OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI FAN VA TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRIShNI MUVOFIQLAShTIRISh QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASINING
Qarori
FUNDAMENTAL VA AMALIY TADQIQOTLAR ILMIY-TEXNIKA DASTURLARINI ShAKLLANTIRISh VA AMALGA OShIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA QOʻShIMChA VA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 20-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1705-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 15-iyuldagi PQ-916-sonli “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq qaror qilamiz:
1. “Fundamental va amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (2007-yil 28-avgust, roʻyxat raqami 1705 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 35-36-son, 362-modda) ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Ijro apparati rahbari M. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 19-may,
8-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 19-may,
57-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 19-may,
151-son
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 19-may,
75-son
Fanlar akademiyasi prezidenti Sh. SALIXOV
Toshkent sh.,
2009-yil 19-may,
6/7-son
Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Fanlar akademiyasining 2009-yil 19-maydagi 8, 57, 151, 75, 6/7-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Fundamental va amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 42-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Moliyalashtirilishi toʻxtatilgan loyihalardan boʻshagan mablagʻlar Qoʻmita va vazirliklarning qaroriga koʻra loyiha bajarilib kelayotgan ijrochi tashkilotning yuqori samara koʻrsatishi kutilayotgan amaldagi loyihalarini qoʻshimcha moliyalashtirishga yoʻnaltirilishi mumkin. Qoʻmita va vazirliklar oʻz navbatida loyihalarni toʻxtatilishi, ulardan boʻshab qolgan mablagʻni boshqa samarali loyihaga qoʻshilishini asoslanganligi va oʻzgarayotgan moliyaviy hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Moliya vazirligiga taqdim etadi.”.
2. Nizomga ilovaning 2-shakli izoh qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Fundamental va amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnika loyihalarining har bir ijrochisi faqat bir loyihada toʻliq stavkada va ikki loyihada oʻrindosh sifatida ishtirok etishi mumkin, shuningdek ularning umumiy ulushi ikki toʻliq stavkadan oshmasligi lozim.”.
3. Mazkur qoʻshimcha va oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan.
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-aprel
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2009-yil 19-may
Xalq taʼlimi vaziri Gʻ. ShOUMAROV
Toshkent sh.,
2009-yil 19-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 26-son, 303-modda)