Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
buyrugʻi
YIGʻMA TEMIRBETON VA BETON KONSTRUKSIYALAR VA BUYUMLAR ISHLAB CHIQARISH XODIMLARI UCHUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 11-iyunda 1967-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta koʻrib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish Dasturi” (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Yigʻma temirbeton va beton konstruksiyalar va buyumlar ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiritiladi.
Vazir v.b. A. XAITOV
Toshkent sh.
2009-yil 8-may
19/B-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 8-maydagi 19/B-son buyrugʻi bilan
ILOVA
ILOVA
Yigʻma temirbeton va beton konstruksiyalar va buyumlar ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) qonuniga muvofiq yigʻma temirbeton va beton konstruksiyalar va buyumlar ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, yigʻma temirbeton va beton konstruksiyalari va buyumlari ishlab chiqaruvchi barcha turdagi korxonalar (bundan keyingi oʻrinlarda korxonalar deb yuritiladi) uchun taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar korxonalarni loyihalashtirish va foydalanishda, shuningdek ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilish holatini nazorat qiluvchi organlar tomonidan qoʻllanishi shart.
3. Mazkur Qoidalar qonun hujjatlari, davlat standartlari, qurilish meʼyorlari va qoidalari, sanitariya qoidalari va meʼyorlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Xavfsizlik boʻyicha umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
4. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish “Mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil qilish toʻgʻrisida”gi Namunaviy nizomga (1996-yil 14-avgust, roʻyxat raqami 273) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
5. “Mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil qilish toʻgʻrisida”gi Namunaviy nizomga muvofiq korxonalarda mehnatni muhofaza qilish boʻyicha ichki nazoratning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi:
ishlarga rahbarlik qiluvchi va boshqa mansabdor shaxslarning tezkor nazorati;
maʼmuriy-jamoatchilik nazorati (uch bosqichli nazorat);
bosh mutaxassislar xizmati tomonidan amalga oshiriladigan nazorat.
Quyidagilar nazorat qilinishi lozim:
ish joylarining ahvoli;
mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi;
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish vazifalarini amalga oshirishga doir ishlarni bajarish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni oʻz vaqtida, toʻgʻri oʻrganib chiqilishi;
mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishi;
mehnatni muhofaza qilishga ajratilgan mablagʻlarning toʻgʻri sarflanishi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 5-son, 223-modda) 14-moddasiga muvofiq ishlovchilar soni 50 va undan ortiqni tashkil qiluvchi korxonalarda maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan shaxslar orasida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil qilinishi kerak. Ishlovchilar soni 50 dan kam boʻlgan korxonalarda mehnatni muhofaza qilish funksiyalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklatiladi. Mehnatni muhofaza qilish xizmati vazifalariga korxonada mehnatni muhofaza qilish boʻyicha barcha ishlarni muvofiqlashtirish va ushbu ishlar oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilish kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Korxonalarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari boʻyicha boʻlimni oʻz ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maʼmuriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
ishchi va xizmatchilar bilan yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari boʻyicha mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalari.
Mehnatni muhofaza qilish xizmati oʻz maqomiga koʻra korxonaning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbari yoki bosh muhandisiga boʻysunadi hamda korxonaning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
9. Korxonalarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi nizomga (2000-yil 7-yanvar, roʻyxat raqami 870) muvofiq ishlab chiqiladi va ishlovchilar xamda ish joylarini shu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash korxona rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-§. Xodimlarga yoʻl-yoʻriq berish, oʻqitish va ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish ishlarini tashkil etish
11. Korxonalarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, yoʻl-yoʻriqlar olishlari hamda bilimlari sinovdan oʻtkazilishi kerak.
12. Bevosita ishlab chiqarishda ishlarni tashkillashtirish va bajarish bilan bogʻliq ishchilar, rahbarlar, muhandis-texnik xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish “Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash haqida”gi Namunaviy nizomga (1996-yil 14-avgust, roʻyxat raqami 272) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
3-§. Xodimlarning sogʻligʻini nazorat qilish
13. Korxona maʼmuriyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qoʻmitasi va vakolatli sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning koʻrikka kelishini taʼminlashi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Korxonalarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2000-yil 6-iyundagi 300-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida xodimlarni ishga qabul qilishda dastlabki va davriy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (2000-yil 23-iyun, roʻyxat raqami 937) buyrugʻi asosida amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Xodimlar tibbiy koʻrikdan oʻtishdan boʻyin tovlashga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Tibbiy koʻriklar korxonaning tibbiy-sanitariya qismlari va poliklinikalari, ular mavjud boʻlmagan holda davolash-profilaktika muassasasi tomonidan oʻtkazilishi lozim. Tibbiy koʻriklar davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Korxona maʼmuriyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qoʻmitasi tibbiy koʻrik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, ish beruvchi esa dalolatnomada koʻzda tutilgan barcha tadbirlar va koʻrsatmalarni bajarishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Davriy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik korxonaning maʼmuriyati zimmasiga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
20. Xodim tibbiy koʻrikdan oʻtishdan boʻyin tovlagan yoki tibbiy komissiyalar tomonidan oʻtkazilgan tekshirishlar natijalariga koʻra berilgan tavsiyalarni bajarmagan taqdirda maʼmuriyat ushbu xodimni ishga qoʻyishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
4-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
21. Korxona GOST 17.2.3.02-78 boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish xamda texnologik jarayonlar, ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, ishchilarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
22. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining xavfli hamda zararli omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovlari natijalari va ish joylarini attestatsiya qilish, jumladan mehnatning ogʻirligini attestatsiya qilish natijalari bilan tasdiqlanishi lozim.
23. Har bitta korxona yoki alohida ishlab chiqarish xavfli va zararli mehnat sharoitlarga ega boʻlgan kasblar, ish oʻrinlari va hududlarining Sanitariya qoidalari va meʼyorlariga muvofiq zararlilik va xavflilik sinfi koʻrsatilgan roʻyxatiga, ishlab chiqarish omillarining zararlilik va xavflilik koʻrsatkichlari, mehnat jarayonining ogʻirlik koʻrsatkichlari boʻyicha mehnat sharoitlarining amaldagi gigiyenik tasnifiga ega boʻlishi lozim.
24. Ish hududiga yoki atrof muhitga zararli moddalarni bugʻ, gaz, chang koʻrinishida ajratishi mumkin boʻlgan texnologiyalardan foydalanishda ularning kimyoviy va mikrobiologik tarkibi va GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablar” boʻyicha ruxsat etilgan eng koʻp miqdori koʻrsatilgan toʻliq roʻyxati tuzilishi lozim.
25. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli omillar yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarishlarida yoxud yangi ishlab chiqarish uskunalarni joriy qilishda roʻyxatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
5-§. Ishlovchilarni himoya qilish vositalarini qoʻllashi
26. Ishlovchilarni zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish tegishli standartlar va meʼyorlar talablariga mos jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
27. Jamoaviy himoya vositalari (ventilyatsiya, aspiratsiya, yerga ulash, tunukadan qilingan gʻiloflar bilan bekitish, mahalliy soʻrgʻichlar va boshqalar) zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillari xonadagi barcha ishlovchilarga taʼsir qilganda qoʻllanishi shart va korxonani qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
28. Jamoaviy himoya vositalari zararli va xavfli omillarni ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qoʻllanishi lozim. Bunday hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz kishilarning ishtiroki va ishlar amalga oshirilishi taqiqlanadi.
29. Ishchi va xizmatchilar shaxsiy himoya vositalari bilan korxona tomonidan taʼminlanadi.
30. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda ishlovchilar, ularning qoʻllanishi, himoya xususiyatlari, amal qilish muddati toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishi hamda ulardan foydalanishga oʻrgatilishi lozim.
31. Korxona maʼmuriyati yoki ish beruvchi quyidagilarni taʼminlashi shart:
a) amaldagi meʼyorlar boʻyicha mazkur ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan barcha shaxsiy himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasini;
b) himoya vositalarini qoʻllash va toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
v) qoʻllanilayotgan himoya vositalarining samaradorligi va sozligini tekshirish;
g) shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilish (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
6-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar
32. Har bitta korxona oʻta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim. Roʻyxatda aniq texnologik jarayon, ishlab chiqarish uskunasi, ishlatiladigan xomashyo va ishlarni amalga oshirish xususiyatlari bilan bogʻliq xavflar hisobga olinishi lozim. Roʻyxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar va amaldagi tarmoq roʻyxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
33. Oʻta xavfli ishlarga xizmat koʻrsatish ishlari bilan shugʻullanish faqat belgilangan tartibda tasdiqlangan, maxsus oʻqitilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarga ega boʻlgan shaxslarga ruxsat etilishi lozim.
34. Korxona maʼmuriyati yoki ish beruvchi xavflilik darajasi yuqori boʻlgan ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va ularga nisbatan belgilangan talablarga muvofiq holda amalga oshirish uchun toʻliq javobgar hisoblanadi.
7-§. Xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishiga ruxsat berish
35. Korxona xodimlari ishni bajarishning xavfsiz usullariga oʻqitilib, olingan bilimlari “Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash toʻgʻrisida”gi Namunaviy nizomga muvofiq sinovdan oʻtkazilgandan soʻng ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishga ruxsat etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Oʻn sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qoʻllanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari roʻyxatiga (roʻyxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 27-oktabrdagi 178-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1967-1, 06.11.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son, 403-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
37. “Ayollar mehnatidan foydalanish qisman yoki toʻliq taqiqlangan noqulay mehnat sharoitiga ega ishlar roʻyxati”ga (2000-yil 5-yanvar, roʻyxat raqami 865) muvofiq ayollar zararli va noqulay mehnat sharoitiga ega ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Xavfsizlik texnikasi boʻyicha oshirilgan talablar qoʻyiladigan:
a) xodimlarning bunkerlarda, quritish barabanlarida, quduqlar, aralashtirgichlar, chang kameralari, qorishtirgichlar, siloslashda, filtrlarda, mazut saqlash uchun rezervuarlarda va tonnelli, kovakli va issiqlik ishlab chiqaruvchi vertikalli kameralarda va boshqa yopiq sigʻimlarda boʻlishi bilan bogʻliq boʻlgan tayyorlov, tozalov va taʼmirlov ishlarini;
b) ishlab chiqarish asbob-uskunalarini yigʻish, qismlarga ajratish, oʻrta va kapital taʼmirlash bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni;
v) binolar, inshootlar va ishlab chiqarish asbob-uskunalari, konstruksiya qismlarini balandlikda vaqtinchalik havozalarda bajarilishi lozim boʻlgan ishlarni bajarishning xavfsiz usullari boʻyicha yoʻl-yoʻriq bermasdan va masʼul shaxs tomonidan tasdiqlangan maxsus rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomasiz amalga oshirish man etiladi.
