Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 15-maydagi PQ-1112-son qarori)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 15-maydagi PQ-1112-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining uy-joy fondini davlat yoʻli bilan hisobga olish toʻgʻrisida” 2000-yil 20-yanvardagi 18-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 5-modda) 1-bandining beshinchi xatboshi hamda qarorga 4-ilova;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 18-maydagi 127-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 5-son, 26-modda);
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2007-yil 1-martdagi 43-son qaroriga ilova 3-bandining uchinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 2-3-son, 13-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda nazarda tutilgan turar joylarni noturar joylar toifasiga oʻtkazishga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibining amal qilishi 2009-yil 1-iyundan boshlab tadbirkorlik subyekti boʻlmagan yuridik va jismoniy shaxslarga tatbiq etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 5-iyun,
152-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-iyundagi 152-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalariga quyidagi mazmundagi 9 — 11-bandlar qoʻshilsin:
“9. Tadbirkorlik subyektlarini tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalarida yuridik shaxslarni va yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun — eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida;
10. Tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat soliq xizmati organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun — eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida;
11. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan kredit uyushmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun — eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida davlat ekologik ekspertizasi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2001-yil 31-dekabrdagi 491-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 11-12-son, 65-modda):
a) Oʻzbekiston Respublikasida davlat ekologik ekspertizasi toʻgʻrisidagi Nizomda:
ikkinchi—toʻrtinchi xatboshidagi “70”, “50” va “25” raqamlari tegishli ravishda “50”, “30” va “15” raqamlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida” soʻzlari “eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “texnika, texnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi qoʻshilsin:
“Texnika, texnologiyalar, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar loyihalarining davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilganligi uchun haq eng kam oylik ish haqining 30 baravari miqdorida belgilanadi”;
oʻninchi va oʻn birinchi xatboshi oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
ilovaning “Davlat ekologik ekspertizasi oʻtkazilganligi uchun haq toʻlash tartibi” ustunida:
4, 7 va 10-bandlardagi “70”, “50”, “25” va “3” raqamlari tegishli ravishda “50”, “30”, “15” va “1” raqamlari bilan almashtirilsin;
6-banddagi “70” raqami “30” raqami bilan almashtirilsin;
b) Davlat ekologik ekspertizasi amalga oshiriladigan faoliyat turlari roʻyxatida:
Atrof muhitga taʼsir koʻrsatishning I toifasiga kiradigan (oʻta xavfli) faoliyat turlarida:
3-banddagi “va II” soʻzlari chiqarib tashlansin;
20-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“20. Toʻgʻonlar”;
39-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“39. Farmatsevtika zavodlari va fabrikalari (tayyor dorivor vositalarni qadoqlash korxonalari bundan mustasno)”;
Atrof muhitga taʼsir koʻrsatishning II toifasiga kiradigan (oʻrtacha darajada xavfli) faoliyat turlarining 1—48-bandlari quyidagi mazmundagi 1 — 47-bandlar bilan almashtirilsin:
“1. Viloyat ahamiyatiga ega boʻlgan avtomobil yoʻllari.
2. Aerodromlar.
3. II toifadagi neft va neft mahsulotlari bazalari.
4. Neft va gaz quduqlari qazish.
5. Viloyat ahamiyatga ega boʻlgan yer osti suvlarini olish inshootlari.
6. Respublika va viloyatlararo ahamiyatga ega boʻlgan suv oʻtkazgichlar.
7. Hajmi 200 mln kub metrgacha boʻlgan suv omborlari.
8. Quvvati 30 MVt va undan kam boʻlgan gidroelektrstansiyalar.
9. Shahar maishiy chiqindi poligonlari (100 mingdan 200 ming kishigacha istiqomat qiladigan aholi punktlari uchun).
10. Yillik ish unumi 1 mln tonnagacha boʻlgan kon-boyitish fabrikalari.
11. Temir yoʻl depolari.
12. Yiliga 2 mln kub metrgacha rudani va kondan olinadigan kimyoviy xomashyoni qazib chiqarish hamda qazib chiqarishda vujudga kelgan karyerlarni rekultivatsiya qilish.
