Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 28.08.2009 yildagi 251-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“UZ-CHINA URAN” MASʼULIYATI ChEKLANGAN JAMIYAT OʻZBEKISTON-XITOY QOʻShMA KORXONASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Geologiya-qidiruv ishlarini va qattiq foydali qazilma boyliklar qazib olishni yanada kengaytirish, respublika hududida xorijiy investorlarni jalb etgan holda qora slanets tipidagi uran rudasini boyitish texnologiyalarini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan Xitoy Xalq Respublikasining Rivojlantirish va islohotlar ishlari davlat qoʻmitasi oʻrtasida uran sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida Bitim imzolanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatib oʻtilgan Bitim doirasida geologik oʻrganish ishlarini tashkil etish uchun tomonlar, birinchi navbatda, qora slanets tipidagi uran konini aniqlashga istiqbolli maydon sifatida Navoiy viloyatidagi Boztov maydonini belgilaganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining Xitoyning “CGNPC Uranium Resources Co., Ltd” Guandon yadro-energetika korporatsiyasining shoʻba kompaniyasi bilan Navoiy viloyatidagi istiqbolli Boztov maydonida qora slanets tipidagi uran konini aniqlash maqsadida tadbirkorlik tavakkalchiligi shartlarida geologik oʻrganish ishlarini olib borish uchun masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida “Uz-China Uran” qoʻshma korxonasi tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, “Uz-China Uran” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasining ustav kapitali miqdori 8576,0 ming AQSh dollarini tashkil etadi, undan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“CGNPC URC” kompaniyasining 50 foiz miqdoridagi ulushi pul mablagʻlari va asbob-uskunalar hisobiga shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining 50 foiz miqdoridagi ulushi Navoiy viloyatidagi istiqbolli Boztov va Meshetin maydonlarida ilgari olib borilgan uran boʻyicha geologiya-qidiruv ishlari davomida olingan geologik, geofizik va boshqa maʼlumotlar hisobiga shakllantiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-martdagi 70-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 11-son, 142-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “CGNPC URC” kompaniyasiga xorijiy investor sifatida “Uz-China Uran” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasi tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni jahon narxlarida sotib olishda ustunlik huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uz-China Uran” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasiga istiqbolli Boztov maydonini geologik oʻrganish uchun yer osti uchastkasidan foydalanish huquqiga belgilangan tartibda uch yil muddatga litsenziya bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologik oʻrganish ishlari natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga geologik oʻrganish ishlarini olib borish aniqlangan konda tarkibida uran mavjud boʻlgan rudalarni qazib olish va qayta ishlash quvvatlarini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Navoiy viloyati hokimligi “Uz-China Uran” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasiga istiqbolli Boztov maydonida geologik oʻrganish ishlarini olib borish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalarini belgilangan tartibda ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Uz-China Uran” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasining buyurtmanomalari boʻyicha qoʻshma korxona faoliyatida qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari, shu jumladan koʻp martalik kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Uz-China Uran” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasining buyurtmanomalari boʻyicha qoʻshma korxona faoliyatida qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar berilishini va koʻp martalik vizalar uzaytirilishini, shuningdek ular vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini va muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi “Uz-China Uran” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasiga qoʻshma korxona faoliyatida qatnashish uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etishga belgilangan tartibda ruxsatnoma berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R.Shaismatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 28-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
251-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 35-son, 387-modda; 2013-y., 11-son, 142-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)