Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2009—2014-yillarda Oʻzbekiston milliy avtomagistralini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 22-apreldagi PQ-1103-son qaroriga muvofiq hamda Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab harakatlanish qatnashchilari uchun xalqaro standartlarga javob beradigan shart-sharoitlar yaratish, yangi ish oʻrinlari shakllantirish, shuningdek avtomagistral yonidagi yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda Oʻzbekiston milliy avtomagistrali yonidagi mavjud yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlari ularning shaharsozlik norma va qoidalariga muvofiqligi yuzasidan yalpi xatlovdan oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 21-dekabrdagi PQ-1446-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 512-modda)
Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlari qurish uchun yer uchastkalari ajratish boʻyicha Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarining joylashtirilishini koʻrib chiqish va kelishish boʻyicha Komissiya 3-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini joylashtirishda yagona shaharsozlik siyosati oʻtkazilishini taʼminlash;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarining joylashtirilishini kelishish;
obyektni joylashtirish uchun tanlanayotgan yer uchastkasining aholi punktlari va umuman mintaqa hududlarini qurishni rivojlantirish boʻyicha shaharsozlik hujjatlariga, shuningdek shaharsozlik, ekologiya, sanitariya, yongʻinga qarshi kurash va boshqa majburiy norma va qoidalarga muvofiqligini har tomonlama tahlil qilish;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Dasturga muvofiq Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning aniq manzilli roʻyxatlarini tasdiqlash;
Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini joylashtirishni kelishish yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq qarorlar qabul qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi, “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Yoʻl-loyiha byurosi” masʼuliyati cheklangan jamiyat loyihalash instituti Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda har yili 1-noyabrgacha boʻlgan muddatda Komissiyaga, Dasturning tasdiqlangan parametrlarini hisobga olgan holda, kelgusi yilda yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning aniq manzilli roʻyxatlari tasdiqlash uchun kiritilishini taʼminlasinlar.
Komissiya ushbu qaror bilan tasdiqlangan dasturning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoring oʻrnatsin va har chorakda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining hisobotlarini eshitib borsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, “Yoʻl-loyiha byurosi” masʼuliyati cheklangan jamiyat, “OʻzshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi, “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasi va “Qishloqqurilishloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyat loyihalash tashkilotlari buyurtmachilarning buyurtmanomalariga binoan yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlari loyihalarini tayyorlash boʻyicha asosiy bajaruvchilar hisoblanadilar, shuningdek ushbu obyektlar qurilishida arxitektura-rejalashtirish talablariga va belgilangan qurilish normalariga rioya etilishi yuzasidan zarur nazoratni taʼminlaydilar;
(5-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 90-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 18-19-son, 141-modda)
loyihalash tashkilotlari tomonidan berilgan yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarining tasdiqlangan loyihalaridan har qanday chetga chiqish yuqorida koʻrsatib oʻtilgan Komissiya tomonidan ushbu obyektlarning xarajatlarini toʻlamasdan buzib tashlanishi yuzasidan qaror qabul qilinishi uchun asos hisoblanadi;
mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, Respublika yoʻl jamgʻarmasi, xususiy tadbirkor-quruvchilar yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini qurish boʻyicha loyihalarning buyurtmachilari boʻlishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini qurish uchun yer uchastkalari ajratish qatʼiyan ushbu qaror bilan tashkil etilgan Komissiyaning qarorlari asosida amalga oshiriladi;
Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish faqat belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihalar asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari belgilangan tartibda:
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2010-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda qoʻriqlanadigan zonada hamda Oʻzbekiston milliy avtomagistralining yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini joylashtirishga moʻljallangan qoʻriqlanadigan zonasiga tutash hududda joylashgan, shaharsozlik norma va qoidalariga javob bermaydigan bino va inshootlarning buzib tashlanishini;
yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlariga, shuningdek koʻchiriladigan obyektlar qayta joylashtiriladigan joylarga zarur muhandislik kommunikatsiyalarini obyektlar qurilishidan oldin oʻtkazish chora-tadbirlari koʻrilishini;
Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan birgalikda — Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlari qurish uchun yer uchastkalari ajratish boʻyicha Nizom talablariga qatʼiy va soʻzsiz rioya etilishini taʼminlasinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarining loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan oʻtkazilishini, shuningdek qurilish-montaj ishlari sifati yuzasidan belgilangan tartibda tizimli nazorat amalga oshirilishini taʼminlasin.
9. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 22-oktabr,
277-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-oktabrdagi 277-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlari qurish uchun yer uchastkalari ajratish boʻyicha
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlari qurish uchun yer uchastkalari tanlash va ajratish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlari — yuk va tashkiliy ravishda yoʻlovchilar tashishga, shuningdek yoʻl harakati qatnashchilariga xizmat koʻrsatish uchun bir maqsadli bitta yoki kompleks tarkibidagi binolar va inshootlar;
haydovchilar va yoʻlovchilarning dam olishini taʼminlashga oid obyektlar — kempinglar, motellar, shuningdek sanitariya-gigiyena uzellari va avtomobillar toʻxtash joylaridan iborat boʻlgan qisqa muddatli dam olish maydonchalari;
transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish obyektlari — avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari, texnik xizmat koʻrsatish stansiyalari va texnik yordam koʻrsatish punktlari;
avtotransport obyektlari — avtovokzallar, yuk avtostansiyalari, asosiy transport-foydalanish terminallari, dispetcherlik-nazorat punktlari;
tibbiy va avariya yordami obyektlari — tibbiyot punktlari, dorixonalar, avariya-chaqirish xizmati, shoshilinch chaqirish kolonkasi;
kemping — haydovchilar va yoʻlovchilarning dam olishiga, ovqatlanishiga, shuningdek yagona hududda joylashgan transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatishga moʻljallangan yoʻl infratuzilmasi va servisining kompleks binolari va inshootlari;
motel — ovqatlanish, madaniy dam olish, aloqa, tibbiy yordam, mayda texnik xizmat koʻrsatish va transport vositalarini yuvishni taʼminlash boʻyicha kompleks xizmatlar koʻrsatiladigan, avtoturistlarning dam olishi uchun moʻljallangan yoʻl infratuzilmasi va servisining kompleks binolari va inshootlari.
3. Yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlari quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi:
haydovchilar va yoʻlovchilar, avtoturistlarning dam olishini taʼminlash;
transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish;
avtotransport xizmati;
tibbiy yordam va avariya holatida yordam berish.
4. Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini kompleks maqbul joylashtirish, shu jumladan texnik xizmat koʻrsatish stansiyalari, avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari, ovqatlanish va savdo punktlarining qulay joylashishi obyektlarni joylashtirishga qoʻyiladigan asosiy talablar hisoblanadi.
5. Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlari Oʻzbekiston milliy avtomagistralining muhofaza zonasi chegarasiga tutash hududda joylashtiriladi. Oʻzbekiston milliy avtomagistrali qoʻriqlash zonasi polosasining kengligi tasdiqlangan shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq yoʻlning har bir tomonida 25 metrni tashkil etadi
6. Zarur binolar va inshootlar kompleksini (kemping, motel) maqbul joylashtirish atrof muhitni muhofaza qilishga, xizmat koʻrsatish darajasiga va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga qoʻyiladigan talablarga muvofiq estetik talablarni, mintaqaviy xususiyatlarni va landshaft shart-sharoitlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
Kempinglar va motellar aholi punktlari chetida yoki uning tashqarisida, imkoni boricha, turistlar va harakatning boshqa qatnashchilari uchun jozibali boʻlgan xushmanzara joylarda, asosan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi uchun kam qiymatli boʻlgan, Oʻzbekiston milliy avtomagistralining muhofaza zonasi chegarasiga tutash hududga bevosita tutashgan yoʻl uchastkalarida joylashtiriladi.
Tranzit motellar va kempinglar sigʻimi (yotoq joylar soni) oʻtadigan avtoturistlar soni hamda shaharlararo hamda xalqaro yoʻlovchilar va yuk tashish avtomobillari harakati jadalligi hisobga olingan holda qabul qilinishi kerak.
