Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining
buyrugʻi
Pochta aloqasida frankirlash mashinasidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 19-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2008]
Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 17-son, 209-modda) muvofiq buyuraman:
1. Pochta aloqasida frankirlash mashinasidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor A. ARIPOV
Toshkent sh.
2009-yil 25-avgust,
266-son
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining 2009-yil 25-avgustdagi 266-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Pochta aloqasida frankirlash mashinasidan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Ushbu Nizom Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq pochta aloqasida frankirlash mashinalaridan foydalanishning yagona tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Frankirlash mashinasi oddiy va buyurtma xatlar, oddiy va buyurtma banderollar, oddiy va buyurtma varaqchalarga (bundan keyin — yozma xat-xabarlar) pochta aloqasi xizmatlari uchun haq toʻlanganligini, shuningdek yozma xat-xabarlar qabul qilingan sana va joyi, pochta manzilini tasdiqlaydigan rasman qabul qilingan izlarni tushirish uchun moʻljallangan.
2. Frankirlash mashinalaridan “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ pochta aloqasining hududiy tashkilotlari, pochta aloqasi obyektlari yozma-xat-xabarlarni qabul qilishda, shuningdek pochta aloqasi foydalanuvchilari (bundan keyin — foydalanuvchilar) (faqat yuridik shaxslar) shartnoma asosida pochta aloqasining hududiy tashkilotlari, pochta aloqasi obyektlari (pochta aloqasi bogʻlamalari, pochtamtlar)ning bevosita nazorati ostida foydalanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Frankirlash mashinasi quyidagilarga ega boʻlishi kerak:
a) pochta aloqasi xizmatlari uchun toʻlov summasini qayd etish uchun maxsus qurilma (hisoblagich)
b) foydalanuvchi pochta manzilining tamgʻasi;
v) yozma xat-xabarlarni qabul qilishni amalga oshiradigan pochta aloqasining hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyektining nomi va qabul qilish sanasi boʻlgan taqvim shtempel tamgʻasi;
Keyingi tahrirga qarang.
g) pochta aloqasi xizmatlari toʻlanganligini tasdiqlaydigan tamgʻa (bundan keyin — toʻlov izi), frankirlash mashinasining roʻyxatga olish raqami.
4. Foydalanuvchilar tomonidan sotib olingan frankirlash mashinalari va pochta manzilining tamgʻasi ularning mulki, taqvim shtempeli va toʻlov izining tamgʻasi “Oʻzbekiston pochtasi” OAJning nomli buyumlari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Frankirlash mashinalari, shuningdek “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ mulki boʻlishi va foydalanuvchilarga ijaraga berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Pochta aloqasi xizmatlarini toʻlash uchun “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ nomli buyumlarisiz frankirlash mashinalaridan foydalanish taqiqlanadi. Frankirlash mashinalarining tamgʻasi standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablariga muvofiq kelishi kerak.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2014-yil 8-maydagi 81-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2008-1, 15.05.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 239-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
6. Yozma xat-xabarlarni qabul qilish uchun pochta aloqasining hududiy tashkilotlari, pochta aloqasi obyektlari tomonidan foydalaniladigan frankirlash mashinalari manzil tamgʻasi oʻrniga “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ logotipiga ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Pochta aloqasining hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bogʻlamasi, pochtamt) tomonidan foydalanuvchilar, frankirlash mashinasida rasmiylashtirilgan yozma xat-xabarlarni qabul qilishni amalga oshiradigan, pochta aloqasi obyektiga biriktiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Frankirlash mashinasi tamgʻasining iziga ega yozma xat-xabarlarni joʻnatish faqat foydalanuvchilar biriktirilgan pochta aloqasi obyekti orqali amalga oshiriladi.
8. Pochta qutisiga tushirilgan frankirlash mashinasi tamgʻasining izi boʻlgan yozma xat-xabarlar belgilangan joyi boʻyicha joʻnatilmaydi, uni joʻnatuvchiga belgilangan tartibda topshirish uchun qaytariladi.