13. Yiliga 30 ming kub metrdan ortiq umumiy tarqalgan foydali qazilmalarni qazib chiqarish va qayta ishlash.
14. Idoraviy ahamiyatga ega boʻlgan temir yoʻllar.
15. Sutkalik ish unumi 50 mingdan 280 ming kub metrgacha boʻlgan kanalizatsiya tozalash inshootlari.
16. Oziq-ovqat mahsulotlari va biologik qoʻshimchalar ishlab chiqarish komplekslari.
17. Biotexnologiyalardan foydalanuvchi, shu jumladan pillani qayta ishlovchi korxonalar.
18. Viloyat ahamiyatga ega boʻlgan elektr uzatish liniyalari.
19. Lub sanoati.
20. Suv oʻtkazish quvvati sekundiga 50 kub metrdan ortiq boʻlgan magistral kanallar, daryolar va loyiha boʻyicha hisoblangan quvvati sekundiga 20 kub metrdan ortiq boʻlgan kollektorlar.
21. Mebel kombinatlari va fabrikalari.
22. Un tortish kombinatlari.
23. Chiqindilarni qayta ishlash zavodlari.
24. Viloyat ahamiyatga ega boʻlgan neft va gaz quvurlari.
25. 100 gektardan ortiq yangi yerlarni oʻzlashtirish.
26. Dambalar.
27. Alkogolli ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalar.
28. Charmni boʻyash va loklash korxonalari.
29. Yiliga 300 tonnadan ortiq gazmol va qogʻozni lok bilan kimyoviy toʻyintirish korxonalari.
30. Xavfliligi III klassga mansub chiqindilarni qayta ishlash korxonalari.
31. Qurilish industriyasi korxonalari, asbest va sement ishlab chiqarishlar bunga kirmaydi.
32. Qogʻoz va karton ishlab chiqarish.
33. Yogʻoch-qipiq va yogʻoch-tola plitalar ishlab chiqarish.
34. Shisha tola ishlab chiqarish.
35. Inert gazlar ishlab chiqarish.
36. Pardoz-andoz preparatlari ishlab chiqarish.
37. Boʻyoqlar, shu jumladan lok-boʻyoq ishlab chiqarish korxonalari.
38. Polimer buyumlar va sintetik materiallar, shu jumladan yuvish va tozalash moddalari ishlab chiqarish.
39. Elektrotexnika asbob-uskunalari ishlab chiqarish.
40. Boʻyash va oqartirish sexlari boʻlgan yigiruv va toʻquv fabrikalari.
41. Parrandachilik fabrikalari.
42. Foydali qazilmalarni qidirib topish va razvedka qilish.
43. Radiotexnika va elektron sanoati.
44. Eskidan sugʻorib kelingan 1000 gektardan koʻproq yerlarni rekonstruksiya qilish va meliorativ holatini yaxshilash.
45. Viloyat ahamiyatga ega boʻlgan zaharli kimyoviy moddalar, shu jumladan oʻgʻitlar omborxonalari.
46. Issiqlik quvvati 100 MVtdan 300 MVtgacha boʻlgan issiqlik elektr stansiyalari va boshqa yondirish qurilmalari.
47. Paxtani qayta ishlash sanoati”;
Atrof muhitga taʼsir koʻrsatishning III toifasiga kiradigan (past darajada xavfli) faoliyat turlarining 1—62-bandlari quyidagi mazmundagi 1 — 53-bandlar bilan almashtirilsin:
“1. Mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan avtomobil yoʻllari.
2. Avtoparklar.
3. Avtomobilga yonilgʻi va gaz quyish stansiyalari.
4. III toifadagi neft va neft mahsulotlari bazalari.
5. Viloyat ahamiyatiga ega boʻlgan yer osti suvlari chiqarish inshootlari.
6. Viloyat va tuman ahamiyatiga ega boʻlgan suv oʻtkazgichlar.
7. Shaharcha ahamiyatiga ega boʻlgan gaz quvurlari.
8. Yiliga 30 ming kub metrdan kam umumiy tarqalgan foydali qazilmalarni qazib chiqarish va qayta ishlash.
9. Chorvachilik komplekslari.
10. Hayvonotchilik xoʻjaliklari.
11. Sutkalik ish unumi 50 ming kub metrdan kam boʻlgan kanalizatsiya tozalash inshootlari.
12. Gilam fabrikalari.
13. Alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish va qadoqlash.
14. Xom gʻisht ishlab chiqarish va ularni yer usti xumdonlarida pishirish.
15. Teriga ishlov berish.
16. Har sekundda 50 kub metrdan kam suv oʻtkazadigan magistral kanallar va har sekundda loyiha boʻyicha hisoblangan quvvati 20 kub metrdan kam boʻlgan kollektorlar.