Kempinglar va motellar bir-biridan shaxmat tartibida yoʻlning har ikki tomonida joylashtirilishi kerak. Kempinglar va motellar oraligʻidagi masofa 100 kilometrdan ortiq boʻlmasligi kerak.
7. Dam olish maydonchalari har 15—20 kilometrda joylashtirilishi kerak. Dam olish maydonchalari hududida avtomobillarni texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun inshootlar va savdo punktlari nazarda tutilishi mumkin.
8. Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarini va texnik xizmat koʻrsatish stansiyalarini joylashtirish, ularning quvvatini belgilash texnik-iqtisodiy va statistik oʻrganishlar asosida amalga oshirilishi kerak. Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari (bir sutkada yoqilgʻi quyishlar soni) quvvati, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish stansiyalari postlari soni va ular oraligʻidagi masofa avtomobillar harakati jadalligiga qarab ShNK 2.05.02-07 “Avtomobil yoʻllari” boʻyicha hisob-kitoblar asosida amalga oshiriladi.
Avtomobil servisi binolari va inshootlarini joylashtirishda energiya, suv taʼminoti va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning mavjudligi, shuningdek ularni yanada rivojlantirish imkoniyati hisobga olinishi zarur.
9. Obyektlarni loyihalashtirish shaharsozlik normalari va qoidalari talablari hisobga olingan holda amalga oshirilishi kerak.
Obyektlarni joylashtirishda yerlardan ekologiya, sanitariya jihatidan, shuningdek oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishga qoʻyiladigan talablar qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
II. Obyektlar qurish uchun yer uchastkasi berish tartibi
(II qism nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
11. Obyektlarni loyihalashtirish uchun yer uchastkasi tanlashni kelishish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan takliflar asosida Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini joylashtirishni koʻrib chiqish va kelishish boʻyicha Komissiya (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Tumanlar (shaharlar) arxitektura va qurilish boʻlimlari (boshqarmalari) obyektlarni qurish uchun yer uchastkasi tanlash va ajratishga doir hujjatlarni tayyorlash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining ishchi organi hisoblanadi.
Ishchi organi tomonidan yer uchastkasi tanlash va ajratish boʻyicha materiallarni tayyorlash jismoniy yoki yuridik shaxs bilan tuzilgan shartnoma asosida bajariladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini qurish uchun yer uchastkasi berilishidan manfaatdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar, soʻralayotgan yer uchastkasi joylashgan joydagi tuman (shahar) hokimi nomiga yer uchastkasi zarur boʻlgan uning joylashgan joyi (Oʻzbekiston milliy avtomagistrali yoʻl uchastkasining manzili (km) va oʻlchamlari, talab etiladigan uchastkaning, qurilish ishlarini boshlash va tugatilish muddati asoslari va maqsadlari, pochta manzili, yuridik shaxslarning rekvizitlari yoki jismoniy shaxslarning pasport malumotlari koʻrsatilgan holda ariza beradilar.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
14. Tuman (shahar) hokimi bir ish kuni mobaynida yuridik yoki jismoniy shaxsning arizasini qurilish obyektini joylashtirish toʻgʻrisida taklif kiritish uchun ishchi organga yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Ishchi organ yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan tuman (shahar) hokimi nomiga ariza berilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida Komissiyaga kiritish uchun obyektni tanlash boʻyicha quyidagi hujjatlarini tayyorlaydi:
tuman (shahar) hokimi nomiga ariza;
yoʻl boʻyi infratuzilmasi va servisi obyektining belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy loyihasi;
yer uchastkasini joylashtirish rejasi (tegishli aholi punktining M 1:2000 (mavjud holda) navbatchi rejasidan koʻchirma yoki koʻrib chiqiladigan hududning joylanish rejasi aks ettirilgan M 1:10000 qishloq xoʻjaligi xaritasi);
Oʻzbekiston milliy avtomagistrali uchastkasi qamrab olingan holda, yer uchastkasining kamida ikki tomonining atrofdagi obyektlari aks ettirilgan fotosurati (15x20).
