Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 09.02.2009 yildagi PQ-1054-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“BUXORO SHAHRI AEROPORTIDA YO‘LOVCHILARGA MO‘LJALLANGAN YANGI TERMINAL QURILISHINI NIHOYASIGA YETKAZISH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi transport infrotuzilmasini yanada rivojlantirish, shuningdek Buxoro shahri aeroportida yo‘lovchilarga mo‘ljallangan yangi terminal qurilishini nihoyasiga yetkazishni ta’minlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dubay Amirligi Hukumati (Birlashgan Arab Amirliklari) Buxoro shahri aeroportida yo‘lovchilarga mo‘ljallangan yangi terminal qurilishini nihoyasiga yetkazish ishlarini moliyalash uchun 15 mln. AQSH dollarigacha miqdorda beg‘araz yordam ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qildi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK tomonidan “Buxoro shahri aeroportida yo‘lovchilarga mo‘ljallangan yangi terminal qurilishini nihoyasiga yetkazish” loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitobi belgilangan tartibda ishlab chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi mazkur loyihani amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan muzokaralar olib borish uchun vakil organ etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati hokimligi — mablag‘larni oluvchi va taqsimlovchi, ulardan maqsadli foydalanish uchun mas’ul etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK — loyiha qurilish buyurtmachisi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasi, Amirlik tomoni bilan o‘tkazilgan muzokaralarning yakunlari bo‘yicha ushbu loyihani amalga oshirishda bosh loyihachi va pudratchi tashkilotlarni belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK ikki hafta muddatda loyihaning dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari belgilangan tartibda ekspertiza qilinishi va vakolatli organlarda kelishib olinishini ta’minlasin hamda uni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 2009-yilning 1-sentabrigacha bir vaqtning o‘zida loyiha va ish hujjatlarini ishlab chiqish bilan birga Buxoro shahri aeroportida yo‘lovchilarga mo‘ljallangan yangi terminal qurishni amalga oshirishga istisno tariqasida ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazishni belgilangan tartibda ta’minlasin hamda loyiha va qurilish-montaj ishlari sifati ustidan davlat nazoratini o‘rnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha mazkur loyiha doirasida olib kelinadigan texnologiya uskunalari, metall konstruksiyalar va qurilish materiallarining ayrim turlari bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Buxoro viloyati hokimligining talabnomalariga ko‘ra, loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarning ko‘p martalik kirish vizalari konsullik va boshqa yig‘imlar undirib olinmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berish, ularning muddatini uzaytirish, shuningdek vaqtincha ro‘yxatda turish va uning muddatini uzaytirishni davlat boji to‘lashdan ozod qilgan holda ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 9-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1054-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 2-son, 39-modda)