Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIGA GRANTLI BEGʻARAZ TEXNIK KOʻMAKNI JALB ETISHNI YANADA KENGAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirish boʻyicha ustuvor loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar, donor mamlakatlarning begʻaraz texnik koʻmagi doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga grantlar jalb etish hajmini yanada koʻpaytirish, shuningdek grantlarni jalb etishga doir ishlar maqsadga yoʻnaltirilgan tarzda va samarali olib borilishi uchun vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari va mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirishni kuchaytirish va ularning shaxsiy javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Keyingi yillarda Oʻzbekiston Respublikasiga iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun begʻaraz texnik koʻmakni (grantlarni) jalb etishni tashkil qilishning, shuningdek ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish uchun hisob va nazoratning yagona yaxlit tizimi yaratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasiga begʻaraz texnik koʻmak (grantlar)ni keng jalb etish boʻyicha tashabbus koʻrsatish ishlari tizimli asosda olib borilishi, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlardan qatʼiy maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlash vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va tashkilotlar rahbarlarining eng muhim vazifalaridan biri deb hisoblansin.
2. Quyidagi tartib belgilansin, unga muvofiq vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislari:
grantlarni jalb etish, ulardan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha tashabbus koʻrsatib va samarali ishlashni tizimli asosda olib borganligi uchun, loyihaning ahamiyati va shaxsiy ulush hisobga olingan holda, hisobot yarim yili va yil yakunlari boʻyicha bir lavozim maoshidan besh lavozim maoshigacha miqdorda mukofotlanadi;
grantlar jalb etish ishi zarur darajada tashkil etilmaganligi, loyiha takliflari oʻz vaqtida va sifatli tayyorlanmaganligi, loyihalarni amalga oshirishning zarur samaradorligi taʼminlanmaganligi, shuningdek jalb etilgan grant mablagʻlaridan boshqa maqsadlardan foydalanilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-dekabrdagi PQ-1236-son qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 49-son, 522-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etiladigan texnik koʻmak hajmlari tizimli asosda koʻpaytirilishini taʼminlaganligi uchun vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlari va mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirish va masʼuliyatini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev, Vazirlar Mahkamasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari — Komplekslarning rahbarlari texnik koʻmak loyihalarini (grantlarni) jalb etish va amalga oshirish masalalari, shu jumladan loyiha takliflari sifatli tayyorlanishi, ular oʻz vaqtida kelishilishi, moliyalashtirish jalb etilishi, shuningdek mablagʻlardan samarali foydalanilishi uchun mutasaddilik qilinadigan vazirliklar va idoralar rahbarlarining shaxsiy hisobotlarini har chorakda eshitsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan:
2009-yilning II yarim yilligida jalb etiladigan grantlar, xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda donor mamlakatlar bilan kelishilgan begʻaraz texnik koʻmak boʻyicha ustuvor loyihalarning aniq roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq;
2010-2011-yillarda xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda donor mamlakatlar tomonidan moliyalashtirish taklif etilayotgan begʻaraz texnik koʻmak boʻyicha ustuvor loyihalarning yigʻma roʻyxati 3-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
2 va 3-ilovalarda koʻrsatib oʻtilgan vazirliklar va idoralarning rahbarlariga mutasaddilik qilinadigan tarmoqlarga texnik koʻmakni jalb etish boʻyicha tizimli ishlar zarur tarzda tashkil etilishi, loyiha takliflari sifatli tayyorlanishi, loyihalar oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 3-ilovada nazarda tutilgan aniq loyihalarni moliyalashtirish masalalari potensial donorlar bilan kelishilishini taʼminlasin.
* 2 va 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishgan holda, zaruriyat boʻlganda, 3-ilovada belgilangan roʻyxatga va loyihalar parametrlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
2-ilovaga muvofiq begʻaraz texnik koʻmak (grantlar) boʻyicha maʼqullangan ustuvor loyihalarni puxta ishlash va amalga oshirish jarayoni samarali muvofiqlashtirilishni taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda grant mablagʻlaridan texnik koʻmak loyihalari amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan vazirliklar va idoralar tomonidan maqsadli foydalanilishi ustidan qatʼiy obyektma-obyekt nazorat oʻrnatsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda xorijiy investitsiyalarni jalb etish, shu jumladan, birinchi navbatda, ushbu qarorda belgilangan loyihalarni amalga oshirish uchun texnik koʻmak mablagʻlarini (grantlarni) jalb etish boʻyicha chet eldagi diplomatik vakolatxonalar ishini faollashtirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 20-oktabr,
275-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-oktabrdagi 275-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etiladigan texnik koʻmak hajmlari tizimli asosda koʻpaytirilishini taʼminlaganligi uchun vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlari va mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirish va masʼuliyatini oshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom xalqaro moliyaviy iqtisodiy institutlar hamda donor mamlakatlarning Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etiladigan begʻaraz texnik koʻmagi (keyingi oʻrinlarda grantlar deb yuritiladi) hajmini koʻpaytirish tizimli asosda taʼminlanganligi uchun vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlari va mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirish va masʼuliyatini oshirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasiga grantlarni jalb etish jarayonidagi faol ishtiroki uchun ragʻbatlantirish va taqdirlash tizimi Oʻzbekiston Respublikasiga grantlarni jalb etish jarayonida bevosita qatnashadigan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari va xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari boshliqlari va xodimlari, xalqaro moliyaviy institutlardagi Oʻzbekiston Respublikasidan boshqaruvchilar ofislarining mansabdor shaxslari uchun belgilanadi.
