Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.03.2025 05.06.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1963
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.03.2025
Hujjat 02.09.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM MUASSASALARI BITIRUVCHILARINING YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 12-martdagi 86-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1963-4, 25.03.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 26-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 469-sonli qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisida”gi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng 2009-yil 2-sentabrdan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 1996-yil 26-apreldagi 106-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisida”gi vaqtinchalik nizom (1996-yil 2-may, roʻyxat raqami 242) mazkur buyruq kuchga kirgandan soʻng oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 22-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
160-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2009-yil 22-maydagi 160-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oliy taʼlimning Davlat taʼlim standartiga muvofiq oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari oʻquv jarayoni jadvaliga muvofiq oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yakuniy davlat attestatsiyasi oliy taʼlim muassasasidagi har bir taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi) boʻyicha tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitiruvchining bilim, malaka va koʻnikma darajasining davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiq kelishini kompleks baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari boʻyicha bitiruvchilarga bakalavr (magistr) akademik darajasini berish masalasini hal qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya faoliyati natijalarini tahlil qilish va ular asosida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlashni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari oʻz faoliyatlarini mazkur Nizom hamda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasi va taʼlim mazmuniga qoʻyilgan Davlat taʼlim standartlari talablarini bajarishga yoʻnaltirilgan boshqa hujjatlarga tayangan holda olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yakuniy davlat attestatsiyasi quyidagi koʻrinishdagi bir yoki bir necha attestatsiya sinovlaridan iborat:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim fan boʻyicha yakuniy attestatsiya sinovi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi) boʻyicha fanlararo yakuniy attestatsiya sinovi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ayrim fan boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi sinovi mazkur fanning muvofiq davlat taʼlim standartida belgilangan zaruriy mazmunidan kelib chiqqan holda oʻquv dasturida nazarda tutilgan materiallarni talaba tomonidan oʻzlashtirilganlik darajasini aniqlashga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi) boʻyicha fanlararo yakuniy attestatsiya sinovi ayrim fanlar mazmuniga qoʻyiladigan talablar bilan bir qatorda, talaba tayyorgarligining mazkur yoʻnalish (mutaxassislik) boʻyicha davlat taʼlim standartida bitiruvchiga nisbatan nazarda tutilgan umumiy talablarga ham javob bera olish darajasini aniqlashga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yakuniy davlat attestatsiyasiga albatta bitiruv malakaviy ishning (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi kiritiladi. Ayrim yoʻnalishlar uchun bu tartibga istisno kiritish faqat Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari oʻquv jarayoni jadvalida koʻrsatilgan muddatlarda oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tayanch oliy taʼlim muassasalari tomonidan, turdosh yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari yetakchi professor-oʻqituvchilarini jalb etgan holda, yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarining dasturlari va bitiruv malakaviy ishni (magistrlik dissertatsiyasini) baholash tartiblari ishlab chiqiladi va tayanch oliy taʼlim muassasasi Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi hamda tegishli oliy taʼlim muassasalariga belgilangan tartibda yetkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari raisligiga nomzodlar oliy taʼlim muassasalari tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilib, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi raislari oliy taʼlim muassasasining idoraviy mansubligidan qatʼiy nazar, ushbu taʼlim muassasasida ishlamayotgan olimlar, ishlab chiqarishning yetakchi mutaxassislaridan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan bir yil (kalendar yil) muddatga tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir kishi ketma-ket bir oliy taʼlim muassasasida tegishli yoʻnalish (mutaxassislik) boʻyicha ikki martadan ortiq yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasining raisi boʻlishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oliy taʼlim muassasasida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan raislar rahbarligida taʼlim muassasasi rektori buyrugʻi bilan ayrim fanlar boʻyicha yakuniy attestatsiya sinovlari, taʼlim yoʻnalishi (mutaxassislik) boʻyicha fanlararo yakuniy attestatsiya sinovlari va bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasini oʻtkazish boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari tarkibi shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari tarkibi mutaxassis tayyorlovchi oliy taʼlim muassasasining ilmiy-pedagogik kadrlari (attestatsiya komissiyasi umumiy tarkibining 50 foizigacha), shuningdek mazkur soha kadrlarining isteʼmolchilari boʻlgan korxona, tashkilot va muassasalarning yuqori malakali mutaxassislari, turdosh oliy taʼlim muassasalarining yetakchi professor-oʻqituvchi va ilmiy xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimidagi tegishli soha olimlaridan iborat boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tarkibi kamida 5 nafar professor-oʻqituvchi va mutaxassislardan shakllantiriladi. Yakuniy davlat attestatsiyasida vasiylik kengashi, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari va ota-onalar vakillari jamoatchilik asosida kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yakuniy attestatsiya sinovlari boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalarining tarkibi oliy taʼlim muassasasi rektori tomonidan bitiruv semestri boshlanishidan bir oy oldin tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaruriyat boʻlganda attestatsiya sinovlarining biri boʻyicha bir nechta yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi vakillari ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarining davlat attestatsiyasidan oʻtmagan yoʻnalish va mutaxassisliklari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi Davlat test markazi