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
151. Yer uchastkasini tanlash va ajratish boʻyicha materiallarni tayyorlash va kelishish, shuningdek boshqa xizmatlarni koʻrsatish yuridik yoki jismoniy shaxs bilan tuzilgan shartnomasi asosida “yagona oyna” tamoyili boʻyicha amalga oshiriladi. Shartnomada quyidagi ishlar turlari nazarda tutiladi:
yer uchastkasi tanlash va ajratish boʻyicha materiallarni tayyorlash va kelishish;
yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga egalik huquqini roʻyxatdan oʻtkazish va guvohnoma berish;
muhandislik — kommunikatsiya tarmoqlarga ulanish uchun texnik shartlarni olish;
arxitektura-rejalashtirish topshiriqlari (I va II qismi) ishlab chiqishni taʼminlash .
Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boʻlim (boshqarmasi) tomonidan shartnomaviy majburiyatlar bajarilishi natijasida kelib tushgan mablagʻlar, ushbu Nizomda nazarda tutilgan hollardan tashqari, boʻlim (boshqarma)ning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Bunda, koʻrsatilgan ishlarni bajarganlik uchun toʻlovlar ishlarning har bir turi tugallangandan keyin alohida amalga oshiriladi. Tomonlarning shartnomaviy majburiyatlari barcha ishlar tugallangandan va tegishli toʻlovlar amalga oshirilgandan keyin bajarilgan deb hisoblanadi.
152. Yer uchastkasini joylashtirish rejasi quyidagilar bilan kelishiladi:
tuman (shahar) hokimi bilan;
tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi bilan;
yer uchastkasini ajratish boʻyicha qarordan oldin, Oʻzbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari tomonidan dastlab, atrof muhitga taʼsiri toʻgʻrisidagi ariza (AMTA) loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida Davlat ekologik ekspertizasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2001-yil 31-dekabrdagi 491-son qarorida nazarda tutilgan obyektlar boʻyicha davlat ekologik ekspertiza xulosasini olish sharti bilan;
tuman (shahar) sanitariya-epidemiologiya xizmati bilan;
davlat yongʻin nazoratining hududiy organlari bilan;
madaniy meʼros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish boʻyicha hududiy inspeksiyalari bilan — madaniy meʼros yodgorliklar muhofaza qilinadigan hududda obyekt qurilishi uchun yer uchastkasi tanlanganda;
tegishli rejimli hudud va inshootlardan foydalanuvchi tashkilotlar bilan — muhofaza qilinadigan, suv muhofaza qilinadigan, sanitariya-muhofaza zonalari, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, magistral suv quvurlari, avtomobil va temir yoʻllari, elektr uzatish va aloqa liniyalari, shuningdek aerodromlar va chiqindilar va boshqa zaharli moddalar koʻmilgan joylar yaqinida yer uchastkalari tanlanganda;
yer uchastkalari olib qoʻyilgan yuridik va jismoniy shaxslar bilan (yuridik shaxslarning yuqori boshqaruv organlari mavjud boʻlganda, yer uchastkasini joylashtirish rejasi yuqori turuvchi organi bilan kelishiladi);
qishloq va suv xoʻjaligi organlari bilan — qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yer uchastkasi tanlanganda;
davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati hududiy organlari bilan — avtomobillar turar joylari va yoʻl harakati xavfsizligiga taʼsir etuvchi boshqa obyektlar uchun yer uchastkasi tanlanganda.
153. Vakolatli tuman (shahar) organlari bilan yer uchastkasini joylashtirish rejasini kelishish bilan bir vaqtda quyidagi xulosalar taqdim etiladi:
tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi xulosasi;
tuman (shahar) sanitariya-epidemiologiya xizmati xulosasi;
davlat yongʻin nazorati hududiy organi xulosasi.
Xulosa taqdim etilganlik uchun haq olinmaydi.
154. Yer uchastkasini joylashtirish rejasini kelishish va tegishli organlar tomonidan xulosalar berish besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tegishli organlar tomonidan kelishilgan joylashtirish rejasi va xulosalar koʻrsatilgan muddatda berilmagan taqdirda yer uchastkasini joylashtirish rejasi kelishilgan deb hisoblanadi (II va III murakkab (xavfli) toifali obyektlar bundan mustasno) va Komissiyaga kiritish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi hamda viloyatlar yoki Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasiga yuboriladi.
