Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2011 20.05.2002 yildagi PF-3076-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2011
Hujjat 20.05.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SAVDO VA UMUMIY OVQATLANISh SOHASIDA SOLIQQA TORTISh TIZIMINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-dekabrdagi PF-4261-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” gi Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida band boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish tizimini yanada soddalashtirish va tartibga solish, budjetga soliqlar tushumi toʻliq yigʻilishini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2002-yilning 1-iyulidan boshlab chakana savdo sohasidagi kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun belgilangan daromadidan olinadigan yagona soliq joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, chakana savdo sohasidagi kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun belgilangan daromadidan olinadigan yagona soliq foydalaniladigan umumiy maydon birligini hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan soliqning bazaviy stavkasiga asoslanib joriy etiladi va bunda savdo korxonalarining qayerda joylashganiga, ular sotadigan isteʼmol mollarining turi, nomi va assortimentiga qarab oʻzgaruvchan koeffitsiyentlar qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, 2002-yilning 1-iyulidan boshlab ulgurji va chakana savdo korxonalari (kichik korxonalar va mikrofirmalar bundan mustasno), umumiy ovqatlanish korxonalari yalpi daromad soligʻi, mulk soligʻi, shuningdek yagona soliq oʻrniga yalpi tushum (tovar oboroti hajmi)dan yagona soliq toʻlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yalpi tushum (tovar oboroti hajmi)dan yagona soliq toʻlovchi ulgurji savdo korxonalari belgilangan tartibda qoʻshilgan qiymat soligʻini ham toʻlovchilar ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ulgurji va chakana savdo, umumiy ovqatlanish korxonalari uchun bojxona toʻlovlari, davlat poshlinalari, savdo qilish huquqi uchun yigʻim, shu jumladan tovarlarning ayrim turlari bilan savdo qilish huquqini beradigan litsenziya yigʻimlari, shuningdek davlatning maqsadli jamgʻarmalariga ajratmalar toʻlashning amaldagi tartibi saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlarga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin. Bunda soliqqa tortish tizimini oʻzgartirish va soliqlar stavkasini indekslash bilan bogʻliq oʻzgarishlar, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning ayrim faoliyat turlarini amalga oshirishdan oladigan daromadlariga qatʼiy belgilangan soliqning joriy etilishi tadbirkorlik, shu jumladan kichik va xususiy biznes subyektlarining faoliyati uchun nisbatan noqulay shart-sharoitni vujudga keltiruvchi omillar emasligi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddat ichida ushbu Farmonni ijro etish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 20-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-3076-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 6-7-son, 106-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 3-son, 21-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 6-7-son, 89-modda)