vakillari ishtirokida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari boshlanishidan oldin yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi raislari bilan oliy taʼlim muassasasi rektori shaxsan yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalarining tayyorgarlik darajasi, komissiya raislari va aʼzolarining vazifalari, bitiruvchilarga qoʻyilayotgan talablar, tartib-intizom toʻgʻrisida seminar-kengash oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari yozma yoki ogʻzaki usulda tashkil etiladi va ushbu tartib oliy taʼlim muassasasi Ilmiy kengashi qarori asosida taʼlim muassasasi rektori tomonidan belgilanadi hamda yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishidan olti oy ilgari talabalar eʼtiboriga yetkaziladi. Talabalar dasturlar bilan taʼminlanadilar, ularga tayyorgarlik koʻrish va maslahatlar berish uchun zarur sharoitlar yaratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi) boʻyicha fanlararo yakuniy attestatsiya sinovlariga va bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasiga tegishli taʼlim dasturlarini toʻliq tugatgan va oʻquv rejasida nazarda tutilgan barcha sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan talabalar qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari tegishli taʼlim dasturlarini toʻliq oʻzlashtirgandan keyin yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtishlari majburiydir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari va bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi yakuniy davlat attestatsiya komissiyalarining ochiq majlislarida, aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan holda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy davlat attestatsiyasiga kiritilgan barcha turdagi attestatsiya sinovlari boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichi talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimiga muvofiq aniqlanadi hamda yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasining majlis bayoni belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan soʻng shu kunning oʻzida eʼlon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari natijalari asosida ularga taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi) boʻyicha bakalavr (magistr) darajasi berish haqida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy davlat attestatsiya komissiyalarining qarorlari ochiq ovoz berish yoʻli bilan, majlisda ishtirok etuvchilarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan holda, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oliy taʼlim muassasasi bitiruvchisi yakuniy davlat attestatsiyasi tarkibiga kiritilgan attestatsiya sinovlarining barcha turlaridan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng unga muvofiq daraja va oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻquv dasturlarini oʻzlashtirishda katta yutuqlarga erishgan va oʻquv rejasidagi barcha fanlarning kamida 3/4 qismi boʻyicha 86 ball va undan yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga erishgan, (boshqa fanlar boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichi 71 balldan kam boʻlmagan), shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarining har biri boʻyicha kamida 86 ball oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga ega boʻlgan bakalavriat bitiruvchisiga “imtiyozli” diplom beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlaridan (yoki attestatsiya sinovlari turlaridan biri boʻyicha) oʻtolmagan talaba uch yil ichida yakuniy davlat attestatsiyasiga (oʻtolmagan attestatsiya sinovlarining har bir turi boʻyicha bir marta) qaytadan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatli harbiy xizmatda boʻlish va 3 yoshga toʻlmagan bola parvarishi boʻyicha taʼtil, koʻrsatilgan 3 yillik muddatga kirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovidan ikkinchi marta ham oʻta olmagan talabalar masalasi ularning arizasiga muvofiq Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlaridan (yoki attestatsiya sinovlari turlaridan biri boʻyicha) qayta oʻta olmagan talabaga akademik maʼlumotnoma beriladi va u oʻrnatilgan tartibda, toʻlov-kontrakt asosida tegishli kursga oʻqish uchun qayta tiklanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ayrim fan (yoki fanlararo sinovlar) boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi sinovidagi qoniqarsiz koʻrsatkich (55 balldan kam) talabani boshqa fanlar (yoki fanlararo sinovlar) boʻyicha attestatsiya sinovlaridan oʻtish huquqidan mahrum etmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Uzrli sabab bilan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlariga kelmagan talabalar rektorning buyrugʻi bilan yakuniy davlat attestatsiya komissiyasining ishi yakunlanishiga qadar boshqa muddatlarda oʻtkaziladigan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlariga kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarida olgan bahosiga eʼtiroz bildirgan bitiruvchilarning arizalarini koʻrib chiqish uchun rektor buyrugʻi bilan apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonida qoʻyilgan bahodan norozi boʻlgan bitiruvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi baholari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch kun muddat ichida apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Apellyatsiya komissiyasi oʻz xulosasini bitiruvchiga bir kun muddat ichida maʼlum qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasining ishi boʻyicha yillik hisobot oliy taʼlim muassasasi Ilmiy kengashida koʻrib chiqiladi. Mazkur Ilmiy kengashga yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari raislari taklif qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasining hisoboti yakuniy attestatsiya sinovlari tugaganidan soʻng bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan tegishli vazirlik, idoralarga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Mazkur Nizomda belgilangan qoidalar boʻyicha nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ushbu Nizom Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK, Davlat soliq qoʻmitasi, Badiiy akademiya, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 21-aprel
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK raisi A. RAMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 21-aprel
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 21-aprel
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy akademiya raisi T. QOʻZIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 21-aprel
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy kon-metallurgiya kombinati Bosh direktori Q. SANAQULOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 21-aprel
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vaziri Gʻ. SHOUMAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 21-aprel
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 21-aprel