Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 11.06.2002 yildagi PF-3090-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjat 06.03.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATIDA KIChIK KORXONALARNI RIVOJLANTIRIShNI RAGʻBATLANTIRISh BORASIDAGI QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
(Farmon nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoni tahririda —Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida xususiy tadbirkorlikni, kichik biznesni, shuningdek xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish hamda ularni jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, ustav jamgʻarmasining miqdori kamida 200 mln soʻm boʻlgan hamda belgilangan boshqa shartlarga javob beradigan korxonalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida yangi barpo etiladigan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida xorijiy sarmoya ishtirokida yangi barpo etilayotgan va ustav jamgʻarmasi miqdori 200 mln soʻmdan kam boʻlgan korxonalar xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar jumlasiga kirmaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PF-5684-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, 2002-yilning 1-iyulidan to 2005-yilning 1-yanvariga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida roʻyxatga olinib, oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan kichik ishlab chiqarish korxonalari va mikrofirmalar soliq solish tizimidan qatʼi nazar, amaldagi stavkalarga nisbatan 50 foiz kamaytirilgan stavka boʻyicha soliq toʻlaydilar;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2002-yilning 1-iyulidan boshlab yuqorida koʻrsatib oʻtilgan soliq imtiyozlari berilishi tufayli respublika budjeti bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati budjetlari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarga tegishli oʻzgartishlar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Farmonning 1 va 2-bandlarida koʻzda tutilgan imtiyozlar tegishli ravishda belgilangan tartibda roʻyxatga olingan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida joylashgan va oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan ishlab chiqarish mikrofirmalariga, kichik korxonalarga, xorijiy investitsiyalar ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalargagina taalluqlidir.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun va normativ hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Farmon matbuotda eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 11-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-3090-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 6-7-son, 107-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda; 2017-y., 22-son, 411-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son)