13.10.2009 yildagi O‘RQ-229-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.04.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ARXEOLOGIYA MEROSI OBYEKTLARINI MUHOFAZA QILISH VA ULARDAN FOYDALANISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 16-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2009-yil 29-avgustda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeolog — tegishli oliy maʼlumotga ega boʻlgan tadqiqotchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya ashyolari davlat katalogi — har bir arxeologiya ashyosi toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar mavjud boʻlgan hisobga olish hujjati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya ashyosi — arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini amalga oshirishda yoki xoʻjalik va oʻzgacha faoliyat jarayonida aniqlangan, shuningdek tasodifan topilgan (xazina) va identifikatsiyalashdan oʻtkazilgan moddiy qoldiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya yodgorligi — Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga kiritilgan arxeologiya obyekti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya merosi obyektlari — arxeologiya obyektlari va arxeologiya ashyolari majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya nazorati — arxeologiya tadqiqotining arxeologiya obyektini saqlash maqsadida amalga oshiriladigan va arxeologiya obyekti hududining chegaralarida yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya, xoʻjalik, yoʻlsozlik ishlarini va boshqa ishlarni bajarishda madaniy meros obyektlarini saqlash talablariga rioya qilinishi ustidan nazorat oʻrnatiladigan turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya obyekti — inson faoliyatining barcha koʻrinishlariga taalluqli hamda saqlanish holatidan qatʼi nazar arxeologik, antropologik, etnografik qimmatga yoki oʻzga tarixiy, ilmiy, badiiy, madaniy qimmatga ega boʻlgan joy, inshoot (asar), imorat, majmua (ansambl), ularning boʻlaklari, ular bilan bogʻliq hududlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya tadqiqoti — arxeologiya obyektlari, arxeologiya yodgorliklari va arxeologiya ashyolarini oʻrganish orqali yangi bilimlarni egallash maqsadida amalga oshiriladigan faoliyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya qazishmalari — arxeologiya tadqiqotining arxeologiya obyektida qazishma ishlarini qoʻllagan holda madaniy qatlamlar, meʼmoriy va boshqa moddiy qoldiqlarni oʻrganish maqsadida amalga oshiriladigan turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya qidiruvlari — arxeologiya tadqiqotining arxeologiya obyekti madaniy qatlamining yemirilishi bilan bogʻliq boʻlmagan (madaniy qatlam qalinligini aniqlash uchun cheklangan qazishmadan tashqari) va arxeologiya obyektini aniqlash, xaritalashtirish, uning chegaralarini belgilash, izohlash, tekshirish, shuningdek ilgari aniqlangan arxeologiya obyekti toʻgʻrisida zamonaviy maʼlumotlarni olish maqsadida amalga oshiriladigan turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy hisobot — ochiq varaq va ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilgan arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratining natijalari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot beruvchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq varaq — arxeologning professional darajasini tasdiqlovchi va unga arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnoma — ochiq varaq olgan arxeologga arxeologiya obyektida arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Arxeologiya merosi obyektlariga boʻlgan mulk huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya merosi obyektlariga boʻlgan mulk huquqi davlatga tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya ashyolari operativ boshqarish huquqi asosida fan, madaniyat va taʼlim muassasalariga biriktirib qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya merosi obyektlari moddiy madaniy meros obyektlari sirasiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish va arxeologiya tadqiqotlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat dasturlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya ashyolari davlat katalogi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya ashyolarini Arxeologiya ashyolari davlat katalogida roʻyxatdan oʻtkazish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya ashyolarini davlatga topshirish hamda ularni fan, madaniyat va taʼlim muassasalariga biriktirib qoʻyish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan, madaniyat va taʼlim muassasalariga biriktirib qoʻyilgan arxeologiya ashyolaridan foydalanish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi maxsus vakolatli muassasani (bundan buyon matnda maxsus vakolatli muassasa deb yuritiladi) belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro arxeologiya tadqiqotlarini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.

6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari
(6-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
(6-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish, ulardan foydalanish va arxeologiya tadqiqotlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish, saqlash va ulardan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya ashyolarini hisobga olish va saqlash tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya ashyolari davlat katalogini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya ashyolarini Arxeologiya ashyolari davlat katalogida roʻyxatdan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya ashyolari davlat katalogida roʻyxatdan oʻtkazilgan arxeologiya ashyolarini tasarrufdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnoma berish tartibi va shartlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnoma beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilgan har bir ruxsatnoma boʻyicha ilmiy hisobot qabul qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy hisobotlarni yigʻadi va ularning idoraviy arxivda saqlanishini taʼminlaydi.
