04.07.2009 yildagi 186-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.04.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XUSUSIY OPERATORLAR FAOLIYATINI TASHKIL ETISH VA ELEKTR ENERGIYASI UCHUN OʻZ VAQTIDA HAQ TOʻLASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash va eksport salohiyatini koʻpaytirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlovni yigʻish funksiyalarini bajaradigan xususiy operatorlarni tashkil etish uchun investorlarni tanlov boʻyicha tanlashni oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlovni yigʻish funksiyalarini bajaradigan xususiy operatorlar faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzbekenergo” DAK faoliyat koʻrsatayotgan, elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlovni yigʻish funksiyalarini bajarayotgan xususiy operatorlar bilan birgalikda 2009-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda ularning faoliyati ushbu qarorda belgilangan talablarga muvofiqlashtirilishini hamda zarur darajada bajarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekenergo” DAK Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hamda “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 1-yanvargacha xususiy operatorlarni tashkil etish uchun investorlar oʻrtasida tanlov boʻyicha tanlashning oʻtkazilishini, ularga elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlovni yigʻish funksiyalari berilishini 3-ilovadagi jadvalga muvofiq taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududida elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlovni yigʻish funksiyalari xususiy operatorlarga berilishi taklif qilinayotgan qolgan tumanlar (shaharlar) roʻyxatini, shuningdek tegishli tanlov boʻyicha tanlashlarni oʻtkazish jadvallarini uch oy muddatda tayyorlasin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R.Shaismatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 4-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
186-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 4-iyuldagi 186-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlovni yigʻish funksiyalarini bajaradigan xususiy operatorlarni tashkil etish uchun investorlarni tanlov boʻyicha tanlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom investorlarni tanlov boʻyicha tanlash, keyinchalik ular tomonidan elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlovni yigʻish funksiyalari beriladigan xususiy operatorlarni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlovni yigʻish funksiyalarini xususiy operatorlarga berish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasi uchun oʻzaro hisob-kitoblarni boshqarish va hisobga olishning zamonaviy usullarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasi berishda uning notexnologik nobudgarchiliklarini kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilgan elektr energiyasi uchun toʻlovni samarali yigʻish maqsadida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 110 kV va undan yuqori kuchlanishli tarmoqlarga bevosita ulangan isteʼmolchilardan elektr energiyasi uchun toʻlovni yigʻish funksiyalari xususiy operatorlarga berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi — elektr taʼminoti shartnomasi boʻyicha elektr energiyasini sotish va taqsimlash huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasi isteʼmolchisi (isteʼmolchi) — elektr taʼminoti shartnomasiga muvofiq elektr energiyasidan ishlab chiqarish va (yoki) maishiy ehtiyojlar uchun foydalanadigan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat hududi — hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va isteʼmolchilarning tarmoqlari bilan aniq belgilangan boʻlinish chegaralariga ega boʻlgan tegishli hududdagi taqsimlovchi elektr tarmoqlari uchastkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investor — xususiy operatorni tashkil etish va xususiy operatorga yuklanadigan vazifalar va majburiyatlarga muvofiq uning faoliyatini taʼminlash uchun texnik va moliyaviy imkoniyatga ega boʻlgan yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti yoki norezidenti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy operator — investor tomonidan tashkil etiladigan va elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlovni yigʻish funksiyalarni bajaradigan yuridik shaxs— Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Tanlov boʻyicha tanlashga tayyorlanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzbekenergo” DAK investorlarni tanlov boʻyicha tanlash oʻtkazilgunga qadar hududida elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlovni yigʻish funksiyalari hududiy elektr tarmoqlari korxonalaridan xususiy operatorlarga berilishini amalga oshirish moʻljallanayotgan tumanlar (shaharlar) roʻyxatini tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatga birinchi navbatda ular boʻyicha elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlovni yigʻishning past darajasi shakllangan tumanlar (shaharlar) kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Investorlar tomonidan elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlovni yigʻish funksiyalari beriladigan xususiy operatorlar tashkil etilishi uchun investorlar oʻrtasida tanlov boʻyicha tanlashni oʻtkazish roʻyxati va jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hamda “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishiladi va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Tanlov komissiyasi ishini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tanlov boʻyicha tanlashning tasdiqlangan jadvaliga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori bilan tegishli mintaqalarda tanlov komissiyalari tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov komissiyasining tarkibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov komissiyasi tarkibiga mahalliy davlat hokimiyati organlari, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi, “Oʻzbekenergo” DAK va uning korxonalari, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi vakillari kiritiladi.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov komissiyasi aʼzolari soni toq boʻlishi va kamida 9 kishidan iborat boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov komissiyasiga tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tanlov komissiyasi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tanlov komissiyasining ish reglamentini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) investorlarning tanlov takliflari tarkibini (formatini), tanlov boʻyicha tanlash qatnashchilariga qoʻyiladigan malaka talablarini va boshqa talablarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tanlov boʻyicha tanlashni eʼlon qilish sanasini, tanlov hujjatlarini olish joyini, investorlar tomonidan tanlov takliflari berish muddatini, tanlov takliflarini ochish joyi, sanasi va vaqtini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) belgilangan muddatda investorlarning tanlov takliflari bildirilgan konvertlarni ochadi, ularning tanlov hujjatlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini (hujjatlarning toʻliq taqdim etilishi, rasmiylashtirilishi va hokazolarni) tekshiradi