39. Ish ishlab chiqaruvchining tayinlanishi toʻgʻrisidagi masalani muayyan ishning turi, murakkabligi, hajmi va xavfsizlik darajasiga qarab masʼul ish rahbari hal qiladi. Muhandis-texnik xodimlar, ish ustalari, brigadirlar yoki topshirilgan ishni xavfsiz bajarilish texnologiyasini, uslubini va usullarini biluvchi malakali ishchilar ish ishlab chiqaruvchi sifatida tayinlanishlari mumkin.
Masʼul rahbar va ish ishlab chiqaruvchi vazifalarini bir shaxs tomonidan birga qoʻshib olib borishi taqiqlanadi.
40. Naryad-ruxsat boʻyicha ish ishlab chiqaruvchini qoʻshib, tarkibida ikki kishidan kam boʻlmagan brigada bajarishi kerak.
Davlat nazorati idoralari nazorati ostidagi obyektlarda ish bajarilishiga berilgan ruxsat, davlat nazorati idoralari tomonidan tasdiqlangan qoidalari talablari asosida rasmiylashtirilishi kerak.
41. Naryad-ruxsat brigadaning butun tarkibiga va naryad-ruxsatda koʻrsatilgan ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan muddatga berilishi lozim.
42. Naryad-ruxsatni masʼul ish rahbari ikki nusxada tuzishi lozim. Naryad-ruxsatda qandaydir oʻzgartirishlar qilish taqiqlanadi.
43. Naryad-ruxsat ish boshlanishidan avval masʼul rahbar va ish ishlab chiqaruvchi tomonidan imzolangan boʻlishi kerak. Naryad-ruxsatning bir nusxasi masʼul ish rahbarida, ikkinchisi esa ish ishlab chiqaruvchida boʻlishi shart.
44. Ish ishlab chiqaruvchi brigadaning ishlashiga ruxsat berishdan avval brigada aʼzolariga xavfsizlik texnikasi boʻyicha yoʻriqnoma berishi lozim. Naryad-ruxsatga barcha brigada aʼzolari xavfsizlik texnikasi boʻyicha yoʻriqnoma olganliklari haqida imzo qoʻyishlari lozim.
45. Masʼul ish rahbari shaxsan quyidagilarga majbur:
ish ishlab chiqaruvchini ish mazmuni va hajmi bilan tanishtirishi va ularni bajarishdagi xavfsizlik tadbirlari boʻyicha yoʻl-yoʻriq berishi;
ishlab chiqaruvchi bilan birgalikda ish uchastkalaridagi xavfsizlik texnikasi holatini tekshirishi;
naryad-ruxsatda koʻrsatilgan xavfsizlik choralariga ishlovchilar tomonidan rioya etilayotganligiga va ish bajarilib borishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirishi.
46. Ish ishlab chiqaruvchi barcha xavfsizlik choralariga rioya etish bilan ishni toʻliq hajmda bajarilishini, ishlovchilar tomonidan yakka va jamoa himoyalanish vositalarini, asboblarni, moslamalarni va shunga oʻxshashlarni toʻgʻri ishlatilishini taʼminlashga majburdir.
47. Quyidagilarda ishlar toʻxtatilgan va naryad-ruxsat bekor qilingan boʻlishi kerak:
xavfsizlik texnika, ishlab chiqarish sanitariyasi va yongʻin xavfsizligi talablarini buzilishini bilib qolganda;
xodimlarni hayoti va sogʻligʻi uchun xavf tugʻilganda;
xodimlarga xavfsiz va sogʻlom ish sharoitini taʼminlaydigan naryad-ruxsatda koʻzda tutilgan ish hajmlari va xususiyatlari oʻzgarganda;
masʼul rahbar yoki ishlab chiqaruvchi oʻzgarganda, shuningdek brigada tarkibi oʻzgarganda.
Ishlarni qaytadan tuzish uchun yangi naryad-ruxsati kerak.
8-§. Korxona maydonlariga boʻlgan xavfsizlik talablari
48. Korxona maydonlari va binolarni joylashuvi SanMvaQ II-89-80 “Sanoat korxonalarini bosh plani”ga mos boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
49. Korxonada transport vositalarini va piyodalarni korxona hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Transport vositalari va korxona hududida piyodalarning harakati chizmasi korxonaga kirish va chiqish, hamda ish uchastkalari va sexlarning koʻrinarli joylariga osib qoʻyilishi kerak.
50. Korxonada avtoyoʻllar yoki piyoda yoʻlkalari bilan tutashgan ichki korxona temir yoʻllari uchrashgan joylarda avtoyoʻllar va piyodalar uchun oʻtish yoʻllari boʻlishi lozim.
51. Korxona maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Qurilish maydonida ishchilar uchun dam olish joylari boʻlishi lozim.
Sutkaning qorongʻu vaqtlarida hududlarning yoritilishi “Tabiiy va sunʼiy yoritish” QMQ 2.01.05-98 talabiga javob berishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
52. Korxona maydonidagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangani boʻlishi kerak.
53. Yilning yoz vaqtida yoʻlkalar va oʻtish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan boʻlishi kerak.
54. Korxonalarda harakatlanuvchi temir yoʻl sostavlarini intensiv harakatlanishiga oʻtish joylari avtomatik signal bilan taʼminlanishi lozim.
55. Korxona hududi SHNQ 2.01.02-04 “Binolar va inshootlarni yongʻinga qarshi xavfsizligi” talablariga mos keluvchi yongʻin oʻchirish vositalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak, hamda GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi”, GOST 12.1.041-83 “Yonuvchi changlarni, yongʻin-portlash xavfsizligi. Umumiy talablar”, GOST 12.1.114-82 “Oʻt oʻchirish mashinalari va uskunalari. Shartli belgilar chizmasi”, GOST 12.1.010-76 “Portlash xavfsizligi”, GOST 12.1.011-78 “Portlash xavfi boʻlgan aralashmalar”, GOST 12.2.037-78 “Oʻt oʻchirish texnikasi” talablariga javob berishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
9-§. Bino va inshootlarga boʻlgan xavfsizlik talablari
56. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarni (harorati, nisbiy namligi, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talabiga javob berishi kerak.
57. Ishlab chiqarish va yordamchi binolarda hojatxona, yuvinish xonasi, dush, ayollar shaxsiy gigiyenasi xonasi, yechinish xonasi, maxsus kiyimlarni quritish va changdan tozalash xonasi, ishchilar isinish xonasi, dam olish va ovqatlanish xonasi, yigʻishtirish inventari bilan birga navbatchi xodim xonasi, dam olish xonasi yonida kuldonlar, soqolni olish, boshni quritish, maxsus kiyimlarni yuvish xonasi, sogʻliqni saqlash punkti (kutish uchun joylar va vestibyul, roʻyxatdan oʻtish joyi, betoblarni qabul qilish xonasi, fizioterapiya xonasi, stomatologiya xonasi, kasallarning vaqtinchalik yotish xonalari, sogʻliqni saqlash punkti boshligʻi xonasi, ginekolog xonasi, dorilarni saqlash joyi, olib kelinadigan materiallar va avtoklavlar uchun bino, meditsina asbob-uskunalarini qoʻyish joyi, tamburdagi hojatxona umivalniki bilan, dush), toza va kir maxsus kiyimlarni saqlash uchun qoʻyish joyi va shaxsiy himoyalanish moddalari va boshqalar QMQ 2.09.04-98 “Korxonalarning maʼmuriy va maishiy binolari” talabiga mos kelishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
58. Hoʻl jarayonlardagi xonalarda, hamda issiq oʻtkazuvchi pollarda (betonli, gʻishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlovchi ishchi joylarida yogʻoch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi kerak.
Pol toʻshamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalanishni taʼminlashi kerak.
59. Ishlab chiqarish binolari va inshoatlari SanMvaQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” talabiga mos kelishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
60. Yordamchi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Korxonalarning maʼmuriy va maishiy binolari” talabiga mos kelishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
61. Binoga transport vositalarini kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
62. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
63. Keng izli temir yoʻl transportini binoga kirishi uchun darvoza eng kamida 4,9 m, balandligi kamida 5,4 m boʻlishi kerak.
64. Avtomobil transportini binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan avtomobillar eni miqdoridan oshiq boʻlishi kerak.
65. Darvozalar balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq boʻlishi kerak.
66. Bir xodimga ishlab chiqarish xonalari hajmi 15 m3 dan, maydoni 4,5 m2 dan kam boʻlmasligi lozim.
67. Binolarni oynalangan fonarlariga gorizontal metall toʻrlar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
68. Vertikal oynalangan fonarlar uchun toʻrlar eni 0,7 m dan kam boʻlmasligi kerak. Yopiq va gorizontal oynalanganda toʻrlarni eni, tavaqalarni oynalangan gorizontal proyeksiyasi miqdori boʻyicha hisoblab aniqlanadi.
69. Akkumulyator batareyalarini zaryadlash uchun xonalar oqib-tortish ventilyatsiyalari uskunalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
70. Akkumulyator batareyalarini zaryadlash xonalarini kirish eshiklari GOST 12.4.026-76 boʻyicha taqiqlovchi xavfsizlik belgilari “Ochiq olovdan foydalanish man etiladi”, “Chekish mumkin emas”, “Kirish taqiqlanadi” deb yozilgan izohli soʻzlar bilan osilgan boʻlishi kerak.
71. Barcha korxonalarda binolar va inshoatlardan foydalanish va holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan boʻlishi kerak.
72. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshoatlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam boʻlmagan holda korxona rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik koʻrigidan oʻtkazilishi lozim. Koʻrik xulosalari, ulardan topilgan nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va muddati koʻrsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
73. Xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Halokatni bartaraf etilguncha ishlab chiqarish jarayonlari xavfli hududlarda toʻxtalishi lozim, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.
10-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
74. Shamollatish va isitish QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talabini qoniqtirishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
75. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim.
76. Oʻtish joylarida (galereyalarda, zinalar maydonchalarida va shunga oʻxshash) joylashgan isitish jihozlari (quvurlar, registrlar va shunga oʻxshashlar), ruxsat etilgan oʻtish yoʻlkalarini enini kamaytirmasligi kerak.
77. Ishchi joylariga ochiq darvoza, eshik yoki texnologik teshikdan keluvchi havo harorati yilning sovuq davrida yengil jismoniy ishda 21°S, oʻrta ogʻir ishda 17°S, ogʻir ishda 16°S dan past boʻlmasligi kerak.
78. Xodimlarni isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°S dan kam boʻlmasligi kerak.
79. Binolarda joylashgan ishchi maydonlaridan, xodimlarni isinish xonalarigacha boʻlgan masofa 75 m, korxona maydonidagi ishchi joylaridan 150 m dan koʻp boʻlmasligi kerak
11-§. Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimiga qoʻyiladigan talablar
Keyingi tahrirga qarang.
80. Suv bilan taʼminlash va kanalizatsiya tizimi Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” tomonidan tasdiqlangan QMQ 2.04.01-98 “Binolarni ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talabiga mos kelishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
81. Korxonani ishlab chiqarish oqova suvlari, tashqi kanalizatsiyaga yetib kelguncha zararli moddalardan tozalanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
82. Tozalangandan soʻng suvda zararli moddalarni tarkibi sanoat korxonalarini loyihalashtirish sanitar normalari oʻrnatgan, chegaralangan ruxsat etilgan konsentratsiyasidan oshib ketishi kerak emas.