17. Goʻsht sanoati (soʻyish va qayta ishlash).
18. Korxona va tashkilotlarning neft omborxonalari.
19. 100 gektargacha yangi yerlarni oʻzlashtirish.
20. Aholisi 100 ming kishidan kam boʻlgan aholi punktlari uchun maishiy chiqindilar poligonlari.
21. Junni qayta ishlash korxonalari.
22. Xavflilik darajasi IV klassga mansub chiqindilarni qayta ishlash korxonalari.
23. Paxta tolasini qayta ishlash korxonalari.
24. Sutni qayta ishlash korxonalari.
25. Yillik ish unumi 300 tonnadan kam boʻlgan gazmol va qogʻozni lok bilan kimyoviy toʻyintirish korxonalari.
26. Qurilishda foydalaniladigan pardozlash materiallari ishlab chiqarish.
27. Poyabzal ishlab chiqarish.
28. Omixta yem ishlab chiqarish.
29. Sovun ishlab chiqarish.
30. Shishadan tarkibida zaharli moddalar boʻlmagan buyumlar ishlab chiqarish.
31. Chinni buyumlar ishlab chiqarish.
32. Boʻyash va oqartirish sexlari boʻlmagan yigiruv va toʻquv fabrikalari.
33. Parrandachilik fermalari.
34. Tayyor dorivor vositalarni qadoqlash korxonalari.
35. 100 gektardan 1000 gektargacha maydonda sugʻoriladigan yerlarni rekonstruksiya qilish va meliorativ jihatdan yaxshilash.
36. Dvigatel va mashinalarni taʼmirlash, shuningdek ularni boʻyash.
37. Maydoni 30 gektardan ortiq boʻlgan baliq urchitish havzalari va baliqni qayta ishlash.
38. 50 tadan ortiq savdo oʻrniga ega boʻlgan bozorlar.
39. Elektr asbob-uskunalarini yigʻish va taʼmirlash, metallga ishlov berish.
40. Choʻchqachilik fermalari.
41. Sel suvini toʻplash omborlari.
42. Tuman ahamiyatiga ega boʻlgan zaharli kimyoviy moddalar, shu jumladan oʻgʻitlar omborlari.
43. Huquqni muhofaza qilish organlarining maxsus obyektlari.
44. Bosmaxonalar.
45. 100 megavattdan kam quvvatga ega boʻlgan issiqlik elektr stansiyalari va boshqa yondirish qurilmalari.
46. Tramvay-trolleybus deposi.
47. Paxta tayyorlash punktlari.
48. Xloratorlar.
49. Non kombinatlari.
50. Kimyoviy tozalash korxonalari.
51. 50 tonnadan ortiq sigʻimli sovutgich qurilmalari.
52. Kalsiy karbidi ishlab chiqarish sexlari.
53. Choy qadoqlash fabrikalari”;
Atrof muhitga taʼsir koʻrsatishning IV toifasiga kiradigan (mahalliy taʼsir koʻrsatish) faoliyat turlarining 1—30-bandlari quyidagi mazmundagi 1—32-bandlar bilan almashtirilsin:
“1. Avtoservis punktlari.
2. Umumiy ravishda foydalaniladigan hammom va saunalar.
3. Ichki xoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgan suvoʻtkazgichlar va suv xoʻjaligi tarmoqlari.
4. Veterinariya shifoxonalari.
5. Rezino-texnika buyumlarini tiklash, vulkanizatsiya va avtomobillarni juzʼiy taʼmirlash.
6. Maydoni 30 gektargacha boʻlgan baliq urchitish havzalari, baliqni qayta ishlash bunga kirmaydi.
7. Korxonalar va tashkilotlarga qarashli hamda umumiy ravishda foydalaniladigan garajlar va avtomobil toʻxtash joylari.
8. Qabristonlar.
9. Don omborlari.
10. Gilam toʻqish sexlari.
11. Tikish ishlab chiqarishi.
12. Mebel ishlab chiqarish va taʼmirlash.
13. Paxta titish korxonalari.
14. Kichik tegirmonlar.
15. Avtomobillarni yuvish.
16. Toshga ishlov berish.
17. Bugʻ qozoni va tozalash inshootlariga ega boʻlmagan rekreatsiya va uy-joy-xoʻjalik obyektlari, shuningdek ijtimoiy-madaniy-maishiy obyektlar.
