17.06.2009 yildagi 166-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.09.2017 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Sotib olingan reabilitatsiya texnik vositasi yoki koʻrsatilgan xizmatlar uchun kompensatsiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda sotib olingan reabilitatsiya texnik vositasi yoki koʻrsatilgan xizmatlar uchun kompensatsiya toʻlash yoʻli bilan nogironlarga ijtimoiy yordam berish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sotib olingan reabilitatsiya texnik vositasi yoki koʻrsatilgan xizmatlar uchun kompensatsiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sotib olingan reabilitatsiya texnik vositasi yoki koʻrsatilgan xizmatlar uchun kompensatsiya toʻlash masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha 2-ilovaga muvofiq tarkibda maxsus komissiya (keyingi oʻrinlarda Maxsus komissiya deb ataladi) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya (Xaitov) ikki hafta muddatda Maxsus komissiyaning ish reglamentini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 17-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
166-son

Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 166-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotib olingan reabilitatsiya texnik vositasi yoki koʻrsatilgan xizmatlar uchun kompensatsiya toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq nogironlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bepul berilishi kerak boʻlgan, ular tomonidan oʻz hisobiga sotib olingan reabilitatsiya texnik vositasi yoki koʻrsatilgan xizmatlar uchun kompensatsiya toʻlash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi — organizmning izdan chiqqan yoki yoʻqolgan funksiyalarini, shuningdek nogironning mehnat faoliyati muayyan turlarini bajarishga boʻlgan qobiliyatlarini tiklashga, ularni kompensatsiya qilishga qaratilgan tibbiy, kasbiy va boshqa reabilitatsiya chora-tadbirlarining alohida turlari, shakllari, hajmi, muddati va amalga oshirish tartibini oʻz ichiga oladigan tibbiy-ijtimoiy ekspertiza asosida ishlab chiqilgan nogiron uchun maqbul boʻlgan reabilitatsiya chora-tadbirlari kompleksi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompensatsiya — nogironga (yoki uning qonuniy vakiliga) pul shaklida toʻlanadigan, nogiron tomonidan oʻz mablagʻlari hisobiga sotib olingan nogironlarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturida nazarda tutilgan reabilitatsiya texnik vositasi yoki koʻrsatilgan xizmatlar qiymatini qoplash.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sotib olinganligi uchun kompensatsiya toʻlash nazarda tutiladigan reabilitatsiya texnik vositalari yoki koʻrsatilgan xizmatlarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreslo-aravachalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik gabaritli aravachalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eshitish moslamalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hassalar va qoʻltiqtayoqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reabilitatsiya texnik vositasini joriy taʼmirlash xarajatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻz mablagʻlari hisobiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturida nazarda tutilgan reabilitatsiya texnik vositasini sotib olgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturida nazarda tutilgan reabilitatsiya texnik vositasini joriy taʼmirlash boʻyicha xizmatlarga haq toʻlagan nogironlar kompensatsiya olish huquqiga ega boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kompensatsiya Sotib olingan reabilitatsiya texnik vositasi yoki koʻrsatilgan xizmatlar uchun kompensatsiya toʻlash masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha maxsus komissiyaning (keyingi oʻrinlarda Maxsus komissiya deb ataladi) qaroriga muvofiq toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Maxsus komissiyaning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda ishchi organ deb ataladi) hisoblanadi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Sotib olingan reabilitatsiya texnik vositasi yoxud koʻrsatilgan xizmatlar uchun kompensatsiya toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Nogiron yoki uning qonuniy vakili (keyingi oʻrinlarda ariza beruvchi deb ataladi) kompensatsiya olish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmasiga va Toshkent shahri Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda sogʻliqni saqlash hududiy organi deb ataladi) quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya tomonidan belgilanadigan shakl boʻyicha kompensatsiya toʻlash toʻgʻrisida ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogiron shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi toʻgʻrisida TMEK maʼlumotnomasi nusxasi (16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalar uchun — TMK maʼlumotnomasi nusxasi);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) tibbiyot birlashmasining belgilangan tartibda reabilitatsiya texnik vositasi bilan taʼminlash uchun nogiron hisobga qoʻyilgan sana toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi;