va buyurtmanomalar konvertlarini ochish protokolini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) zaruriyat boʻlganda tanlov takliflarini baholash uchun mustaqil ekspertlarni (maslahatchilarni) jalb qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) tanlov hujjatlarida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq tanlov takliflarini koʻrib chiqadi va tanlov boʻyicha tanlash gʻolibini eʼlon qiladi yoki tanlovni boʻlib oʻtmagan deb eʼtirof etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) tanlov komissiyasi oldiga qoʻyilgan vazifalarni hal etish uchun zarur boʻlgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Agar tanlov komissiyasi majlisida uning aʼzolaridan kamida toʻrtdan uch qismi qatnashsa tanlov komissiyasi qarorlari vakolatli boʻladi. Qaror tanlov komissiyasining majlisda qatnashgan aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda tanlov komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tanlov komissiyasining qarori protokollar shaklida, yozma ravishda rasmiylashtiriladi va besh ish kuni mobaynida qatnashchilarga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tanlov boʻyicha tanlashning tashkilotchisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tanlov boʻyicha tanlash tashkilotchisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tanlov komissiyasi aʼzolari chaqirilishini, ularga ish xonalari, majlislarni oʻtkazish uchun tashkiliy-texnika va sarflash materiallari berilishini tashkil etadi hamda tanlov boʻyicha tanlashni oʻtkazish boʻyicha boshqa sarf-xarajatlarni qoplaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) taklifnomalarni joʻnatadi va tanlov komissiyasining topshirigʻi boʻyicha yozishmalar olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qatnashchilarning tanlov takliflarini qabul qiladi va konvertlar ochilgunga qadar tanlov komissiyasi belgilagan tartibda tanlov takliflarining hisobga olinishi, saqlanishi va maxfiyligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tanlov komissiyasi tomonidan jalb qilinadigan ekspertlar va maslahatchilar faoliyatini muvofiqlashtiradi, shuningdek ularga haq toʻlash xarajatlarini qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Tanlashni oʻtkazish boʻyicha tanlov hujjatlarini ishlab chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Oʻzbekenergo” DAK investorlarga qoʻyiladigan tasdiqlangan malaka talablarini hisobga olgan holda xususiy operatorlarni tashkil etish uchun investorlarni tanlov boʻyicha tanlashga doir tanlov hujjatlarini ishlab chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekenergo” DAK tanlov hujjatlarini ular Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgandan keyin tasdiqlaydi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tanlov hujjatlarida quyidagi asosiy maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boʻlajak xususiy operatorning faoliyati doirasi, shu jumladan hududiy doirasida elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlov yigʻish funksiyalari xususiy operatorga beriladigan elektr tarmoqlari joylashgan uchastka (tuman, shahar) joyining tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) faoliyat hududida tanlov boʻyicha tanlash eʼlon qilingan sanada amal qiladigan yoki keyingi yilga tasdiqlangan elektr energiyasi nobudgarchiligi normativlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tarif guruhlari boʻyicha faoliyat hududida isteʼmolchilar soni hamda elektr energiyasining oylik va yillik isteʼmol qilish hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tanlov boʻyicha tanlashni oʻtkazish shartlari, tanlov takliflarini berish va koʻrib chiqish muddati hamda potensial talabgorning tanlash qatnashchilariga qoʻyiladigan malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar (maʼlumotlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tanlov taklifining mazmuniga qoʻyiladigan talablar va biznes-reja;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) bank kafolatini berishga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) qayd etilgan vaqt davri mobaynida tanlov boʻyicha tanlash qatnashchisining taklifi qaytarib olinmasligini taʼminlaydigan tanlov boʻyicha tanlashda qatnashish uchun garov summasi miqdori va uni toʻlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) tanlov boʻyicha tanlash gʻolibi bilan tuziladigan shartnomaning shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) tanlov boʻyicha tanlashlarni oʻtkazishga nisbatan “Oʻzbekenergo” DAK vakilidan tushuntirishlar olish uchun manzil, telefonlar (faks) raqami va elektron pochta manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) tanlov boʻyicha tanlash gʻolibini aniqlash mezonlari va tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Tanlov boʻyicha tanlashni oʻtkazish va gʻolibni aniqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “Oʻzbekenergo” DAK xususiy operatorlarni tashkil etish uchun investorlarni tanlov boʻyicha tanlashning tasdiqlangan jadvaliga muvofiq ommaviy axborot vositalarida tanlov boʻyicha tanlashni oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon beradi. Eʼlonda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tanlov boʻyicha tanlashni oʻtkazishning asosiy shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xususiy operatorning taklif etayotgan faoliyat hududi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) investorga qoʻyiladigan asosiy talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) dastlabki malaka aniqlashni va tanlov boʻyicha tanlashni oʻtkazish joyi va muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tanlov hujjatlarini olish joyi va shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) tanlov hujjatlari uchun toʻlov, shuningdek garov summasi miqdori va uni toʻlash tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Quyidagi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tanlov hujjatlariga muvofiq barcha zarur hujjatlarni belgilangan muddatlarda taqdim etmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tugatish yoki bankrotlik bosqichidagi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tanlov boʻyicha tanlash eʼlon qilinishidan bir yildan kam boʻlgan muddatda taʼsis etilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “Oʻzbekenergo” DAK va/yoki uning korxonalari bilan sud muhokamasi holatida boʻlgan investorlar tanlov boʻyicha tanlashda qatnashishga qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tanlov hujjatlarini olish uchun investorlar oʻtkaziladigan tanlov boʻyicha tanlash doirasida olinadigan maxfiy axborotni oshkor qilmaslik toʻgʻrisidagi shartnomani imzolaydilar va “Oʻzbekenergo” DAKning hisob raqamiga tanlov hujjatlari uchun toʻlov va garov summasini oʻtkazadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov hujjatlari uchun toʻlov tanlov boʻyicha tanlash eʼlon qilingan paytdagi bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdoridan ortiq boʻlmasligi kerak.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov summasi tanlov boʻyicha tanlash eʼlon qilingan paytdagi bazaviy hisoblash miqdorining ming baravari miqdoridan ortiq boʻlmasligi kerak.
