OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
buyrugʻi
ERKAK CHOʻCHQALARNI PARVARISH QILISHDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 18-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1970]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta koʻrib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish Dasturi” (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Erkak choʻchqalarni parvarish qilishda mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Toshkent sh.,
2009-yil 18-may,
20/B-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 18-maydagi 20/B-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Erkak choʻchqalarni parvarish qilishda mehnatni muhofaza qilish
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) muvofiq erkak choʻchqalarni parvarish qilish bilan shugʻullanadigan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalar mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar va xoʻjaliklarda (bundan keyingi oʻrinlarda korxonalar deb yuritiladi) erkak choʻchqalarni parvarish qilish bilan shugʻullanadigan xodimlar (bundan keyingi oʻrinlarda xodimlar deb yuritiladi) tomonidan qoʻllanishi shart.
2. Mazkur Qoidalar hayvonlar gigiyenasi va veterinariya-sanitariya qoidalari, davlat standartlari normalarini va boshqa tarmoq normativ hujjatlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Erkak choʻchqalarni parvarish qilishda mehnatni muhofaza qilish xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazorati shunga maxsus vakolatlangan davlat organlari tomonidan, jamoat nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba tashkilotlari nomidan ular tomonidan saylanadigan mehnat muhofazasi boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
II. Xavfsizlikning umumiy talablari
1-§. Mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etish
4. Korxonalarda erkak choʻchqalarni parvarish qilish bilan shugʻullanadigan ishlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga (1996-yil 14-avgust, roʻyxat raqami 273) muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Korxonalarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni oʻrganish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1997-y., 6-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
2-§. Xodimlarga yoʻl-yoʻriq berish, oʻqitish va ularning bilimlarini tekshirish ishlarini tashkil etish
6. Korxonalarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, yoʻl-yoʻriqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan oʻtkazishlari hamda qayta attestatsiyadan oʻtishlari lozim.
7. Bevosita ishlab chiqarishda ishlarni tashkillashtirish va bajarish bilan bogʻliq ishchilar, rahbarlar, muhandis-texnik xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash haqidagi Namunaviy nizomga (1996-yil 14-avgust, roʻyxat raqami 272) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
3-§. Kasbiy tanlov
8. Korxonalarda kasbiga koʻra saralash oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
9. Agressiv, yomon xulqli va yuqumli kasallik bilan kasallangan erkak choʻchqalarga xizmat koʻrsatishda (keyingi oʻrinlarda xavfli boʻlgan ishlarni bajarishda deb yuritiladi) maxsus kurslarni bitirgan shaxslarning ishlashiga ruxsat etiladi.
10. Barcha ishchilar xavfli boʻlgan ishlarni bajarishga kirishish oldidan bunday ishlarni xavfsiz amalga oshirishlari boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishlari, talablar bilan tanishishlari, ularni bajarishning xavfsiz usullarini oʻzlashtirib olgan boʻlishlari zarur.
11. Xavfli boʻlgan ishlarni bajarish, belgilangan tartibda vakolatli shaxs tomonidan tasdiqlanib, ruxsat etilgandan soʻng amalga oshirilishi lozim.
12. Ish beruvchi xavfli boʻlgan ishlarning oldini olishni tashkil etishda va xavfsiz oʻtkazishda belgilangan tartibga amal qilishi uchun toʻla javobgardir.
13. Ish beruvchi kasbiy tanlovdan soʻng ishga qabul qilingan xodimlarni kasbiy mahorati yuqori ekanligiga ishonch hosil qilish maqsadida nazorat oʻrnatishi, zarur boʻlganda qayta yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazishi lozim.
