Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 07.04.2008 yildagi 63-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻZBEKINVEST” MILLIY EKSPORT-IMPORT SUGʻURTA KOMPANIYASINING MAʼMURIY BINOSINI REKONSTRUKSIYA QILIShNI TUGALLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekinvest” milliy eksport-import sugʻurta kompaniyasining maʼmuriy binosini rekonstruksiya qilishni oʻz vaqtida tugallash va foydalanishga topshirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq tender savdolari yakunlariga koʻra “Oʻzbekinvest” milliy eksport-import sugʻurta kompaniyasining Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 2-uyda joylashgan 14 qavatli maʼmuriy binosini (keyingi oʻrinlarda “obyekt” deb ataladi) rekonstruksiya qilish boʻyicha “12-trest” OAJ bosh pudratchi tashkilot etib belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekinvest” milliy eksport-import sugʻurta kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzbekinvest” kompaniyasi deb ataladi) tomonidan obyektni rekonstruksiya qilish boʻyicha buyurtmachi funksiyasi kompaniya taʼsis etgan “Oʻzbekinvest qurilish” unitar korxonasiga yuklanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektni rekonstruksiya qilish ishlari “Oʻzbekinvest” kompaniyasining oʻz mablagʻlari va jalb etilgan mablagʻlar hisobiga moliyalashtirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzbekinvest” kompaniyasiga va “12-trest” OAJga, istisno tariqasida, obyektni rekonstruksiya qilishni ishchi chizmalar boʻyicha, loyiha-smeta hujjatlarini loyihalashtirish bilan bir vaqtda amalga oshirishga ruxsat etilsin, loyiha-smeta hujjatlarini loyihalashtirish va tasdiqlash 2008-yil 1-avgustgacha tugallansin, shuningdek obyektni rekonstruksiya qilish uchun asbob-uskunalar, qurilish materiallari va mebel xarid qilish boʻyicha tanlov savdolari ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilarning tijorat takliflari asosida oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “12-trest” OAJ obyektni rekonstruksiya qilish davrida obyektni rekonstruksiya qilish maqsadida respublikaga chetdan keltiriladigan asbob-uskunalar, qurilish materiallari va mebel uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M.Xanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 7-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63-son