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tanlov boʻyicha tanlash qatnashchilari tanlov hujjatlarida koʻrsatilgan muddatdan kechikmay tanlov komissiyasiga oʻz tanlov takliflarini taqdim etishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qatnashchilar tanlov takliflari bildirilgan konvertga quyidagilarni joylaydilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyati maqsadi elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlovni yigʻish boʻyicha xususiy operator funksiyalarini bajarishdan iborat boʻlgan yuridik shaxsni tashkil etish va uning faoliyat koʻrsatishi boʻyicha biznes-reja;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorning oxirgi hisobot yili uchun yillik moliyaviy hisoboti va u boʻyicha milliy yoki xalqaro standartlarga muvofiq tuzilgan mustaqil auditorning xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorning xususiy operator shtatini elektr energetikasi, iqtisodiyot va moliya sohasida ish tajribasiga ega boʻlgan malakali mutaxassislarning zarur soni bilan butlash majburiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorning soliqlar va budjetga boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha budjetga yoki Oʻzbekiston Respublikasining davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzlari yoʻqligini tasdiqlaydigan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa zarur hujjatlar (maʼlumotlar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Xususiy operatorni tashkil etish va uning faoliyat koʻrsatishi boʻyicha biznes-reja kamida uch yilga tuzilishi va quyidagi asosiy parametrlarni nazarda tutishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investor tomonidan xususiy operatorning faoliyat hududida elektr energiyasi uchun pul mablagʻlari oʻtkazish boʻyicha majburiyatlar uning tomonidan tanlov boʻyicha tanlash eʼlon qilingan paytda amal qilingan tariflar boʻyicha faoliyat hududida berilgan elektr energiyasi oʻrtacha oylik hajmining uch baravar qiymatiga teng boʻlgan summa doirasida bajarilishi yuzasidan bank kafolati berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq elektr energiyasi isteʼmolchilariga zarur darajada xizmat koʻrsatilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir kilovatt-soat hisobiga soʻmlardagi mutlaq ifodada yoki xususiy operator tomonidan yigʻilgan toʻlovdan hisoblab chiqariladigan isteʼmolchilar uchun elektr energiyasiga oʻrtacha tarifga nisbatan foizlarda xususiy operatorni mukofotlashning cheklangan miqdori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tanlov komissiyasi taqdim etilgan takliflarni ularning barcha belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan koʻrib chiqadi hamda taklifi boshqa takliflarga taqqoslaganda xususiy operatorning mukofot summasi chiqarib tashlangandan keyin elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlovni eng koʻp va samarali yigʻishga erishish imkonini beradigan investorni tanlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Investor tomonidan tanlov taklifi toʻliq boʻlmagan hajmda yoki belgilangan talablar buzilgan holda taqdim etilgan taqdirda tanlov taklifi tanlov boʻyicha tanlashda qatnashishga qoʻyilmaydi va investorga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Faqat bitta qatnashchi ishtirok etgan tanlov boʻyicha tanlash boʻlib oʻtmagan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. “Oʻzbekenergo” DAK korxonalarining mulki boʻlgan elektr energiyasini berish va taqsimlash elektr tarmoqlari berilishi, sotilishi va xususiy operatorning mulki sifatida berishning shakllariga, garov predmeti yoki ularning oʻzgaga berilishi yoki yoʻqotilishiga olib kelishi mumkin boʻlmagan boshqa harakatlarning predmeti boʻlishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Investor, tanlov komissiyasi, “Oʻzbekenergo” DAK va tanlov boʻyicha tanlashning tashkilotchisi oʻrtasida paydo boʻladigan barcha nizoli masalalar qonunchilikka muvofiq tartibga solinadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tushayotgan tanlov takliflarining zarur tarzda hisobga olinishi, ularning saqlanishi va maxfiyligi taʼminlanishi uchun — “Oʻzbekenergo” DAK va tanlov boʻyicha tanlash tashkilotchisining masʼul shaxslari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkaziladigan tanlov boʻyicha tanlash toʻgʻrisidagi maxfiy axborot oshkor qilinmasligi, uning qatnashchilari, komissiyaning boshqa aʼzolari bilan oldindan kelishib olishga yoʻl qoʻyilmasligi uchun— tanlov komissiyasi raisi va aʼzolari, “Oʻzbekenergo” DAKning masʼul shaxslari qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(26-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tuzilgan shartnomalar boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmagan tanlov boʻyicha tanlash gʻolibi qonunchilikda va tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan tartibda javob beradi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 4-iyuldagi 186-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlovni yigʻish funksiyalarini bajaradigan xususiy operatorlar faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlovni yigʻish funksiyalari beriladigan xususiy operatorlar faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi — elektr taʼminoti shartnomasi boʻyicha elektr energiyasini sotish va taqsimlash huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasi isteʼmolchisi (isteʼmolchi) — elektr taʼminoti shartnomasiga muvofiq elektr energiyasidan ishlab chiqarish va (yoki) maishiy ehtiyojlar uchun foydalanadigan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat hududi — hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va isteʼmolchilarning tarmoqlari bilan aniq belgilangan boʻlinish chegaralariga ega boʻlgan tegishli hududdagi taqsimlovchi elektr tarmoqlari uchastkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investor — xususiy operatorni tashkil etish va xususiy operatorga yuklanadigan vazifalar va majburiyatlarga muvofiq uning faoliyatini taʼminlash uchun texnik va moliyaviy imkoniyatga ega boʻlgan yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti yoki norezidenti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy operator — investor tomonidan tashkil etiladigan va elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlovni yigʻish funksiyalarni bajaradigan yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xususiy operator tomonidan yigʻilishi kerak boʻlgan, maqsadli hajmi hisoblangan normativ nobudgarchiliklar (elektr energiyasini berishdagi fizik jarayonlar bilan belgilanadigan) chegirib tashlangan holda xususiy operator faoliyati hududining hisobga olish nuqtalari tarmogʻida beriladigan, pirovard isteʼmolchilar uchun oʻrtacha tarifga koʻpaytirilgan elektr energiyasi hajmi sifatida hisoblab chiqariladi. Tegishli ravishda, tushumning yigʻilishi ushbu darajaga zid ravishda hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlovni yigʻish funksiyalarini hududiy elektr tarmoqlari korxonalaridan xususiy operatorga berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tanlov komissiyasi tomonidan tanlov boʻyicha tanlash gʻolib investor aniqlangandan keyin bir oy muddatda, gʻolib investor tanlov komissiyasi tomonidan taqdim etilgan biznes-reja parametrlariga muvofiq, belgilangan tartibda xususiy operatorni tashkil etadi va roʻyxatdan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xususiy operator davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin hududiy elektr tarmoqlari korxonasi xususiy operatorga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy operator faoliyati hududidagi isteʼmolchilarning xatlovdan oʻtkazilishi boʻyicha materiallarni va energiya taʼminotiga oid tuzilgan shartnomalarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy operatorning faoliyat hududidagi elektr-tarmoq xoʻjaligi obyektlarining xatlovdan oʻtkazilishi boʻyicha materiallarni texnik holat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan birga beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va xususiy operator xatlovdan oʻtkazish boʻyicha materiallar berilgan kundan boshlab uch kun muddatda topshirish-qabul qilish dalolatnomasini imzolaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va xususiy operator faoliyati hududidagi elektr energiyasini hisobga olish nuqtalarini (yetkazib berish nuqtalarini) birgalikda belgilaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi elektr energiyasini hisobga olishning zamonaviy elektron priborlarining elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlovni yigʻish funksiyalari xususiy operatorga berilguniga qadar elektr energiyasini hisobga olishning koʻrsatilgan nuqtalarida oʻrnatilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobga olishning kelishilgan nuqtalarida oʻrnatilgan elektr energiyasini hisobga olish priborlari hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va xususiy operatorning vakillari tomonidan plombalanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xususiy operator davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin uch kun muddatda vakolatli bankka:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy operatorning joriy faoliyatini moliyalashtirish uchun asosiy talab qilib olinadigan depozit hisob raqami (keyingi oʻrinlarda joriy hisob raqami deb ataladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish uchun ikkilamchi jamgʻarib boriladigan hisob raqami ochadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy operatorning bank hisob raqamlari rekvizitlari ochilgan paytdan boshlab uch kun muddatda hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy operator hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan kelishmasdan bank hisob raqamlari rekvizitlarini oʻzgartirish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xususiy operator davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin bir hafta muddatda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlovni yigʻishni taʼminlash boʻyicha shartnomani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) buxgalteriya hujjatlari, elektr energiyasi uchun isteʼmolchilarning qarzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va boshqa zarur maʼlumotlarni xususiy operatorga berish muddatlari, shartlari va reglamentini belgilaydigan protokolni imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlovni yigʻishni taʼminlash boʻyicha shartnoma xususiy operator bilan ikki yil muddatga tuziladi. Tomonlar shartnoma shartlarini bajargan taqdirda uning amal qilishi har bir navbatdagi yilga uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlovni yigʻishni taʼminlash boʻyicha shartnoma imzolangan paytdan boshlab oʻn kundan kechikmay kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlovni yigʻishni taʼminlash boʻyicha shartnoma kuchga kirishi bilan bir vaqtda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi xususiy operatorga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) isteʼmolchilarda va xususiy operator faoliyati hududining elektr energiyasi yetkazib berish nuqtalarida oʻrnatilgan elektr energiyasini hisobga olish priborlari koʻrsatkichlari yozib olinganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlov yigʻilganligi yuzasidan ishonchnoma beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlovni yigʻishni taʼminlash boʻyicha tuzilgan shartnomaga muvofiq xususiy operatorning faoliyati hududida elektr energiyasi uchun isteʼmolchilar va hududiy elektr tarmoqlari korxonasi oʻrtasida hisob-kitob qilish qonunchilikda belgilangan tartibda xususiy operator orqali amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlovni yigʻishni taʼminlash boʻyicha shartnomada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xususiy operatorning faoliyati hududidagi yetkazib berish nuqtalarida, shuningdek har bir isteʼmolchi boʻyicha va isteʼmolchilarning tarif guruhlari boʻyicha elektr energiyasini hisobga olish tartibi natura va pul ifodasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xususiy operator boʻyicha toʻlash uchun hisob raqamlarini taqdim etish va tushgan toʻlovlarni hisobga olish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) elektr energiyasining har bir isteʼmolchisi boʻyicha toʻlash uchun hisob raqamlarini taqdim etish va tushgan toʻlovlarni hisobga olish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) isteʼmolchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish va xususiy operatorga