21.05.2009 yildagi PQ-1116-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

RESPUBLIKANING TRANSPORT-TRANZIT INFRATUZILMASINI YANADA RIVOJLANTIRISH BOʻYICHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikaning zamonaviy transport-tranzit infratuzilmasini yanada rivojlantirish, Navoiy shahar aeroporti bazasida tashkil etilayotgan xalqaro intermodal logistika markazi orqali tranzit yuklar olib oʻtish hajmini koʻpaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Korean Eyr” aviakompaniyasi (Koreya Respublikasi) 2008-yil avgustdan Navoiy shahar aeroportida Seul va Milan shaharlari oʻrtasidagi yuk tashish reyslarining oraliq texnik qoʻnishlarini amalga oshirib kelayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK va “Korean Eyr” aviakompaniyasi oʻrtasida ikkita A-300-600R samolyotini 5 yil muddatga, bitta samolyotga oyiga 100 ming AQSh dollari ijara haqi toʻlagan holda ijaraga olish toʻgʻrisida bitimlar imzolanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erishilgan kelishuvlar natijasida 2009-yil 20-aprelda va 4-mayda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK tomonidan ikkita A-300-600R samolyoti olinganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkita A-300-600R samolyotining tijorat uchishlari “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK ekipaji tomonidan Navoiy shahar aeroportidan “Korean Eyr” aviakompaniyasi belgilab beradigan xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshirilishi, bu esa Navoiy shahar aeroportini “Korean Eyr” aviakompaniyasining global logistika tarmogʻiga integratsiya qilish imkonini berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkita A-300-600R samolyotidan foydalanish boʻyicha “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK xizmatlari uchun toʻlov “Korean Eyr” aviakompaniyasi tomonidan ushbu aviakompaniyalar oʻrtasidagi tijorat bitimlari doirasida amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK olib kirilayotgan ikkita A-300-600R samolyoti va unga parvoz aptechkasi sifatidagi ehtiyot qismlar uchun — bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Korean Eyr” aviakompaniyasi ikkita A-300-600R samolyotining ijarasi toʻgʻrisidagi bitim doirasida olinadigan daromadlar boʻyicha — yuridik shaxslarning foyda soligʻini toʻlashdan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi ikkita A-300-600R samolyotining istisno tariqasida besh yil muddatga “vaqtinchalik olib kirish” rejimida bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK ikkita A-300-600R samolyoti tayyorgarlik koʻrgan ekipajlar va muhandis-texnik xodimlar tomonidan ishlatilishini, shuningdek, mahsulot yetkazib beruvchi kompaniyalar bilan sugʻurtalash hamda ijaraga olingan samolyotlarni xavfsiz ishlatish uchun zarur boʻlgan ehtiyot qismlar va boshqa buyumlar xarid qilish yuzasidan shartnomalar tuzilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ikkita A-300-600R samolyotini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestrida roʻyxatga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 21-may,

PQ-1116-son