Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2009—2014-yillarda Oʻzbekiston milliy avtomagistralini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 22-apreldagi PQ-1103-son qaroriga muvofiq hamda Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab harakatlanish qatnashchilari uchun xalqaro standartlarga javob beradigan shart-sharoitlar yaratish, yangi ish oʻrinlari shakllantirish, shuningdek avtomagistral yonidagi yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda Oʻzbekiston milliy avtomagistrali yonidagi mavjud yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlari ularning shaharsozlik norma va qoidalariga muvofiqligi yuzasidan yalpi xatlovdan oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 21-dekabrdagi PQ-1446-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 512-modda)
Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlari qurish uchun yer uchastkalari ajratish boʻyicha Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarining joylashtirilishini koʻrib chiqish va kelishish boʻyicha Komissiya 3-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini joylashtirishda yagona shaharsozlik siyosati oʻtkazilishini taʼminlash;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarining joylashtirilishini kelishish;
obyektni joylashtirish uchun tanlanayotgan yer uchastkasining aholi punktlari va umuman mintaqa hududlarini qurishni rivojlantirish boʻyicha shaharsozlik hujjatlariga, shuningdek shaharsozlik, ekologiya, sanitariya, yongʻinga qarshi kurash va boshqa majburiy norma va qoidalarga muvofiqligini har tomonlama tahlil qilish;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Dasturga muvofiq Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning aniq manzilli roʻyxatlarini tasdiqlash;
Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini joylashtirishni kelishish yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq qarorlar qabul qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi, “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Yoʻl-loyiha byurosi” masʼuliyati cheklangan jamiyat loyihalash instituti Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda har yili 1-noyabrgacha boʻlgan muddatda Komissiyaga, Dasturning tasdiqlangan parametrlarini hisobga olgan holda, kelgusi yilda yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning aniq manzilli roʻyxatlari tasdiqlash uchun kiritilishini taʼminlasinlar.
Komissiya ushbu qaror bilan tasdiqlangan dasturning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoring oʻrnatsin va har chorakda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining hisobotlarini eshitib borsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, “Yoʻl-loyiha byurosi” masʼuliyati cheklangan jamiyat, “OʻzshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi, “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasi va “Qishloqqurilishloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyat loyihalash tashkilotlari buyurtmachilarning buyurtmanomalariga binoan yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlari loyihalarini tayyorlash boʻyicha asosiy bajaruvchilar hisoblanadilar, shuningdek ushbu obyektlar qurilishida arxitektura-rejalashtirish talablariga va belgilangan qurilish normalariga rioya etilishi yuzasidan zarur nazoratni taʼminlaydilar;
(5-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 90-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 18-19-son, 141-modda)
loyihalash tashkilotlari tomonidan berilgan yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarining tasdiqlangan loyihalaridan har qanday chetga chiqish yuqorida koʻrsatib oʻtilgan Komissiya tomonidan ushbu obyektlarning xarajatlarini toʻlamasdan buzib tashlanishi yuzasidan qaror qabul qilinishi uchun asos hisoblanadi;
mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, Respublika yoʻl jamgʻarmasi, xususiy tadbirkor-quruvchilar yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini qurish boʻyicha loyihalarning buyurtmachilari boʻlishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini qurish uchun yer uchastkalari ajratish qatʼiyan ushbu qaror bilan tashkil etilgan Komissiyaning qarorlari asosida amalga oshiriladi;
Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish faqat belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihalar asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari belgilangan tartibda:
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2010-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda qoʻriqlanadigan zonada hamda Oʻzbekiston milliy avtomagistralining yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini joylashtirishga moʻljallangan qoʻriqlanadigan zonasiga tutash hududda joylashgan, shaharsozlik norma va qoidalariga javob bermaydigan bino va inshootlarning buzib tashlanishini;
yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlariga, shuningdek koʻchiriladigan obyektlar qayta joylashtiriladigan joylarga zarur muhandislik kommunikatsiyalarini obyektlar qurilishidan oldin oʻtkazish chora-tadbirlari koʻrilishini;
Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan birgalikda — Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlari qurish uchun yer uchastkalari ajratish boʻyicha Nizom talablariga qatʼiy va soʻzsiz rioya etilishini taʼminlasinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarining loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan oʻtkazilishini, shuningdek qurilish-montaj ishlari sifati yuzasidan belgilangan tartibda tizimli nazorat amalga oshirilishini taʼminlasin.
9. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 22-oktabr,
277-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-oktabrdagi 277-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlari qurish uchun yer uchastkalari ajratish boʻyicha
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlari qurish uchun yer uchastkalari tanlash va ajratish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlari — yuk va tashkiliy ravishda yoʻlovchilar tashishga, shuningdek yoʻl harakati qatnashchilariga xizmat koʻrsatish uchun bir maqsadli bitta yoki kompleks tarkibidagi binolar va inshootlar;
haydovchilar va yoʻlovchilarning dam olishini taʼminlashga oid obyektlar — kempinglar, motellar, shuningdek sanitariya-gigiyena uzellari va avtomobillar toʻxtash joylaridan iborat boʻlgan qisqa muddatli dam olish maydonchalari;
transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish obyektlari — avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari, texnik xizmat koʻrsatish stansiyalari va texnik yordam koʻrsatish punktlari;
avtotransport obyektlari — avtovokzallar, yuk avtostansiyalari, asosiy transport-foydalanish terminallari, dispetcherlik-nazorat punktlari;
tibbiy va avariya yordami obyektlari — tibbiyot punktlari, dorixonalar, avariya-chaqirish xizmati, shoshilinch chaqirish kolonkasi;
kemping — haydovchilar va yoʻlovchilarning dam olishiga, ovqatlanishiga, shuningdek yagona hududda joylashgan transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatishga moʻljallangan yoʻl infratuzilmasi va servisining kompleks binolari va inshootlari;
motel — ovqatlanish, madaniy dam olish, aloqa, tibbiy yordam, mayda texnik xizmat koʻrsatish va transport vositalarini yuvishni taʼminlash boʻyicha kompleks xizmatlar koʻrsatiladigan, avtoturistlarning dam olishi uchun moʻljallangan yoʻl infratuzilmasi va servisining kompleks binolari va inshootlari.
3. Yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlari quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi:
haydovchilar va yoʻlovchilar, avtoturistlarning dam olishini taʼminlash;
transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish;
avtotransport xizmati;
tibbiy yordam va avariya holatida yordam berish.
4. Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini kompleks maqbul joylashtirish, shu jumladan texnik xizmat koʻrsatish stansiyalari, avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari, ovqatlanish va savdo punktlarining qulay joylashishi obyektlarni joylashtirishga qoʻyiladigan asosiy talablar hisoblanadi.
5. Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlari Oʻzbekiston milliy avtomagistralining muhofaza zonasi chegarasiga tutash hududda joylashtiriladi. Oʻzbekiston milliy avtomagistrali qoʻriqlash zonasi polosasining kengligi tasdiqlangan shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq yoʻlning har bir tomonida 25 metrni tashkil etadi
6. Zarur binolar va inshootlar kompleksini (kemping, motel) maqbul joylashtirish atrof muhitni muhofaza qilishga, xizmat koʻrsatish darajasiga va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga qoʻyiladigan talablarga muvofiq estetik talablarni, mintaqaviy xususiyatlarni va landshaft shart-sharoitlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
Kempinglar va motellar aholi punktlari chetida yoki uning tashqarisida, imkoni boricha, turistlar va harakatning boshqa qatnashchilari uchun jozibali boʻlgan xushmanzara joylarda, asosan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi uchun kam qiymatli boʻlgan, Oʻzbekiston milliy avtomagistralining muhofaza zonasi chegarasiga tutash hududga bevosita tutashgan yoʻl uchastkalarida joylashtiriladi.
Tranzit motellar va kempinglar sigʻimi (yotoq joylar soni) oʻtadigan avtoturistlar soni hamda shaharlararo hamda xalqaro yoʻlovchilar va yuk tashish avtomobillari harakati jadalligi hisobga olingan holda qabul qilinishi kerak.
Kempinglar va motellar bir-biridan shaxmat tartibida yoʻlning har ikki tomonida joylashtirilishi kerak. Kempinglar va motellar oraligʻidagi masofa 100 kilometrdan ortiq boʻlmasligi kerak.
7. Dam olish maydonchalari har 15—20 kilometrda joylashtirilishi kerak. Dam olish maydonchalari hududida avtomobillarni texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun inshootlar va savdo punktlari nazarda tutilishi mumkin.
8. Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarini va texnik xizmat koʻrsatish stansiyalarini joylashtirish, ularning quvvatini belgilash texnik-iqtisodiy va statistik oʻrganishlar asosida amalga oshirilishi kerak. Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari (bir sutkada yoqilgʻi quyishlar soni) quvvati, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish stansiyalari postlari soni va ular oraligʻidagi masofa avtomobillar harakati jadalligiga qarab ShNK 2.05.02-07 “Avtomobil yoʻllari” boʻyicha hisob-kitoblar asosida amalga oshiriladi.
Avtomobil servisi binolari va inshootlarini joylashtirishda energiya, suv taʼminoti va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning mavjudligi, shuningdek ularni yanada rivojlantirish imkoniyati hisobga olinishi zarur.
9. Obyektlarni loyihalashtirish shaharsozlik normalari va qoidalari talablari hisobga olingan holda amalga oshirilishi kerak.
Obyektlarni joylashtirishda yerlardan ekologiya, sanitariya jihatidan, shuningdek oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishga qoʻyiladigan talablar qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
10. Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi obyektlari qurish uchun yer uchastkalari shaharsozlik faoliyati uchun yer uchastkasi ajratish tartibida, Komissiyaning vakolatlariga muvofiq, yuridik va jismoniy shaxslarning arizalari asosida ikki bosqichda ajratiladi:
birinchi bosqichda — Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini loyihalashtirish uchun yer uchastkasi tanlanadi;
ikkinchi bosqichda — Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlari qurish uchun yer uchastkasi materiallari tayyorlanadi, kelishiladi va tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Obyektlar qurish uchun yer uchastkasi tanlash tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
11. Obyektlarni loyihalashtirish uchun yer uchastkasi tanlashni kelishish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan takliflar asosida Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini joylashtirishni koʻrib chiqish va kelishish boʻyicha Komissiya (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
12. Tumanlar (shaharlar) arxitektura va qurilish boʻlimlari (boshqarmalari) obyektlarni joylashtirish va qurish uchun uchastka tanlashga doir hujjatlarni tayyorlash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining ishchi organi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini qurish uchun yer uchastkasi tanlanishidan (berilishidan) manfaatdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar soʻralayotgan yer uchastkasi joylashgan joydagi tuman (shahar) hokimi nomiga ariza beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Tuman (shahar) hokimi bir ish kuni mobaynida yuridik yoki jismoniy shaxsning arizasini qurilish obyektini joylashtirish toʻgʻrisida taklif kiritish uchun ishchi organga yuboradi.
15. Ishchi organ yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan ariza berilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida Komissiyaga kiritish uchun obyektni joylashtirishning quyidagi hujjatlarini tayyorlaydi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasiga, viloyatlar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalariga taqdim etadi:
obyektning nomi, shu jumladan, uning quvvati (pasporti), obyektni qurish nazarda tutilayotgan Oʻzbekiston milliy avtomagistrali yoʻl uchastkasi manzili (km) koʻrsatilgan holda tuman (shahar) hokimi nomiga ariza;
yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektining belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy loyihasi;
yer uchastkasining tavsifi (bosh rejalarga ega boʻlmagan aholi punktlari va tumanning qishloqlararo hududi uchun — tegishli aholi punktining M 1:2000 navbatchi rejasidan koʻchirma, M 1:10000 topografik surat) — tuman (shahar) hokimi hamda tuman (shahar)ning manfaatdor tashkilotlari bilan kelishilgan vaziyat rejasi bilan birga;
Oʻzbekiston milliy avtomagistrali uchastkasi qamrab olingan holda, yer uchastkasining kamida ikki tomonining atrofdagi obyektlari aks ettirilgan fotosurati (15x20).
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari kelishish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ikki ish kuni mobaynida koʻrib chiqadilar.
Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini joylashtirishni kelishishda hujjatlar:
Oʻzbekiston milliy avtomagistralining viloyat markazlari va shahar aholi punktlari chegarasi boʻylab oʻtadigan uchastkalari boʻyicha — “OʻzshaharsozlikLITI” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga;
Oʻzbekiston milliy avtomagistralining Toshkent va Samarqand shaharlari, shuningdek Toshkent viloyatining shahar aholi punktlari chegaralari boʻylab oʻtadigan uchastkalari boʻyicha — “ToshkentboshplanLITI" davlat unitar korxonasiga;
Oʻzbekiston milliy avtomagistralining qishloq aholi punktlaridan va qishloqlararo hududdan oʻtadigan uchastkalari boʻyicha — “Qishloqqurilishloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyatga yuboriladi.
Taqdim etilgan hujjatlar tegishli loyiha tashkilotlari tomonidan uch ish kuni mobaynida kelishiladi.
17. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari “OʻzshaharsozlikLITI” ochiq aksiyadorlik jamiyati, “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasi loyiha-qidiruv tashkilotlari, “Qishloqqurilishloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv instituti uch ish kuni mobaynida Oʻzbekiston milliy avtomagistrali uchastkalarida qurilish obyektlarining joylashishi sxemasiga muvofiq shaharsozlik hujjatlari asosida obyektlarni joylashtirishni koʻrib chiqadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini joylashtirish sxemasi “Yoʻl-loyiha byurosi” masʼuliyati cheklangan jamiyat loyiha instituti tomonidan ishlab chiqiladi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari bilan kelishiladi hamda Komissiya qarori bilan tasdiqlanadi.
18. Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini joylashtirishni loyiha-qidiruv tashkilotlari bilan kelishishda hujjatlar uch ish kuni mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari tomonidan keyinchalik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar hokimlari yoki ularning birinchi oʻrinbosarlari (faqat birinchi shaxs vaqtincha boʻlmagan hollarda) tomonidan imzolangan ilova xat bilan birgalikda kelishish maqsadida Komissiyaga yuborish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va viloyatlar hokimliklariga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Koʻrsatib oʻtilgan barcha hujjatlar asl nusxada, ularga asl nusxaning bir nusxasi ilova qilingan holda kiritiladi.
Yuridik va jismoniy shaxsning arizasi berilgan kundan boshlab hujjatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan Komissiyaga taqdim etilgunigacha umumiy muddat oʻn ish kunidan oshmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Komissiya taqdim etilgan hujjatlar olingan paytdan boshlab oʻn besh kun mobaynida ularni koʻrib chiqadi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladigan tegishli qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Komissiya majlisi bayonnomasi Komissiya raisi yoki uning oʻrinbosari (birinchi shaxs vaqtincha boʻlmaganda) tomonidan tasdiqlanadi.
Komissiya qarori Komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Komissiya aʼzolari Komissiyaning qaroriga rozi boʻlmagan taqdirda oʻzlarining asoslangan xulosalarini bayonnomaga ilova qilish huquqiga egadir.
21. Komissiya majlisi bayonnomasi Komissiya raisi tomonidan tasdiqlangandan keyin uch ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladigan barcha hujjatlar ilova qilingan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va viloyatlar hokimliklariga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Obyektni joylashtirishni rad etish haqida qaror qabul qilingan taqdirda bayonnomada bunday rad etishning sababi koʻrsatiladi.
22. Komissiya bayonnomasining asl nusxasi Komissiya kotibida — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashida — viloyatlar hokimliklarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasida, viloyatlar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarida saqlanadi.
23. Komissiya tomonidan yer uchastkasini tanlash va obyektlarni joylashtirish boʻyicha ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bir ish kuni mobaynida hujjatlarni Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab joylashgan yer uchastkasini tanlashga doir materiallarni tayyorlash uchun Ishchi organga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Ishchi organ oʻn ish kuni mobaynida jismoniy yoki yuridik shaxs bilan shartnoma asosida, Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining vakolatli boʻlinmalarini (obyektlar aholi punktlaridan tashqarida joylashtirilgan taqdirda) va boshqa manfaatdor tashkilotlarni jalb etgan holda yer uchastkasini tanlash va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uni olish shartlari boʻyicha materiallarni tayyorlaydi.