mukofot toʻlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) eʼtiroz-daʼvo ishlari yuritilishida xususiy operator va hududiy elektr tarmoqlari korxonasi funksiyalari chegaralanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) isteʼmolchilarga yetkazib beriladigan elektr energiyasining uzluksizligi, oʻz vaqtida yetkazib berilishi va sifati hamda uning uchun hisob-kitob qilish uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va xususiy operatorning majburiyatlari va javobgarligini chegaralash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) elektr energiyasini isteʼmol qiluvchilarda va xususiy operatorning faoliyat hududidagi elektr energiyasini yetkazib berish nuqtalarida oʻrnatilgan hisobga olish priborlaridan koʻrsatkichlarni yozib olish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) isteʼmolchilarda oʻrnatilgan elektr energiyasini hisobga olish priborlarini plombalash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga isteʼmolchilar tomonidan elektr energiyasi uchun toʻlov boʻyicha hisobotlar va maʼlumotlarni taqdim etish tartibi (hisob-kitob davri tamom boʻlgandan keyin 10 kundan kechikmay);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) xususiy operatorning buyurtmasi boʻyicha isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash va tarmoqlardan uzish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) isteʼmolchilarning va/yoki xususiy operatorlarning buyurtmanomalari boʻyicha taʼmirlash ishlarini amalga oshirish tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) qonunchilikda belgilangan boshqa qoidalar.
(11-bandning “m” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xususiy operator elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlovni yigʻishni taʼminlash boʻyicha shartnoma kuchga kirgandan keyin bir oy muddatda faoliyat hududidagi isteʼmolchilar bilan elektr energiyasi uchun toʻlovni yigʻish boʻyicha shartnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasi isteʼmolchilari bilan shartnomalar tuzilgandan keyin xususiy operatorning faoliyat hududi elektr energiyasi uchun barcha toʻlovlar faqat xususiy operatorning tranzit hisob raqamiga tushishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Elektr energiyasi uchun toʻlov yigʻish boʻyicha xususiy operator bilan elektr energiyasi isteʼmolchilari oʻrtasida shartnomalar tuzish Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Xususiy operatorning daromadlarini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xususiy operatorning daromadlari hisobot davrida isteʼmolchilar tomonidan toʻlanishi kerak boʻlgan summaning 90 foizidan ortiq toʻlov yigʻilishini taʼminlash sharti bilan (yaʼni tushum 90 foizdan ortiq yigʻilgan taqdirda) isteʼmolchilarga berilgan elektr energiyasi uchun yigʻilgan toʻlovdan unga qoldiriladigan mukofot puli hisobiga shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Operator tomonidan yigʻish darajasining 90 foizidan ortiq yigʻilgan elektr energiyasi uchun tushum sifatida hisoblab chiqariladigan, xususiy operatorga mukofot puli sifatida berilishi kerak boʻlgan summa uning tushumi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy operatorning mukofot puli summasini hisoblab chiqarish tartibi tanlov boʻyicha tanlash oʻtkazilgunga qadar “Oʻzbekenergo” DAKning hisob-kitoblari asosida Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan formula boʻyicha aniqlanadi. Bunda mukofot puli sifatida xususiy operatorga berilishi kerak boʻlgan mablagʻlar ulushi tushum yigʻilishi koʻrsatkichi oʻsishiga qarab oshishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolchilar uchun elektr energiyasi uchun tariflar oʻzgargan taqdirda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi foydasiga xususiy operatorga toʻlanishi kerak boʻlgan summa, amalga oshirilgan avans toʻlovlarini hisobga olgan holda, belgilangan tartibda qayta hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xususiy operator tashkil etilgunga qadar elektr energiyasi uchun tushum yigʻilishi darajasi 80 foizdan ortiq boʻlmagan tumanlarda (shaharlarda) xususiy operator faoliyat koʻrsatishi davrining dastlabki oylarida (biroq 9 oydan ortiq emas) undan boshlab operatorning daromadlari shakllanadigan, bosqichma-bosqich 90 foizgacha oshirgan holda tushum yigʻilishining pasaytirilgan maqsadli eng kam darajasi belgilanishiga yoʻl qoʻyiladi. Ushbu holatda xususiy operator bilan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tushum yigʻilishining belgilangan maqsadli eng kam darajasidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi, operatorga mukofot puli sifatida qoldiriladigan ushbu darajadan ortiqcha yigʻilgan tushum ulushi esa “Oʻzbekenergo” DAKning hisob-kitoblari asosida Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan formula boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tushum yigʻilishining maqsadli eng kam darajasining har oylik oshishi miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
P=(US1-U S2)/T, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
P - tushum yigʻilishining maqsadli eng kam darajasi miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T - tushum yigʻilishining pasaytirilgan maqsadli eng kam darajasini taqdim etish davri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
US1- tushum yigʻilishining 90 foizli darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
US2 - elektr energiyasi uchun toʻlovni yigʻish funksiyalari xususiy operatorga berilgan paytdan oldingi davr uchun tushum yigʻilishi darajasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator ishlagan birinchi oyda tushum yigʻilishining maqsadli eng kam darajasi US2+P sifatida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar (shaharlar) boʻyicha tushum yigʻilishining pasaytirilgan maqsadli eng kam darajasini belgilash muddatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
US2 holatida kamida 60% boʻlganda — 9 oydan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
US2 holatida kamida 70% boʻlganda — 7 oydan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
