Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 15-maydagi PQ-1112-son qarori)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 15-maydagi PQ-1112-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining uy-joy fondini davlat yoʻli bilan hisobga olish toʻgʻrisida” 2000-yil 20-yanvardagi 18-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 5-modda) 1-bandining beshinchi xatboshi hamda qarorga 4-ilova;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 18-maydagi 127-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 5-son, 26-modda);
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2007-yil 1-martdagi 43-son qaroriga ilova 3-bandining uchinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 2-3-son, 13-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda)
4. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 5-iyun,
152-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-iyundagi 152-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalariga quyidagi mazmundagi 9 — 11-bandlar qoʻshilsin:
“9. Tadbirkorlik subyektlarini tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalarida yuridik shaxslarni va yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun — eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida;
10. Tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat soliq xizmati organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun — eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida;
11. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan kredit uyushmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun — eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida davlat ekologik ekspertizasi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2001-yil 31-dekabrdagi 491-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 11-12-son, 65-modda):
a) Oʻzbekiston Respublikasida davlat ekologik ekspertizasi toʻgʻrisidagi Nizomda:
ikkinchi—toʻrtinchi xatboshidagi “70”, “50” va “25” raqamlari tegishli ravishda “50”, “30” va “15” raqamlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida” soʻzlari “eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “texnika, texnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi qoʻshilsin:
“Texnika, texnologiyalar, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar loyihalarining davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilganligi uchun haq eng kam oylik ish haqining 30 baravari miqdorida belgilanadi”;
oʻninchi va oʻn birinchi xatboshi oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
ilovaning “Davlat ekologik ekspertizasi oʻtkazilganligi uchun haq toʻlash tartibi” ustunida:
4, 7 va 10-bandlardagi “70”, “50”, “25” va “3” raqamlari tegishli ravishda “50”, “30”, “15” va “1” raqamlari bilan almashtirilsin;
6-banddagi “70” raqami “30” raqami bilan almashtirilsin;
b) Davlat ekologik ekspertizasi amalga oshiriladigan faoliyat turlari roʻyxatida:
Atrof muhitga taʼsir koʻrsatishning I toifasiga kiradigan (oʻta xavfli) faoliyat turlarida:
3-banddagi “va II” soʻzlari chiqarib tashlansin;
20-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“20. Toʻgʻonlar”;
39-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“39. Farmatsevtika zavodlari va fabrikalari (tayyor dorivor vositalarni qadoqlash korxonalari bundan mustasno)”;
Atrof muhitga taʼsir koʻrsatishning II toifasiga kiradigan (oʻrtacha darajada xavfli) faoliyat turlarining 1—48-bandlari quyidagi mazmundagi 1 — 47-bandlar bilan almashtirilsin:
“1. Viloyat ahamiyatiga ega boʻlgan avtomobil yoʻllari.
2. Aerodromlar.
3. II toifadagi neft va neft mahsulotlari bazalari.
4. Neft va gaz quduqlari qazish.
5. Viloyat ahamiyatga ega boʻlgan yer osti suvlarini olish inshootlari.
6. Respublika va viloyatlararo ahamiyatga ega boʻlgan suv oʻtkazgichlar.
7. Hajmi 200 mln kub metrgacha boʻlgan suv omborlari.
8. Quvvati 30 MVt va undan kam boʻlgan gidroelektrstansiyalar.
9. Shahar maishiy chiqindi poligonlari (100 mingdan 200 ming kishigacha istiqomat qiladigan aholi punktlari uchun).
10. Yillik ish unumi 1 mln tonnagacha boʻlgan kon-boyitish fabrikalari.
11. Temir yoʻl depolari.
12. Yiliga 2 mln kub metrgacha rudani va kondan olinadigan kimyoviy xomashyoni qazib chiqarish hamda qazib chiqarishda vujudga kelgan karyerlarni rekultivatsiya qilish.
13. Yiliga 30 ming kub metrdan ortiq umumiy tarqalgan foydali qazilmalarni qazib chiqarish va qayta ishlash.
14. Idoraviy ahamiyatga ega boʻlgan temir yoʻllar.
15. Sutkalik ish unumi 50 mingdan 280 ming kub metrgacha boʻlgan kanalizatsiya tozalash inshootlari.
16. Oziq-ovqat mahsulotlari va biologik qoʻshimchalar ishlab chiqarish komplekslari.
17. Biotexnologiyalardan foydalanuvchi, shu jumladan pillani qayta ishlovchi korxonalar.
18. Viloyat ahamiyatga ega boʻlgan elektr uzatish liniyalari.
19. Lub sanoati.
20. Suv oʻtkazish quvvati sekundiga 50 kub metrdan ortiq boʻlgan magistral kanallar, daryolar va loyiha boʻyicha hisoblangan quvvati sekundiga 20 kub metrdan ortiq boʻlgan kollektorlar.
