Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “NAVOIY” ERKIN INDUSTRIAL-IQTISODIY ZONASI FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2009 YIL 9 APRELDAGI 105-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi turar joy kompleksining chegaralari oʻzgarishi va yer maydoni koʻpayishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 9-apreldagi 105-son qarorining 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 28-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Navoiy viloyati hokimligi:
Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi “Doʻstlik” agrofirmasining 300, 302, 303, 313, 314, 317, 318, 319, 329, 336, 337, 338, 343, 344 konturlarida joylashgan, doimiy egalik qilinadigan 120,96 gektar yer uchastkasini belgilangan tartibda ajratsin hamda turar joy kompleksi qurish uchun Koreyaning “KOREAN AIR” kompaniyasiga doimiy foydalanishga bersin;
yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarning belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 24-avgust,
249-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 35-son, 385-modda)