Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.07.2010 11.06.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1964
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huziridagi Davlat test markazining, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazining qarori, 11.06.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1964
Кучга кириш санаси
21.06.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.07.2010
Hujjat 21.06.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazining qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UMUMIY OʻRTA TAʼLIM MAKTABLARINING 9-SINF BITIRUVChILARINI AKADEMIK LITSEY VA KASB-HUNAR KOLLEJLARIGA OʻQIShGA QAMRAB OLISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 11-iyunda 1964-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazining 2010-yil 30-iyundagi 15/QQ, 28, 254 va 40-Q/Q-sonli “Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga oʻqishga qamrab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1964-1, 05.07.2010-y.)asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimiga izchil oʻtishni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 473-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ilova qilinayotgan “Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga oʻqishga qamrab olish tartibi toʻgʻrisida nizom” tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2008-yil 24-martda 1779-raqam bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan “Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga oʻqishga qamrab olish tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizom” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat test markazi direktori B. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 20-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16/QQ-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vaziri Gʻ. ShOUMAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 20-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 20-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
155-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori Z. SATTOROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 20-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25 Q/Q-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat test markazi, Xalq taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2009-yil 20-maydagi 16/QQ, 22, 155, 25/QQ-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga oʻqishga qamrab olish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimiga izchil oʻtishni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 473-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-yil 20-son, 199-modda) muvofiq, umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini (keyingi oʻrinlarda bitiruvchilar deb yuritiladi) oʻzlari va ota-onalari (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) tomonidan ixtiyoriy ravishda tanlangan taʼlim yoʻnalishi (mutaxassislik) boʻyicha akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qamrab olish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Bitiruvchilarning hujjatlarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga topshirish hamda qabul qilishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalq taʼlimi tizimida oʻtkazilgan psixologik-pedagogik tashxis natijalariga muvofiq, bitiruvchilarning oʻzlari va ota-onalari (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) tomonidan tanlangan taʼlim yoʻnalishi (mutaxassislik) boʻyicha akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oʻqishni davom ettirishlari toʻgʻrisidagi arizalari asosida umumiy oʻrta taʼlim maktablarida hujjatlar yigʻma jildi shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Joylarda oʻn ikki yillik majburiy taʼlim tizimiga toʻliq oʻtish masalalarini hal etish, bitiruvchilar va ota-onalar (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari va mehnat bozorida talab etilayotgan mutaxassisliklar (kasblar) toʻgʻrisida aniq maʼlumotga ega boʻlishlarini taʼminlash hamda ular uchun barcha qulayliklar yaratish maqsadida har bir tuman (shahar) hokimligi qoshida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi muvofiqlashtirish markazi (shtab) tashkil etiladi. Ushbu muvofiqlashtirish markazlariga joylardagi manfaatdor idora va jamoat tashkilotlari vakillari jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar har bir tuman (shahar) hokimligi qoshida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi muvofiqlashtirish markazi (shtab)ning vazifalari etib belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-sinf rahbarlari bilan birgalikda bitiruvchi oʻquvchilar, ularning ota-onalari orasida 9-sinf oʻquvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga jalb qilish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini olib borishni tashkil etish va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta taʼlim maktablarining bitiruvchi oʻquvchilari va ota-onalari uchun ular tanlagan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida “Ochiq eshiklar kuni”ni va unda taʼlim muassasasining barcha shart-sharoitlari bilan tanishtirish boʻyicha keng qamrovli ishlarni amalga oshirilishini, barcha bitiruvchilar va ularning ota-onalarining bu jarayonda ishtirok etishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitiruvchilarni akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qamrab olish jarayonida nizoli holatlar vujudga kelganda, tegishli oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmasiga masalani hal etish boʻyicha taklif kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻquvchilarni qabul qilish davrida har bir akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida belgilangan tartibda maslahat markazlari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari direktorlari bitiruvchilarning toʻliq hujjatlar yigʻma jildini bitiruvchi hamda ota-onalar (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning bevosita ishtirokida tegishli akademik litsey va kasb-hunar kollejlari maslahat markaziga topshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar yigʻma jildini bitiruvchi yoki uning ota-onasi (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ga berib yuborish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim maktabi bitiruvchisining hujjati qabul qilinganligi toʻgʻrisida umumiy oʻrta taʼlim maktabi va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi direktorlari oʻrtasida topshirish-qabul qilish dalolatnomasi tuziladi va bunday dalolatnoma toʻrt nusxada rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnomaning nusxalari oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va xalq taʼlimi hududiy boshqarmalarida, umumiy oʻrta taʼlim maktabi hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlari direktorlarida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qamrab olish imkoniyatlari doirasida oʻqish istagini bildirgan bitiruvchilar arizalariga koʻra akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga oʻquvchilar safiga toʻgʻridan toʻgʻriteng shartlarda (imtiyozlarsiz) qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida mutaxassislar tayyorlash jarayonining oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi bilan kelishilgan holda ushbu taʼlim muassasalariga bitiruvchilarini qamrab olish vaqtida ijodiy sinovlar oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bitiruvchilardan tushgan arizalar soni akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji uchun tasdiqlangan qabul koʻrsatkichlaridan yuqori boʻlganda, har yili 1-iyulgacha Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga oʻquvchilar uchun qoʻshimcha oʻrinlar ajratish yoki bitiruvchilar orasida saralash test-sinovlari oʻtkazish boʻyicha takliflar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan kiritilgan taklif boʻyicha tegishli qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq, saralash test-sinovlari belgilangan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq tegishli oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida umumiy oʻrta taʼlim maktablarining quyidagi fan dasturlari asosida saralash test-sinovlari oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseylarning — aniq fanlar, kasb-hunar kollejlarining — taʼlim, fan hamda muhandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlari boʻyicha: matematika, fizika, ona tili va adabiyot (oʻzbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseylarning — xorijiy filologiya, kasb-hunar kollejlarining — ijtimoiy fanlar, biznes va huquq boʻyicha: chet tili, ona tili va adabiyot (oʻzbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti), tarix (biznes yoʻnalishi uchun matematika);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseylarning — tabiiy fanlar, kasb-hunar kollejlarining — qishloq va suv xoʻjaligi hamda sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot boʻyicha: kimyo, biologiya, ona tili va adabiyot (oʻzbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseylarning — ijtimoiy gumanitar fanlar, madaniyat va sanʼat, kasb-hunar kollejlarining — xizmatlar: chet tili, ona tili va adabiyot (oʻzbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti), tarix.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida saralash test-sinovlarini oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Test-sinovlari oʻtkazilishi belgilangan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida saralash test-sinovlarini oʻtkazish uchun 11 yoki 13 nafar aʼzolardan iborat komissiyasi tuziladi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb yuritiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning tarkibiga oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi direktori, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va xalq taʼlimi hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) hokimligi, xalq taʼlimi boʻlimining bittadan vakillari va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻqituvchilari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi direktori Komissiya raisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saralash test-sinovlarini oʻtkazish jarayonida umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻqituvchilari hamda ota-onalarning 4-5 nafar vakili kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya saralash test-sinovlari adolatli, oshkoralik tamoyillari asosida, tartibli va xavfsizlik choralari koʻrilgan holatda oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Umumtaʼlim fanlari boʻyicha Respublika olimpiadalarida 1 — 5 oʻrinlarni egallagan bitiruvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi Oʻzbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi 226-son qarori asosida akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Imkoniyatlari cheklangan bitiruvchilar Oʻzbekiston Respublikasining ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlariga taʼlim oluvchi imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun mutaxassisliklar va kasblar roʻyxatiga muvofiq, Sogʻliqni saqlash vazirligining tibbiy maslahat komissiyalari xulosalari va tavsiyalari hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalarining, tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimlarining yoʻllanmasi asosida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ushbu Nizomning 8, 11, 14 va 15-bandlarida belgilangan tartib asosida qamrab olinmagan bitiruvchilarning hujjatlari bitiruvchilar va ularning ota-onalari (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) roziligi bilan qamrab olish imkoniyati mavjud boʻlgan boshqa oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalariga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bitiruvchilarni qamrab olish imkoniyati mavjud boʻlgan boshqa oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalariga oʻtkazishda tegishli akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlari