Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 21.07.2009 yildagi 207-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAVLAT SOLIQ XIZMATI ORGANLARINING MA’LUMOTLAR UZATISh TARMOG‘INI YaNADA MODERNIZATSIYA QILISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq to‘lovchilarga axborot xizmati ko‘rsatishni va davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimini yanada takomillashtirish, ma’lumotlar uzatish tezligini oshirish va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash asosida tarmoqqa ruxsatsiz ulanish xavfsizligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-avgustdagi 157-son qarori bilan tasdiqlangan 2006 — 2010-yillarda soliq to‘lovchilarga axborot xizmati ko‘rsatish va davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimini takomillashtirish dasturiga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqaning yo‘ldosh tizimi bazasida ma’lumotlar uzatish tarmog‘idan aloqaning optik tola liniyasiga asoslangan yerusti aloqa kanallari asosida yaratiladigan korporativ tarmoqqa bosqichma-bosqich o‘tishni nazarda tutadigan “O‘zbektelekom” AK kommunikatsiyalari tarmog‘i bazasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlar uzatish korporativ tarmog‘ini modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasi belgilangan tartibda ishlab chiqilgani, vakolatli organlarda ekspertizadan o‘tgani va uning dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitobi tasdiqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ma’lumotlar uzatishning korporativ tarmog‘ini modernizatsiya qilish uchun texnologik asbob-uskunalarni yetkazib berish va montaj qilishga tender o‘tkazilganligi va uning yakunlari bo‘yicha tender g‘olibi “TexnoServ AS” MChJ (Rossiya Federatsiyasi) bilan 3980 ming AQSh dollari summasiga kontrakt tuzilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi o‘tkazilgan tendyerlarni hisobga olgan holda “O‘zbektelekom” AK kommunikatsiyalari tarmog‘i bazasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlar uzatish korporativ tarmog‘ini modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitobini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ro‘yxat bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari ma’lumotlar uzatish korporativ tarmog‘ini modernizatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan, chetdan olib kelinadigan asbob-uskunalar, buyumlar va materiallarga bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno) ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 21-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
207-son