21. Mebel kombinatlari va fabrikalari.
22. Un tortish kombinatlari.
23. Chiqindilarni qayta ishlash zavodlari.
24. Viloyat ahamiyatga ega boʻlgan neft va gaz quvurlari.
25. 100 gektardan ortiq yangi yerlarni oʻzlashtirish.
26. Dambalar.
27. Alkogolli ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalar.
28. Charmni boʻyash va loklash korxonalari.
29. Yiliga 300 tonnadan ortiq gazmol va qogʻozni lok bilan kimyoviy toʻyintirish korxonalari.
30. Xavfliligi III klassga mansub chiqindilarni qayta ishlash korxonalari.
31. Qurilish industriyasi korxonalari, asbest va sement ishlab chiqarishlar bunga kirmaydi.
32. Qogʻoz va karton ishlab chiqarish.
33. Yogʻoch-qipiq va yogʻoch-tola plitalar ishlab chiqarish.
34. Shisha tola ishlab chiqarish.
35. Inert gazlar ishlab chiqarish.
36. Pardoz-andoz preparatlari ishlab chiqarish.
37. Boʻyoqlar, shu jumladan lok-boʻyoq ishlab chiqarish korxonalari.
38. Polimer buyumlar va sintetik materiallar, shu jumladan yuvish va tozalash moddalari ishlab chiqarish.
39. Elektrotexnika asbob-uskunalari ishlab chiqarish.
40. Boʻyash va oqartirish sexlari boʻlgan yigiruv va toʻquv fabrikalari.
41. Parrandachilik fabrikalari.
42. Foydali qazilmalarni qidirib topish va razvedka qilish.
43. Radiotexnika va elektron sanoati.
44. Eskidan sugʻorib kelingan 1000 gektardan koʻproq yerlarni rekonstruksiya qilish va meliorativ holatini yaxshilash.
45. Viloyat ahamiyatga ega boʻlgan zaharli kimyoviy moddalar, shu jumladan oʻgʻitlar omborxonalari.
46. Issiqlik quvvati 100 MVtdan 300 MVtgacha boʻlgan issiqlik elektr stansiyalari va boshqa yondirish qurilmalari.
47. Paxtani qayta ishlash sanoati”;
Atrof muhitga taʼsir koʻrsatishning III toifasiga kiradigan (past darajada xavfli) faoliyat turlarining 1—62-bandlari quyidagi mazmundagi 1 — 53-bandlar bilan almashtirilsin:
“1. Mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan avtomobil yoʻllari.
2. Avtoparklar.
3. Avtomobilga yonilgʻi va gaz quyish stansiyalari.
4. III toifadagi neft va neft mahsulotlari bazalari.
5. Viloyat ahamiyatiga ega boʻlgan yer osti suvlari chiqarish inshootlari.
6. Viloyat va tuman ahamiyatiga ega boʻlgan suv oʻtkazgichlar.
7. Shaharcha ahamiyatiga ega boʻlgan gaz quvurlari.
8. Yiliga 30 ming kub metrdan kam umumiy tarqalgan foydali qazilmalarni qazib chiqarish va qayta ishlash.
9. Chorvachilik komplekslari.
10. Hayvonotchilik xoʻjaliklari.
11. Sutkalik ish unumi 50 ming kub metrdan kam boʻlgan kanalizatsiya tozalash inshootlari.
12. Gilam fabrikalari.
13. Alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish va qadoqlash.
14. Xom gʻisht ishlab chiqarish va ularni yer usti xumdonlarida pishirish.
15. Teriga ishlov berish.
16. Har sekundda 50 kub metrdan kam suv oʻtkazadigan magistral kanallar va har sekundda loyiha boʻyicha hisoblangan quvvati 20 kub metrdan kam boʻlgan kollektorlar.
17. Goʻsht sanoati (soʻyish va qayta ishlash).
18. Korxona va tashkilotlarning neft omborxonalari.
19. 100 gektargacha yangi yerlarni oʻzlashtirish.