direktorlari tomonidan hujjatlarni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi (4 nusxada) rasmiylashtiriladi. Dalolatnomaning nusxalari oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va xalq taʼlimi hududiy boshqarmalarida, umumiy oʻrta taʼlim maktabi hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlari direktorlarida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur jarayon oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmasi va xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan muvofiqlashtirilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari tomonidan bitiruvchilarini qamrab olish imkoniyatlari mavjud boʻlgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining mutaxassislik (yoʻnalish)lari toʻgʻrisidagi aniq maʼlumot oʻz vaqtida joylarda tuzilgan maslahat markazlari hamda xalq taʼlimi boshqarmalariga berib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Bitiruvchilarni akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qamrab olish jarayonida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida bahsli yoki nizoli holat vujudga kelganda, tegishli oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmasidan olingan takliflarni inobatga olgan holda Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi koʻrib chiqib, tegishli qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va xalq taʼlimi hududiy boshqarmalari bitiruvchilarni akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga toʻliq qamrab olinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlarni umumlashtirib, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga yozma axborot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Xalq taʼlimi vazirligi bitiruvchilarning akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga toʻliq qamrab olinganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Bitiruvchilarning akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga toʻliq qamrab olinishiga va ushbu Nizom asosida bitiruvchilarning hujjatlarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga toʻliq va oʻz vaqtida topshirilishiga Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Xalq taʼlimi vazirligi, shuningdek umumiy oʻrta taʼlim maktablari va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari direktorlari masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Bitiruvchilarni akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qamrab olish muddatlari va oʻquvchilar qabulini rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari direktorlari har yili:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-maygacha barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilaridan ularning ota-onalari bilan kelishilgan holda qaysi akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida oʻqishni davom ettirishi toʻgʻrisida arizalar olinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-iyungacha maktablarda bitiruv sinovlari yakunlanishini, 14-iyunga qadar bitiruvchilarning shahodatnomalari rasmiylashtirilishini hamda bitiruvchilar hujjatlarining yigʻma jildlarini shakllantirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-iyungacha bitiruvchilarning arizalari asosida oʻrnatilgan tartibda yigʻma jildlarni tegishli akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga topshirilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktorlari har yili 23-iyunga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta taʼlim maktablari direktorlaridan qabul qilingan bitiruvchilar hujjatlarining yigʻma jildlari asosida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining tasdiqlangan qabul koʻrsatkichlariga muvofiq bitiruvchilarni qabul qilish boʻyicha buyruqlarni rasmiylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining tasdiqlangan qabul koʻrsatkichlaridan bitiruvchilar hujjatlari ortiq tushgan holda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmasiga va har bir tuman (shahar) hokimligi qoshida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi muvofiqlashtirish markazi (shtab)ga tegishli maʼlumot kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Har yili 26-iyungacha oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari joylarda oʻn ikki yillik majburiy taʼlim tizimiga toʻliq oʻtish masalalarini hal etish boʻyicha har bir tuman (shahar) hokimligi qoshida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi muvofiqlashtirish markaz (shtab)lardan olingan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida muayyan yoʻnalish yoki mutaxassislik boʻyicha oʻqish istagini bildirgan bitiruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotni umumlashtirib, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Bitiruvchilarni akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga toʻliq qamrab olish jarayoni 1-avgustgacha yakunlanadi va 10 kun muddatda ularni oʻquvchilar safiga qabul qilish buyrugʻi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari direktorlari tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning hujjatlarini oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga qabul qilish va ularni oʻqitish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Bitiruvchilarni akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oʻqitish bilan qamrab olishni nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Majburiy oʻqishni davom ettirish uchun bitiruvchilarga toʻsqinlik qilayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining mansabdor shaxslari, shuningdek oʻquvchilarning ota-onalari (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Badiiy akademiyasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat va sport ishlari vaziri A. JABBOROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 20-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy akademiya raisi T. QOʻZIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 20-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 24-son, 276-modda)