(154-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 23-maydagi 166-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 21-son, 233-modda)
155. Arxitektura va qurilish boʻlimi (boshqarmasi) kelishilgan yer uchastkasini joylashtirish rejasi va oʻz xulosalarini taqdim etmagan vakolatli tuman (shahar) organlarini xabardor qiladi va yer uchastkasini tanlash boʻyicha materiallarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi hamda viloyatlar yoki Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasiga kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
156. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boʻlimi (boshqarmasi) zarur hollarda quyidagi ishlar turlarini bajarish uchun shartnoma asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialini jalb etadi:
(156-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
yer uchastkalari mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari va ijarachilarining yerlari boʻyicha (mavjud boʻlganda) berilayotgan yer uchastkasining umumiy uchastkalarini aniqlash;
yer uchastkasining sifat tavsifini aniqlash;
qishloq xoʻjaligi yerlarini qishloq xoʻjalikka oid boʻlmagan ehtiyojlar uchun olib qoʻyilganda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishlari yoʻqotishlari miqdorini belgilangan tartibida aniqlash;
yer uchastkasini (qishloq, oʻrmon, baliqchilik xoʻjaligida yoki boshqa maqsadlarda foydalanish uchun) unumdor qilishning zarurligi va yoʻnalishi, tuproqning unumdor qatlamini koʻchirib olish zaruriyatini aniqlash;
yer uchastkasi mulkdorlari, foydalanuvchilari, ijarachilari va egalaridan (mavjud boʻlganda) olib qoʻyish shartlarini aniqlash;
koʻchiriladigan oilalar roʻyxatini tuzish, bunda yangi yer uchastkasi yoki kvartiralar (mavjud boʻlganda) olishni xohlovchilar koʻrsatilishi kerak.
Bundan tashqari, arxitektura va qurilish boʻlimi (boshqarmasi) yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining inshoot va qurilmalari buzilganda (zarur boʻlganda) ularning zararlarini aniqlash uchun shartnoma boʻyicha baholovchi tashkilotni jalb etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu bandning ikkinchi — oltinchi xatboshida koʻrsatilgan ishlarni amalga oshirish zaruriyati, tuman (shahar) arxitektura va qurilish boʻlimi (boshqarmasi)dan yer uchastkasini joylashtirish rejasini kelishish, yer uchastkasini tanlash, va unga tegishli xulosalarni taqdim etish boʻyicha talabnoma kelib tushganda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiali tomonidan yozma ravishda asoslantiriladi.
(156-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan dastlabki tuzilgan shartnoma muddatini uzaytirish bilan tuman (shahar) arxitektura va qurilish boʻlimi (boshqarmasi) orqali koʻrsatilgan ishlarni bajarganlik uchun ijrochilarga toʻlov amalga oshiriladi.
157. Tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi xulosasida quyidagilar aks ettiriladi:
yer uchastkalari mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari va ijarachilari (mavjud boʻlganda) yerlar boʻyicha berilayotgan yer uchastkasining umumiy maydoni;
yer uchastkasining sifat tavsifi (zarurat boʻlganda);
yer uchastkalarining egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlaridan yerlar olib qoʻyilishi (haq toʻlab olinishi) munosabati bilan koʻrgan zararlarining miqdorlari hamda Vazirlar Mahkamasining “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 29-maydagi 97-son va “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xoʻjaligiga oid boʻlmagan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 25-maydagi 146-son qarorlari (zarar va yoʻqotishlar aniqlangan holda) bilan belgilangan tartibda belgilangan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdorlari;
yer uchastkasini (qishloq, oʻrmon, baliqchilik xoʻjaligida yoki boshqa maqsadlarda foydalanish uchun) unumdor qilishning zarurligi va yoʻnalishi, tuproqning unumdor qatlamini koʻchirib olinishi;
yer uchastkalari mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari va ijarachilaridan (mavjud boʻlganda) yer uchastkalarini olib qoʻyilishi;
koʻchiriladigan oilalar tarkibi, bunda yangi yer uchastkasi yoki kvartiralar (mavjud boʻlganda) olishni xohlovchilar koʻrsatilishi.
