Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON SSJ HUDUDIDA SOTIShDAN OLINADIGAN SOLIQQA DOIR IMTIYOZLAR TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 27-fevraldagi PQ-1062-son qarori)” qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Chakana narxlar oshirilishi munosabati bilan aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 4-martdagi 47-son qarori bilan tasdiqlangan sotishdan soliq olish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida Nizomning 18-punktidagi “e” bandi qisman oʻzgartirilib, aholiga sotiladigan quyidagi mahsulotlarga besh foizli soliq solinmasin:
non va nonbulka mahsulotlari;
yorma, shu jumladan, guruch;
makaron mahsulotlari;
oʻsimlik moyi;
sut mahsulotlari, shu jumladan, mol yogʻi;
goʻsht mahsulotlari;
tuxum;
qand-shakar;
sintetik kir yuvish vositalari;
kir sovun va atir sovun;
bolalarning ovqatlanish mahsulotlari,
ip gazlamalar;
kalish;
bolalar uchun mollar;
3-kategoriyadagi umumiy ovqatlanish korxonalarining mahsulotlari;
choy, tuz, gugurt;
mahalliy binokorlik materiallari;
sement;
pishiq gʻisht, xom gʻisht;
toshqol, keramzit va beton bloklar;
ohakli, sementli va murakkab qorishmalar;
gips, shagʻal, ohak, qum.
(1-band Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 12-apreldagi 96-sonli qaroriga muvofiq 14 —22 xatboshi bilan toʻldirilgan).
2. OʻzSSJ Savdo vazirligi, Oʻzbekbirlashuv, OʻzSSJ Moliya vazirligi, Oʻzbekiston SSJ Davlat banki ushbu qarorning bajarilishini taʼminlasinlar.
Oʻzbekiston SSJ vitse-Prezidenti Sh. MIRSAIDOV
Toshkent sh.,
1991-yil 28-mart,
72-son