II. Frankirlash mashinalarini roʻyxatga olish va ulardan foydalanish
9. Frankirlash mashinalaridan foydalanishga, ular roʻyxatga olinganidan hamda pochta aloqasining hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bogʻlamasi, pochtamt) bilan shartnoma tuzilganidan keyin yoʻl qoʻyiladi. Frankirlash mashinalarining mulkdori hisoblangan pochta aloqasining hududiy tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari (pochta aloqasi bogʻlamalari, pochtamtlar) uchun shartnoma tuzish talab etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Frankirlash mashinalari va ularga nomli buyumlar tamgʻasini roʻyxatga olish pochta aloqasining hududiy tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlarida (pochta aloqasi bogʻlamalari, pochtamtlarda) olib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Frankirlash mashinalarini roʻyxatga olish roʻyxatga olish varaqchalari (1-ilova) bilan amalga oshiriladi, unda frankirlash mashinasining roʻyxatga olish raqami, tipi, tayyorlovchi-zavod, zavod (seriya, hisobga olish) raqami, chiqarilgan sana, muvofiqlik sertifikati raqami, frankirlash mashinasi foydalanuvchisining rekvizitlari yoziladi. Pochta aloqasining hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bogʻlamasi, pochtamt)da frankirlash mashinasidan foydalanilganda roʻyxatga olish varaqchasida ularning nomi, pochta manzili yoziladi va mashinadan foydalanish uchun masʼul pochta aloqasi obyekti xodimi koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Roʻyxatga olish varaqchasining orqa tomoniga frankirlash mashinasining barcha tamgʻalarining izi tushiriladi.
12. Frankirlash mashinasi foydalanuvchisining pochta manzili yoki nomi yoxud roʻyxatga olish varaqchasiga kiritilgan rekvizitlar oʻzgargan taqdirda foydalanuvchi frankirlash mashinasini qayta roʻyxatdan oʻtkazishga majburdir.
13. Foydalanishda boʻlgan frankirlash mashinasi sotilgan taqdirda yangi foydalanuvchi mashinani roʻyxatdan oʻtkazishi va undan foydalanish uchun hududiy tegishliligi boʻyicha pochta aloqasining hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bogʻlamasi, pochtamt) bilan belgilangan tartibda shartnoma tuzishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
14. “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ tomonidan frankirlash mashinalari ijaraga berilgan taqdirda, mashinadan foydalanish uchun shartnoma pochta aloqasining hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bogʻlamasi, pochtamt) va ijarachi (foydalanuvchi) oʻrtasida tuziladi. Bunda foydalanuvchi, uning pochta manzili tamgʻasini tayyorlash uchun buyurtma berishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Pochta aloqasining hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bogʻlamasi, pochtamt) vakili tomonidan foydalanuvchining vakili ishtirokida “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ taqvim shtempeli va toʻlov izining tamgʻasi frankirlash mashinasiga qoʻyiladi. Bunda, frankirlash mashinasi hisoblagichining koʻrsatkichlari qayd etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Zarur boʻlganda, pochta aloqasi xizmatlarini taqdim etish uchun avans summasi kiritilishi mumkin.
16. Frankirlash mashinasi pochta aloqasining hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bogʻlamasi, pochtamt) vakili tomonidan muhrlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Frankirlash mashinasidan foydalanishni joriy etishda pochta aloqasining hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bogʻlamasi, pochtamt) vakili tomonidan, kiritish vaqtidagi hisoblagichning koʻrsatkichlari belgilanadigan dalolatnoma uch nusxada tuziladi. Birinchi nusxasi foydalanuvchida qoladi, ikkinchisi frankirlash mashinasi roʻyxatga olingan joy boʻyicha pochta aloqasining hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bogʻlamasi, pochtamt)ga, uchinchisi xizmat koʻrsatuvchi pochta aloqasi obyektiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Frankirlash mashinasining mulkdori boʻlib pochta aloqasining hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bogʻlamasi, pochtamt) hisoblansa, mashinadan foydalanishga kiritish dalolatnomasi ikki nusxada tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Frankirlash mashinasidan foydalanganligi uchun shartnoma toʻxtatilgan yoki frankirlash mashinasining foydalanuvchisi oʻzgargan taqdirda nomli buyumlar tamgʻasi mashina roʻyxatga olingan pochta aloqasining hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bogʻlamasi, pochtamt)ga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Taqvim shtempeli tamgʻasi yoʻq qilinadi, buning uchun pochta aloqasining hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bogʻlamasi, pochtamt) rahbari tomonidan komissiya tuziladi. Yoʻq qilish mexanik shikastlash yoʻli bilan amalga oshiriladi, bu haqda dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaga taqvim shtempeli tamgʻasining izi tushiriladi.