US2 holatida kamida 80% boʻlganda — 5 oydan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Agar xususiy operator tushum yigʻilishining maqsadli eng kam darajasiga erishmasa, tegishli davr uchun unga mukofot puli hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Xususiy operator elektr energiyasi uchun toʻlov yigʻish funksiyalari xususiy operatorga berilgunga qadar hosil boʻlgan isteʼmolchilarning elektr energiyasi uchun qarzlarini yuqorida koʻrsatilgan mexanizmga muvofiq xususiy operatorning daromadini shakllantirgan holda undirib olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun xususiy operator bilan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Elektr energiyasi uchun toʻlov yigʻilishini taʼminlash boʻyicha shartnoma kuchga kirgunga qadar va ushbu shartnomaning amal qilish muddati mobaynida investor quyidagi hollarda tushum tushishini taʼminlaydigan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi foydasiga bank kafolatini qoʻyadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy operator yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun mablagʻlarning 90 foizi darajasiga erishmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoki elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlov yigʻishni taʼminlash boʻyicha shartnomada koʻrsatilgan darajada hududiy elektr tarmoqlari korxonasi foydasiga toʻlovlarni taʼminlamasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank kafolati amaldagi tariflar boʻyicha xususiy operatorning faoliyat hududida elektr energiyasini sotish oʻrtacha oylik hajmining uch baravar qiymatiga teng boʻlgan summaga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investor quyidagi hollarda bank kafolatini yuqorida koʻrsatib oʻtilgan miqdorda qoʻygan holda yangilashi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi pul mablagʻlarini kafolat boʻyicha uning cheklangan summasining 50 foizidan ortiq summada undirib olsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) elektr energiyasiga tariflar oshgan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Xususiy operatorning faoliyat hududida elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan tushgan barcha pul mablagʻlari (penya va jarimalar ham shu jumlaga kiradi) toʻliq hajmda uning tranzit hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul mablagʻlarini boshqa manbalardan tranzit hisob raqamiga oʻtkazish taqiqlanadi, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilish uchun investor tomonidan operatorning aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun oʻtkaziladigan mablagʻlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tranzit hisob raqamidan pul mablagʻlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlov yigʻilishini taʼminlash boʻyicha shartnomaga muvofiq elektr energiyasi uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xususiy operatorni taqdirlash uchun joriy hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Isteʼmolchilardan xususiy operatorning tranzit hisob raqamiga tushgan tushumning kamida 90 foizi miqdoridagi pul mablagʻlari har kuni hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Hisobot oyida elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlov yigʻishni taʼminlash boʻyicha shartnomada koʻrsatilgan tushum yigʻilishining maqsadli eng kam darajasi oshirilishi xususiy operator tomonidan taʼminlangan taqdirda tranzit hisob raqamida qolgan summada hududiy elektr tarmoqlari korxonalari bilan kelishuv boʻyicha xususiy operatorni taqdirlash puli summasi uning joriy hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlov yigʻishni taʼminlash boʻyicha shartnomada koʻrsatilgan toʻlovlar hisobot oyi uchun tushum yigʻilishining maqsadli eng kam darajasidan kam boʻlgan taqdirda xususiy operator pul mablagʻlari qoldigʻini tranzit hisob raqamidan hisobot oyi uchun elektr energiyasi boʻyicha qarzlarni qaytarish uchun zarur boʻlgan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi hisob raqamiga oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot oyi uchun elektr energiyasi boʻyicha qarzlarni toʻlash uchun tranzit hisob raqamidan oʻtkazilgan pul mablagʻlari yetarli boʻlmagan taqdirda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi xususiy operatorga qarzlarni investor tomonidan qoʻyilgan bank kafolati hisobiga toʻlash talabini qoʻyadi. Koʻrsatib oʻtilgan qarzlarni toʻlash akseptsiz tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan tushgan toʻlovlar hisobi xususiy operator tomonidan isteʼmolchilardagi elektr energiyasini hisobga olish priborlari koʻrsatkichlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu holda isteʼmolchilarda oʻrnatiladigan elektr energiyasini hisobga olish priborlari hududiy elektr tarmoqlari korxonasi vakillari va xususiy operator tomonidan birgalikda plombalanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasi isteʼmolchilarining hisobga olish priborlaridan koʻrsatkichlarni yozib olish mumkin boʻlmagan taqdirda xususiy operator, keyinchalik amalda isteʼmol qilingan elektr energiyasiga qayta hisoblagan holda, isteʼmolning shartnoma miqdori boʻyicha hisob-kitob qiladi, uning miqdori belgilangan tartibda xususiy operator va/yoki hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va isteʼmolchi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Monitoringni taʼminlash uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasi xususiy operator bilan birgalikda hisobot oyi tamom boʻlgandan keyin besh kun mobaynida xususiy operator faoliyati hududining elektr energiyasini hisobga olish nuqtalarida oʻrnatilgan hisobga olish priborlaridan koʻrsatkichlarni yozib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlovni yigʻish funksiyalari xususiy operatorga berilgandan keyin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) isteʼmolchilar bilan elektr taʼminoti shartnomalarini belgilangan tartibda tuzishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tuzilgan elektr taʼminoti shartnomalariga muvofiq elektr energiyasi isteʼmolchilarini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻzining elektr-tarmoq xoʻjaligi obyektlarida elektr energiyasi sifatini davlat standartlari tomonidan belgilangan koʻrsatkichlar darajasida saqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xususiy operator faoliyati hududida elektr-tarmoq xoʻjaligi obyektlaridan foydalanilishi, shu jumladan ushbu obyektlarni taʼmirlashi va rekonstruksiya qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) elektr energiyasini berish va taqsimlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) oʻzining elektr-tarmoq xoʻjaligi obyektlarida elektr energiyasining texnologik nobudgarchiliklarini qisqartirishga doir tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqishi va amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) elektr energiyasi tarmoqlari ajralishi chegarasida hisobga olinmagan isteʼmolni aniqlashi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) isteʼmolchilar tomonidan buyurtma berilgan elektr energiyasi hajmini berishning texnik imkoniyatlarini va ularning tijorat hisobi tizimlari qonunchilikka muvofiqligini baholashi;