83. Ichimlik suvdan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar boʻlishi kerak. Suv quvurlari yoʻq boʻlganda baklarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
84. Issiq va qoliplash sexlarida, bugʻlantirish kameralari boʻlinmalarida va qozonxonalardagi ishchilar smenada, tarkibida 0,5% gacha tuz boʻlgan, bir kishiga 4-5 l hisobida gazli suv bilan taʼminlanishlari kerak.
85. Ish joyidan suv ichish qurilmasigacha boʻlgan masofa 75 m dan oshmasligi kerak.
86. Ichimlik suvni harorati 8 dan 20°S gacha boʻlishi kerak.
87. Sanoat korxonasi hududidagi hojatxonalar issiq va kanalizatsiyalangan boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
88. Korxonada kanalizatsiya tizimi yoʻq boʻlganda Davlat sanitar nazorati organlari bilan kelishilgan holda korxonada yer qatlamini ifloslantirmaslikka va ishlab chiqarish kanalizatsiyasiga dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralariga ruxsat etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
89. Korxona maydonida, ishlab chiqarish va yordamchi binolar va xonalarda tabiiy va sunʼiy yoritishlar Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” tomonidan tasdiqlangan QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish”ga mos kelishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
90. Avariya yoritish tarmoqlariga birorta elektr energiya isteʼmolchilarini ulash taqiqlanadi. Avariya yoritishlarni sozligi kamida chorakda bir marta tekshirishi lozim.
91. Yorugʻ tushuvchi oynalarni yilda ikki martadan kam boʻlmagan holda tozalash lozim.
92. Yorugʻlik tushadigan deraza va eshiklarni begona predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) toʻsib qoʻyishga ruxsat etilmaydi.
93. Sunʼiy yoritishda ikki tizim ishlatiladi: umumiy va birlashgan (umumiy mahalliy bilan birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
94. Uchastkalarda va xonalarda portlash boʻyicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yigʻilib qolish ehtimoli boʻlsa, elektr yoritish tizimi portlashdan holi holda bajarilishi kerak.
95. Yuqori xavfli xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Oʻta xavfli xonalarda, xonalardan tashqari, hamda uskunalar va inshoatlar (bunkerlar, silososlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni ichki sirtini yoritish uchun koʻchma elektr yoritqichlarni kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak. Barcha koʻchma yoritqichlar himoyalanish darajasi 1R54 dan kam boʻlmagan va metall himoyalanish toʻri hamda shisha qalpoq bilan uskunalangan boʻlishi kerak.
13-§. Xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlar omborxonalariga qoʻyiladigan talablar
96. Barcha omborlar uchun korxona maʼmuriyati tomonidan materiallarni xavfsiz saqlash qoʻllanmasi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi kerak.
97. Ochiq ombordagi maydon yuzasidan suvlarni va jala suvlarini chetga chiqarilishi taʼminlangan boʻlishi kerak.
98. Qish paytida omborxona joylashgan maydonda qor, muzlardan tozalangan va qum, kul yoki shlak sepilgan boʻlishi kerak.
99. Taxlamlar va stellajlar orasidagi yoʻlkalarning eni 1 m dan kam boʻlmasligi kerak. Omborda transport vositasidan foydalanilganda yoʻlkalarga qoʻshimcha oʻtish yoʻllarini eni 3 m dan kam boʻlmasligi koʻrsatilishi kerak. Taxlamlar qatori va transport vositasi oʻlchamlari oraligʻi eni 1,5 m dan kam boʻlmasligi kerak.
100. Ishchi zonasidagi havoda zararli moddalar tarkibi GOST 12.1.005-88 boʻyicha ruxsat etilgan konsentratsiyadan oshiq boʻlmasligi kerak.
101. Omborlarni umumiy yoritish QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” talabiga asosan 20 lyuks. dan kam boʻlmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ish joylarini yoritganda ishchilar koʻzini nur oqimi bilan projektorlar orqali qamashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
102. Taxlash uchun omborlar va maydonlardagi yuklarni yuklash, yuk tushirish va boshqa joyga koʻchirish jarayonlari mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi kerak.
103. Yertoʻla va yarim yertoʻla xonalarda joylashgan va birdan oshiq zinapoyalarga ega zinalar yoki balandligi 1,5 m dan oshiq omborlar, hamda birinchi qavatdan va birdan oshiq zinapoyalarga ega zinalar yoki omborlar balandligi 2 m dan yuqori boʻlsa yuklarni tushirish va koʻtarish uchun koʻtargichlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
104. Temir yoʻl boʻyidagi omborlardagi taxlamlar va harakatdagi tarkiblar orasidagi yoʻlkalarni eni taxlamlar balandligi 1,2 m gacha boʻlganda kamida 2 m va 1,2 m dan oshiq boʻlganda 2,5 m dan kam boʻlmasligi kerak.
105. Xomashyo, yoqilgʻi, materiallar va tayyor mahsulotlarni elektr tarmoqlari ostiga va kran yoʻllariga taxlash taqiqlanadi.
14-§. Sement va toʻldirgichlar omborlari
106. Changlanuvchi materiallar uchun siloslar, bunkerlarni yuklash va tushirish paytida changlarni ushlab qoluvchi moslamalari bilan hamda materiallarni gumbaz boʻlib qolishi va osilib qolishini (elektr titratkichlar (vibratorlar), pnevmatik shurovkalar, toʻzatgichlar va boshqalar) oldini olish moslamalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
107. Odamlarni siloslar va bunkerlarda (tekshirish, tozalash, taʼmirlash) boʻlishi bilan bogʻliq barcha ishlar ishlab chiqarish ishlari loyihasi va naryad-ruxsat boʻyicha bajarilishi kerak.
108. Siloslar va bunkerlarga ulangan oqimlar va taʼminlagichlarni lyuk qopqoqlari, zich yopilgan boʻlishi kerak. Ishlab chiqarish xonalariga ulanmalarni zichlanmaganligi orqali changlarni ajralib chiqishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
109. Lyuklar qopqogʻi qulflanadigan moslamalar bilan jihozlangan boʻlib, ularni kaliti sex boshligʻi (smena ustasi)da saqlanishi lozim va korxona boʻyicha buyruq bilan tayinlangan masʼul ish rahbariga ishni bajarish uchun naryad-ruxsatnoma rasmiylashtirib, buyruq orqali beriladi.
110. Siloslar va bunkerlarga pastki va yon lyuklaridan faqat taʼmirlash ishlarni bajarish uchun kiriladi. Devorlar va yopqichlar osilib yotgan materiallardan oldindan tozalanishi kerak. Yuqori lyuk orqali tushish faqat devor va yopqichlarni tekshirish yoki tozalash uchun tushiladi.
111. Siloslar va bunkerlarga tushish oʻzi koʻtarar kajavalarda, hamda odamlarni koʻtarishga moʻljallangan, chigʻir yordamidagi kajavalarda bajarilishi lozim.
112. Ishchilarni siloslar va bunkerlarga tushirishda quyidagi xavfsizlik choralari koʻrilishi kerak:
shneklar va elevatorlar elektr tarmogʻidan uzilgan boʻlishi, ishga tushiradigan qurilmalar ustiga taqiqlovchi xavfsizlik belgilari osilishi: GOST 12.4.026-76 1.5 boʻyicha tushuntiruvchi soʻz; “Ulamang odamlar ishlayapti!”;
xodimlar shaxsiy himoya vositalari (maxsus kiyim, kaskalar, respiratorlar, himoyalovchi koʻzoynaklari, ehtiyot kamarlari, saqlanish arqonlari), signal vositalari yoki aloqa (signal arqonlari, gaplashish moslamalari, radio aloqasi) bilan taʼminlanishi lozim. Ehtiyot kamarlari, saqlanish arqonlari va chigʻirlar tekshirilgan va sinalgan boʻlishi kerak.
113. Osilgan va soyabonlarni bartaraf etganda kajavalar materiallarini qoʻllash hududida boʻlmasligi kerak.
114. Siloslar va bunkerlarni tozalaganda quyidagilar taqiqlanadi:
pastki va yon lyuklarni qopqogʻini ochish va unga kirish;
materiallar qatlami 0,5 m dan oshiq boʻlganda kajavalardan tushish;
materiallarni tagidan chopib qulatish.
115. Siloslarga tushish uchun kajavalar quyidagilar bilan uskunalangan boʻlishi kerak:
balandligi 1,2 m dan kam boʻlmagan yaxlit metalli panjaralar bilan, tagidan kamida 0,15 m balandlikkacha qoplash va kajava toʻshamasidan 0,6 m balandlikga qoʻshimcha toʻsiq plankasi bilan;
oʻrindiqlar, oyoq uchun tayanchlar, siloslarni tozalash uchun kajavaga mahkamlangan moslamalar va asboblar uchun choʻntaklar;
ularni agʻdarilib ketish ehtimolini bartaraf etuvchi qurilmalar.
116. Qoplangan sementlarni omborga bir-biriga bogʻlab, taxlab joylash kerak. Qoplarni mexanizatsiyalab joylaganda taxlamlar balandligi 2,5 m dan, qoʻl bilan taxlaganda 1,5 m dan oshmasligi kerak.
117. Sementni shikastlangan, toʻkiladigan qoplarda taxlab joylash taqiqlanadi.
118. Bunkerlarni ochiq yuklovchi teshiklari perimetri boʻyicha toʻsilgan boʻlishi kerak. Bunkerni avtomobil transport bilan yuklash tomonidan balandligi 0,4 m dan kam boʻlmagan otboy brusi oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
119. Materiallarni temir yoʻl transporti bilan olib kelinganda quyidagilar taqiqlanadi:
vagonlarni qabul qilish bunkerlari va estakadalarda 5 km/s tezlikdan ortiq harakatlanish;
tarkibni qabul qiluvchi bunkerga uzatilganda temir yoʻl izlarini tozalash;
vagon-dumpkarlarni agʻdarish zonasida odamlarni boʻlishi.
120. Ochiq maydonda uyib saqlanadigan toʻldirgichlar (mayda tosh, shagʻal, qum va boshqalar)ni qulashini oldini olish uchun, ular taxlanish uchun joylarga toʻkilishi lozim, tabiiy qiyalik burchagi har bir material uchun ruxsat etilgandan oshiq boʻlmasligi kerak.
Taxlangan toʻldirgichlarda ish bajarganda kovlab ishlash taqiqlanadi.
15-§. Metal va poʻlat armaturalar ombori
121. Poʻlat armatura oʻramlari prokatni xillangan nomi, markasi, diametri boʻyicha taxlab saqlanishi kerak. Taxlamlar balandligi 1,5 m dan oshmasligi, ular orasidagi yoʻlkalar eni esa 1 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Poʻlat armaturali oʻramlarni, toʻsiq bilan jihozlangan chuqurchalarda saqlashga yoʻl qoʻyiladi.
122. Listli poʻlat va qora metall prokati turlari, prokat nomi, markasi, diametri boʻyicha saralangan boʻlishi kerak va taxlamlarda, stellajlarda saqlanishi kerak.