158. “Yagona oyna” doirasidan tashqari mustaqil ravishda atrof muhitga taʼsir toʻgʻrisidagi ariza loyihasini ishlab chiqishni taʼminlash, shuningdek Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining ekologik ekspertiza xulosasini olish, mazkur ishlarning toʻlov qiymati toʻlash hamda tuman (shahar) komissiyasiga koʻrib chiqish uchun tuman (shahar) arxitektura va qurilish boʻlimi (boshqarmasi)ga ekologik ekspertiza xulosasini taqdim qilish yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Ekologik ekspertiza xulosasini olish muddati va tartibi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining davlat ekologik ekspertizasi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqidagi” 2001-yil 31-dekabrdagi 491-son qarori bilan tartibga solinadi;
(151 — 158-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari kelishish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ikki ish kuni mobaynida koʻrib chiqadilar.
Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini joylashtirishni kelishishda hujjatlar:
Oʻzbekiston milliy avtomagistralining viloyat markazlari va shahar aholi punktlari chegarasi boʻylab oʻtadigan uchastkalari boʻyicha — “OʻzshaharsozlikLITI” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga;
Oʻzbekiston milliy avtomagistralining Toshkent va Samarqand shaharlari, shuningdek Toshkent viloyatining shahar aholi punktlari chegaralari boʻylab oʻtadigan uchastkalari boʻyicha — “ToshkentboshplanLITI" davlat unitar korxonasiga;
Oʻzbekiston milliy avtomagistralining qishloq aholi punktlaridan va qishloqlararo hududdan oʻtadigan uchastkalari boʻyicha — “Qishloqqurilishloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyatga yuboriladi.
Taqdim etilgan hujjatlar tegishli loyiha tashkilotlari tomonidan uch ish kuni mobaynida kelishiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, viloyatlar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari, “OʻzshaharsozlikLITI” DUK, “ToshkentboshplanLITI” DUK va “Qishloqqurilishloyiha” MChJ loyiha-qidiruv tashkilotlari Oʻzbekiston milliy avtomagistrali uchastkalarida qurilish obyektlarining joylashishi sxemasiga muvofiq shaharsozlik hujjatlari asosida obyektlarni joylashtirishni koʻrib chiqadilar.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini joylashtirish sxemasi “Yoʻl-loyiha byurosi” masʼuliyati cheklangan jamiyat loyiha instituti tomonidan ishlab chiqiladi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari bilan kelishiladi hamda Komissiya qarori bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini joylashtirishni loyiha-qidiruv tashkilotlari bilan kelishishda hujjatlar ikki ish kuni mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari tomonidan keyinchalik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar hokimlari yoki ularning birinchi oʻrinbosarlari (faqat birinchi shaxs vaqtincha boʻlmagan hollarda) tomonidan imzolangan ilova xat bilan birgalikda kelishish maqsadida Komissiyaga yuborish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va viloyatlar hokimliklariga taqdim etiladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Koʻrsatib oʻtilgan barcha hujjatlar asl nusxada, ularga asl nusxaning bir nusxasi ilova qilingan holda kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik va jismoniy shaxsning arizasi berilgan kundan boshlab hujjatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan Komissiyaga taqdim etilgunigacha umumiy muddat oʻn sakkiz ish kunidan oshmasligi kerak.
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Komissiya taqdim etilgan hujjatlar olingan paytdan boshlab oʻn kun mobaynida ularni koʻrib chiqadi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladigan tegishli qaror qabul qiladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
20. Komissiya majlisi bayonnomasi Komissiya raisi yoki uning oʻrinbosari (birinchi shaxs vaqtincha boʻlmaganda) tomonidan tasdiqlanadi.
