Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
INFORMATIKA INSTITUTI BINOSINING BIR QISMINI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGIGA BERISH TOʻGʻRISIDA
Adliya organlarining faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat mulki qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Informatika instituti balansidagi umumiy maydoni 1120 kv. metr boʻlgan, Toshkent shahri, A.Muhitdinov koʻchasi, 26-uyda joylashgan binoning bir qismini Adliya vazirligi balansiga tekin berish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Adliya vazirligi (B. Mustafoyev) ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan binoning bir qismini belgilangan tartibda Vazirlik balansiga qabul qilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 7-sentabrdagi 420-son qaroriga 1-ilovaning 7-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A.Golishev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 11-noyabr,
248-son