Listli poʻlat taxlamlari balandligi qatlam siljishini istisno etish uchun oʻrnatilgan cheklovchi asbob bilan birgalikda 1,5 m dan oshmasligi kerak.
123. Tayyor armatura mahsulotlari (payvandlangan toʻrlar, karkaslar, ilmoqlar va shunga oʻxshashlar) maxsus stellajlar yoki konteynerlarda saqlanishi kerak.
16-§. Yogʻoch va taxta materiallarini saqlash ombori
124. Yogʻoch va taxta materiallari ombori hududlarini tuzish GOST 9014.0-75 va GOST 7319-80 talabiga mos kelishi kerak.
125. Yogʻoch va taxta materiallari ombori shamollatiladigan va drenajlangan uchastkada joylashgan boʻlishi kerak.
126. Rels oldi yogʻoch materiallari ombori temir yoʻllaridan kamida 5 m, taxta materiallari kamida 10m masofada joylashgan boʻlishi kerak.
127. Taxlamlarga bemalol kirish taʼminlangan boʻlishi kerak. Taxlamlararo oʻtish joylarida osilgan va yiqilgan holda yogʻoch materiallari boʻlmasligi kerak.
Oʻtish joylarini eni 2 m dan kam boʻlmasligi kerak.
128. Maydoni 3200 m2 dan oshiq boʻlmagan taxlangan yogʻoch materiallari guruhi orasida 10m dan kam boʻlmagan oʻtish joylari koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
129. Yogʻoch va taxta materiallarini joylash sharoiti quyidagi talablarga javob berishi kerak:
yogʻoch materiallari-taxlamlarda balandligi 1,5 m dan koʻp boʻlmagan qatorlari orasiga qistirma qoʻyilgan va dumalab ketishga qarshi tirgaklar oʻrnatilgan boʻlishi (taxlama balandligi uning enidan kam boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi);
taxta materiallari-taxlamada balandligi qatorlab joylaganda taxlamani yarim enini tashkil etadi, kletlarga joylaganda esa taxlamlarni enidan katta boʻlmasligi.
130. Taxlamlarni boʻshatib olish ketma-ket balandligi boʻyicha (pogʻonali boʻshatish) bajariladi. Taxtalar va xodalarni taxlamani pastki qatoridan tortib olish taqiqlanadi.
131. Omborlar yongʻinga qarshi suv taʼminoti va birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
17-§. Tayyor mahsulot ombori
132. Yuk koʻtarish mexanizmlari hududida yuklarni ilish va buyumlarni taxlash chizmalari osilgan boʻlishi kerak.
133. Yassi temirbeton buyumlarini gorizontal holatda taxlab joylaganda balandligi 2 m dan yuqori boʻlmasligi kerak.
134. Buyumlarni taxlab joylash bino va inshoatlarni loyiha holatiga yoki unga yaqin boʻlishi kerak (gorizontal holatda taxlanadigan uzun oʻlchamli ustun buyumlar, quvurlar, inshoatlar, tirgovuchlar, kolonnalar, qoziqlar va boshqalardan tashqari).
135. Temirbeton buyumlarini joylab taxlash va taxlamlarni buzganda, taxlash balandligi 1,6 m va undan yuqori boʻlganda GOST 26887-86 talabiga asosan inventar narvonlar ishlatiladi.
136. Qurilish konstruksiyalari va buyumlarini elektr tarmoq liniyalari ostida va kran yoʻllarida taxlab joylash taqiqlanadi.
137. Yassi konstruksiyalar va buyumlarni vertikal holatda saqlash uchun kassetalar ishlatiladi. Qiya holatda saqlanuvchi buyumlar piramidalarga taxlanishi kerak.
138. Temirbeton shpallari balandligi 16 qatordan koʻp boʻlmagan holda taxlanishi kerak. Shpal qatorlari orasiga 50 x 50 mm kesimli yogʻoch qistirgichlar shpal uchidan 550 mm masofada oʻrnatilishi kerak.
139. Temirbeton quvurlar, diametri, mustahkamlik sinfi boʻyicha xillanib, kengaygan ogʻzi bilan qarama-qarshi tomon joylanib taxlanishi kerak.
140. Temirbeton quvurlar, tirgaklar, aylana kesimli kolonnalar taxlangan maydonlar, ularni dumalab ketishini oldini olish uchun temirbeton yoki yogʻoch taglik bilan qistirilgan boʻlishi kerak. Muntazam taxlanadigan joylarda qistirmalar maydonlarda mustahkamlangan boʻlishi kerak.
Taxlamlar soni 4 qatordan oshmasligi kerak. 1400 mm va undan katta quvurlar balandligi 2 qatordan oshmasligi kerak.
141. Temirbeton tirgaklar 5 qatordan yuqori boʻlmagan balandlikda, asoslari bir-biriga qarshi tomonlari bilan taxlangan holda saqlanishi kerak. Vertikal qatorlar orasiga ularni dumalab ketishini oldini olish uchun yogʻoch taglik tiqinlar oʻrnatilishi kerak.
18-§. Shovqin va tebranish xavfsizligiga doir talablar
142. GOST 12.1.003-83 talablariga koʻra, shovqin ishchi joylarda, xonalarda va korxona hududida ruxsat etilgan meʼyorlardan oshmasligi lozim, tebranish darajasi esa GOST 12.1.012-90 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
143. Past harorat sharoitida tebranma uskunalarini ishlatganda, quyidagi ish va dam olish rejimi boʻlishi kerak: yopiq xonalarda harorati 22ºS, havo harakati 0,3 m/s dan koʻp boʻlmagan va nisbiy namligi 40 — 60% chegarasidan yuqori boʻlsa, har 45 — 50 daqiqa ishdan soʻng 10 daqiqa davomida tanaffus qilish kerak.
144. Ish joylarida tebranish parametrlarini oʻlchash kamida bir yilda bir marta, ishlayotganlarni qoʻliga uzatiladigan lokal tebranishlarni, bir yilda kamida ikki marotaba nazoratdan oʻtkazish kerak.
145. Shovqin va tebranmaning ruxsat etilgan chegara bosqichidan oshishi noqulay taʼsirini bartaraf etish maqsadida, xodimlar GOST 12.4.002-97, GOST 12.4.024-76, GOST 12.4.051-87 talablariga muvofiq shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
146. Shovqin darajasi 80 dBA dan ortiq boʻlgan hududlarda GOST 12.4.026-76ga asosan xavfsizlik belgilari bilan belgilangan boʻlishi kerak.
Shovqin darajasi 135 dBA dan ortiq boʻlganda xodimlarni ushbu hududda hatto qisqa vaqt mobaynida boʻlishi taqiqlanadi.
III . Ishlab chiqarish (texnologiya) jarayonlariga qoʻyiladigan talablar
1-§. Ishlab chiqarish (texnologiya) jarayonlariga qoʻyiladigan umumiy talablar
147. Ishlab chiqarish jarayonlari GOST 12.3.002-75 xavfsizlik talablariga mos kelishi kerak.
148. Ishlab chiqarish xonalarida, ishlab chiqarish uskunalarini joylashuvi xizmatchi xodimlarga hamda ularda ishlovchilarga xavf tugʻdirishi kerak emas.
149. Sexlarda oʻtish yoʻllari eni quyidagilardan kam boʻlmasligi kerak:
asosiy oʻtish yoʻllari 1,5 m;
uskunalar orasi 1,2 m;
binolarni qurilish konstruksiyalari va uskunalari oraligʻi 1 m;
uskunalarga ularga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun 0,7 m.
Ishchi oʻrinlarda oʻtish joylari eni, ishchi oʻrinlaridan oʻtish joylari va oʻtishlari bir tomonlama joylashgan boʻlsa, kamida 0,75 m ga oshgan, ishchi oʻrinlari oʻtish joylari va oʻtishlari boʻyicha ikki tomonlama joylashgan boʻlsa 1,5 m dan kam boʻlmasligi kerak.
150. Korxona maʼmuriyati xodimlarni ichki zavod signalizatsiyasi shartli belgilari bilan tanishtirishi kerak.
Signal moslamalari shunday joylashgan boʻlishi kerakki, ular har qanday ish sharoitida koʻrinib turishi kerak.
Signal moslamalari (elektr qoʻngʻiroqlari, lampochkalar, sirenalar) mexanik shikastlanishdan himoyalangan boʻlishi kerak.
151. Gaz-chang ushlagich qurilmalaridan foydalanilganda “Gaz-chang ushlagich qurilmalariga xavfsiz xizmat va texnik ekspluatatsiya etish qoidalari” talablariga amal qilish kerak.
152. Bosim ostida ishlovchi idishlardan foydalanilganda, taʼmirlaganda va oʻrnatganda “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlagan “Bosim ostida ishlovchi idishlarni xavfsiz ekspluatatsiya etishni tashkil etish” Qoidalari talabiga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
153. Bugʻ va suv isitish qozonlari, “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlagan “Bugʻ va bugʻ isitish qozonlarini xavfsiz ekspluatatsiya etish va qurish” Qoidalari talablariga mos kelishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
154. Koʻchmas kompressor qurilmalari, havo quvurlari va gaz quvurlarini ekspluatatsiya etish va qurish “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlagan “Koʻchmas kompressor qurilmalari, havo quvurlari va gaz quvurlarini ekspluatatsiya etish va qurish qoidalari” talablariga mos kelishishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
155. Gaz xoʻjaligini ekspluatatsiya etish, “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan “Yonuvchi, zaharlovchi va suyultirilgan gazlar uchun quvurlarni xavfsiz ekspluatatsiya etish va qurish qoidalari” va “Gaz xoʻjaligida xavfsizlik qoidalari” talablariga mos kelishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
156. Yuk koʻtarish mashinalarini ekspluatatsiya etish va qurish “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlagan “Yuk koʻtarish kranlarini ekspluatatsiya etish va qurish qoidalari” talabiga mos kelishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
157. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya etish va joylashtirish, qurish “Elektr qurilmalarni qurish qoidalari”, “Foydalanuvchilarni elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya etish qoidalari”, “Foydalanuvchilarni elektr qurilmalarini ekspluatatsiya etganda xavfsizlik texnikasi qoidalari” talablariga mos kelishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
158. Metall kesuvchi dastgohlarni ekspluatatsiyasi va oʻrnatilishi GOST 12.2.009-99 talabiga binoan bajarilishi kerak.
159. Yogʻoch ishlovchi stanoklarni ekspluatatsiya etish va oʻrnatish “Yogʻoch ishlovchi sanoati ishlab chiqarish sanitariyasi va xavfsizlik texnikasi qoidalari” talabi boʻyicha bajarilishi kerak.
160. Taʼmirlash ishlarini tashkil etish va bajarish “Yigʻma temirbeton sanoati korxonalarida uskunalarni ekspluatatsiya etish va rejali ehtiyotdan taʼmirlash haqidagi qoidalar” talabi asosida bajarilishi kerak.