Komissiya qarori Komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Komissiya aʼzolari Komissiyaning qaroriga rozi boʻlmagan taqdirda oʻzlarining asoslangan xulosalarini bayonnomaga ilova qilish huquqiga egadir.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Komissiya majlisi bayonnomasi Komissiya raisi tomonidan tasdiqlangandan keyin ikki ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladigan barcha hujjatlar ilova qilingan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va viloyatlar hokimliklariga yuboriladi.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Obyektni joylashtirishni rad etish haqida qaror qabul qilingan taqdirda bayonnomada bunday rad etishning sababi koʻrsatiladi.
22. Komissiya bayonnomasining asl nusxasi Komissiya kotibida — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashida — viloyatlar hokimliklarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasida, viloyatlar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarida saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Komissiya tomonidan yer uchastkasini ajratish va obyektlarni joylashtirish boʻyicha ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bir ish kuni mobaynida hujjatlarni Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab joylashgan yer uchastkasini ajratishga doir materiallarni tayyorlash uchun Ishchi organga yuboradi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(III boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Ishchi organ uch ish kuni mobaynida yer uchastkasini tanlash materiallari asosida loyiha tayyorlaydi:
yer uchastkasini ajratish dalolatnomasi;
viloyat hokimining yer uchastkasini ajratish boʻyicha qarori;
zarurat boʻlganda:
koʻchiriladigan oilalar roʻyxatini tuzish, bunda yangi yer uchastkasi yoki kvartiralar olishni xohlovchilar koʻrsatilishi kerak;
yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari va ijarachilarining koʻrgan boshqa zararlari, shuningdek qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdori (mavjud boʻlganda) aniqlash dalolatnomasini tayyorlash;
yer uchastkalari mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari va ijarachilari (mavjud boʻlganda) boʻyicha yerlar kesimida berilayotgan yer uchastkasining umumiy maydonlarini aniqlash;
yer uchastkasining sifat tavsifini aniqlash;
yer uchastkasini (qishloq, oʻrmon, baliqchilik xoʻjaligida yoki boshqa maqsadlarda foydalanish uchun) unumdor qilishning zarurligi va yoʻnalishi, tuproqning unumdor qatlamini koʻchirib olish zaruriyatini aniqlash;
yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlaridan (mavjud boʻlganda) yer uchastkasining olib qoʻyish shartlarini aniqlash;
baholovchi tashkilotlarning buziladigan bino va inshootlarni baholash toʻgʻrisidagi hisoboti (mavjud boʻlganda), tuman (shahar) hokimining yer uchastkasini ajratish toʻgʻrisidagi qarori loyihasini tayyorlash muddati va yer uchastkalarini ajratish boʻyicha dalolatnomasini rasmiylashtirish tegishli ravishda 15 kunga qadar uzaytiriladi.
Yer uchastkasini tanlash va ajratish boʻyicha hujjatlarni tayyorlash va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda toʻlov undiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
311. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimlari yer uchastkasini ajratish boʻyicha kelib tushgan materiallarni ikki kun mobaynida yer uchastkalarini taqdim etishni (amalga oshirish) koʻrib chiqish boʻyicha tegishli komissiyaga taqdim etadi (keyingi oʻrinlarda mahalliy davlat hokimiyati organi huzuridagi komissiya deb yuritiladi).
312. Mahalliy davlat hokimiyati organi huzuridagi komissiya, taqdim etilgan materiallar va hujjatlarni koʻrib chiqib, uch kun ichida yer uchastkasini ajratish dalolatnomasini tasdiqlaydi va Qoraqalpogʻiston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyat hokimining qarori loyihasi bilan birga ularni Qoraqalpogʻiston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyat hokimiga tasdiqlash uchun kiritadi;
Yer uchastkasini ajratish dalolatnomasi faqat tanlanadigan yer uchastkasi ularning manfaatlariga daxldor boʻlgan tashkilotlarning vakillari boʻlgan mahalliy davlat hokimiyati organi huzuridagi komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi.
(311-312-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
33. Qishloq xoʻjaligida qishloq xoʻjaligidan tashqari maqsadlarda foydalaniladigan yerlarni ajratish ularning amalda zarurligi va, qoidaga koʻra, ularda yetishtirilgan hosil yigʻishtirib olingandan keyin amalga oshiriladi.