4-§. Xodimlarning sogʻligʻini nazorat qilish
14. Korxona maʼmuriyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qoʻmitasi va vakolatli sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning koʻrikka kelishini taʼminlashi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Korxonalarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining “Oʻzbekiston Respublikasida xodimlarni ishga qabul qilishda dastlabki va davriy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (2000-yil 23-iyun, roʻyxat raqami 937) asosida amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Tibbiy koʻriklar korxonaning tibbiy-sanitariya qismlari va poliklinikalari, ular mavjud boʻlmagan holda davolash-profilaktika muassasasi tomonidan oʻtkazilishi lozim. Tibbiy koʻriklar davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Korxona maʼmuriyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qoʻmitasi tibbiy koʻrik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, ish beruvchi esa dalolatnomada koʻzda tutilgan barcha tadbirlar va koʻrsatmalarni bajarishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Davriy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik korxonaning maʼmuriyati zimmasiga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
20. Xodimlar tibbiy koʻrikdan oʻtishdan boʻyin tovlashga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Xodim tibbiy koʻrikdan oʻtishdan boʻyin tovlagan yoki tibbiy komissiyalar tomonidan oʻtkazilgan tekshirishlar natijalariga koʻra berilgan tavsiyalarni bajarmagan taqdirda maʼmuriyat ushbu xodimni ishga qoʻyishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
5-§. Xodimlarga himoya vositalari berilishi
22. Jamoaviy himoya vositalarini qoʻllaganda zararli omillar taʼsirini meʼyoriy holatigacha kamaytirish mumkin boʻlmasa, ishlab chiqarish xodimlari namunaviy tarmoq meʼyorlariga muvofiq bepul beriladigan yakka tartibdagi shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlanishi kerak.
23. Ish beruvchi tomonidan xodimlarni zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari taʼsiridan himoya qilish uchun shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlashi shart.
24. Qoʻllaniladigan himoya vositalari vazifasiga koʻra, xavfsiz mehnat sharoitlarini, ishlab chiqarish muhitidagi zararli va xavfli omillar darajasini (havo muhiti va yorugʻlikni) meʼyoriy holatga keltirishi yoki mavjud ishlab chiqarish omillari taʼsiridan bevosita himoya qilishni tashkil etishni taʼminlashi kerak.
25. Xodimlarni maxsus kiyim, poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlash — namunaviy meʼyorlarga mos ravishda amalga oshiriladi.
26. Shaxsiy himoya vositalarini saqlash, berish va qabul qilish oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
27. Ish vaqtida himoya kiyimi tugmalari mahkam qadalgan, yeng manjetlari bilaklargacha zich qamrab olgan boʻlishi kerak.
28. Ehtiyot moslamalari qoʻllashni talab qiladigan ishlarni bajarishda meʼyorlarda nazarda tutilganidan qatʼi nazar, ishlovchilarga ehtiyot chorasi sifatida berilishi kerak.
29. Maʼmuriyat:
a) barcha zarur himoya vositalarining mavjudligi, sozligi va belgilangan meʼyorlar talablariga muvofiqligini;
b) himoya vositalarini qoʻllashni (oʻrnatish, butlash va foydalanish)ni nazorat qilish;
v) himoya vositalarini taʼmirlash va sozlab turishni;
g) maxsus kiyimlarni vaqtida yuvish va tikib-chatish, changdan tozalashni;
d) zaharli va xavfli moddalar nisbatan koʻp ajralib chiqadigan sharoitlarda ishlovchilarning shaxsiy himoya vositalarini gaz va infeksiyadan tozalashni;
e) shaxsiy himoya moslamalari ishdan chiqishining oldini olishni (respirator filtrlarini almashtirish, alohida qismlar va hokazolarni almashtirishni) taʼminlashi kerak.
III. Erkak choʻchqalarni parvarish qilishda, fiksatsiyalash (bogʻlash) va urugʻ olishda xavfsizlik talablari
1-§. Erkak choʻchqalarni parvarish qilishda xavfsizlik talablari
30. Erkak choʻchqalarni parvarish qilishda oʻrnatilgan kun tartibiga rioya qilinishi lozim, bu narsa ularning osoyishta feʼl-atvorli, yuvosh boʻlishiga yordam beradi.
31. Erkak choʻchqalarga yaqin kelganda, ohista va osoyishta ovoz chiqarish kerak. Hayvon bilan qoʻpol muomala qilish, uning qaysar va jahldor boʻlishiga olib keladi.
32. Jahldor erkak choʻchqalar saqlanadigan qafaslarning tashqi tomoni va boshqa joylarida “Ehtiyot boʻling, tishlaydi!” degan ogohlantiruvchi yozuvlar boʻlishi zarur.
33. Erkak choʻchqalarga xizmat koʻrsatayotgan xodimlarning qafasga kirishi, darvoza va yoʻlaklarda turib qolishi, goʻng yigʻuvchi uzatgich ishlaganda erkak choʻchqalarni ichkariga kiritish yoki tashqariga chiqarish taqiqlanadi.