18. Xoʻjalik ichidagi yerlarni oʻzlashtirish.
19. Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash maydonchalari.
20. Zargarlik buyumlari ishlab chiqarish.
21. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va konservalash.
22. Umumiy ovqatlanish korxonalari.
23. Pillani qabul qilib olish va saqlash punktlari.
24. 50 tadan kam savdo oʻrniga ega boʻlgan bozorlar.
25. Eskidan sugʻorib kelingan 100 gektardan kam erni rekonstruksiya qilish va meliorativ jihatdan yaxshilash.
26. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash omborlari.
27. Xoʻjaliklar ichida suv xoʻjaligi tizimlarini qurish.
28. Teplitsa va parniklar, shaxsiy yordamchi xoʻjaliklardan tashqari.
29. Novvoyxonalar, non-bulka va makaron mahsulotlari ishlab chiqarish.
30. Ohak ishlab chiqarish sexlari.
31. Qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish.
32. Qoramol, yilqi va qoʻy fermalari”.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 10-bandda:
“turar joy binolarini noturar joy toifasiga oʻtkazishni rasmiylashtirish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Tadbirkorlik subyekti boʻlmagan va obyektlardan tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish niyatida boʻlmagan shaxslar tomonidan turar joy binolarini noturar joy toifasiga oʻtkazish mazkur Nizomga muvofiq Inspeksiyalar orqali amalga oshiriladi”;
b) 28-banddagi ikkinchi—toʻrtinchi xatboshi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
“Roʻyxatdan oʻtkazish Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalarining roʻyxatdan oʻtkazish ofislari (keyingi oʻrinlarda “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining hududiy xizmatlari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi”;
beshinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
v) 31-banddagi “arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi arxitektura va qurilish davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 37-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“37. Arxitektura-rejalashtirish (I va II qismlardan iborat boʻlgan) topshirigʻini ishlab chiqish arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi tomonidan eng kam oylik ish haqining 10 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdordagi toʻlov asosida amalga oshiriladi (turar joy binolarini noturar joy toifasiga oʻtkazish bundan mustasno).
Qishloq joylarda joylashgan tadbirkorlik subyektlari uchun arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish qiymati eng kam oylik ish haqining 5 baravaridan ortiq boʻlmagan summada belgilanadi.
Aniq tariflar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda obyektning murakkablik toifasiga qarab belgilanadi”;
d) 39-banddagi “ruxsat” soʻzi “asos” soʻzi bilan almashtirilsin;
e) 40-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“40. Obyektni qayta ixtisoslashtirish yoki rekonstruksiya qilish uchun ariza beruvchi Inspeksiyaga ushbu Nizomga 1 yoki 1a-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza beradi. Arizaga mavjud obyektning loyiha hujjatlari yoki kadastr hujjatlari nusxalari ilova qilinadi. Inspeksiya shu kunning oʻzida tegishli buyurtmani va mavjud obyektning taqdim etilgan hujjatlarini tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasiga (boʻlimiga) yuboradi”;
j) 42 va 43-bandlardagi “tuman (shahar) koʻchmas mulk kadastri xizmatida” soʻzlari “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining hududiy xizmatida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) 46—49-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“46. Turar joy noturar joy toifasiga u uy-joyning pastki qavatida joylashgan boʻlsa oʻtkazilishi mumkin.
Quyidagi hollarda turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi:
turar joy maqsadli kommunal turar joy fondida boʻlsa;
alohida kirish yoʻlagi qilish imkoniyati boʻlmasa;
turar joy avariya holatida boʻlsa yoki noturar joy toifasiga oʻtkazish uchun yaroqsiz boʻlsa;
turar joy yuzasidan sud muhokamasi ketayotgan boʻlsa — nizo sud tartibida hal boʻlmagungacha.
Arxitekturaviy, tarixiy va madaniy yodgorlik boʻlgan uylardagi turar joylarni noturar joy toifasiga oʻtkazish arxitektura, tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish organlarining roziligi bilan amalga oshiriladi.
