Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AVSTRIYA RESPUBLIKASI BILAN YaQIN ISTIQBOLDAGI HAMKORLIKNI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasining Avstriyaga 2008-yil 12-martdagi tashrifi davomida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Avstriya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi oʻrtasida erishilgan ahdlashuvlarni toʻliq koʻlamda va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Avstriya Respublikasi oʻrtasida yaqin istiqboldagi hamkorlikni yanada rivojlantirish tadbirlari rejasi (keyingi oʻrinlarda Tadbirlar rejasi deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar va idoralarning Tadbirlar rejasini bajarish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuklansin.
3. Vazirliklar va idoralar rahbarlari Tadbirlar rejasida nazarda tutilgan bandlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlasinlar, ularning amalga oshirilishi toʻgʻrisida har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 18-aprel,
72-son
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Avstriya Respublikasi oʻrtasida yaqin istiqboldagi hamkorlikni yanada rivojlantirish
tadbirlari rejasi
| T/r | Maqsad | Tadbirlar | Muddatlari | Bajaruvchilar |
| I. Siyosiy soha | ||||
| 1. | Siyosiy-diplomatik munosabatlarni faollashtirish | 1.1. Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi va Avstriya Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini oʻtkazish | 2009-yil | Tashqi ishlar vazirligi |
| II. Iqtisodiy munosabatlar sohasi | ||||
| 2. |
Savdo-iqtisodiy va investitsiya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish |
2.1. Venada Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Avstriya qoʻshma komissiyasining toʻrtinchi yigʻilishini oʻtkazish | 2008-yil iyul | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
| 2.2. Iqtisodiyot va mehnat federal vaziri boshchiligidagi Avstriya ishbilarmon doiralari delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish | 2008-yil II yarim yillik | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar | ||
| III. Madaniy-gumanitar hamkorlik | ||||
| 3. |
Turistik qoʻshma charter reyslar tashkil etish hamda Oʻzbekiston vakil-larini Avstriya oʻquv yurtlarida oʻqitish yoʻli bilan turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish | 3.1. Oʻzbekiston va Avstriya aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish, ikkala mamlakat oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri havo aloqasi oʻrnatish masalalarini oʻrganish, shuningdek turistik qoʻshma charter reyslar tashkil etish | 2008-2009-yillar | “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi |
| 3.2. Oʻzbekiston vakillarini Vena va Zalburg turizm va mehmonxona xoʻjaligi institutlarida oʻqitishni tashkil etish | 2008-2009-yillar | “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi | ||
Keyingi tahrirga qarang.