(6-moddaning birinchi qismi oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi maxsus vakolatli muassasa
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus vakolatli muassasa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan, madaniyat va taʼlim muassasalarida amalga oshiriladigan arxeologiya tadqiqotlarini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini amalga oshirish tartibini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya obyektlarida maxsus asbob-uskunalardan foydalanish tartibi va shartlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya obyektlarida maxsus asbob-uskunalardan foydalanish uchun maxsus ruxsatnoma beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga biriktirib qoʻyilgan arxeologiya ashyolari hisobga olinishi va saqlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy hisobotni tuzish, ekspertizadan oʻtkazish va undan foydalanish tartibini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq varaq berish tartibi va shartlarini, uning shakllari namunalarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq varaq beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilgan har bir ochiq varaq boʻyicha ilmiy hisobot qabul qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy hisobotlarni yigʻadi va ularning idoraviy arxivda saqlanishini taʼminlaydi;
(7-moddaning birinchi qismi oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya merosi obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasini oʻtkazishda qatnashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus vakolatli muassasa qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz hududlari doirasida:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya merosi obyektlari lozim darajada muhofaza qilinishi va saqlanishi uchun shart-sharoitlarni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya merosi obyektlarining but saqlanishi holati ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq varaq va ruxsatnoma olgan arxeologga arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini tashkil etishda yordam beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya, xoʻjalik, yoʻlsozlik ishlari va boshqa ishlar uchun yer uchastkalari ajratilishini loyihalashtirishda arxeologiya obyektlarini saqlash talablariga rioya qilinishini qonun hujjatlariga muvofiq taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolarni arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish, saqlash hamda targʻib qilishga doir tadbirlar oʻtkazishga ixtiyoriy asosda jalb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Arxeologiya merosi obyektlarini davlat tomonidan muhofaza qilish va ulardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Arxeologiya obyektlarining davlat tomonidan muhofaza qilinishini taʼminlash va ulardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya obyektlarining davlat tomonidan muhofaza qilinishini taʼminlash va ulardan foydalanish madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Arxeologiya obyektini Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya obyektini Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga kiritish madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Arxeologiya yodgorligini Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastridan chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya yodgorligini Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastridan chiqarish uning uzil-kesil arxeologiya tadqiqotidan keyingina madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Arxeologiya ashyolarini davlat hisobiga olish va saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya ashyolarini davlat hisobiga olishga ularni aniqlash, batafsil tavsifi bilan ularning roʻyxatini tuzish, ilmiy va madaniy qimmatini aniqlash, ilmiy hisobot taqdim etish, arxeologiya ashyolarini Arxeologiya ashyolari davlat katalogida roʻyxatdan oʻtkazish, fan, madaniyat va taʼlim muassasalariga biriktirib qoʻyilgan arxeologiya ashyolarini hisobga olish kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya ashyolarini saqlash ularning but saqlanishini taʼminlash uchun moddiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan, madaniyat va taʼlim muassasalariga biriktirib qoʻyilgan arxeologiya ashyolarini hisobga olish va saqlash Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
(12-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Arxeologiya ashyolari davlat katalogini yuritish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya ashyolari davlat katalogini Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi yuritadi.
(13-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning arxeologiya ashyolariga boʻlgan fuqarolik huquq va majburiyatlarini belgilash, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlari mazkur harakatlar Arxeologiya ashyolari davlat katalogida roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyingina amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Arxeologiya ashyolarini Arxeologiya ashyolari davlat katalogida roʻyxatdan oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya ashyolarini Arxeologiya ashyolari davlat katalogida roʻyxatdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(14-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Arxeologiya ashyolari davlat katalogida roʻyxatdan oʻtkazilgan arxeologiya ashyolarini tasarrufdan chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya ashyolari davlat katalogida roʻyxatdan oʻtkazilgan arxeologiya ashyolarini tasarrufdan chiqarish mumkin emas, ularning yoʻqolishi, yemirilishi yoki boshqa arxeologiya ashyolariga ayirboshlanishi hollari bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya ashyolari davlat katalogida roʻyxatdan oʻtkazilgan arxeologiya ashyolarini ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda tasarrufdan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan qabul qilinadi.
