Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 21.08.2009 yildagi 243-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI HAMDA BUXORO OZIQ-OVQAT VA YENGIL SANOAT TEXNOLOGIYA INSTITUTI HUZURIDA IQTIDORLI BOLALAR UChUN IXTISOSLAShTIRILGAN MAKTAB-INTERNATLAR BAZASIDA AKADEMIK LITSEYLAR TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati yoshlarining sifatli, chuqurlashtirilgan, kasbiy yoʻnaltirilgan taʼlim olishga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Buxoro viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2009/2010 oʻquv yilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro davlat universiteti huzurida — Qorakoʻl tumanidagi 1-son iqtidorli bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internat bazasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiya instituti huzurida — Qorovulbozor tumanidagi 8-son iqtidorli bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internat bazasida akademik litseylar tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi va Buxoro viloyati hokimligi bir oy muddatda ularning bazasida akademik litseylar tashkil etilayotgan iqtidorli bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarning bino va inshootlari, moddiy-texnika vositalari, oʻquv uskunalari va boshqa mol-mulki belgilangan tartibda tekin asosda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi balansiga berilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseylar yuqori malakali pedagog kadrlar bilan butlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseylar oʻqituvchilar tarkibining belgilangan tartibda malakasi oshirilishi va ularning qayta tayyorlanishini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseylarda taʼlim yoʻnalishlari taqdimotlarini, shuningdek “Ochiq eshiklar kunlari”ni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi ularning bazasida akademik litseylar tashkil etilayotgan iqtidorli bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar oʻquvchilari yaqinda joylashgan boshqa umumtaʼlim maktablariga qayta taqsimlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2009-yil uchun tasdiqlangan Davlat budjeti parametrlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 21-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
243-son