Yer uchastkasi tanlash boʻyicha materiallarni kelishuvchi tashkilotlar materiallar olingandan keyin besh ish kuni mobaynida ularni koʻrib chiqadi va oʻzlarining asoslangan xulosalarini Ishchi organga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Ishchi organ yer uchastkasini tanlash boʻyicha materiallarni tasdiqlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar hokimliklariga quyidagi tarkibda taqdim etadi:
obyektni joylashtirish materiallari;
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan yer uchastkasi chegarasi rejasi;
yer uchastkasini tanlash boʻyicha materiallar kelishiladigan tashkilotlarning xulosalari;
yer uchastkalari mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilar va ijarachilarning koʻradigan boshqa zararlari, shuningdek qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishining yoʻqotishlari (zaruriyat boʻlganda) miqdorini aniqlash dalolatnomasi;
yer uchastkasi oʻrmon xoʻjaligi korxonalari yerlaridan olingan taqdirda ajratiladigan yer uchastkasini texnik tekshirish dalolatnomasi (zaruriyat boʻlganda);
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Davlat ekologiya ekspertizasi xulosasi;
tanlangan yer uchastkasining yer haqidagi qonunlar talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimining xulosasi;
yer uchastkasi olib qoʻyilayotgan yuridik va jismoniy shaxslar bilan kelishishga oid hujjatlar.
Koʻrsatib oʻtilgan barcha hujjatlar nusxalari ilova qilingan holda asl nusxada kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Ishchi organ tomonidan taqdim etilgan materiallar asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimi uch ish kuni mobaynida yer uchastkasini tanlash boʻyicha materiallarni namunaviy loyihani aniq bir yer uchastkasiga toʻgʻrilash uchun tasdiqlaydi va oʻz qarorini yer uchastkasini tanlash boʻyicha hujjatlar yigʻmajildini shakllantirish ishlarini tashkil etish uchun tegishli ravishda tuman (shahar) arxitektura boʻlimiga (boshqarmasiga) yuboradi.
Yer uchastkasini tanlash boʻyicha hujjatlar yigʻmajildi uch nusxada rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi oʻzi uchun yer uchastkasi tanlangan yuridik va jismoniy shaxsga beriladi, ikkinchi nusxasi — Ishchi organga, uchinchi nusxasi tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimiga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Yer uchastkasini tanlash boʻyicha materiallar tasdiqlangandan keyin yuridik yoki jismoniy shaxsning arizasi va belgilangan tartibda ishlab chiqilgan birlamchi-ruxsat beruvchi hujjatlar asosida loyiha tashkiloti tomonidan qurilish obyektining namunaviy loyihasi toʻgʻrilanadi, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi huzuridagi yoki viloyat arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishish amalga oshiriladi.
Qurilish loyihasini kelishish arxitektura-shaharsozlik kengashi tomonidan toʻlov undirilmasdan uch ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Qurilishning kelishilgan loyihasi belgilangan tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning ekspertiza boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladigan davlat ekspertizasidan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Davlat hokimiyati organi loyiha ishlab chiqilishi monitoringini olib borayotgan Ishchi organning asoslangan taqdimnomasi asosida oʻzi uchun yer uchastkasi tanlangan yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan yer uchastkasini tanlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin uch oy mobaynida obyekt boʻyicha loyiha ishlari boshlanmagan hollarda oʻz qarorini bekor qilish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Obyektlar qurish uchun yer uchastkasi ajratish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
29. Obyekt qurish loyihasi kelishilgandan va tasdiqlangandan keyin yuridik va jismoniy shaxs yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va viloyat hokimiga ariza beradi.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
yer uchastkasini tanlash boʻyicha materiallar;
qurish navbati koʻrsatilgan holda obyektning bosh rejasi nusxasi;
qurilish loyihasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari bilan kelishish toʻgʻrisidagi hujjatlar;
qurilish loyihasini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyat arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishish bayonnomasi nusxasi;
obyekt qurilishi loyihasi boʻyicha ekspertiza organining xulosasi.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimi ikki ish kuni mobaynida yuridik va jismoniy shaxsning yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi arizasini yer uchastkasi ajratish ishlarini tashkil etish uchun Ishchi organga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Ishchi organ oʻn besh ish kuni mobaynida, belgilangan tartibda obyektni qurish uchun yer uchastkasi ajratishga doir hujjatlarni tayyorlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Yer uchastkasi ajratishga doir hujjatlar yer uchastkasini tanlashga doir hujjatlar hamda belgilangan tartibda kelishilgan va tasdiqlangan obyekt qurilishi loyihasi asosida tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Qishloq xoʻjaligida qishloq xoʻjaligidan tashqari maqsadlarda foydalaniladigan yerlarni ajratish ularning amalda zarurligi va, qoidaga koʻra, ularda yetishtirilgan hosil yigʻishtirib olingandan keyin amalga oshiriladi.