(27-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) isteʼmolchilarning elektr tarmoqlari va qurilmalarini oʻzining hududiy elektr tarmoqlariga ulash yuzasidan texnik shartlar berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) elektr energiyasi isteʼmolchilariga belgilangan tartibda ishlab chiqarishning uzluksiz jarayoni bilan berilishini taʼminlashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi oʻzining aybi bilan elektr taʼminotidagi uzilishlar va belgilangan davlat standartlariga va elektr energiyasi sifati koʻrsatkichlariga muvofiq boʻlmagan elektr energiyasi yetkazib berilganligi uchun isteʼmolchilarning eʼtirozlari boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda (shu jumladan moddiy) javob beradi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Xususiy operator:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) biznes-rejaning, elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlov yigʻilishini taʼminlash boʻyicha shartnoma shartlarining bajarilishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) elektr taʼminoti shartnomasi asosida elektr energiyasi uchun toʻlovni yigʻish boʻyicha faoliyatning oʻz hududi isteʼmolchilari bilan belgilangan tartibda shartnoma tuzishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) isteʼmolchilar tomonidan elektr energiyasidan ruxsat berilmagan foydalanishlarni aniqlash ishlarini olib borishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oʻz faoliyati hududida isteʼmolchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlari koʻrsatkichlarini yozib olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga oʻz faoliyati hududida oʻrnatilgan elektr energiyasini hisobga olish priborlaridan yozib olingan maʼlumotlarni taqdim etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy operator qonunchilikka muvofiq boshqa faoliyatni amalga oshirishi mumkin.
(29-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Xususiy operator oʻzining elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlovni yigʻishni taʼminlash boʻyicha shartnoma majburiyatlarini bajarmagan taqdirda:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) investor qonunchilikka muvofiq xususiy operatorning hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan qarzlarining qaytarilishini amalga oshiradi;
(30-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xususiy operatorning hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan qarzlari investor tomonidan toʻlanmagan taqdirda elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlov yigʻishni taʼminlash boʻyicha shartnomaning amal qilishi hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan bir tomonlama tartibda toʻxtatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlov yigʻish funksiyalari bajarilishi davrida hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan hosil boʻlgan qarzlarni qaytarish boʻyicha majburiyatlar xususiy operator va investor zimmasida saqlanib qoladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Elektr energiyasi isteʼmolchilarining hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va xususiy operator bilan oʻzaro munosabatlari ushbu Nizom, Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Elektr energiyasini hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Xususiy operatorning faoliyati hududiga yetkazib beriladigan elektr energiyasi hajmini hisobga olish hisobot davrida elektr energiyasini hisobga olish priborlarining koʻrsatkichlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Elektr energiyasi isteʼmolchilariga yetkazib beriladigan elektr energiyasi hajmini hisobga olish hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va xususiy operatorlar tomonidan, hisob-kitob davri uchun isteʼmolchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlari koʻrsatkichlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Isteʼmolchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi hajmi hisobga olinishini taʼminlash uchun xususiy operator isteʼmolchi bilan birgalikda har oyda hisobga olish priborlaridan koʻrsatkichlarni yozib oladi va hisob-kitob davri uchun elektr energiyasi isteʼmoli hajmini qayd qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobga olish priborlaridan koʻrsatkichlar yozib olinmagan yoki elektr energiyasi isteʼmoli toʻgʻrisidagi hisobot isteʼmolchilar tomonidan taqdim etilmagan hollarda xususiy operator oʻzi isteʼmolchi bilan birgalikda aniqlagan amalda isteʼmol qilingan elektr energiyasi hajmini keyinchalik hisob-kitob qilgan holda elektr energiyasi isteʼmolining shartnomaviy miqdori boʻyicha hisob-kitob qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Xususiy operator hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga hisob-kitob oyidan keyingi oyning 10-kunigacha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha elektr energiyasi isteʼmoli toʻgʻrisidagi (9 PS va 23-N shakl boʻyicha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar boʻyicha tariflar qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi (46-E shakl boʻyicha) maʼlumotlarni yozma shaklda taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlovni yigʻishni taʼminlash boʻyicha shartnoma shartlari bajarilishi, shuningdek uning shartlari buzilgan taqdirda xususiy operatorga moddiy zarar va boy berilgan foyda qoplanishi boʻyicha talablar qoʻyishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi, xususiy