OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
QARORI
“JISMONIY ShAXSLAR TOMONIDAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA ChEGARADOSh DAVLATLAR HUDUDIDAN ShAXSIY FOYDALANISh UChUN BOJSIZ OLIB KIRILADIGAN ISTEʼMOL TOVARLARINING ChEKLANGAN MIQDORIY NORMALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA”GI QAROR VA UNGA OʻZGARTIRIShLARNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 30-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1196-2]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) 6 va 7-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-iyundagi PQ-1118-son “Jismoniy shaxslar tomonidan isteʼmol tovarlarini olib kirishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 23-son, 262-modda) qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2002-yil 28-dekabrdagi 141, XI-01/12-4998, 01-02/8-52-son “Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chegaradosh davlatlar hududidan shaxsiy foydalanish uchun boj toʻlamasdan olib kiriladigan isteʼmol tovarlarining cheklangan miqdoriy normalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1196, 2002-yil 28-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 23-24-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 11-iyuldagi 74, EG-01/19-4543, 01-02/20-48-son “Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chegaradosh davlatlar hududidan shaxsiy foydalanish uchun bojsiz olib kiriladigan isteʼmol tovarlarining cheklangan miqdoriy normalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1196-1, 2008-yil 11-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 29-30-son, 285-modda).
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 9-sentabr,
86-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 9-sentabr,
EG-01/10-5948-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2009-yil 9-sentabr,
01-02/8-19-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 40-son, 438-modda)