161. Taʼmirlash ishlaridan oldin quyidagilar bajarilishi kerak:
taʼmirlovchi uskunalar va ularni yuklovchi va yukdan tushirish moslamalarini elektr dvigatel uzatmalari elektr taʼminlash tarmoqlaridan uzib qoʻyilishi kerak;
uzatmalarni elektr taqsimlagich moslamalaridan saqlamalarni olib quyish;
ishga tushirish qurilmalariga GOST 12.4.026-76 1.5 boʻyicha “Ulamang odamlar ishlayapti!” degan taqiqlovchi belgi osib qoʻyilishi kerak.
162. Taʼmirlash ishlarida inventar havozalar, narvonlar, kajavalar va boshqalar QMQ 3.01.03-00 “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” talabiga mos kelishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
163. Ishlab chiqarish uskunalari GOST 12.2.003-91 talabiga mos kelishi kerak.
164. Uskunalarni harakatlanuvchi qismlari (vallar, maxoviklar, ulovchi muftalar, ponasimon tasmalari, zanjirli, friksion va ochiq tishli uzatgichlar va boshqalar) toʻsilgan boʻlishi kerak.
165. Pnevmatik uzatmalar bilan jihozlangan uskunalar GOST 12.3.001-85 talabiga javob berishi kerak.
166. Texnologik uskuna va mexanizmlar (tyagalar, tirgaklar, domkratlar va boshqalar) statik yukka Nazorat tekshiruvidan oʻtkazilishi kerak. Nazorat tekshiruvini uch oyda bir martadan kam boʻlmagan holda, hamda taʼmirlashdan soʻng yoki ishda ikki oylik tanaffusdan soʻng oʻtkazilishi lozim.
Sinov natijalari uskunalar pasportiga yozilishi kerak.
167. Uskunalarni ishga tushirish, ushbu uskunalarga xizmat qiluvchi xodimlar tomonidan bajariladi. Ishlab chiqarish uskunalarini ishga tushirishdan oldin ishga tushirish apparaturalari signal vositalari va blokirovkalash va boshqarish dastaklari holati tekshirilishi lozim.
Ishlab chiqarish uskunalarini montaj etish va takomillashtirishdan soʻng, toʻsiqlar oʻrnatmasdan, signalizatsiya vositalari va blokirovkalarini ulamasdan, sinab ishga tushirish taqiqlanadi.
168. Bugʻ quvurlari va kondensat quvurlari “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan “Issiq suv va bugʻ quvurlaridan xavfsiz foydalanish va qurish qoidalari” talabiga javob berishi kerak.
169. Ish joylari GOST 22269-76, GOST 12.2.032-78 va GOST 12.2.033-78 talablariga javob berishi kerak.
170. Uskunalar va quvurlar yuzasi, ularni kishilar tegib ketishi mumkin boʻlgan joylarini issiqlik harorati 45°S oshmasligi kerak. Ish joylarida issiqlik, tarqalish oqimi zichligi 348,9 Vt/m2 (300 kkal/m2 soat)dan oshmasligi kerak.
171. Mashina va mexanizmlar xizmatida ishlatiladigan artish materiallar yopiq metall yashiklarda belgilangan joylarda saqlanishi lozim.
172. Qurilmalarga xizmat koʻrsatish maydonini (ishlab chiqarish uskunalari, bugʻlantirish kameralari va shunga oʻxshashlar), pol sathidan 1 m balandlikda joylashtirilganda panjaralar bilan toʻsilgan boʻlishi kerak.
2-§. Betonlarni zich va gʻovakli toʻldirgichlardan tayyorlash
173. Zich va gʻovakli beton qurilmalarini tashkil etish va texnologik jarayonlarini boshqarishda quyidagilar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak:
ishlab chiqarish xonalaridagi ishchi zonalarini metrologik sharoitlari GOST 12.1.005-88 boʻyicha;
ishchi zonalar havosida changlarni tarkibi 6 mg/m3 dan ortiq boʻlmasligi;
atmosferaga tashlanadigan changlangan havoni OND-86 “Atmosfera havosidagi korxona chiqazib tashlaydigan zararli moddalarni konsentratsiyasini hisoblash usuli”ga muvofiq tozalash;
materiallar uzatish yoʻlini zich yopilishi;
beton qorishmalarni tayyorlash hududlarida va ularni berishda mehnat sharoiti;
mexanizatsiyalashgan yigʻishtirish va chiqindilardan foydalanish;
xodimlarni shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishi-maxsus kiyim GOST 12.4.085-80 boʻyicha va GOST 12.4.086-80 boʻyicha, etiklar GOST 12.4.72-79 boʻyicha, qoʻlqoplar GOST 12.4.010-75 boʻyicha, respiratorlar SHB-1 “Lepestok” GOST 12.4.028-76 boʻyicha, himoyalanuvchi koʻzoynaklari GOST 12.4.013-85 boʻyicha.
174. Uskunalarni ishga tushirish, changlanadigan materiallarni transportda tashish bir vaqtda aspiratsion tizimlarini ulash bilan bajarilishi lozim.
175. Uzatish, qayta yuklash, qorishmalarni tayyorlash va toʻkish jarayonlari uzoq masofadan boshqarilishi kerak.
176. Ish zonasi havosidagi sement changi tarkibini nazorat etish, maʼmuriyat va kasaba uyushmasi tomonidan oʻrnatilgan muddatda, lekin uch oyda kamida bir marta mahalliy sanitar nazorati organlari tomonida bajarilish kerak.
177. Suvli qorishmalarni tayyorlash va dozalash uchun kompleks qoʻshimchalar ishlatilganda, har bir komponentlarga ayrim idishlar ishlatilishi lozim.
178. Kompleks qoʻshimchalar komponentini aralashtirish, suv dozatorida ularni bevosita beton qorishtirgichga uzatishdan oldin bajarilishi kerak.
179. Kimyoviy qoʻshimchali suvli qorishmalarni tayyorlash joylarida, xavfsiz ishlash va birinchi yordam koʻrsatish qoʻllanmasi osib qoʻyilishi kerak.
180. Kimyoviy qoʻshimchalar qorishmasini beton qorishmasiga uzatish avtomatik boshqarish dozatorlardan quvurlar orqali bajarilishi kerak.
3-§. Tasmali konveyrlar
181. Tasmali konveyerlarning xavfsizlik talablari GOST 12.2.022-80 ga muvofiq boʻlishi kerak.
182. Uzunligi 20m dan oshiq boʻlgan konveyerlar ustidan oʻtish uchun kerakli joylarda eni kamida 1 m boʻlgan ushlagichlari bilan oʻtish koʻprikchalari oʻrnatilishi kerak.
183. Oʻtish joyi ustida joylashgan konveyerlar pastki qismidan, konveyer gabaritidan kamida 1 m oraligʻida yaxlit yopmalar bilan toʻsilgan boʻlishi kerak.
184. Oʻtish joyi boʻylab istalgan joydan konveyerlarni toʻxtatish imkonini beruvchi avariyaviy troslar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
185. Beton qorishtirgʻich sexlarida konveyerning trassa uchastkalarida va beton toʻldirgichlar omborida boshqarish pultlari ikki tomonlama ogohlantiruvchi ishga tushishidan oldin (tovushli, svetovoy) va konveyer uzatmasi yoqilishidan oldin avtomatik ravishda yoqiladigan signalizatsiya bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
186. Ish joylarida qoʻllanilayotgan signalizatsiya vositalari haqida maʼlumot taxtachalari boʻlishi kerak.
187. Yechilgan yoki notoʻgʻri oʻrnatilgan toʻsiqlarda tasmali konveyer avtomatik ravishda uzilishi uchun tasmali konveyerlarning uzatuvchi, choʻzib turuvchi va chetlatuvchi barabanlarining toʻsiqlari uzatma bilan blokirovka qilingan boʻlishi kerak.
188. Tasma va barabanga yopishib qolgan materiallarni tozalash uchun mexanik tozalagichlar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
189. Tasmali konveyerni ishlash vaqtida quyidagilar taqiqlanadi:
tasma va baraban orasiga qum, shagʻal, kanifol, bitum va boshqa materiallarni tashlab, tasma sirpanishga toʻsiqlik qilish;
tutib turuvchi roliklarni qoʻyish va yechish;
tasmani qoʻlda tortish va tekislash;
tutib turuvchi roliklarni, uzatib choʻzib turuvchi barabanlari va hokazolarni tozalash, sochilgan materiallarni yigʻishtirish.
190. Mexanizmni taʼmirga yoki texnik koʻrikka toʻxtatishdan oldin, konveyer tasmasi tozalangan boʻlishi, elektr dvigatellar elektr taʼminotdan uzilgan boʻlishi, ushbu mexanizmlarni taʼminlovchi saqlagichlar elektr tarqatuvchidan uzilgan boʻlishi kerak. Mexanizmlarda 1.5, GOST 12.4.026-76 talabi boʻyicha “Ulamang odamlar ishlayapti!” taqiqlovchi belgi osilgan boʻlishi kerak.
4-§. Uzatmali rolikli konveyerlar
191. Oʻtish joyi boʻylab istalgan joydan ehtiyoj tugʻilganda rolikli konveyerlarning ikki tomonidan toʻxtatish imkonini beruvchi avariyaviy uzish arqonlar (troslar) bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
192. Ishga tushirish haqida ogohlantirish uchun tovushli va nurli signalizatsiya (elektr qoʻngʻiroqlar, yonib-oʻchuvchi elektr chiroqlari) bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
5-§. Vintli konveyerlar (shneklar)
193. Xom ashyo toʻkilishini va ishlab chiqarish xonalariga chang kirishini oldini olish uchun konveyer qopqoqlari mustahkamlangan boʻlishi kerak.
194. Qopqoqlar va lyuklar ochilganda konveyrni avtomatik ravishda toʻxtashini taʼminlash uchun ular blokirovka qilingan boʻlishi kerak.
195. Konveyerlar bosh va oxirgi qismlarida konveyerni avariyaviy toʻxtatish tugmachalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
196. Texnologik chiziq bir nechta ketma-ket oʻrnatilgan va baravar ishlayotgan konveyerlardan iborat boʻlgan yoki boshqa mashinalar (taʼminlagichlar, elevatorlar va shunga oʻxshashlar) bilan birga ishlaydigan konveyerlar, konveyer va barcha mashinalar uzatmalari shunday bloklangan boʻlishi kerakki, qandaydir mashina yoki konveyer toʻsatdan toʻxtaganda, oldingi mashinalar yoki konveyerlar avtomatik ravishda uzilsin, keyingilari esa yuklardan toʻliq boʻshaguncha ishlashi kerak.
197. Konveyerni ishlash vaqtida quyidagilar taqiqlanadi:
uyumdan osilib qolgan materialni qulatish, konveyerga hom ashyoni yoki toʻsatdan tushib qolgan jismlarni qoʻlda surib kirgizish hamda laboratoriya analizi uchun namunalar olish;
qopqoqlar va lyuklarning blokirovkasining nosozligida ishlashi.