3. Ragʻbatlantirish va taqdirlash xodimlar mehnatini ragʻbatlantirishning qonun hujjatlarida belgilangan boshqa usullari bilan birgalikda maxsus pul toʻlovlari (keyingi oʻrinlarda “mukofotlash” deb yuritiladi) shaklida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Quyidagilar mukofotlash uchun mablagʻlar manbalari hisoblanadi:
Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun — budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek budjetdan tashqari mablagʻlar;
Keyingi tahrirga qarang.
xoʻjalik hisobidagi tashkilotlar uchun — oʻz mablagʻlari.
II. Oʻzbekiston Respublikasiga grantlar jalb etish hajmi koʻpayishini tizimli asosda taʼminlayotgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirish tartibi
5. Ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini qoʻllash uchun quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasiga grantlar jalb etish jarayonida aniq har bir xodimning ishtiroki darajasini baholashning asosiy mezonlari hisoblanadi:
grantlarni jalb etish masalalarida tashabbus koʻrsatish, uyushqoqlik va izchillik, begʻaraz texnik koʻmak loyihalarini olgʻa siljitish;
grantni jalb etish yoki loyihani amalga oshirish jarayonida texnik-iqtisodiy asoslash va texnik-iqtisodiy hisob-kitobni, boshqa loyiha hujjatlarini tayyorlashning sifat darajasi;
loyihani amalga oshirish jarayoniga qoʻshilgan shaxsiy ulush;
loyiha bilan uning parametrlarida belgilanganiga qaraganda samaradorlikning yuqoriroq koʻrsatkichlariga erishish.
6. Grantlarni jalb etish, ulardan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha tashabbus koʻrsatib va samarali ishlash tizimli asosda olib borilganligi uchun, loyihaning ahamiyati va shaxsiy ulush hisobga olingan holda, ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislari hisobot yarim yili va yil yakunlari boʻyicha lavozim maoshlarining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda mukofotlanadilar.
7. Mukofotlarning aniq miqdorlari va mukofotlanadigan mansabdor shaxslar roʻyxati har bir aniq loyiha boʻyicha tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan aniqlashtiriladi va tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mukofotlash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat asosda:
Keyingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarni mukofotlash — vazirlik, idora, tashkilot rahbarining buyrugʻiga muvofiq;
vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarini mukofotlash — mutasaddilik qiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
III. Grantlarni jalb etish ishi zarur darajada tashkil etilmaganligi uchun vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlari va mansabdor shaxslarini javobgarlikka tortish tartibi
8. Vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlari va mansabdor shaxslari:
grantlarni jalb etish ishi zarur tarzda tashkil etilmaganligi, bu loyiha hujjatlarini oʻz vaqtida va sifatli tayyorlashga, loyihani amalga oshirish samaradorligiga, grantlar jalb etish prognozlari bajarilishiga bevosita taʼsir etganligi;
loyiha takliflari oʻz vaqtida va sifatli tayyorlanmaganligi;
respublika Hukumati tomonidan, grantlar ajratish toʻgʻrisidagi bitimlar, loyiha parametrlari bilan belgilangan grantlarni jalb etish muddatlari va loyihalarni amalga oshirish muddatlari barbod qilinganligi;
loyihani amalga oshirish shartlari buzilganligi munosabati bilan loyihaning parametrlarida belgilangan samaradorlik koʻrsatkichlariga erishilmaganligi;
jalb etilgan grant mablagʻlaridan boshqa maqsadda foydalanilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan qoida buzilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining rahbarlari va mansabdor shaxslariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy jazoning quyidagi choralari qoʻllanilishi mumkin:
Keyingi tahrirga qarang.
mukofotdan mahrum qilish;
oʻrtacha oylik ish haqining oʻttiz foizigacha miqdorda jarima solish;
hayfsan berish;
egallab turgan lavozimidan ozod qilish.
10. Intizomiy jazo choralari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining grantlar jalb etilishi va loyihalar amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi xulosasi hisobga olingan holda:
mansabdor shaxslarga — vazirlik, idora, tashkilot rahbarining buyrugʻiga muvofiq;
vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlariga — mutasaddilik qiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari qaroriga muvofiq koʻriladi.
11. Aniq bir ijrochilar tomonidan grantlarni jalb etish yuzasidan amalga oshirilgan tadbirlar natijalari tegishli vazirliklar va idoralar hayʼatlarida tanqidiy koʻrib chiqiladi.
12. Grantlarni jalb etish masalalari boʻyicha vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari har chorakda mutasaddilik qiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari tomonidan eshitiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 43-son, 457-modda, 49-son, 522-modda, 52-son, 572-modda; 2013-y., 14-son, 179-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)