30.03.2002 yildagi PF-3047-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.11.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul massasi oʻsishini cheklash va moliya intizomiga rioya etish masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul massasini boshqarishni takomillashtirish, bankdan tashqari aylanmani qisqartirish, moliya intizomiga rioya etish va olingan kreditlarni oʻz vaqtida qaytarish masʼuliyatini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2002-yil 1-iyundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalarini muomalaga chiqarish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalari davlat qimmatli qogʻozlari hisoblanadi va yuridik hamda jismoniy shaxslar oʻrtasida joylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalarining likvidligi Markaziy bank tasarrufidagi barcha aktivlar bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank obligatsiyalarini chiqarishning asosiy shartlarini bir oy muddatda ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda tegishli normativ-metodik hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul massasini tezkor boshqarish maqsadida valyuta va pul depozitlari, davlat qimmatli qogʻozlari va boshqa birinchi toifali aktivlar taʼminoti ostida, pul bozorida vujudga kelayotgan foiz stavkalari asosida tijorat banklariga uch oygacha boʻlgan muddatga kreditlar bersin va jalb qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Banklar uyushmasi, tijorat banklarining plastik kartochkalar boʻyicha milliy va xorijiy valyuta hisob-kitoblar oʻtkazishni taʼminlovchi Yagona banklararo protsessining markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari plastik kartochkalar vositasida hisob-kitob qilish uchun foydalaniladigan bankomatlar va jihozlarni import qilishda bojxona toʻlovlari (bojxonada rasmiylashtirish uchun yigʻimlardan tashqari) toʻlashdan 2005-yil 1-yanvargacha ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tijorat banklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda ish haqi toʻlashda, chakana savdoni amalga oshirishda, kommunal va boshqa xizmatlar uchun toʻlovda yakka tartibdagi va korporativ plastik kartochkalarni keng joriy etish, aholiga xizmat koʻrsatuvchi minibanklar, bank kassalari va bankomatlar tarmogʻini kengaytirish chora-tadbirlarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
likvidli mol-mulklarni, shu jumladan ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini, transport vositalarini hamda korxona va tashkilotlarning boshqa likvidli aktivlarini garovga qoʻygan holda kreditlar berish amaliyotini kengaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlar berishda tavakkalchilikni va garovning bozor qiymatini puxta baholashni hisobga olgan holda qaytarishlik, muddatlilik va oʻzini oʻzi qoplash tamoyillariga qatʼiy rioya qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlar muddatini uzaytirish amaliyotini keskin cheklasin, faqat kechiktirilgan muddat davrida qaytarilishi uchun mablagʻlar tushishining aniq manbalari boʻlgan kreditlarning toʻlov muddatini kechiktirishga ruxsat bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan kredit boʻyicha ularning majburiyatlari oʻz vaqtida bajarilmagan taqdirda garovga qoʻyilgan mol-mulk, qarz oluvchining roziligidan qatʼi nazar, keyinchalik sotish huquqi bilan bank mulkiga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan kreditlar boʻyicha qarzlar oʻz vaqtida qaytarilmagan taqdirda tijorat banklariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorlarning ikkilamchi hisob raqamiga, shu jumladan ularning boshqa banklarda ochilgan ikkilamchi hisob raqamiga ijro etilishi majburiy boʻlgan inkasso talablari qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat kafolati ostida berilgan kreditlarga oʻz vaqtida xizmat koʻrsatish uchun pul mablagʻlarini hisobdan chiqarishni ish haqi, budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar bilan hisob-kitoblar navbati bilan oʻtkazilgandan soʻng amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorning pul mablagʻlari yetishmagan taqdirda kredit boʻyicha qarzlarni qarzdorning roziligiga koʻra uning likvidli mol-mulki hisobidan yoki xoʻjalik sudi orqali qarzdorning mol-mulkiga qaratish yoʻli bilan undirish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Oliy xoʻjalik sudi bank kreditlari boʻyicha qarzlar oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda undirishni qarzdorlarning likvidli mol-mulkiga qaratish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar va idoralar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlari zimmasiga kredit resurslari hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini tayyorlash, ekspertizadan oʻtkazish va amalga oshirish boʻyicha qonunchilik talablariga rioya etilishi hamda qarz mablagʻlarining oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklari kreditlarining taʼminoti uchun berilgan kafolatlarni bajarish mexanizmi toʻgʻrisidagi Nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyuldagi 3624-son Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 28-29-son , 202-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 15-noyabrdagi PF-3818-son Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 452-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlari mazkur Farmonga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 30-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-3047-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 3-son, 51-modda; 6-7-son, 108-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 28-29-son, 202-modda; 2006-y., 46-47-son, 452-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; 2017-y., 37-son, 980-modda)