25.06.2009 yildagi 179-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.06.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ATOM ENERGIYASIDAN TINCHLIK YOʻLIDA FOYDALANISH SOHASIDAGI XALQARO SHARTNOMALAR BOʻYICHA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MAJBURIYATLARINI BAJARISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 28-moddasiga muvofiq, shuningdek atom energiyasidan tinchlik yoʻlida foydalanish sohasidagi xalqaro shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik oʻrtasidagi Yadroviy qurolni tarqatmaslik toʻgʻrisidagi 1994-yil 8-oktabrdagi shartnoma bilan bogʻliq boʻlgan kafolatlarni qoʻllash toʻgʻrisidagi Bitim hamda Bitimga 1998-yil 22-sentabrda Toshkent shahrida imzolangan Qoʻshimcha protokol boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Atom energiyasi boʻyicha Yevropa Hamjamiyati (Yevratom) oʻrtasida atom energiyasidan tinchlik yoʻlida foydalanish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida 2003-yil 6-oktabrda Bryussel shahrida imzolangan Bitim boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishini taʼminlash boʻyicha vakolatli organ etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlikka (MAGATE) va Yevratomga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda axborotlar tayyorlash va ularni (bayonot, hisobotlar, xabarnomalar, hisobotlarga qoʻshimcha va tushuntirishlar) taqdim etish “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi MAGATE va Yevratomni “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan Bitimlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining bajarilishini taʼminlash boʻyicha vakolatli organ etib belgilanganligi toʻgʻrisida belgilangan tartibda xabardor qilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R. Shoismatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 25-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
179-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 27-son, 314-modda; 2010-y., 51-son, 486-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)