Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari tomonidan yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning oʻzida kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli “Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasining “Yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirishning, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning oʻzida kelishishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-apreldagi 127-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari tomonidan yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning oʻzida kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 2-iyul,
184-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 2-iyuldagi 184-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari tomonidan yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning oʻzida kelishish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi) tomonidan yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning oʻzida kelishish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizomning amal qilishi yakka tartibda uy-joy qurishni amalga oshiradigan quruvchilar, shuningdek uy-joyni rekonstruksiya qiladigan uy-joy mulkdorlariga tatbiq etiladi.
3. Inspeksiya belgilangan tartibda pulli xizmatlar koʻrsatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Quruvchi yoki uy-joy mulkdori tegishli ravishda yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni rekonstruksiya qilishni amalga oshirish uchun ruxsatnomalarni Inspeksiyaga murojaat qilmasdan mustaqil ravishda rasmiylashtirish, shuningdek loyihalarni kelishish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Zarur hollarda, ushbu Nizom doirasidagi amaliy harakatlar quruvchi yoki uy-joy mulkdori nomidan ularning vakillari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
6. Ushbu Nizom maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
uy-joy — inson yashashi uchun yaroqli boʻlgan turar joylar, jumladan yakka tartibdagi uylar, koʻp qavatli uylardagi kvartiralar, shuningdek yakka tartibdagi uylarga tegishli boʻlgan yordamchi-xoʻjalik qurilmalari va dam olish yoki shaxsiy xoʻjaligini yuritish uchun moʻljallangan hovlidagi imoratlar;
rekonstruksiya — arxitekturaviy rejalashtirilgan yechimlarni oʻzgartirish, ustqurmalar qurish, qisman buzgan holda, ishdan chiqqan va maʼnaviy eskirgan konstruksiyalar va muhandislik jihozlarini, shu jumladan tashqi tarmoqlarni (magistral tarmoqlardan tashqari) almashtirgan holda yonma-yon imoratlar qurish.
II. Uy-joy qurishda ruxsatnomalar olish va vakolatli organlarda loyihalarni kelishish tartibi
7. Uy-joy qurishga ruxsatnomalar olish uchun quruvchi yoxud uning vakili hokimning yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisidagi qarorining nusxasi va tegishli litsenziyasi boʻlgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan uy-joy qurishga loyihani ilova qilgan holda Inspeksiyaga ariza beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Ariza maxsus jurnalda roʻyxatdan oʻtkaziladi va quruvchi yoxud uning vakiliga ariza olingan sana koʻrsatilgan koʻchirma beriladi.
Quruvchi yoki uning vakilidan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar va kelishuvlar taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
9. Uy-joy qurishga loyiha quyidagilardan iborat boʻladi:
er usti va yer osti muhandislik kommunikatsiyalari aks ettirilgan yer uchastkasi tarhi;
poydevorlar, yertoʻlalar, qavatlar, ularning kesimlari va binoning old tomoni tarhlari;
moliyaviy smeta hisob-kitobi (kredit olishga ehtiyoj boʻlgan taqdirda).
10. Bitta yer uchastkasida bir nechta turar joy qurishga ruxsat beriladi.
11. Inspeksiya arizani olgandan keyin bir kun muddatda:
Keyingi tahrirga qarang.
tumanlar va shaharlar arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi)ga — uy-joy qurishga loyihani kelishish uchun;
tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (boʻlimi)ga — yer uchastkasiga egalik huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tegishli buyurtmanomalar beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Tumanlar va shaharlar arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi) uch kun muddatda uy-joy qurishga loyihani kelishadi, undan keyin hujjatlarni Inspeksiyaga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (boʻlimi) uch kun muddatda tegishli guvohnomani rasmiylashtirgan holda yer uchastkasiga egalik huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi, undan keyin hujjatlarni Inspeksiyaga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Inspeksiya bir kun muddatda quruvchiga yoxud uning vakiliga kelishilgan loyiha va boshqa hujjatlarni beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Kelishilgan yakka tartibdagi yoki namunaviy loyiha uy-joy qurish boʻyicha qurilish ishlarini boshlash uchun asos hisoblanadi.