34. Erkak choʻchqalarni bir joydan boshqa joyga koʻchirish uchun guruhli qafasdan va koʻndalang harakatlanuvchi qalqondan foydalaniladi. Guruhli qafasga kirish oldidan temir, faner yoki kartondan tayyorlangan himoya vositasi — silindrsimon moslama kiyish kerak. Bunday silindr polga 6 sm yetmaydigan holatda ishchining beliga mahkamlanadi.
35. Erkak choʻchqalarni boqish va sayr qildirish kichik guruh yoki yakka tartibda, havo issiq boʻlmagan vaqtda amalga oshiriladi. Bezovta va jahldor erkak choʻchqalar sayrga alohida qoʻyiladi.
36. Erkak choʻchqalarning oʻtkir tishlari oʻsishi bilan oʻz vaqtida kaltartiriladi.
37. Maxsus panjarali qafaslarni tozalash ishlari u yerda, hayvonlar yoʻq paytida amalga oshiriladi.
2-§. Erkak choʻchqalarni fiksatsiyalash (bogʻlash)
38. Veterinariya chora-tadbirlarini oʻtkazish uchun erkak choʻchqalarni bogʻlashda (emlash, axtalash, soʻyish, qon olish) xavfsiz usullarni bajarish talab etiladi.
39. Vazni 100 kg gacha boʻlgan erkak choʻchqalarni bogʻlash uchun oddiy yogʻoch bochkadan foydalanish qulay usullardan biri hisoblanadi.
Bunda bochkaning tagiga 40 sm qalinlikda somon toʻshaladi, u gorizontal holda joylashtiriladi. Erkak choʻchqa bochka ichiga haydaladi yoki bochka erkak choʻchqa tomonga olib kelinadi.
40. Erkak choʻchqa tanasining yarmi kirgandan soʻng, bochkaning boʻsh tomonidan ushlab koʻtariladi va 30 — 40 daraja burchak ostida qiya holatida mahkamlanadi. Erkak choʻchqalarni yotgan holda mahkamlash uchun erkak choʻchqa yerga yoki jarrohlik stoliga yotqiziladi.
41. Bu usullarni ikki ishchi bajarishi shart. Biri erkak choʻchqaning orqa oyoqlaridan, ikkinchisi quloqlaridan ushlab, soʻngra yon boshiga agʻdaradi.
42. Erkak choʻchqaning oldingi va orqa oyoqlari diagonal boʻyicha yoki uchala oyoqlari birgalikda arqon bilan bogʻlanadi.
43. Erkak choʻchqani yelkasi bilan katta togʻoraga qoʻyish mumkin, bu holda oldingi va orqa oyoqlari alohida juft qilib bogʻlanadi, buning natijasida arqonning bir uchi oldingi oyoqdan orqa oyoqqa qoʻyiladi, ikkinchi uchi orqa oyoqdan oldingi oyoqqa tugun bilan mahkamlanadi.
44. Arqonning ikkala uchi ham birga ushlanib, biror-bir toʻsiqdan tashlanadi va imkoni boricha yuqoriga koʻtariladi.
45. Orqa oyoqlarining biriga sakrovchi boʻgʻim yuqori qismidan arqondan iborat harakatlanuvchi tugun tashlanib, uning boʻsh uchi 1,5 m balandlikda erkak choʻchqa oldingi oyoqlariga suyangan holda tortib joylashtiriladi.
46. Yirik erkak choʻchqalarni arqonlar tuguni yordamida yuqori jagʻidan mahkamlanadi.
47. Mahkam arqondan harakatlanuvchi tugun yasalib erkak choʻchqa oʻtkir tishlari orqasidan tashlanib mahkamlanadi.
48. Arqonning boʻsh uchi bir necha marta daraxtga, toʻsinga, stolbaga bogʻlanadi. Buning uchun erkak choʻchqani bitta ishchi ushlab turadi.
49. Erkak choʻchqa bolalarini axtalash va davolash muolajalarini amalga oshirish uchun emizish davridagi erkak choʻchqa bolalari, 3-4 oylik erkak choʻchqalarni mahkamlashda kuyidagi usullar qoʻllaniladi:
erkak choʻchqani yelkasi bilan togʻoraga qoʻyish yoki tizzada oʻtirgan holatida va orqa oyoqdan ushlab turish usuli;
erkak choʻchqani orqa oyoqlaridan yarim osilgan holatda tik tutib, uning oyoqlaridan ushlab turish.
