26.11.2008 yildagi 257-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 26.11.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

OʻZBEKISTON MILLIY AXBOROT AGENTLIGINING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasining Toshkent shahri, Buyuk Turon koʻchasi, 41-uy manzilida joylashgan 17 qavatli maʼmuriy binoni tasarruf etish huquqisiz Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi balansiga bepul oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent shahar hokimligi va “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Toshkent shahri, Buyuk Turon koʻchasi, 41-uy manzilida joylashgan 17 qavatli maʼmuriy binoni Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi balansiga belgilangan tartibda topshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi ushbu maʼmuriy binoni belgilangan tartibda qabul qilib olsin hamda binoni saqlash va undan samarali foydalanish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasining ushbu maʼmuriy binoda kompaniya egallab turgan xonalar uchun ijara haqi toʻlamasdan foydalanish huquqi saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2000-yil 23-oktabrdagi 411-son qaroriga 3-ilovaning birinchi bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 26-noyabr,

257-son