III. Uy-joyni rekonstruksiya qilishda ruxsatnomalar olish va vakolatli organlarda loyihalarni kelishish tartibi
16. Uy-joyni rekonstruksiya qilishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish uchun uy-joy mulkdori yoxud uning vakili Inspeksiyaga moʻljallanayotgan ishlarni bayon qilgan holda rekonstruksiya qilishga ariza beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
uy-joyga mulk huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar nusxasi;
tegishli litsenziyasi boʻlgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan turar joyni rekonstruksiya qilishga loyihaning nusxasi;
loyiha tashkiloti tomonidan belgilangan tartibda tayyorlangan texnik xulosa;
koʻp kvartirali uylarda uy-joyni rekonstruksiya qilishda umumiy mulkning saqlanishini taʼminlash maqsadida xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining yozma roziligi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Ariza maxsus jurnalda roʻyxatdan oʻtkaziladi va mulkdorga yoxud uning vakiliga ariza olingan sana koʻrsatilgan koʻchirma beriladi.
Mulkdor yoki uning vakilidan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar va kelishuvlar taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
18. Inspeksiya ariza olingandan keyin bir kun muddatda tumanlar va shaharlar arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi)ga rekonstruksiya qilish boʻyicha hujjatlarni kelishish uchun tegishli buyurtmanoma beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Tumanlar va shaharlar arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi) buyurtmanoma olingandan keyin uch kun muddatda belgilangan tartibda rekonstruksiya qilish boʻyicha hujjatlarni kelishadi, keyin ularni Inspeksiyaga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Inspeksiya bir kun muddatda rekonstruksiya qilish boʻyicha kelishilgan hujjatlarni mulkdorga yoxud uning vakiliga beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Rekonstruksiya qilish boʻyicha hujjatlar kelishuvi rad etilgan taqdirda ariza beruvchiga uning arizasini qondirish uchun toʻsqinlik qilgan sabablar va holatlar, shuningdek uning Inspeksiyaga qayta murojaat qilishi mumkin boʻlgan shartlar yozma shaklda tushuntiriladi. Rad etish ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Kelishilgan rekonstruksiya loyihasi uy-joyni rekonstruksiya qilish boʻyicha qurilish ishlarini boshlash uchun asos hisoblanadi.
IV. Qurilishi (rekonstruksiya qilish) tugallangan uy-joyni foydalanishga qabul qilish
23. Uy qurish va uy-joyni rekonstruksiya qilish tugallangandan keyin quruvchi yoki uy-joy mulkdori yoxud ularning vakillari uy-joyni foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan Inspeksiyaga murojaat qiladilar. Inspeksiyaning buyurtmanomasiga koʻra tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (boʻlimi) oʻn kun muddatda uy-joyni texnik xatlovdan oʻtkazadi. Uy-joyni xatlovdan oʻtkazish xizmatlari qiymati belgilangan tartibda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Texnik xatlovdan oʻtkazish ishlari bajarilgandan keyin tuman (shahar) hokimligi huzurida tashkil etilgan doimiy faoliyat koʻrsatadigan qabul komissiyasi uch kun muddatda joyning oʻziga chiqib uy-joyni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi kelishadi.
Uy-joy quruvchining oʻz kuchi bilan qurilayotgan (rekonstruksiya qilinayotgan) taqdirda bitta yashash xonasi, oshxona, hojatxona qurilishi tugallanganda, loyihaga muvofiq muhandislik kommunikatsiyalari bilan taʼminlanganda alohida turgan yordamchi-xoʻjalik qurilmalari va hovli imoratlarisiz hamda hududlarni obodonlashtirmasdan, uyning bir qismini qabul qilishga ruxsat beriladi.
25. Inspeksiya shahar (tuman) yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (boʻlimi) hamda tumanlar va shaharlar arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi) bilan kelishgan holda uch kun muddatda tuman (shahar) hokimiga uy-joyni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror loyihasini kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Tuman (shahar) hokimining qarori tegishli qaror loyihasi kiritilgandan keyin ikki kun muddatda qabul qilinadi.
27. Tuman (shahar) hokimining uy-joyni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori asosida Inspeksiya tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (boʻlimi)ga uy-joyga mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun murojaat qiladi. Uy-joyga mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, tegishli guvohnoma berilgan holda bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Tayyorlangan hujjatlar quruvchi yoki uy-joy mulkdoriga yoxud ularning vakillariga bir kun muddatda beriladi.
V. Ushbu Nizom talablari buzilganligi uchun quruvchilar va uy-joy mulkdorlarining javobgarligi
29. Yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni rekonstruksiya qilishni amalga oshiradigan quruvchilar va uy-joy mulkdorlari (jismoniy va yuridik shaxslar) shaharsozlik normalari va qoidalari, uy-joy qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihasi, shuningdek ushbu Nizom talablari buzilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.