34. Yer uchastkasi ajratishga doir materiallarni ishlab chiqish jarayonida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkalarining egalari, foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlarga yetkazilishi mumkin boʻlgan zararlar hajmi, shuningdek qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi yoʻqotishlari aniqlashtiriladi.
35. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyat hokimi uch ish kuni mobaynida oʻz vakolatlari doirasida, Ishchi organ tomonidan tayyorlangan materiallar asosida, obyekt qurilishi uchun yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Yer uchastkasi ajratishga doir materiallar nusxasi davlat hokimiyati organlarining qarori ilova qilingan holda yer uchastkasi chegaralarini naturaga tushirish va obyektni qurish uchun Ishchi organga beriladi.
36. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyat hokimining yer uchastkasiga doir materiallarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorida quyidagi masalalar aks ettirilishi kerak:
yer uchastkasi kimga va qanday maqsadlarda ajratilmoqda, shuningdek yer ularning yerlaridan olinayotgan (sotib olinayotgan) mulkdorlar, yer egalari, foydalanuvchilar va ijarachilarning nomi;
yer uchastkalari mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilar va ijarachilar boʻyicha yer maydonidan (mavjud boʻlganda) berilayotgan yer uchastkasining umumiy maydoni, shuningdek olib qoʻyilayotgan qishloq xoʻjaligi ekin maydonining sifati (bonitet ballari);
yer uchastkalari mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilar va ijarachilarga qoplanishi kerak boʻlgan (mavjud boʻlganda) zararlar hajmi;
qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi yoʻqotishlari hajmi (mavjud boʻlganda);
tuproqning unumdor qatlamini ajratib olish zarurligi (mavjud boʻlganda);
suv muhofazasi, ekologiya, sanitariya talablari, boshqa shartlar va talablar.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Yakunlovchi qoidalar
Keyingi tahrirga qarang.
37. Komissiyaga taqdim etiladigan hujjatlarning haqqoniyligi uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi va viloyatlar hokimlari javob beradilar.
38. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-oktabrdagi 277-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini joylashtirilishini koʻrib chiqish va kelishish komissiyasi tarkibi
| Xoʻjayev B.A. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Komissiya raisi |
| Toxtayev A.R. | — | “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Komissiya raisining oʻrinbosari |
| Salixov F.M. | — | Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi, Komissiyaning masʼul kotibi |
| Abdullayev M.A. | — | “Oʻzavtoyoʻl” DAK boshqaruvi raisi |
| Arabov S.A. | — | “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi raisi |
| Musayev D.O. | — | Davlat mulki qoʻmitasi raisi |
| Axmedboyev A.A. | — | Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari |
| Niyozmatov B.I. | — | Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh sanitariya vrachi |
| Shukurov J.M. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi direktori |
| Esanov M.T. | — | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari |
| Hakimov Z.L. | — | “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi raisi |
| Alimov B.D. | — | “Oʻzneftgazqurilishinvest” AK bosh direktori |
| Shonazarov Sh.T. | — | “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining arxitektura va shaharsozlik boshqarmasi boshligʻi |
| Lenneshmidt E.F. | — | “Oʻzshaharsozlik LITI” OAJ loyiha-qidiruv tashkiloti direktori v.b. |
| Akopjanyan V.A. | — | “Toshkentboshplan LITI” DUK loyiha-qidiruv tashkiloti direktori |
| Solixoʻjayev I.I. | — | “Qishloqqurilishloyiha” MChJ loyiha-qidiruv instituti direktori |
| Karimov A.A. | — | “Yoʻl-loyiha byurosi” MChJ loyihalash instituti bosh direktori |
| lavozimiga koʻra | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi oʻrinbosari, viloyatlar hokimlarining qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari. |
* Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoxud tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 43-son, 458-modda; 2010-y., 18-19-son, 141-modda, 52-son, 512-modda; 2014-y., 31-son, 380-modda; 2016-y., 21-son, 233-modda; 2017-y., 35-son, 931-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/493/1426-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)