Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
XXR EKSIMBANKI ISHTIROKIDA “FARGʻONA, MARGʻILON SHAHARLARI VA SUV YOʻLIDAGI AHOLI PUNKTLARINI SUV BILAN TAʼMINLASHNI TUBDAN YAXSHILASH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Fargʻona va Andijon viloyatlari aholisini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlashni yaxshilash, shuningdek Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati (XXR) tomonidan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarga taqdim etiladigan mablagʻlardan foydalanish bilan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida amalga oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
“Fargʻona, Margʻilon shaharlari va suv yoʻlidagi aholi punktlarini suv bilan taʼminlashni tubdan yaxshilash” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida tanlov natijalari boʻyicha tanlangan “China National Chemical Engineering Group Corp.” (XXP) korporatsiyasi bilan mintaqalararo suv quvurini “tayyor holda topshirish” sharti bilan qurish uchun 44,98 mln. AQSH dollariga teng shartnoma imzolangan;
Oldingi tahrirga qarang.
mazkur shartnomani moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti hisobidan XXR Eksimbankining 20 yil muddatga berilgan, shundan besh yil imtiyozli davrni hisobga olgan holda, 44,97 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan kredit mablagʻlarini hamda Fargʻona viloyati “Suvoqava” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda — Fargʻona viloyati “Suvoqava” DUK) mablagʻlarini qayta moliyalash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5118-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 685-modda)
2. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ hamda Fargʻona va Andijon viloyatlari hokimliklari kredit mablagʻlaridan maqsadli foydalanish hamda loyihaning samarali amalga oshirilishi uchun javobgar boʻlgan ijro etuvchi agentliklar hisoblanadi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Fargʻona suv taʼminoti” MCHJ Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti boʻyicha qarz oluvchi hisoblanadi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
kredit boʻyicha foizlar va komissiyalarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar investitsiya davrida Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5118-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5118-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5118-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki XXR Eksimbanki bilan qarz bitimi va XXR Eksimbanki qarz mablagʻlarini qayta moliyalash boʻyicha Fargʻona viloyati “Suvoqava” DUK bilan qarz bitimini tuzsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5118-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 685-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi nomidan belgilangan tartibda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining XXR Eksimbanki oldidagi toʻlov majburiyatlari boʻyicha, shuningdek Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga — taqdim etilgan kafolat uchun toʻlov undirilmagan holda Fargʻona viloyati “Suvoqava” DUK majburiyatlari boʻyicha kafolat berishga vakil etib tayinlansin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5118-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 685-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qarz bitimida nazarda tutilgan shaklda Oʻzbekiston Respublikasi kafolati boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
6. Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Fargʻona va Andijon viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda XXR Eksimbanki qarz mablagʻlariga oʻz vaqtida xizmat koʻrsatishni taʼminlovchi mablagʻlarni jamlash va qaytarish toʻgʻrisida belgilangan tartibda Nizom ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. XXR Eksimbanki mablagʻlari hisobidan loyiha doirasida xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari), qoʻshilgan qiymat soligʻi hamda davlatning maqsadli jamgʻarmalari va budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar va yigʻimlar toʻlashdan ozod qilinsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-yanvardagi PF-4416-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 3-4-son, 26-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzsuvtaʼminot” AJ talabnomalariga koʻra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari konsullik yigʻimi undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzsuvtaʼminot” AJ talabnomalariga koʻra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek vaqtincha roʻyxatda turish va uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin hamda ular davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
10. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 2-may,
PQ-855-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 5-son, 258-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 9-son, 84-modda; 2012-y., 3-4-son, 26-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)