6-§. Elevatorlar
198. Transportlanayotgan hom ashyoning toʻsilishini va xonalarga chang tarqalishini oldini olish uchun elevatorlarning lyuk qopqoqlari mustahkamlangan boʻlishi kerak.
199. Yuk tasmasi uzilganda elevatorlar uzatmasi avtomatik uzilish qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
200. Taʼmirlash-montaj va boshqa ishlarni bajarish uchun elevatorning bosh qismiga, yuk koʻtarish qurilmasi (elektr tallar, tallar, telferlar) oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
201. Elevatorni taʼmirlashdan oldin yuk tasmasi toʻxtatilgan boʻlishi kerak.
202. Elevatorni ishlash vaqtida quyidagilar taqiqlanadi:
koʻrish lyuklarini ochish, taʼmirlash ishlarini olib borish va hom ashyodan namunalar olish;
toʻldirilgan kovshlarda elevatorni toʻxtatish.
7-§. Kajavali koʻtargichlar
203. Kovshlarni oʻtishi uchun yuklash teshigi atrofida koʻtargich priyamkasi yaxlit toʻshama bilan yopilgan va panjara bilan toʻsilgan boʻlishi kerak.
204. Koʻtargich, trassani barcha uchastkalaridagi tortish organlarida uzilish holati roʻy berganda kovshni toʻxtashini taʼminlovchi ilib oluvchi bilan jihozlangan boʻlishi hamda kovshni yuqori holatida oxirgi uzgichlari boʻlishi kerak.
205. Koʻtargichni ishlash vaqtida quyidagilar taqiqlanadi:
odamlarni chuqurlikda boʻlishi;
chuqurlikni va uskunalarni tozalash;
taʼmirlash, moylash va profilaktika ishlari.
8-§. Beton qorigichlar
206. Dozatorlardan beton qorigichlarga materiallarni uzatish yoʻllarida ulangan joylar shunday mustahkamlanishi kerakki, beton qorigichlarga uzatish paytida zich ulanmagan joylardan chang chiqmasligi taʼminlanishi kerak.
207. Beton qorigichlardagi qulfning pnevmatik uzatmalari aerodinamik shovqinini soʻndiruvchilar bilan jihozlanishi lozim.
208. Beton qorigichlar aspiratsion tizimga ulangan tortuvchi zontlar bilan uskunalanishi lozim.
209. Beton qorigichlar uzatmalarning ustki tomonida xizmat koʻrsatish uchun qoʻzgʻalmas temir maydonchalar va zinalari boʻlishi kerak.
210. Beton qorigichlar ishlayotgan paytda kuyidagilar taqiqlanadi:
beton qorigichlar ichidagi begona narsalarni olish;
uzellar va mexanizmlarni sozlashni bajarish;
namunalar olish.
9-§. Maxsus maydonchada (poligonda) buyumlarni tayyorlash
211. Bunkerdan (badyadan) betonni yotqizishda bunkerlarni (badyalarni) pastki qirrasidan qoliplarni orasidagi masofa 1 m dan ortiq boʻlmasligi kerak.
212. Bunkerlar qulfi ularni beixtiyor ochilishini istisno etuvchi moslamalar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
213. Beton qorishmalari uchun koʻchma bunkerlar (badyalar) GOST 21807-76 talablariga mos kelishi kerak.
214. Minorali kranlar kabinasida kranlar har xil qulochdagi cheklanib ruxsat etilgan yuk koʻtarish jadvallari va poligonda tayyorlanadigan temirbeton va beton buyumlari ogʻirligining jadvali boʻlishi kerak.
215. Mexanizmlarni boshqarish pultida mexanizmlarni tezda toʻxtatish uchun zamburugʻ shaklli uzgichlar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
216. Koʻpriksimon va kozlovoy yuk koʻtarish kranlarida umumiy kran osti yoritgichlari koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
217. Poligonlarni ishchi, avariyali, evakuatsiya va hududlarni qoʻriqlash yoritgichlari QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” talabiga mos kelishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qoʻyiladigan talablar
1-§. Poʻlat armaturalarni bukish, kesish va toʻgʻrilash uchun dastgohlar (stanoklar)
218. Armatura mahsulotlarini tayyorlash va payvandlash ishlarida xavf tugʻdirish manbai boʻlgan, ishlab chiqarish chiqindilaridan tozalashni taʼminlash kerak.
219. Zararli moddalar va payvanddagi aerozollar ish joylaridagi havodan ventilyatsiya yoʻllari bilan tozalanishi lozim.
220. Armatura mahsulotlarini tayyorlovchi dastgohlar (stanoklar), metall zakkilar va changlar yigʻish uchun ishlab chiqarish xonalaridagi changlangan havoni ajralib chiqishini yoʻqotuvchi aspiratsion tizimga ulanishi lozim.
221. Oʻram ushlagichlar toʻsiqlangan boʻlishi kerak. Toʻsiqlar balandligi 1,8m dan kam boʻlmagan metall toʻrli, eshik eni 0,7 m dan kam boʻlmagan, ochiq yoki zich yopilmagan eshik uzatmalari avtomatik ravishda uziladigan stanok bilan blokirovkalangan boʻlishi kerak.
222. Oʻram ushlagichlar mashinalar (toʻgʻrilash barabanlari, stanok qayta oʻrash gʻaltaklari, payvandlash va boshqa uskunalar)dan 1,5 m dan kam boʻlmagan masofada joylashgan boʻlishi kerak.
223. Oʻram ushlagichlar 1/4 oshiq boʻlmagan aylanishdagi tortish moslamalari uzatmalarini uzgandan soʻng, armatura simlari oʻramini inersiya boʻyicha aylanishini taʼminlovchi moslamalarni tormozlash uskunalari boʻlishi kerak.
224. Armatura simlarini ixtiyoriy harakatlanishini chegaralash uchun oʻram ushlagich bilan toʻgʻrilab kesish stanogini toʻgʻrilash barabani orasida yoʻnaltiruvchi moslamasi (quvurlar, halqalar) oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
225. Toʻgʻrilash barabaniga poʻlat armatura uchini kirgizish dastgoh uzatmasi oʻchirilganda bajariladi.
226. Dastgohlarni ishga tushirish tepkilari toʻsilgan boʻlishi kerak. Toʻsiqlar oyoq harakatiga xalaqit bermasligi lozim.
227. Oyoq bilan harakatga keltiruvchi boshqarish organlari tepkilari, ishchi sathi 90x60 mm dan kam boʻlmagan va harakatlanish miqdori chegarasi 25 — 40 mm boʻlishi lozim.
228. Armatura chiviqlarini egish dastgohini (stanogini) ishlatganda quyidagilar taqiqlanadi:
burilish disklarini aylanish vaqtida vilkaga armatura sterjenlarini kiritish;
elektr tarmogʻidan stanokni uzib qoʻyguncha eguvchi, markaziy va tayanchli tishlarni oʻzgartirish.
229. Diametri 20 mm dan oshiq armatura chiviqlarini kesish uchun dastgoh (stanok) uzatmalari, armatura sterjenlarini uzatish uchun ikki tomondan rolikli stollar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
230. Armatura toʻrlarini kesish uchun qaychilar, toʻrlarni uzatish tomonidan ushlab turuvchi moslamalar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Armaturaning gidravlik qaychili ishchi organlarini beixtiyor harakatlanib ketishini oldini olish uchun dvigatelni oʻchirishda gidrotaqsimlagichni ulash imkoniyati boʻlmasligi kerak.
2-§. Armatura simlarini qayta oʻrash uchun moslamalar
231. Simlarni qayta oʻrash uchun moslamalar perimetri boʻyicha balandligi 1,8 m dan kam boʻlmagan toʻrli metall toʻsiqlar bilan oʻralgan boʻlishi kerak.
232. Toʻsiqlardagi qurilmalarga xizmat qilish uchun eni 0,7 m dan kam boʻlmagan eshik nazarda tutilishi kerak.
233. Toʻsiqlardagi eshik dastgoh (stanok) uzatmasi bilan shunday blokirovka qilinishi lozimki, eshik ochiq yoki zich yopilmagan boʻlsa uzatma avtomatik ravishda uzib qoʻyiladigan boʻlishi kerak.
3-§. Spiral shakldagi armatura karkaslarini tayyorlash uchun dastgohlar (stanoklar)
234. Dastgohlarni (stanoklarni) harakatlanishi aravachalari simni rotorga kiritish uchun maydonchalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Maydonchalar tebranishdan himoyalangan boʻlishi kerak.
235. Boshqarish pulti tomonidan armatura simi uzilganda ishlovchini shikastlanishini oldini oluvchi dastgoh (stanok) rotori olib qoʻyish yoki koʻtarma toʻrli toʻsiqlar bilan toʻsilgan boʻlishi kerak.
236. Spiral karkaslarni payvandlash uchun dastgohlar (stanoklar) toʻsilgan boʻlishi kerak.
4-§. Qoliplar
237. Qoliplarni pistolet-purkagich yoki boshqa purkash moslamalar yordamida moylashni, maxsus ajratilgan va jihozlangan uchastkalarda shaxsiy himoya vositalarini qoʻllagan holda bajarilishi kerak.
238. Qoliplarni ilib olish (koʻtarish) uchun moʻljallangan qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
239. Ochilib qaytuvchi bortli qoliplarda bortning ochilish burchagini chegaralovchi qurilmalar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak (cheklovchi tirgaklar va shunga oʻxshashlar)
240. Bort, qulf, ilmoq, cheklovchi tirgaklar nosoz boʻlganda, qoliplarni ekspluatatsiya qilish taqiqlanadi.
241. Qoliplarni joylashtirganda bort yopilgan holda (qulfda) bir xil oʻlchamda, yon tomoni bilan bir masofada qistirmalar bilan tekis terib bajarilishi kerak.
242. Qoliplarni (bort, taglik va boshqa elementlar) tozalash mexanik tarzda yoki qoʻl-qirgʻichi yoki pnevmatik qirgʻich bilan amalga oshiriladi.
243. Qulflarni konstruksiyalari bortlarni oʻz-oʻzidan ochilib ketishiga imkon bermasligi kerak.
244. Bortlarni ochilishi uchun formalar mexanik yoki qoʻl moslamalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
245. Vagonchalar relsdan chiqib ketmasligi uchun qolip va vagoncha tagligi ogohlantiruvchi, cheklovchi moslamalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
246. Stendli qoliplar ularga mahkamlangan vibroqoʻzgʻatuvchi vibroizolyatsiya ustunlariga oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
247. Bosimli vibrogidropresslangan quvurlar qoliplari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
boltlar gʻilofli (kojuxi) tarelkasimon prujinalari bilan qolipga zanjir yordamida mahkamlangan boʻlishi kerak;
tashqi qoliplar va yarim qoliplar qismlari tarirlangan bolt tarelkasimon prujinasi bilan ulanishi kerak;
ankerli va kalibrli halqalar ilib olish qurilmalari bilan taʼminlangan boʻlishi va kassetalarda saqlanishi kerak.