20. Aholisi 100 ming kishidan kam boʻlgan aholi punktlari uchun maishiy chiqindilar poligonlari.
21. Junni qayta ishlash korxonalari.
22. Xavflilik darajasi IV klassga mansub chiqindilarni qayta ishlash korxonalari.
23. Paxta tolasini qayta ishlash korxonalari.
24. Sutni qayta ishlash korxonalari.
25. Yillik ish unumi 300 tonnadan kam boʻlgan gazmol va qogʻozni lok bilan kimyoviy toʻyintirish korxonalari.
26. Qurilishda foydalaniladigan pardozlash materiallari ishlab chiqarish.
27. Poyabzal ishlab chiqarish.
28. Omixta yem ishlab chiqarish.
29. Sovun ishlab chiqarish.
30. Shishadan tarkibida zaharli moddalar boʻlmagan buyumlar ishlab chiqarish.
31. Chinni buyumlar ishlab chiqarish.
32. Boʻyash va oqartirish sexlari boʻlmagan yigiruv va toʻquv fabrikalari.
33. Parrandachilik fermalari.
34. Tayyor dorivor vositalarni qadoqlash korxonalari.
35. 100 gektardan 1000 gektargacha maydonda sugʻoriladigan yerlarni rekonstruksiya qilish va meliorativ jihatdan yaxshilash.
36. Dvigatel va mashinalarni taʼmirlash, shuningdek ularni boʻyash.
37. Maydoni 30 gektardan ortiq boʻlgan baliq urchitish havzalari va baliqni qayta ishlash.
38. 50 tadan ortiq savdo oʻrniga ega boʻlgan bozorlar.
39. Elektr asbob-uskunalarini yigʻish va taʼmirlash, metallga ishlov berish.
40. Choʻchqachilik fermalari.
41. Sel suvini toʻplash omborlari.
42. Tuman ahamiyatiga ega boʻlgan zaharli kimyoviy moddalar, shu jumladan oʻgʻitlar omborlari.
43. Huquqni muhofaza qilish organlarining maxsus obyektlari.
44. Bosmaxonalar.
45. 100 megavattdan kam quvvatga ega boʻlgan issiqlik elektr stansiyalari va boshqa yondirish qurilmalari.
46. Tramvay-trolleybus deposi.
47. Paxta tayyorlash punktlari.
48. Xloratorlar.
49. Non kombinatlari.
50. Kimyoviy tozalash korxonalari.
51. 50 tonnadan ortiq sigʻimli sovutgich qurilmalari.
52. Kalsiy karbidi ishlab chiqarish sexlari.
53. Choy qadoqlash fabrikalari”;
Atrof muhitga taʼsir koʻrsatishning IV toifasiga kiradigan (mahalliy taʼsir koʻrsatish) faoliyat turlarining 1—30-bandlari quyidagi mazmundagi 1—32-bandlar bilan almashtirilsin:
“1. Avtoservis punktlari.
2. Umumiy ravishda foydalaniladigan hammom va saunalar.
3. Ichki xoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgan suvoʻtkazgichlar va suv xoʻjaligi tarmoqlari.
4. Veterinariya shifoxonalari.
5. Rezino-texnika buyumlarini tiklash, vulkanizatsiya va avtomobillarni juzʼiy taʼmirlash.
6. Maydoni 30 gektargacha boʻlgan baliq urchitish havzalari, baliqni qayta ishlash bunga kirmaydi.
7. Korxonalar va tashkilotlarga qarashli hamda umumiy ravishda foydalaniladigan garajlar va avtomobil toʻxtash joylari.
8. Qabristonlar.
9. Don omborlari.
10. Gilam toʻqish sexlari.
11. Tikish ishlab chiqarishi.
12. Mebel ishlab chiqarish va taʼmirlash.
13. Paxta titish korxonalari.
14. Kichik tegirmonlar.
15. Avtomobillarni yuvish.
16. Toshga ishlov berish.
17. Bugʻ qozoni va tozalash inshootlariga ega boʻlmagan rekreatsiya va uy-joy-xoʻjalik obyektlari, shuningdek ijtimoiy-madaniy-maishiy obyektlar.
18. Xoʻjalik ichidagi yerlarni oʻzlashtirish.
19. Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash maydonchalari.
20. Zargarlik buyumlari ishlab chiqarish.
21. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va konservalash.
22. Umumiy ovqatlanish korxonalari.
23. Pillani qabul qilib olish va saqlash punktlari.
24. 50 tadan kam savdo oʻrniga ega boʻlgan bozorlar.
25. Eskidan sugʻorib kelingan 100 gektardan kam erni rekonstruksiya qilish va meliorativ jihatdan yaxshilash.
26. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash omborlari.
27. Xoʻjaliklar ichida suv xoʻjaligi tizimlarini qurish.
28. Teplitsa va parniklar, shaxsiy yordamchi xoʻjaliklardan tashqari.
29. Novvoyxonalar, non-bulka va makaron mahsulotlari ishlab chiqarish.
30. Ohak ishlab chiqarish sexlari.
31. Qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish.
32. Qoramol, yilqi va qoʻy fermalari”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 24-son, 269-modda; 2011-y., 31-son, 327-modda; 2017-y., 7-son, 89-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 09/18/949/2214-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)