34. Yer uchastkasi ajratishga doir materiallarni ishlab chiqish jarayonida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkalarining egalari, foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlarga yetkazilishi mumkin boʻlgan zararlar hajmi, shuningdek qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi yoʻqotishlari aniqlashtiriladi.
35. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyat hokimi uch ish kuni mobaynida oʻz vakolatlari doirasida, Ishchi organ tomonidan tayyorlangan materiallar asosida, obyekt qurilishi uchun yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Yer uchastkasi ajratishga doir materiallar nusxasi davlat hokimiyati organlarining qarori ilova qilingan holda yer uchastkasi chegaralarini naturaga tushirish va obyektni qurish uchun Ishchi organga beriladi.
36. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyat hokimining yer uchastkasiga doir materiallarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorida quyidagi masalalar aks ettirilishi kerak:
yer uchastkasi kimga va qanday maqsadlarda ajratilmoqda, shuningdek yer ularning yerlaridan olinayotgan (sotib olinayotgan) mulkdorlar, yer egalari, foydalanuvchilar va ijarachilarning nomi;
yer uchastkalari mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilar va ijarachilar boʻyicha yer maydonidan (mavjud boʻlganda) berilayotgan yer uchastkasining umumiy maydoni, shuningdek olib qoʻyilayotgan qishloq xoʻjaligi ekin maydonining sifati (bonitet ballari);
yer uchastkalari mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilar va ijarachilarga qoplanishi kerak boʻlgan (mavjud boʻlganda) zararlar hajmi;
qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi yoʻqotishlari hajmi (mavjud boʻlganda);
tuproqning unumdor qatlamini ajratib olish zarurligi (mavjud boʻlganda);
suv muhofazasi, ekologiya, sanitariya talablari, boshqa shartlar va talablar.
Oldingi tahrirga qarang.
361. Yer uchastkasi chegaralarini naturaga chiqarish va yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(361-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
III. Yakunlovchi qoidalar
(IV boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan III boʻlimga oʻzgartirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
37. Komissiyaga taqdim etiladigan hujjatlarning haqqoniyligi uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi va viloyatlar hokimlari javob beradilar.
38. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-oktabrdagi 277-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini joylashtirilishini koʻrib chiqish va kelishish komissiyasi tarkibi
| Xoʻjayev B.A. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Komissiya raisi |
| Toxtayev A.R. | — | “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Komissiya raisining oʻrinbosari |
| Salixov F.M. | — | Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi, Komissiyaning masʼul kotibi |
| Abdullayev M.A. | — | “Oʻzavtoyoʻl” DAK boshqaruvi raisi |
| Arabov S.A. | — | “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi raisi |
| Musayev D.O. | — | Davlat mulki qoʻmitasi raisi |
| Axmedboyev A.A. | — | Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari |
| Niyozmatov B.I. | — | Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh sanitariya vrachi |
| Shukurov J.M. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi direktori |
| Esanov M.T. | — | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari |
| Hakimov Z.L. | — | “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi raisi |
| Alimov B.D. | — | “Oʻzneftgazqurilishinvest” AK bosh direktori |
| Shonazarov Sh.T. | — | “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining arxitektura va shaharsozlik boshqarmasi boshligʻi |
| Lenneshmidt E.F. | — | “Oʻzshaharsozlik LITI” OAJ loyiha-qidiruv tashkiloti direktori v.b. |
| Akopjanyan V.A. | — | “Toshkentboshplan LITI” DUK loyiha-qidiruv tashkiloti direktori |
| Solixoʻjayev I.I. | — | “Qishloqqurilishloyiha” MChJ loyiha-qidiruv instituti direktori |
| Karimov A.A. | — | “Yoʻl-loyiha byurosi” MChJ loyihalash instituti bosh direktori |
| lavozimiga koʻra | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi oʻrinbosari, viloyatlar hokimlarining qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari. |
* Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoxud tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 43-son, 458-modda; 2010-y., 18-19-son, 141-modda, 52-son, 512-modda; 2014-y., 31-son, 380-modda; 2016-y., 21-son, 233-modda; 2017-y., 35-son, 931-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/493/1426-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)