Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
HARBIY XIZMATCHILARNING UY-JOY-MAISHIY SHAROITLARINI YAXSHILASHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlarining harbiy xizmatchilari uchun qulay uy-joy-maishiy sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Milliy xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar, Talabalar (2-Chimboy) koʻchasi, 96-uyda joylashgan 4-qavatli binoni Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish markazi balansidan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi balansiga bepul oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish markazi ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan binoni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi balansiga oʻtkazsin, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi esa ushbu binoni oʻz balansiga qabul qilib olsin va undan belgilangan maqsadda foydalanilishini taʼminlasin.
3. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish markazini Toshkent davlat texnika universitetining Toshkent shahar, Shahrisabz koʻchasi, 42-uyda joylashgan binosining 1 — 3-qavatlariga joylashtirsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi oʻz balansiga qabul qilib olgan binoda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasining chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan taʼminlash xarajatlari smetasida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida qulay uy-joy-maishiy sharoitlar yaratish tadbirlarining moliyalashtirilishini taʼminlasin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish markaziga binolar ajratish toʻgʻrisida” 2007-yil 1-oktabrdagi 207-son qarorida:
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Toshkent shahar hokimligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti balansiga Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Usmon Nosir koʻchasi (Sh. Rustaveli), 25-uy manzilidagi binoni haq olmasdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin”;
b) 4-bandining uchinchi xat boshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M.Xanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 25-fevral,
53-son