Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ KODEKSINING 256-MODDASIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChA KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 24-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2009-yil 28-avgustda maʼqullangan
Senat tomonidan 2009-yil 28-avgustda maʼqullangan
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi OʻRQ-601-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 25-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, 12-songa 1-ilova; 2008-yil, № 12, 639-modda) 256-moddasiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
1) birinchi qism “Chet ellik investor” degan soʻzlardan keyin “mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) ikkinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu modda birinchi qismining 1 — 5-bandlarida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar (yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq bundan mustasno), agar mahsulot taqsimotiga oid bitimda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari uchun belgilangan stavkalar boʻyicha undiriladi. Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq va aksiz soligʻi Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari uchun belgilangan stavkalar boʻyicha undiriladi”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 10-sentabr,
OʻRQ-217-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 37-son, 404-modda)