(15-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Arxeologiya ashyolarini davlatga topshirish hamda fan, madaniyat va taʼlim muassasalariga biriktirib qoʻyish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya ashyolari ularni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda keyinchalik fan, madaniyat va taʼlim muassasalariga biriktirib qoʻyish uchun davlatga topshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq varaq va ruxsatnoma olgan arxeolog arxeologiya ashyolari davlatga topshirilishiga qadar ularning but saqlanishini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya ashyolari davlatga topshirilganidan keyin ochiq varaq va ruxsatnoma olgan arxeologga topshirilganlik faktini tasdiqlovchi hujjat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya ashyolarini fan, madaniyat va taʼlim muassasalariga biriktirib qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qilinayotganda, mazkur muassasalarda moddiy-texnika bazasining, shu jumladan, xona yoki xonalar, saqlash uchun zarur asbob-uskunalar, muhofaza vositalari hamda yongʻinga qarshi vositalarning mavjud boʻlishi majburiy shart hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya ashyolari ular aniqlangan joyda qoldirilgan taqdirda, ochiq varaq va ruxsatnoma olgan arxeolog madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi tegishli organ bilan birgalikda mazkur ashyolarni konservatsiyalash chora-tadbirlarini koʻrishlari lozim. Bunda mazkur arxeologiya ashyolari tavsiflanishi, suratga olinishi va ilmiy hisobotda koʻrsatib oʻtilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Fan, madaniyat va taʼlim muassasalariga biriktirib qoʻyilgan arxeologiya ashyolaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan, madaniyat va taʼlim muassasalariga biriktirib qoʻyilgan arxeologiya ashyolaridan foydalanishga faqat quyidagi maqsadlarda yoʻl qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy, madaniy, taʼlim va maʼrifiy faoliyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya ashyolarini eʼlon qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan, madaniyat va taʼlim muassasalariga biriktirib qoʻyilgan arxeologiya ashyolaridan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Arxeologiya ashyolarini asrash chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya ashyolarini asrash chora-tadbirlari konservatsiyalash, taʼmirlash va rekonstruksiya qilish ishlarini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya ashyosini konservatsiyalash — arxeologiya ashyosini mavjud koʻrinishida asrash va uning holati yomonlashuvining oldini olish maqsadida amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar hamda ishlab chiqarish ishlari majmui.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya ashyosini taʼmirlash — arxeologiya ashyosining tarixiy va estetik qimmatini aniqlash hamda saqlab qolish va uning but saqlanishini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar hamda ishlab chiqarish ishlari majmui.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya ashyosini rekonstruksiya qilish — butunlay yoki qisman shikastlangan arxeologiya ashyosini tiklash boʻyicha uning saqlanib qolgan asl boʻlaklarini imkon boricha aniqlashtirish maqsadida, biroq kiritilgan toʻldirishlar yaqqol bilinib turadigan tarzda amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar hamda ishlab chiqarish ishlari majmui.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya ashyosini konservatsiyalash, taʼmirlash va rekonstruksiya qilish ishlari mazkur arxeologiya ashyosi biriktirib qoʻyilgan fan, madaniyat va taʼlim muassasasi maʼmuriyatining qarori asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Arxeologiya ashyolarini Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya ashyolari Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilishi mumkin emas, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya ashyolarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga vaqtincha olib chiqish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Arxeologiya merosi obyektlarining arxeologiya tadqiqoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini amalga oshirish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazorati oʻz taʼsis hujjatlarida arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini amalga oshirish nazarda tutilgan davlat muassasalari hamda tashkilotlari tomonidangina maxsus vakolatli muassasa belgilagan tartibda amalga oshiriladi. Ular ishlarning sifatli bajarilishi, ilmiy hisobotning oʻz vaqtida taqdim etilishi va sifati uchun javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologda ochiq varaq va ruxsatnoma mavjud boʻlgandagina arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi. U arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratiga bevosita rahbarlik qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya obyektida qazishmalarni oʻzboshimchalik bilan amalga oshirish taqiqlanadi. Bunday harakat davomida qoʻlga kiritilgan arxeologiya ashyolari davlat mulkiga topshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Arxeologiya qazishmalarini rejalashtirishdagi ustuvorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya qazishmalarini rejalashtirishda ustuvorlikka rioya qilinishi lozim boʻlib, bunday ustuvorlikka muvofiq arxeologiya qazishmalari, avvalo, tabiiy yemirilish va qonun hujjatlariga muvofiq har qanday boshqa harakatlar hamda holatlar xavf tugʻdirayotgan arxeologiya obyektlarida yoki arxeologiya yodgorliklarida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Ochiq varaq va ruxsatnoma berish tartibi hamda shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq varaq berish tartibi va shartlari, uning shakllari namunalari maxsus vakolatli muassasa tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnoma berish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan belgilanadi.
