02.05.2008 yildagi PQ-854-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.05.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“PETRONAS” (MALAYZIYA) KORPORATSIYASI BILAN GEOLOGIYA QIDIRUV ISHLARI, KONLARNI QAZIB CHIQARISH VA OBOD QILISH HAMDA NEFTGAZKIMYONI RIVOJLANTIRISH SOHASIDA HAMKORLIKNI YANADA DAVOM ETTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Petroliam Nasional Berhad” (“PETRONAS”) Malayziya korporatsiyasining toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarini jalb etish hisobidan qazib olingan uglevodorod xom ashyo zaxirasi hajmlarini koʻpaytirish, neftgaz konlarini obod qilishga maxsus ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish, neftgazkimyo mahsulotlari va sintetik yonilgʻi ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekneftgaz” MXK bilan “PETRONAS Carigali Overseas Sdn. Bhd.” (Malayziya) kompaniyasi oʻrtasida tuzilgan Boysun investitsiya blokini birgalikda oʻrganish toʻgʻrisidagi Bitimga muvofiq 2D va 3D maydonida seysmoqidiruv ishlari yakunlandi, Gajak konidagi quduqlar sinovdan oʻtkazilmoqda hamda olingan maʼlumotlar 2008-yil I yarim yilligining oxirigacha umumiy miqdori 80 mln. dollarga teng toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni oʻzlashtirgan holda tahlil qilinmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan ushbu xorijiy investor oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo mintaqasining Boysun investitsiya blokida geologiya qidiruv ishlari, konlarni qazib chiqarish va uglevodorodlarni qazib olish boʻyicha mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimning vazifalari, asosiy prinsiplari va qoidalari toʻgʻrisida Bitim tuzilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekneftgaz” MXK bilan xorijiy investor oʻrtasida 5 yil davomida 20 mln. dollar, jumladan 2D usulida 1200 p. km seysmoqidiruv ishlarini oʻtkazish, gravimetrik va magnitometrik suratga olish hamda bitta qidiruv qudugʻini burgʻulash, uchun dastlabki uch yilda 15 mln. dollar miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar hisobidan ishlarning Minimal Dasturi amalga oshirilishini, shuningdek geofizikaviy va geologik baholash hamda hisobotlar taqdim etilishini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo mintaqasining Surxon investitsiya blokida yer osti boyliklarini geologik oʻrganishni olib borish boʻyicha Bitim tuzilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur loyihalarni amalga oshirish uchun bir oy muddatda xorijiy investorlarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida daromadsiz/kamomadsiz asosda faoliyat yurituvchi yuridik shaxs — “PETRONAS Operating Company LLC” va “PETRONAS Carigali (Surkhanski) Operating Company LLC” shaklida operatorlar taʼsis etiladi va roʻyxatga olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investor har bir Bitim boʻyicha barcha majburiyatlarni bajarganidan soʻng belgilangan tartibda mahsulotni taqsimlash boʻyicha tegishli Bitimlar tuzish boʻyicha muzokaralar olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investor — “PETRONAS Carigali Overseas Sdn.Bhd.” (Malayziya) kompaniyasi, u taʼsis etgan operatorlar, shuningdek ushbu Bitimlarni amalga oshirish doirasida ular tomonidan jalb etilgan uglevodorod konlarida qidiruv ishlarini amalga oshiruvchi xorijiy pudratchilar va subpudratchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Neft va gaz konlarini razvedka qilish hamda ularni qazib chiqarishga bevosita xorijiy sarmoyalarni jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 28-apreldagi PF-2598-sonli Farmoni 3 va 4-bandlari bilan berilgan tegishli imtiyoz va preferensiyalar tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona va tashkilotlar — mazkur Bitimlarni amalga oshirish doirasida materiallar yetkazib berish, ishlarni bajarish va operatorlarga xizmat koʻrsatishni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo mintaqasining Surxon investitsiya bloki boʻyicha yer osti boyliklarining geologik qidiruvini oʻtkazish boʻyicha Bitim doirasida yer qaʼri uchastkalaridan geologiya qidiruv ishlarida foydalanish huquqiga litsenziya bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzbekneftgaz” MXK “PETRONAS Carigali Overseas Sdn. Bhd.” (Malayziya) kompaniyasi bilan birgalikda ushbu Bitim boʻyicha ishlar yakunlangandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi foydali qazilmalar zaxirasi boʻyicha Davlat komissiyasiga konlar boʻyicha sanoat zaxiralarini tasdiqlash uchun uglevodorod xom ashyo zaxirasini hisobga olish bilan hisobot taqdim etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekneftgaz” MXK rahbariyati investorlar zimmasidagi Bitimda nazarda tutilgan majburiyatlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻz vaqtida amalga oshirilishi hamda loyihalarning amalga oshirilishi toʻgʻrisida har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etilishi ustidan tizimli nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ustyurt mintaqasi konlarini ishlatish, jihozlash va foydalanishga tayyorlash sohasida “Gazprom” OAJ bilan hamkorlikni yanada davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 23-yanvardagi F-2427-sonli Farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekneftgaz” MXK bilan “Petroliam Nasional Berhad” (“PETRONAS”) oʻrtasida neftgazkimyo sanoati sohasida oʻzaro hamkorlik qilish toʻgʻrisida Memorandum imzolangan, uning doirasida birgalikda ishchi guruhlar tashkil etilgan, texnologik jarayonlar litsenziatlari va ixtisoslashtirilgan injiniring kompaniyalari bilan ish boshlangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Shoʻrtan gazkimyo kompleksida etilen va polietilen ishlab chiqarishni kengaytirish” va “Shoʻrtan gazkimyo kompleksidan olingan, tozalangan metandan sintetik yoqilgʻi (GTL) ishlab chiqarish zavodining qurilishi” loyihalarining DTIAsini ishlab chiqish “Oʻzbekneftgaz” MXK bilan “PETRONAS” korporatsiyasi, shuningdek ular jalb etgan xalqaro injiniring kompaniyalari tomonidan, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining ixtisoslashtirilgan institutlari ishtirokida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqoridagi investitsiya loyihalarning TIAsini loyihaviy moliyalashni tashkil etish va yirik qarz mablagʻlarini jalb etish uchun Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga, investitsiya kompaniyalari va moliya institutlari tomonidan qoʻyiladigan xalqaro talablarga muvofiq ishlab chiqiladi hamda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekneftgaz” MXKga “PETRONAS” korporatsiyasiga maxfiylik toʻgʻrisidagi bitimga koʻra faqat mazkur investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun foydalaniladigan zarur axborotlarni berishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “PETRONAS Carigali Overseas Sdn. Bhd.” (Malayziya) kompaniyasi va “Oʻzbekneftgaz” MXK tomonidan tasdiqlangan, u taʼsis etgan operatorlar talabnomalariga koʻra, Bitimlarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari, jumladan koʻp martalik vizalar belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “PETRONAS Carigali Overseas Sdn. Bhd.” (Malayziya) kompaniyasi va “Oʻzbekneftgaz” MXK tomonidan tasdiqlangan, u taʼsis etgan operatorlar talabnomalariga koʻra, Bitimlarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy kompaniyalar xodimlariga koʻp martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek vaqtincha roʻyxatda turish va uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi “Oʻzbekneftgaz” MXK bilan kelishilgan holda, operatorlarga ushbu Bitimlarni amalga oshirishda ishtirok etish uchun profilli ixtisoslik boʻyicha xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga belgilangan tartibda ruxsatnoma berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R. Shoismatov zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 2-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-854-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 5-son, 257-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 510-modda)