. |
Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi |
20,2 |
| 5.1. | Oʻzfarmsanoat” davlat konserni | 20,4 |
| 5.2. | Matbuot va axborot agentligi | 20,0 |
Keyingi tahrirga qarang.
11. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 19-iyundagi 173-son qarori bilan tasdiqlangan 2011-yil 1-yanvargacha xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlari joriy etiladigan korxonalar roʻyxatining VI, VII, VIII boʻlimlari quyidagi mazmundagi VI va VII boʻlimlar bilan almashtirilsin:
|
VI. Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi | |
|
“Oʻzfarmsanoat” DK | |
| 256 | “NOBEL-PHARMSANOAT” MChJ XK |
| 257 | “S.K.ISLOMBEKOV NOMLI O'ZKIMYOFARM” OAJ |
| 258 | “UZBIOPHARM” OAJ |
| 259 | “NOVOPHARMA PLUS” MChJ QK |
| 260 | “IMMUNOMED” XK |
| 261 | “NASA” XK |
| 262 | “NIKA PHARM” ShK |
|
“Dori-Darmon” AK | |
| 263 | “DORI-DARMON” AK |
| 264 | “DORI-DARMON GARANT” ShK |
| 265 | “DORI-DARMON INVEST” MChJ |
|
“Oʻzbekkino” milliy agentligi | |
| 266 | “OʼZBEKKINO” MILLIY AGENTLIGI |
| 267 | “OʼZBEKFILM” OAJ |
|
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi | |
| 268 | “TEZLATGICH” MChJ |
| 269 | “RADIOPREPARAT” DAVLAT KORXONASI |
|
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi | |
| 270 | “TOShKENT POChTAMTI”ning “OʻZBEKISTON POChTASI” OAJ FILIALI |
| 271 | “OʻZBEKTELEKOM” AKning “TOShKENT ShAHAR TELEFON TARMOGʻI” FILIALI |
| 272 | “OʻZBEKTELEKOM” AKning “TOShKENT TELEGRAF-TELEFON STANSIYASI” FILIALI |
| 273 | “OʼZBEKTELEKOM” OAJ |
|
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi | |
| 274 | “OʼZBEKISTON” DUK |
|
VII. Boshqalar | |
|
Oʻzbekiston Respublikasi Va�irlar Mahkamasi | |
| 275 | “SIFAT OʼZBEKISTON PAXTA TOLASINI SERTIFIKATLASH MARKAZI” DUK |
| 276 | “PATENT-PRESS” ShK |
|
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi | |
| 277 | “AMBASSADOR” DUK |
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 10-noyabrdagi 293-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadigan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Bosh vazirning oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri boshchilik qiladigan respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 4-noyabrdagi 519-son qaroriga 7-ilova.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining funksional boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2004-yil 2-dekabrdagi 564-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi va qarorga 2-ilova.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2008-yil 8-avgustdagi 174-son qarori 3-bandi ikkinchi xatboshi, shuningdek qarorga 1-ilova.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 46-son, 498-modda; 2012-y., 12-son, 130-modda, 36-son, 412-modda)