(22-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Ochiq varaqning shakllari va amal qilish muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya tadqiqotlarining xususiyatiga qarab ochiq varaq quyidagi shakllarga ega boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya qazishmalarini amalga oshirish huquqini beruvchi 1-shakl;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uncha katta boʻlmagan maydonlarni (bir arxeologiya obyektida 20 kv. metrgacha) qazib ochgan holda arxeologiya qidiruvlarini amalga oshirish va arxeologiya merosi obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasini oʻtkazish hamda arxeologiya nazoratini amalga oshirish doirasida yer uchastkalarini tadqiq etish huquqini beruvchi 2-shakl;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya obyektida biron-bir yer qazish ishlarini bajarmagan holda, arxeologiya qidiruvlarini amalga oshirish (bundan ochilib qolgan joylarda cheklangan tozalash ishlari mustasno) huquqini beruvchi 3-shakl;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qazish, qurilish ishlari chogʻida yemirilayotgan yoki avariya holatida boʻlgan arxeologiya obyektida uning yemirilishi xavfini bartaraf etish maqsadidagi muhofaza-qutqaruv qazishmalarini amalga oshirish huquqini beruvchi 4-shakl.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 va 4-shakllar boʻyicha ochiq varaqlar muayyan arxeologiya obyektlarida arxeologiya qazishmalarini amalga oshirish uchun beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 va 3-shakllar boʻyicha ochiq varaqlar Oʻzbekiston Respublikasining tegishli maʼmuriy-hududiy birligi va zarur boʻlgan hollarda, muayyan arxeologiya obyekti koʻrsatilgan holda, arxeologiya qidiruvlarini amalga oshirish uchun beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berilgan sanasidan qatʼi nazar, ochiq varaqning amal qilish muddati kalendar yilning soʻnggi kunida tugaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Ochiq varaq va ruxsatnoma olgan arxeologning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq varaq va ruxsatnoma olgan arxeolog:

arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini ochiq varaqda belgilangan doirada amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya obyektining yemirilishiga olib kelayotgan har qanday harakatlarni toʻxtatish talabi bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi aniqlagan arxeologiya ashyolarining arxeologiya tadqiqoti va ilmiy ekspertizasini oʻtkazish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq varaq va ruxsatnoma olgan arxeolog qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Ochiq varaq va ruxsatnoma olgan arxeologning majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq varaq va ruxsatnoma olgan arxeolog:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnomani madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi tegishli organda roʻyxatdan oʻtkazishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini ochiq varaqda belgilangan doirada amalga oshirish tartibiga rioya qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya qidiruvlari va arxeologiya nazoratini amalga oshirishda arxeologiya obyektida aniqlangan yemirilishlar toʻgʻrisida madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi tegishli organga bir haftalik muddatda yozma shaklda xabar berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini amalga oshirishda aniqlangan ilgari nomaʼlum boʻlgan arxeologiya obyektlari va arxeologiya ashyolari toʻgʻrisida madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi tegishli organga yozma shaklda xabar berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
batafsil tavsifi (materiali, oʻlchamlari, sanasi va boshqalar) bilan har bir arxeologiya ashyosining roʻyxatini tuzishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya obyektining birlamchi konservatsiyasi va but saqlanishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini amalga oshirishda aniqlangan arxeologiya ashyolarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda davlatga topshirishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq varaqning amal qilish muddati tugaganidan soʻng, biroq kelgusi kalendar yilning birinchi choragi tugashidan kechiktirmasdan tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga hamda maxsus vakolatli muassasaga ilmiy hisobot taqdim etishi shart.
(25-moddaning birinchi qismi toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq varaq va ruxsatnoma olgan arxeolog zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Arxeologiya obyektlarida maxsus asbob-uskunalardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya obyektlarida maxsus asbob-uskunalardan foydalanishga maxsus vakolatli muassasa tomonidan berilgan maxsus ruxsatnoma mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya obyektlarida maxsus asbob-uskunalardan foydalanish tartibi va shartlari maxsus vakolatli muassasa tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Fan, madaniyat va taʼlim muassasalariga biriktirib qoʻyilgan arxeologiya ashyolarining arxeologiya tadqiqoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan, madaniyat va taʼlim muassasalariga biriktirib qoʻyilgan arxeologiya ashyolarining arxeologiya tadqiqoti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Ilmiy hisobot tuzishga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy hisobotda arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini amalga oshirishda aniqlangan va (yoki) tadqiq etilgan arxeologiya merosi obyektlari toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlar matn va chizma koʻrinishida taqdim qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy hisobotga arxeologiya ashyosi davlatga topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy hisobot muddatsiz saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy hisobotning rasmiylashtirilishi, mazmuni va ilovasiga, uni taqdim etish muddatiga doir talablar, shuningdek ilmiy hisobotni ekspertizadan oʻtkazish tartibi maxsus vakolatli muassasa tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi arxeologiya tadqiqotlari toʻgʻrisida tegishli hujjatlarga ega boʻlgan yuridik shaxslar maxsus vakolatli muassasaning yozma soʻroviga koʻra mazkur hujjatlarning asl yoki koʻchirma nusxalarini taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq varaq va ruxsatnoma olgan arxeologning ilmiy hisobotga boʻlgan mualliflik huquqi qonun hujjatlariga muvofiq taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Arxeologiya merosi obyektlarini davlat tomonidan muhofaza qilish va ulardan foydalanishni moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya merosi obyektlarini davlat tomonidan muhofaza qilish va ulardan foydalanishni, shuningdek arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi xalqaro hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi xalqaro hamkorlik Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 13-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-229-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 42-son, 448-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)