Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA (VAZIRLAR MAHKAMASINING “DAVLAT MULKINI IJARAGA BERISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2009-YIL 8-APRELDAGI 102-SON QARORI)
Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarorining 8-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 5-iyun,
153-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-iyundagi 153-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori 5-bandining beshinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 51-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“budjet tashkiloti balansida boʻlgan davlat mulkini ijaraga berishdan qonun hujjatlariga muvofiq olingan mablagʻlarning bir qismi”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2000-yil 23-oktabrdagi 411-son qarori 5-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 24-son, 270-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)