Pochta aloqasi xizmatlari toʻlovi izining tamgʻasi frankirlash mashinasidan foydalanish uchun yangi shartnoma tuzilgunga qadar, foydalanish imkoniyatini istisno qiluvchi tartibni taʼminlagan holda, pochta aloqasining hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bogʻlamasi, pochtamt)da saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Yozma xat-xabarlarni qabul qilish amalga oshiriladigan pochta aloqasining hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyektining xodimi frankirlash mashinasi hisoblagichining koʻrsatkichini oyda bir marta, hisobot davrining oxirida oladi, bu haqda foydalanuvchi bilan birga bajarilgan ishlar dalolatnomasi tuziladi (2-ilova), u asosida hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Dalolatnoma pochta aloqasining hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti va foydalanuvchining rahbarlari tomonidan imzolanadi.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 28-fevraldagi 191-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2008-2, 11.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/2008-2/2740-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Foydalanuvchilar tomonidan xizmatlar toʻlovi hisobot oyining 30 (31) sanasidan kechiktirmasdan har oyda tuziladigan bajarilgan ishlar dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bajarilgan ishlar dalolatnomalari har bir foydalanuvchi boʻyicha, pochta aloqasi obyekti xodimi va foydalanuvchining vakili tomonidan imzolanadigan, joʻnatilgan yozma xat-xabarlar uchun roʻyxat ilova qilinib, ikki nusxada tuziladi. Dalolatnomaning birinchi nusxasi tilxat bilan toʻlash uchun foydalanuvchiga beriladi, ikkinchisi pochta aloqasining hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bogʻlamasi, pochtamt) buxgalteriyasiga beriladi.
(21-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 28-fevraldagi 191-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2008-2, 11.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/2008-2/2740-son)
Keyingi tahrirga qarang.
III. Yakuniy qoida
22. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULASHOV
Toshkent sh.,
2009-yil 20-avgust
Pochta aloqasida frankirlash mashinasidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
|
Roʻyxatga olish varaqchasining namunasi | |
| _______________________________________________________________________ | |
|
____-son Roʻyxatga olish varaqchasi | |
| _______________________________________________________________________ | |
|
(mashina tipi, tayyorlovchi-zavod) | |
| Zavod (seriya, hisobga olish) nomeri _______ Chiqarilgan sana __________________ | |
| Muvofiqlik sertifikati _________________________________________________ | |
|
(sertifikat raqami) | |
|
1. Frankirlash mashinasi foydalanuvchisining rekvizitlari | |
| Foydalanuvchining nomi _________________________________________________ | |
| Pochta manzili __________________________________________________________ | |
| ___________________________________ Telefon ____________________________ | |
| Bank rekvizitlari _______________________________________________________ | |
| Frankirlash mashinasidan foydalanish uchun masʼul xodim | |
| _______________________________________________________________________ _______________________________________________________________________ | |
| Rahbar imzosi | |
| ___________________________________ | |
| | |
|
2. Pochta aloqasining hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bogʻlamasi, pochtamt) rekvizitlari | |
| Pochta aloqasining hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bogʻlamasi, pochtamt) nomi ________________________________________________ _______________________________________________________________________ | |
| Pochta manzili __________________________________________________________ _______________________________________________________________________ | |
| Frankirlash mashinasidan foydalanish uchun pochta aloqasining hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bogʻlamasi, pochtamt) masʼul xodimi ________________________________________________________________ | |
| Foydalanish uchun shartnoma 20__ yil “___” __________ dagi _____-son | |
| Foydalanishga kiritish sanasi ___________________________________ | |
| Pochta aloqasining hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bogʻlamasi, pochtamt) rahbarining imzosi ___________________________________ | |
| | |
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 28-fevraldagi 191-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2008-2, 11.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/2008-2/2740-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Pochta aloqasida frankirlash mashinasidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
| |
TASDIQLAYMAN |
| | ___________________________________ |
| | ___________________________________ |
|
| |
|
DALOLATNOMASI | |
| _______________________ |
20__ yil “___” ______________ |
| 20__ yil “___” _________dagi ____-son Shartnomaga asosan ___________________ _______________________________________________________________________ | |
|
(pochta aloqasining hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bogʻlamasi, pochtamt) | |
| _______________________________________________________________________ | |
|
nomi (familiyasi, ismi, sharifi) | |
| ______________________________________________________ vakili ishtirokida | |
|
(foydalanuvchi nomi va familiyasi, ismi, sharifi) | |
| _______________________________________________________________________ | |
| frankirlash mashinasi hisoblagichining koʻrsatkichi: | |
| 20__ yil “___” _________________da |
_____________________soʻmni |
| oldingi koʻrsatkich |
_____________________ soʻmni |
| tashkil qilishi, yozma xat-xabarlar ________________________ soʻm summaga markalanganligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzilgan, taqdim etilgan pochta aloqasi xizmatlari toʻlovi uchun mashina foydalanuvchisi tomonidan oldin kiritilgan avansdan _______________________________________________________________ | |
|
(summa soʻzlar bilan yoziladi) | |
| chiqarib tashlanishi kerak. |
|
| Imzolar: |
|
| | |
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 28-fevraldagi 191-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2008-2, 11.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/2008-2/2740-son)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 39-son, 426-modda; 2014-y., 20-son, 239-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/2008-2/2740-son; 17.01.2025-y., 10/25/2008-3/0043-son)