248. Sentrifugalab tayyorlanadigan buyumlar qoliplari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
yarim qoliplar ularni koʻchishiga nisbatan fiksatsiyalash moslamalari bilan uskunalangan boʻlishi kerak;
qulfli yarim qolip moslamalari ularni beixtiyor boʻshashini istisno etuvchi fiksatorlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak;
armaturalarni oldindan taranglatib tortish qoliplari taranglashgan armaturalarni uzilish holatida xizmat qilayotgan xodimlarni himoyalash uchun yon tomoni boʻyicha yaxlit metall toʻsiqlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
5-§. Beton yotqizgichlar va beton tarqatgichlar
249. Bunkerlar xizmat qilish uchun maydonchalar va zinalar bilan uskunalangan boʻlishi kerak. Ishchi maydonlari eni 0,7 m dan kam boʻlmagan va panjaraga ega boʻlishi kerak.
250. Beton yotqizgichlar va beton tarqatgichlar tovushli signalizatsiya (elektr qoʻngʻiroqlar, sirenalar) bilan uskunalangan boʻlishi kerak.
251. Bunkerdagi tebratgichlar tovushdan himoyalanish gʻiloflar (kojuxlar) bilan yopilgan boʻlishi kerak.
252. Beton yotqizgichlar va beton tarqatgichlarni avtomatik toʻxtatish uchun rels yoʻli oxiri tirgaklar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
6-§. Titratuvchi uskunalar
253. Titratuvchi uskunalar tovushdan himoyalanish moslamalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
254. Titratuvchi maydonchalari ishlab chiqarish xonalari poydevoridan tebranish darajasini soʻndirish moslamalari (prujinali, rezinali, pnevmatik va shunga oʻxshashlar) bilan himoyalangan boʻlishi kerak.
255. Titratuvchi maydonchalarida qoliplarni gorizontal siljishini istisno etuvchi chegaralagichlar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
256. Quyidagilar taqiqlanadi:
ishlab turgan titratuvchi maydonchasi yoki unga oʻrnatilgan qolipga xizmat qilayotgan xodimni, ularni ustiga chiqib turishi;
osilgan holatdagi titratgich yuklarini, ularni mahkamlamasdan tozalash.
7-§. Kassetali qurilmalar
257. Kassetali qurilmalarning oʻz-oʻzidan ulanishi ehtimolini hamda kasseta devorlari orasida ishlovchilarning boʻlishi vaqtida harakatini istisno etish uchun siljitish uzatmalarida blokirovka moslamalari boʻlishi kerak.
258. Xizmat qilish uchun maydonchalar mustaqil poydevorga oʻrnatilgan va kassetalar, qoliplarni boʻshatish mashinalari ramalari tebranishdan himoyalangan hamda metall panjaralar bilan toʻsilgan boʻlishi kerak.
Maydon toʻshamalari va zina pogʻonalari taram-taram poʻlatdan tayyorlangan boʻlishi kerak.
259. Kassetalar boʻlmalaridagi issiqlik ishchi bosim muhiti texnik pasportda koʻrsatilgandan oshmasligi kerak.
260. Quvurlarni (bugʻ oʻtkazuvchilar va kondensat oʻtkazuvchilar) ulash va taʼmirlash ularni magistraldan oʻchirgandan keyin va kondensatni va bugʻlarni butunlay chiqarib yuborilgandan keyin bajariladi.
261. Qoliplarni boʻshatish joylariga, ushbu uchastkalarda transport bilan tashiladigan yuklarni ilib koʻtarish chizmalari va yuklarni kranlar bilan xavfsiz koʻchirishga masʼul shaxslarni familiyasi va ismi koʻrsatilgan plakatlar osilgan boʻlishi kerak.
262. Kasseta qurilmalarini boshqarish pulti, kasseta qurilmalarini asosiy harakatlanuvchi boʻgʻinlarini operator koʻradigan joyga joylanishini taʼminlash lozim.
Kasseta qurilmalari tovushli va yorugʻlik signalizatsiyasi (elektr qoʻngʻiroqlar, elektr lampalar va shunga oʻxshashlar) bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
263. Qoʻlda ajratadigan listlar va issiqlik boʻlmalarini moylaganda va tozalaganda ishchi pastda boʻlishi kerak.
264. Kassetali qurilmalarda va moylangan qoliplash sath ustlarida payvandlash ishlarini olib borish taqiqlanadi.
265. Kassetalarni boʻshatish va panellarni olishda quyidagilar taqiqlanadi:
kassetalarni suriladigan qismida boʻlish;
buyumlarni buzuq koʻtarish ilgaklari bilan chiqarib olish va tashish;
osilib turgan panellardan konuslarni urib chiqazish.
8-§. Sentrifugalar
266. Sentrifugalar tovushdan himoyalangan kameralarda yoki qobiqlarda (kojuxlarda) oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
267. Kamera yopqichlariga qoliplarni tushirish uchun darchalar qopqoq bilan yopilgan boʻlishi kerak.
268. Kamera eshiklari va darcha qopqoqlari sentrifuga uzatmalari ochiq va butunlay yopilmagan holatda avtomatik ravishda toʻxtashi uchun blokirovkalangan boʻlishi kerak.
269. Sentrifuga kamerasiga kirishda GOST 12.4.026-76 1.5 talabiga muvofiq “Begonalarga kirish man qilinadi!” taqiqlovchi belgi osilgan boʻlishi kerak.
270. Sentrifugalar chiqindini yigʻish va chiqarib tashlash qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
9-§. Oʻra turidagi qotishma kameralari
271. Kameralar bugʻ chiqishini oldini olish uchun gidravlik qulf yoki kamera bilan qopqoqni zich yopilishini taʼminlovchi boshqa maxsus konstruksiya bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Gidroqulfga qum yoki qipiq sochish taqiqlanadi.
272. Kamerada ishchi bosim muhiti loyihada koʻrsatilgandan oshiq boʻlishi mumkin emas.
273. Kameralarni olib qoʻyiladigan qopqogʻi yuk koʻtarish krani bilan ilib olish uchun koʻtarish ilmogʻi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
274. Kameralarga bugʻni uzatish smena ustasi yoki sex boshligʻi ruxsati bilan bajarilishi kerak.
275. Oʻra kameralari ikki tomondan eni 1 m dan kam boʻlmagan koʻchmas metall supacha bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
276. Kameralarni buyumlar bilan yuklash va yukdan tushirish yuk koʻtaruvchi kranlar bilan bajarilishi kerak.
277. Oʻrali kameralarni ichida taʼmirlash, tozalash va boshqa ishlarni bajarish uchun eni 300 mm dan kam boʻlmagan qadami 300 mm zina (skoba)lar boʻlishi kerak.
278. Ish joyida havoni harorati 40 — 50°S issiqlik ishlov berish kameralarida taʼmirlash boʻyicha ishlar GOST 12.4.045-87 boʻyicha maxsus kiyim-kechakda va GOST 12.4.050-78 boʻyicha maxsus poyafzalda bajarilishi kerak.
279. Koʻrsatilgan haroratda uzluksiz ishlash 20 min. dan oshmasligi 10 min. dam olish tanaffusi bilan amalga oshirilishi kerak.
280. Kameralarning taʼmirlash boʻyicha ish joyida havo harorati 50ºS dan baland boʻlganda ishlash taqiqlanadi.
10-§. Kovakli, tunelli va vertikal kameralar
281. Kameralarni yon tomoni bugʻni ishlab chiqarish xonalariga tarqalishini oldini olish moslamalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
282. Kameralarga qolip vagonetkalari joyini oʻzgartirayotgan paytda kirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
283. Taʼmirlash ishlarini bajarish uchun kameralar 700 x 500 mm dan kam boʻlmagan yoki diametri 630 mm dan kam boʻlmagan tuynuklar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
284. Kameralarni tekshirish va taʼmirlash uchun lyuk qopqoqlari tirgaklangan boʻlishi kerak.
11-§. Avtoklavlardan foydalanish
285. Avtoklavlarni qurish, oʻrnatish, taʼmirlash va foydalanish “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan “Bosim ostida ishlovchi idishlarni xavfsiz ekspluatatsiya etishni tashkil etish qoidalari” talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
286. Bugʻ quvurlari va kondesatorlari “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan “Issiq suv va bugʻ quvurlaridan xavfsiz foydalanish va qurish qoidalari” talablariga mos kelishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
287. Avtoklavlarni xavfsiz ishlashini taʼminlash uchun blokirovka va signal moslamalari nazarda tutilgan boʻlishi va quyidagilar taqiqlanishi kerak:
chala yopilgan qopqoqda avtoklavga bugʻ yuborish;
avtoklavda bosim boʻlganda bayonet halqasini burash;
avtoklavda oshiqcha bosim va kondensatni yoʻqligiga ishonch hosil qilmasdan qopqoqni ochish.
288. Avtoklavning bitta elementi nosoz boʻlganda ham foydalanish qatʼiy man qilinadi.
289. Avtoklavlarga buyumli vagonetkalarni yuklash va ularni avtoklavlardan boʻshatish boʻyicha jarayonlar mexanizatsiyalashgan boʻlishi kerak.
12-§. Suv bugʻini ishlatib issiqlik bilan ishlov berish
290. Bugʻ quvurlari va armatura toʻsiqlari “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan “Issiq suv va bugʻ quvurlaridan xavfsiz foydalanish va qurish qoidalari” talablariga mos kelishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
291. Yopiq xonalar ichida joylashgan kameralar bugʻni tortish ventilyatsiyasi tizimi bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
292. Kameralar, undagi harorat muhitini nazoratlovchi asboblar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
13-§. Konstruksiya va buyumlarni sinash
293. Sinov vaqtida buyumlar va konstruksiyalarga ishlov berishga imkon berishni taʼminlash, konstruksiya va buzilish vaqtida konstruksiya va ularning qismlarini toʻsatdan yiqilish mumkinligini bartaraf etishda, tirgaklarga oʻrnatilgan konstruksiya va buyumlar tortqichlar bilan mahkamlangan boʻlishi kerak.
294. Taqsimlovchi travers, gʻaltakli va sharsimon tirgaklarni oʻrnatishda egiluvchan trosdan tortqichlar bilan mahkamlangan xavfsizlik traverslari nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
295. Sinovlarga tayyorlash va oʻtkazish vaqtida, taqsimlovchi traverslarda xavfsizlik uchun tortqichlar bilan mahkamlashga moʻljallangan montaj ilgaklari boʻlishi kerak.
296. Xavfsizlik tortqichlari sinov uzelining devoriga mahkamlangan boʻlishi kerak.
297. Sinalayotgan balkasimon konstruksiyalarni va buyumlarni qulab tushishini bartaraf etish uchun yuklovchi qurilmalar va yuklanayotgan materiallar, koʻtarib turuvchi tirgaklar va oraliq oʻrtasi yonida xavfsizlikni taʼminlovchi tirgaklar oʻrnatilishi kerak.
298. Konsol konstruksiyalarini toʻsatdan qulab tushishini bartaraf etish maqsadida, xavfsizlik tirgaklari konsol tagidagi boʻsh boʻlgan uchiga oʻrnatiladi.