operator va elektr energiyasi isteʼmolchisi oʻzlarining rekvizitlari, yuridik manzili va joylashgan joyi oʻzgarganligi toʻgʻrisida bir-birlariga oʻz vaqtida maʼlum qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Xususiy operator faoliyatini toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ushbu Nizomga va elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlovni yigʻish taʼminlanishi boʻyicha tuzilgan shartnomaga muvofiq investor va/yoki xususiy operator tomonidan oʻz zimmasiga qabul qilingan majburiyatlar zarur tarzda bajarilmagan taqdirda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi shartnomada koʻrsatilgan amal qilish muddati tamom boʻlishini kutmasdan shartnomaning amal qilishini toʻxtatishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bildirishnoma shartnomaning amal qilishi toʻxtatilishi sanasidan 30 kun oldin xususiy operatorga yozma shaklda yuboriladi, u ushbu muddat mobaynida elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlovni yigʻish funksiyalarini qaytarib berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlov yigʻish funksiyalari qaytarib berilganda xususiy operator hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan birgalikda oʻz faoliyati hududi doirasida elektr energiyasi isteʼmolchilarini va ularning qarzlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy operator (investor) yoki hududiy elektr tarmoqlari korxonasi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadigan qarzlarni toʻliq toʻlashi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zp =Dp + Spo- So- Dpo, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zp - qarzlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dp — hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan xususiy operatorga berilgan debitorlik qarz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Spo — elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlovni yigʻish funksiyalari bajarilishi davri uchun xususiy operator tomonidan hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga toʻlanishi kerak boʻlgan summa (elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlov yigʻishni taʼminlash boʻyicha shartnomada koʻrsatilgan tushum yigʻilishining maqsadli eng kam darajasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So — elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlovni yigʻish funksiyalari bajarilishi davri uchun xususiy operator tomonidan hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga toʻlangan summa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dpo — xususiy operator tomonidan hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga berilgan debitorlik qarz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Xususiy operator elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlovni yigʻishni taʼminlash boʻyicha shartnoma amal qilishi tamom boʻlishi muddatigacha ushbu Nizomda nazarda tutilgan talablarga, shartnoma shartlariga va oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarga rioya qilgan taqdirda oʻz funksiyalarini amalga oshirishni rad etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xususiy operator elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlovni yigʻish funksiyalarini shartnomaga muvofiq ushbu funksiyalar belgilangan tartibda toʻliq qaytadan berilgungacha, biroq 2 kalendar oydan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshirishni davom ettiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Xususiy operator faoliyati hududida Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilish ustidan nazorat belgilangan tartibda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi, “Oʻzbekenergo” DAK va xususiy operator tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Xususiy operator faoliyati hududida normativ nobudgarchiliklar miqdori belgilangan tartibda “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Elektr energiyasini yetkazib berish va toʻlovni amalga oshirish jarayonida isteʼmolchi, xususiy operator va hududiy elektr tarmoqlari korxonasi oʻrtasida kelib chiqadigan barcha nizoli masalalar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. “Oʻzbekenergo” DAK korxonalarining mulki boʻlgan elektr-tarmoq xoʻjaligi obyektlari berilishi, sotilishi va oʻzgaga berishning boshqa shakllari boʻyicha xususiy operatorga mulk qilib berilishi mumkin emas, garov predmeti boʻlolmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Tranzit hisob raqamidan mablagʻlarni ushbu Nizomda va elektr energiyasi uchun isteʼmolchilardan toʻlovni yigʻishni taʼminlash boʻyicha shartnomada nazarda tutilmagan maqsadlar uchun oʻtkazish va vaqtincha olish taqiqlanadi. Xususiy operatorning tranzit hisob raqamidagi mablagʻlardan qatʼiy ravishda maqsadli foydalanilishi yuzasidan javobgarlik ushbu Nizomga va shartnomaga muvofiq xususiy operatorga va xizmat koʻrsatuvchi bankka yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 4-iyuldagi 186-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolchilardan elektr energiyasi uchun toʻlovlarni yigʻish funksiyalarini bergan holda xususiy operatorlar tashkil etish uchun investorlarni tanlov boʻyicha tanlashni oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jadvali
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‏T/r

Mintaqalar‎‏

ISTEʼMOLCHILAR (SONI) Tanlov savdolarini oʻtkazish muddatlari (2009-yil)

xoʻjalik yurituvchi subyektlar

maishiy isteʼmolchilar ‎
1.‎ Toshkent shahar Shayxontohur tumani‎ 624‎ 52846‎ sentabr‎
2.‎ Toshkent viloyatining Yangiyoʻl shahri‎ 339‎ 18789‎ sentabr‎
3.‎ Sirdaryo viloyatining Guliston shahri‎ 1224‎ 20661‎ sentabr‎
4.‎ Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahri‎ 2259‎ 48386‎ oktabr‎
5.‎ Andijon viloyatining Andijon shahri (shaharning eski qismi) 1493 39926‎ oktabr‎
6.‎ Jizzax viloyatining Jizzax shahri‎ 1666‎ 27511‎ noyabr‎
7.‎ Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon shahri‎ 2251‎ 24743‎ noyabr‎
8.‎ Namangan viloyatining Namangan shahri ‎ 2621‎ 52054‎ dekabr‎
9.‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahri ‎ 1338‎ 32627‎ dekabr‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 28-son, 327-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)