47. Turar joylarni (yoki ularning bir qismini) noturar joylar toifasiga oʻtkazish uchun ariza beruvchi Inspeksiyaga ushbu Nizomga 1 yoki 1a-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza bilan murojaat qiladi.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
ariza beruvchining mavjud binoga mulkiy huquqini yoki boshqa ashyoviy huquqini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tegishli hududiy xizmati tomonidan tayyorlangan bino tarxi;
binoga birgalikda egalik qiluvchilar va oila voyaga yetgan aʼzolarining turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga notarial tasdiqlangan yozma ravishdagi roziligi;
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining roziligi;
agar turar joy arxitekturaviy, tarixiy va madaniy yodgorlik boʻlgan uylarda joylashgan boʻlsa — yodgorliklarni muhofaza qilish organlarining roziligi.
48. Inspeksiya bir kun muddatda hujjatlarni “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tegishli hududiy xizmati bilan kelishib oladi va ularni koʻrib chiqish uchun tuman (shahar) hokimligiga beradi, hokimlik ikki kun muddatda Inspeksiyaga tuman (shahar) hokimining tegishli qarorini beradi.
Quyidagi hollarda turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish rad etilishi mumkin:
ushbu Nizomning 46-bandida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha;
ushbu Nizomning 47-bandi talablariga rioya qilinmagan taqdirda.
Oʻtkazishning rad etilishi yuzasidan ariza beruvchi tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Turar joylarni noturar joylar toifasiga oʻtkazganlik uchun toʻlov undirilmaydi.
Hokimning turar joyni (yoki uning bir qismini) noturar joy toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi Inspeksiya tomonidan taqdim etilgan qarori asosida “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tegishli hududiy xizmati tomonidan 1 kun mobaynida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish amalga oshiriladi va tegishli guvohnoma beriladi.
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tegishli hududiy xizmati tomonidan roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun yuridik shaxslardan eng kam oylik ish haqining 50 foizi, jismoniy shaxslardan esa — 10 foizi miqdorida toʻlov undiriladi.
49. Ariza beruvchi tomonidan bino parametrlarini oʻzgartirish xohishi bildirilgan taqdirda Inspeksiya tuman (shahar) hokimining turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori olingan kunda mazkur Nizomda belgilangan tartibda tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasiga (boʻlimiga) muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish yuzasidan tegishli buyurtmanoma beradi. Keyingi tartib-qoidalardan oʻtish mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish yuzasidan ishlab chiqilgan arxitektura-rejalashtirish topshirigʻining qiymati eng kam oylik ish haqining 2 baravaridan ortiq boʻlmasligi kerak.
Noturar joyni qaytadan turar joy toifasiga oʻtkazish mulkdorning arizasiga koʻra hokimning qarori bilan amalga oshiriladi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
ariza beruvchining noturar joy binoga mulkiy huquqini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
binoning tuman (shahar) koʻchmas mulk davlat kadastri xizmati tomonidan tayyorlangan tarxi.
Hokimning noturar joyni turar joy toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori ariza qabul qilingan kundan boshlab uch kun muddatda qabul qilinadi.
Hokimning noturar joyni turar joy toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori nusxasi bino mulkdori tomonidan 1 ish kuni mobaynida “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tegishli hududiy xizmatiga, soliq organlariga va kommunal xizmatlarga taqdim etiladi”;
i) 55-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshidagi “koʻchmas mulk kadastri xizmati” soʻzlari “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tegishli hududiy xizmati” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
k) 57-bandning oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Hisob raqami ochganlik uchun toʻlov miqdori eng kam oylik ish haqining yarmidan, qishloq joylardagi tadbirkorlik subyektlari uchun — eng kam oylik ish haqining 0,1 baravaridan ortiq boʻlmasligi kerak”;
l) 61-bandning ikkinchi xatboshidagi “eng kam oylik ish haqining 10 baravaridan” soʻzlari “eng kam oylik ish haqining 3 baravaridan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
m) 65-bandning ikkinchi xatboshidagi “eng kam oylik ish haqining besh baravaridan” soʻzlari “eng kam oylik ish haqining uch baravaridan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
n) 70-banddagi “tuman (shahar) koʻchmas mulk kadastri xizmatlari” soʻzlari “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tegishli hududiy xizmati” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
Oldingi tahrirga qarang.
(“o” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(“p” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(“r” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 12-avgustdagi 387-son qarorining 4-bandidagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 8-son, 80-modda) “5” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-sentabrdagi 413-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 9-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va import operatsiyalari subyektlarining hisobga olish kartalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 3-bandidagi “besh baravari” soʻzlari “ikki baravari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 24-son, 269-modda; 2011-y., 31-son, 327-modda; 2017-y., 7-son, 89-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 09/18/949/2214-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)