Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASI KENGASHINING VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI KENGASHINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING INSON HUQUQLARI BOʻYICHA VAKILI (OMBUDSMAN) KOTIBIYATI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA” 2008-YIL 30-SENTABRDAGI 875-I/554-I-SON QOʻSHMA qARORI)
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 27-oktabr,
283-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 27-oktabrdagi 283-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi tartibini va Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik pasporti toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1995-yil 6-yanvardagi 8-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 1-son, 1-modda):
a) 3-ilovaning 2-roʻyxati beshinchi xatboshiga “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 4-ilovaga:
quyidagi mazmundagi 31-band qoʻshilsin:
| 31. | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va uning oʻrinbosari | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni |
quyidagi mazmundagi 51-band qoʻshilsin:
| 51. | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Kotibiyati mudiri va boshqa masʼul xodimlari | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) |
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 3-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Xodimlarning davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishlari, shuningdek, ularning jamiyat manfaatlariga doir harakatlarni amalga oshirishlari bilan bogʻliq kafolatli toʻlovlarni berish tartibining 1-bandiga:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) huzuridagi Konstitutsiyaviy huquqlarga va inson erkinligiga rioya qilish komissiyasi faoliyatida qatnashish”;
toʻrtinchi — yettinchi xatboshi tegishli ravishda beshinchi — sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-yanvardagi 24-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Xizmat turarjoylari olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar roʻyxatida:
a) 20-bandga “Senati” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Kotibiyatining” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 21-bandga “senatorlar” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va uning oʻrinbosari” soʻzlari qoʻshilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 44-son, 467-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 09/19/970/4113-son)