Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining
buyrugʻi
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga xorijiy fuqarolar tomonidan oʻqishga kirish uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
(buyruq nomi Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 21-iyuldagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1992-1, 22.07.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 29-son, 391-modda)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 5-avgustda 1992-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 29-maydagi 1-mh-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga xorijiy fuqarolar tomonidan oʻqishga kirish uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1992-4, 06.06.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi “Xorijiy fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish va oʻqitish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 169-sonli qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlaritoʻplami, 2008-y., 31-32-son, 304-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga xorijiy fuqarolar tomonidan oʻqishga kirish uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 21-iyuldagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1992-1, 22.07.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 29-son, 391-modda)
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Xalq taʼlimi vaziri Gʻ. ShOUMAROV
Toshkent sh.,
2009-yil 6-iyul,
180-son
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining 2009-yil 6-iyuldagi 180-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga xorijiy fuqarolar tomonidan oʻqishga kirish uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnoma
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 21-iyuldagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1992-1, 22.07.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 29-son, 391-modda)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi 169-son “Xorijiy fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish va oʻqitish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga (bundan buyon matnda maktab deb yuritiladi) xorijiy fuqarolar tomonidan oʻqishga kirish uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 21-iyuldagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1992-1, 22.07.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 29-son, 391-modda)
2. Maktablarda xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish va oʻqitish boʻyicha barcha ishlarni tashkil etish, oʻquv-uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
3. Maktablarga oʻqishga kirish istagini bildirgan xorijiy fuqarolar mazkur Yoʻriqnoma bilan tanishtirilishi lozim.
II. Xorijiy fuqarolarning hujjatlarini qabul qilish tartibi
4. Xorijiy fuqarolar maktabga oʻqishga kirish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Oldingi tahrirga qarang.
bola ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoxud notarial tasdiqlangan ishonchnoma orqali belgilangan vakillarning bolani maktabga qabul qilish toʻgʻrisidagi arizasi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 21-iyuldagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1992-1, 22.07.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 29-son, 391-modda)
oʻrganilgan fanlar va ular boʻyicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) koʻrsatilgan maʼlumoti haqidagi hujjatlarning asl nusxalari va notarial tasdiqlangan nusxalari;
Keyingi tahrirga qarang.
sogʻligʻi toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa;
milliy pasport (amaldagi vizasi bilan) yoki tugʻilganlik haqidagi guvohnoma;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4 x 6 sm hajmdagi 6 dona fotosurat.
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 21-iyuldagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1992-1, 22.07.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 29-son, 391-modda)
5. Hujjatlar xorijiy fuqaro oʻqish istagini bildirgan maktab maʼmuriyati qoshidagi qabul komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda qabul komissiyasi deb yuritiladi) taqdim etiladi.
6. Qabul komissiyasi xorijiy fuqaro ishtirokida uning til tayyorgarligidan oʻtish masalasini aniqlaydi va tegishli tavsiya beradi.
Maktablarga oʻqishga kirayotgan xorijiy fuqarolar, zarurat boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda, oʻqiyotgan joyida til oʻrganish boʻyicha tayyorgarlik kursini oʻtaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Qabul komissiyasi tomonidan maktabda oʻqish istagini bildirgan xorijiy fuqaroning hujjatlari, uni oʻqishga qabul qilish boʻyicha tuzilgan dalolatnoma hamda u bilan tuziladigan shartnoma (kontrakt) loyihasi xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimiga yuboriladi, shundan soʻng ular tomonidan hujjatlar jamlanib Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalariga yuboriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 21-iyuldagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1992-1, 22.07.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 29-son, 391-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
III. Xorijiy fuqarolarning hujjatlarini koʻrib chiqish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari tegishli xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan taqdim qilingan xorijiy fuqarolar hujjatlarini tekshiradi va bir hafta mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga koʻrib chiqish uchun yuboradi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 21-iyuldagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1992-1, 22.07.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 29-son, 391-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
9. Xorijiy fuqarolarning hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzurida tuzilgan xorijiy fuqarolarni maktabga oʻqish uchun qabul qilish boʻyicha maxsus komissiya (keyingi oʻrinlarda maxsus komissiya deb yuritiladi) tomonidan 10 kunlik muddatda koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Maxsus komissiya hujjatlarni oʻrganish jarayonida hujjatlarga aniqlik kiritish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi nomidan tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga soʻrov xatlari yuborish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Maxsus komissiya oʻrganilgan hujjatlarga asoslanib, xorijiy fuqaroni maktabga qabul qilish yoki qabul qilmaslik toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
12. Maxsus komissiyaning xorijiy fuqaroni maktabga qabul qilish toʻgʻrisidagi qarori u bilan shaxsiy shartnoma (kontrakt) tuzish uchun asos boʻladi.
13. Maxsus komissiya tomonidan xorijiy fuqaroni maktabga qabul qilish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingandan soʻng, hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tegishli maktablarga yuborish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalariga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining xorijiy fuqaroni maktabga qabul qilish boʻyicha yozma koʻrsatmasiga asosan maktab maʼmuriyati xorijiy fuqaroni maktabga qabul qilish yuzasidan oʻz buyrugʻini chiqaradi hamda xorijiy fuqaro va maktab oʻrtasida oʻqish boʻyicha shaxsiy shartnoma (kontrakt) tuzadi.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Yakuniy qoidalar
15. Mazkur Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 10-iyun
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2009-yil 10-iyun
Tashqi ishlar vaziri N. NOROV
Toshkent sh.,
2009-yil 10-iyun
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 10-iyun
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 32-33-son, 365-modda; 2015-y., 29-son, 391-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2018-y., 10/18/1992-2/1171-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 03.06.2022-y., 10/22/1992-3/0474-son)