299. Konstruksiyalarni sinash vaqtida xavfsiz hisoblarni olish uchun oʻlchov priborlar va moslamalar kuzatuv uchun qulay boʻlgan joyga oʻrnatilishi kerak.
300. Yuklarni ogʻishining va yiqilishini bartaraf qilish uchun tirgaklardan boshlab konstruksiya oʻrtasiga qarab yuklashni simmetrik olib borish kerak.
301. Donali yuklarni taxlamlarga joylashtirilayotganda toʻsatdan taxlamlarni qulashini oldini olish uchun joylashtirilgan yuklarning mustahkamligini nazorat qilish kerak.
302. Konstruksiya va buyumlarni sinalayotgan vaqtda ularni buzilishi va ishsiz holatida domkrat qurilmasining qattiqligini taʼminlash uchun xavfsizlik tortqichlari boʻlishi kerak.
303. Sinalayotgan konstruksiya va buyumlarning buzilishi vaqtida sinov oʻtkazishga moʻljallangan toʻkiluvchi yukli idishning qulamasligi uchun xavfsizlik tortqichi (raschalka) boʻlishi kerak.
304. Sinov oʻtkazishda toʻkiluvchan yuklardan inert, yonmaydigan materiallardan (qum, shagʻal, sheben va hokazolar) foydalanish kerak.
V. Transport va yuklash-tushirish ishlarida xavfsizlik talablari
1-§. Yuklash va tushirish ishlari
305. Yuklash-tushirish ishlari (yuk ilish, koʻtarish va tashish) “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan “Yuk koʻtaruvchi kranlarni oʻrnatish va ekspluatatsiya qilish qoidalari”ga muvofiq bajarilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
306. Yuklash-tushirish ishlari korxona buyrugʻi bilan tayinlagan masʼul shaxs nazorati ostida bajarilishi shart.
307. Zavod ichidagi va sexdagi transport vositalarini xavfsiz ekspluatatsiyasi uchun masʼul shaxslar har kuni transport vositalarini texnik holatini tekshirib ishga ruxsat etilganligi toʻgʻrisida jurnalga qayd qilishlari kerak.
308. Yuklash-tushirish maydonlari rejalashtirilgan, ishlab chiqarish chiqindilari va axlatlardan, qish paytida esa qor va muzdan tozalangan boʻlishi va qum, kul yoki shlak sepilgan boʻlishi kerak.
309. Transport vositalari harakati uchun moʻljallangan sexlarga kirish va chiqish joylarida va sexlar orasidagi texnologik oʻtish joylariga GOST 12.4.026-76 ning 2.9-bandi boʻyicha “Diqqat! Transport” ogohlantirish belgilari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
310. Zavod ichidagi va sexdagi yuklarni tashishga moʻljallangan transport vositalarda odam tashish taqiqlanadi.
311. Transport vositalariga yuklarni joylash sxemalari (elektr avto yuklagichlari, avtomobillari, temir yoʻl vagonlari, elektr aravachalari) korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
312. Yuklash va tushirish ishlari boʻyicha xavfsizlik talablari yuklarni tashish texnologik jarayonlar xaritasiga kiritilgan boʻlishi kerak.
313. Estakadada yuklash-tushirish ishlarini olib borishda, odamlarni vagonlarga kirishi uchun tirgaklar bilan toʻsilgan, oʻtish koʻprikchalari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
314. Yuk koʻtarish moslamalari (badyalar, kovshlar, greyferlar) yuk koʻtarish yoki tashish vaqtida ularni oʻz oʻzidan agʻdarilishini yoki ochilib ketishini oldini oluvchi qurilma bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
315. Yuk koʻtarish mashinalarining yuk ilgaklaridan yukni oʻz-oʻzidan chiqib ketishini oldini olish uchun, ular saqlash qulflari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
316. Yuk koʻtarish moslamalarida uning vazifasi, raqami va yuk koʻtarish qobiliyati koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
317. Konteynerlarni qoʻl bilan ilib olishda GOST 26887-86 talablariga muvofiq ishlab chiqarish ishlarida xavfsizlikni taʼminlash maqsadida havoza, maxsus narvonlar, ikki tarafga ochiladigan narvonlar ishlatilishi kerak.
318. Ballonlardagi siqilgan yoki suyultirilgan gazlarni, korxona hududida maxsus aravalarda tashishga ruxsat etiladi.
319. Kislorod va atsetilen ballonlari transport vositalariga uch yarusdan koʻp boʻlmagan va bortdan baland boʻlmagan stellajlar ustiga qistirmalari bilan ballonlar uchun yogʻoch bruslari koʻrinishida maxsus kesilgan teshikchalar, arqon yoki rezina halqalarining qalinligi kamida 25 mm (har bir ballonga ikkitadan halqa) boʻlgan holda joylashtirilishi kerak. Transportlash vaqtida hamma ballonlarning ventillari bir tomonga qaratib yotqizilgan boʻlishi kerak.
320. Ballonlarni maxsus konteynerlarda, vertikal holatda, orasida qistirmalar (prokladka) qoʻyilgan holda, yiqilishidan himoyalovchi toʻsiqlar bilan tashish ruxsat etiladi.
321. Yumalovchi yuklarni ortib-tushirish ishlari, mexanik usulda avto-elektr yuk tashish bilan bajarilishi kerak.
322. Ish hududida (zonasida) havoning ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun changiydigan yuklarni (sement, gips, soʻndirilgan ohak va shunga oʻxshashlar) ortish-tushirish ishlari mexanik usulda (pnevmatik vintli, tizillatib otadigan nasoslar, pnevmatik koʻtargich, shnekalar) bajarilishi kerak.
2-§. Temir yoʻl transporti
323. Maydonlarda va shoxobcha yoʻllarida yuklash-yuk tushirish ishlari GOST 12.3.009-76, GOST 12.3.020-80, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK tasdiqlagan “Temir yoʻl transportida yuklash-yuk tushirish ishlarida xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari” talablariga muvofiq bajarilishi kerak.
324. Vagonlarni kirishi uchun traplar GOST 26887-86 talabiga mos kelishi va yuk koʻtargich mexanizmlar (telfer, tallar bilan va shunga oʻxshashlar) yordamida oʻrnatilishi va tushirilishi lozim.
325. Estakadalardan yuklash-yuk tushirish ishlarini bajarganda kishilarni yarim vagonlarga yoki platformalarga kirishi uchun GOST 12.2.013.0-91 talabiga muvofiq moslamalar qoʻllanishi lozim.
3-§. Avtomobillar va avtoyuklagichlar
326. Avtomobil transportidan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Avtomobil transporti korxonalari uchun xavfsizlik texnikasi qoidalari” hamda “Yoʻl harakati qoidalari” talablariga mos kelishi kerak.
327. Korxonalar ichida va sexlararo transport vositasi sifatida foydalaniladigan avtomobillar, avtoyuklagichlar, elektr va avtokarlar sozlangan tormozlar, ovozli signal, yoritish asboblari va qurilmalari bilan uskunalangan boʻlishi kerak.
328. Sanab oʻtilgan transport vositalari haydovchilari tegishli transport turini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomaga ega boʻlishi kerak.
329. Avtomobil kuzovida tashiladigan donali yuklar siljimaydigan va sochilmaydigan qilib joylashtirilishi va mahkamlanishi kerak.
330. Uzun oʻlchovli yuklar uchun moʻljallangan tirkamalar aylanma moslamalar (turniketlar) bilan uskunalangan boʻlishi kerak. Tirkamalarni poli balandligi avtomobil kuzovi poli bilan bir sathda boʻlishi kerak.
331. Agʻdarma avtomobillardan yuk tushirish uchun estakadalar balandligi 0,4 m dan kam boʻlmagan otboy bruslari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
332. Kranlar yoki ekskavatorlar bilan avtomobillardan yuk tushirganda yoki avtomobillarga yuklanganda haydovchi avtomobil kabinasida boʻlmasligi kerak.
333. Korxona ichida tashiladigan yuklar yoʻl sathidan 3,8 m dan oshiqroq baland boʻlmasligi, eni 2,5 m dan oshiqroq, avtomobil oʻlchamidan turtib chiqqan orqa nuqtasi 2 m dan oshiqroq boʻlmasligi kerak. Avtomobil oʻlchamidan chiqib turadigan yuklar tashilganda eni va uzunasi boʻyicha chetki va oxirgi yuklar nuqtasi kunduzi signal bayroqchalari yetarli darajada koʻrish imkoni boʻlmaganda old tomonidan oq va orqa tomonidan qizil rangli chiroqlar bilan belgilangan boʻlishi kerak.
334. Agʻdarma avtomobillarni koʻtarilgan kuzovlari tozalash qirgʻichlar yoki uzaytirilgan dastali bellar bilan bajariladi.
335. Doimo ichki sex yuk tashishlar uchun qoʻllaniladigan avtomobillar va avtoyuklagichlardan chiqadigan gazlarni taʼsirini yoʻqotish uskunalari boʻlishi kerak.
4-§. Elektr aravachalar va elektr yuklagichlar
336. Elektr aravachalar va elektr yuklagichlarda foydalanish “Isteʼmolchi elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari” (2006-yil 18-avgust, roʻyxat raqami 1614) talablariga mos kelishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
337. Elektr aravachalarni xonalarga va ochiq omborlarga kirishi va chiqishi tovushli signallar bilan kuzatilib borishi lozim.
338. Elektr aravachalarni yurish gʻildiraklari relslardan 10 — 12 mm balandlikda yaxlit metall gʻilof (kojux) bilan yopilgan boʻlishi kerak.
339. Haydovchi yuklash va yuk tushirish paytida elektr aravachada boʻlishi taqiqlanadi.
340. Oʻzi yurar aravachalarni relsli izlari berk tirgaklar bilan toʻsilgan boʻlishi kerak. Elektr aravachalarni avtomatik toʻxtatishi uchun tirgaklar oldida oxirgi oʻchirgichlar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
341. Elektr aravachalar yoʻlini strelkasi aravachalarni yoʻl harakatida strelkani beixtiyor surib qoʻyilishini istisno etuvchi qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
342. Ayrili ilmoqli elektr yuklagichlardan foydalanilganda temirbeton va beton buyumlari hamda boshqa yuklar ayrilarni yuk tagiga erkin kirish va chiqishi uchun tagliklar va qistirmalar ustiga yotqizilishini taʼminlashi kerak.
343. Elektr yuklagichlar yukni balandligi 2 m dan oshiqroq boʻlganda haydovchini ish joyi usti metall toʻsiqlar bilan uskunalangan boʻlishi kerak.
VI. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
344. Yigʻma temirbeton va beton konstruksiyalar va buyumlar ishlab chiqarish korxonalarni (sexlarni) loyihalashtirishda, qurishda (montaj qilishda) mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
345. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
346. Ishlab chiqarish bilan bogʻliq holda xodimlarni salomatligiga yetkazilgan zararlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 24-son, 280-modda; 2010-y., 44-45-son, 403-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2019-y., 10/19/1967-2/3776-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 17.06.2023-y., 10/23/1967-3/0390-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 04.07.2024-y., 10/24/1967-4/0466-son; 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)