3-§. Erkak choʻchqalardan urugʻ olishda xavfsizlik talablari
50. Erkak choʻchqa bilan otalantirish yoki urugʻ olish jarayoni osoyishta va qatʼiyat bilan amalga oshirilishi kerak. Oʻta yuvosh munosabatda boʻlish erkak choʻchqada tajovuz qilish harakatining paydo boʻlishiga olib keladi.
51. Erkak choʻchqani manejga tabiiy otalantirish uchun kiritish yoki urugʻ olishni maxsus yoʻlakda amalga oshirish zarur.
52. Erkak choʻchqadan urugʻ sunʼiy yasalgan ona choʻchqalar qoʻgʻirchoq maketi bilan taʼminlangan manejda olinadi.
53. Erkak choʻchqani qoʻgʻirchoq maketga oʻrgatish uchun, u avval manejdagi bir qancha ona choʻchqalar oldiga, soʻngra qoʻgʻirchoq maketli manejga qoʻyiladi.
54. Urugʻ qabul qiluvchi sunʼiy qin qoʻgʻirchoqqa shunday qoʻyiladiki, qinning kirish teshigi bilan qoʻgʻirchoqning orqa teshigi bir-biriga toʻgʻri kelishi kerak. Oʻtkir chetlari va oraliqlarining oʻrtasidagi boʻshliqlar erkak choʻchqaga ogʻriq keltirmasligi va unda tajovuzkorlikni uygʻotmasligi kerak.
55. Urugʻ olish vaqtida atrofda begona shaxslar boʻlmasligi kerak va osoyishtalikni saqlash talab etiladi.
56. Urugʻ toʻldirilgan kanistrlar, pinset va boshqa jismlar suyuq azotga (sachrab ketmasligi uchun) ohista kiritiladi.
57. Suyuq azot bilan bir kishining ishlashi taqiqlanadi.
58. Suyuq azot bilan transport idishlaridan Dyuara idishini toʻldirish egiluvchan metall shlang bilan amalga oshiriladi, uning pastki uchi idishning tubigacha tushirilgan boʻladi.
59. Boshqa idishdan Dyuar idishini suyuq azot bilan toʻldirish, keng metall voronka orqali amalga oshiriladi, suyuqlikning voronkadan toʻkilib ketishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Suyuq azot toʻsatdan toʻkilganda, azot bugʻlari toʻliq chiqib ketguncha eshik ochilib, ventilyatsiya ulanadi, xonadan barcha ishchilar tashqariga chiqariladi.
60. Dyuar idishini toʻldirish vaqtida uning ogʻziga qarash taqiqlanadi, idish boʻgʻzida suyuq azot tomchilari paydo boʻlishi bilan bu jarayon toʻxtatiladi.
61. Dyuar idishlari maxsus qopqoqlar bilan berkitiladi.
62. Ampula yoki spermali granula suyuq azotdan chiqarilganda idish ogʻzida 1-2 soniya ushlab turiladi, chunki azot tomchilari bugʻlanishi lozim.
63. Dyuar idishini tashish chogʻida uning tushib ketishiga, urilishiga hamda keskin harakatlarga yoʻl qoʻymaslik lozim.
64. Dyuar idishidan xavfsiz foydalanish maqsadida quyidagilar taqiqlanadi:
Dyuar idishini isitish asboblar oldiga qoʻyish;
Dyuar idishidan suyuq azotni qizdirish yoʻli bilan chiqarish;
ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan beriladigan sertifikatsiz suyuq azotdan foydalanish yoki aralashmalar borligi haqida tekshirish natijalari boʻlmaganda;
boshqa suyuqliklar uchun Dyuar idishidan foydalanish;
65. Dyuar idishlaridan suyuq azotning oqib chiqishi va uning binodagi yuqori konsentratsiyasi natijasida bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, xushdan ketish, hansirash kabi belgilar paydo boʻlganda tezda ventilyatsiyani ulab, jabrlanuvchini toza havoga olib chiqish kerak.
66. Suyuq azot oqishini bartaraf qilish uchun faqat himoyalanuvchi yoki shlangli protivogazlardan foydalaniladi. Protivogazda ishlaganda har 30 daqiqada 5 daqiqa tanaffus qilish lozim.
IV. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
67. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
68. Ishlab chiqarish bilan bogʻliq holda xodimlarni salomatligiga yetkazilgan zararlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Yakuniy qoida
69. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi bilan kelishilgan.
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2009-yil 22-aprel
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2009-yil 22-aprel
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Toshkent sh.,
2009-yil 22-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 25-son, 292-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 17.07.2023-y., 10/23/1970-1/0486-son; 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)