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reabilitatsiya texnik vositasi sotib olinganligi yoki xizmatlar koʻrsatilganligini tasdiqlaydigan chek, kvitansiya, talon, chipta va ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reabilitatsiya texnik vositasining texnik pasporti nusxasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ariza beruvchi tomonidan ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq taqdim etilgan hujjatlar uch kun mobaynida sogʻliqni saqlash hududiy organi tomonidan Maxsus komissiyaning ishchi organiga beriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlar tushgandan keyin ishchi organ ikki kun muddatda kompensatsiya toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun Maxsus komissiyaga kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Hujjatlar ishchi organdan tushgan sanadan boshlab ikki hafta muddatda Maxsus komissiya taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va nogiron oʻz mablagʻlari hisobiga sotib olgan reabilitatsiya texnik vositasi yoxud koʻrsatilgan xizmatlar uchun kompensatsiya toʻlash yoxud kompensatsiya toʻlashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Maxsus komissiya, agar uning majlisida Maxsus komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa, qaror qabul qilish huquqiga ega boʻladi. Maxsus komissiyaning qarorlari uning ushbu majlisda hozir boʻlgan aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda Maxsus komissiya rahbarining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kompensatsiya toʻlashni rad etish toʻgʻrisidagi qaror:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reabilitatsiya texnik vositasi nogironlarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturida nazarda tutilmagan;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq hajmda taqdim etilmagan hollarda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Maxsus komissiya tomonidan kompensatsiya toʻlashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda ishchi organ tegishli qaror qabul qilingandan keyin 3 ish kuni mobaynida ariza beruvchiga rad etishning asoslangan sabablarini koʻrsatgan holda yozma javob yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kompensatsiya toʻlashni rad etish uchun asos boʻlgan tegishli sabablar ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, ariza beruvchi Maxsus komissiyaga takroran murojaat qilish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompensatsiya toʻgʻrisidagi hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda rad etish toʻgʻrisidagi qarorda nazarda tutilmagan yangi talablar qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ariza beruvchi kompensatsiya toʻlashni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Kompensatsiya miqdori va uni toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kompensatsiya reabilitatsiya texnik vositasi yoxud koʻrsatilgan xizmatlarning oʻrtacha qiymatidan ortiq boʻlmagan miqdorda toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kompensatsiya respublika budjetida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Reabilitatsiya texnik vositasining oʻrtacha qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan joriy yilda belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tender savdolari asosida buyurtmalar joylashtirilgan tegishli reabilitatsiya texnik vositasi narxiga teng boʻlgan summada belgilanadi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatlarning oʻrtacha qiymati joriy yilda ushbu vositalarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan belgilangan reabilitatsiya texnik vositalarini taʼmirlashga tariflar va baholar asosida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kompensatsiya toʻlash uchun pul mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Maxsus komissiyaning qarori asosida tuman (shahar) tibbiyot birlashmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompensatsiya belgilangan tartibda nogiron yashaydigan joydagi Xalq banki boʻlimi orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi nogironlarga kompensatsiya toʻlash uchun tushgan mablagʻlar hisobini belgilangan tartibda Moliya vazirligi Gʻaznachiligining boʻlimlarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida yuritadilar.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kompensatsiya Maxsus komissiya tomonidan qaror qabul qilingan kundan boshlab 10 kun mobaynida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ishchi organ yilning har choragida belgilangan muddatlarda Moliya vazirligiga tumanlar (shaharlar) boʻyicha nogironlarga sotib olingan reabilitatsiya texnik vositasi yoxud koʻrsatilgan xizmatlar uchun kompensatsiya toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hisobotni belgilangan tartibda taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 166-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotib olingan reabilitatsiya texnik vositasi yoki koʻrsatilgan xizmatlar uchun kompensatsiya toʻlash masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha maxsus komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Shadmanov A.K.

Sogʻliqni saqlash vaziri, Maxsus komissiya raisi

Xadjibayev A.M.

Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari, Maxsus komissiya raisining oʻrinbosari

Qoʻchqorov J.A.

Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

Annaqilichev S.M.

Xalq banki boshqaruvi raisining oʻrinbosari

Ilxomov B.N.

Iqtisodiyot vazirligi bosh boshqarmasi boshligʻi

Jalolov X.S.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza respublika inspeksiyasi boshligʻi

Lavozimi boʻyicha

Sogʻliqni saqlash vazirligi Iqtisodiyot, moliyalashtirish va prognozlashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi

Muxammadiyev R.I.

Sogʻliqni saqlash vazirligi yuridik xizmati boshligʻi

Lavozimi boʻyicha

Sogʻliqni saqlash vazirligi Tibbiy-ijtimoiy yordam boʻlimi boshligʻi, Maxsus komissiya kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar Komissiya tarkibiga kiritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 997-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 25-son, 286-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda, 44-45-son, 387-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda, 37-son, 997-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son; 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)