Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 16.07.2009 yildagi 201-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAKILLARINING OʻQISHINI TASHKIL ETISH UCHUN YAPONIYA HUKUMATINING GRANTLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaponiya Hukumatining Oʻzbekiston Respublikasi vakillarining Yaponiyada oʻqishini tashkil etish uchun berilayotgan 244 mln. Yaponiya yenasi grantlaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yaponiya Hukumatining Oʻzbekiston Respublikasi vakillarining Yaponiya yetakchi universitetlari magistraturasida oʻqishini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻqish uchun nomzodlarni tanlab olish Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JISA), Yaponiya Xalqaro hamkorlik markazi (JISE), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bosh vazirning oʻrinbosari R.S. Qosimovga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Ayirboshlash notalari va Grant Bitimini imzolash vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga — loyihani amalga oshirish uchun begʻaraz yordam mablagʻlarini olish va ularga xizmat koʻrsatish uchun Yaponiya tomoni bilan kelishgan holda barcha tartib-qoidalarni rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga — yuqorida koʻrsatib oʻtilgan begʻaraz yordam mablagʻlariga hisob-kitob xizmati koʻrsatish yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi koʻrsatib oʻtilgan begʻaraz yordamga hisob-kitob xizmati koʻrsatilganligi uchun Yaponiya tomoniga vositachilik haqini vazirlikning Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha ushbu loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi buyurtmanomalari boʻyicha loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek ular yashash joylarida davlat bojlari undirilmasdan vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi ushbu loyiha boʻyicha JISE tomonidan tayyorlangan videoroliklar va audiomateriallar belgilangan tartibda televideniye va radioda joylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaponiyada JISA loyihasi doirasida oʻqigan oʻzbekistonlik mutaxassislarning maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatlar nostrifikatsiya qilinishiga va ularning ishga joylashtirilishiga koʻmaklashsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularning mehnat faoliyati ustidan doimiy monitoring olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 16-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
201-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 29-son, 336-modda)