LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi qorako‘lchiligi, qo‘ychiligi, uyur yilqichiligi va tuyachiligida band bo‘lgan xodimlarning g‘oyat og‘ir mehnat sharoitini, noqulay ob-havo va iqlim sharoitida uzoq muddat bo‘lishlarini hisobga olib hamda ularni ijtimoiy jihatdan himoya qilishni ta’minlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)
3. 1992-yildan boshlab qorako‘lchilik va qo‘ychilik xo‘jaliklari xodimlarining ish haqiga qo‘shimcha koeffitsiyent mehnat sharoitidagi suvsiz olislik va boshqa tabiiy-iqlimiy xususiyatlar hisobga olinib joriy qilinsin. Mehnat vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar taqdim etsin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari ijroiya komitetlari, kolxozlar, sovxozlar va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalari:
— respublikaning yaylov chorvachiligida, qorako‘lchilik va qo‘ychilik xo‘jaliklaridagi kamida 5 yil uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga qishloq aholi manzilgohlaridagi davlat uy-joy fondining ular yashab turgan uylari yoki kvartiralarini shaxsiy mulk qilib bepul bersinlar;
— yaylov chorvachiligi xodimlariga sovxozlar va kolxozlarning iqtisodiy rag‘batlantirish jamg‘armalari mablag‘laridan hovli imoratlari bo‘lgan joylar qurish uchun bepul qarz berib, binokorlik materiallarini xarid qilishda ko‘maklashsinlar;
— yosh cho‘ponlarning oilalariga shaxsiy yordamchi xo‘jalikni tashkil etish uchun imtiyozli shartlarda sigirlar yoki otlar (tuyalar), qo‘ylar berib, ularni yem-xashak bilan ta’minlashda yordam ko‘rsatsinlar;
— tarmoqda kamida 5 yil uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga yengil avtomobillar, mototsikllar, xolodilniklar, televizorlar, kir yuvish mashinalari hamda boshqa g‘oyat xaridorgir madaniy-maishiy va xo‘jalik mollarini birinchi galda sotib olish huquqini bersinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligining ishtirokida 1992—1995-yillarda Samarqand, Buxoro, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida cho‘ponlar va ularning oilalarini sog‘lomlashtirish uchun sanatoriy-profilaktoriylar ochsin.
6. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashiga respublika qorako‘lchilik va qo‘ychilik xo‘jaliklarining cho‘ponlari hamda boshqa xodimlariga sanatoriylar va dam olish uylariga qo‘shimcha ravishda yo‘llanmalar ajratishni ko‘zda tutish tavsiya etilsin.
7. Tarmoqning alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirish uchun “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qorako‘lchi” faxriy unvonini ta’sis etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qorako‘lchi” faxriy unvoni va ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi muhokamasiga taqdim etsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 10 kun muddat ichida qorako‘lchilik va qo‘ychilik xodimlari toifalari ro‘yxatini, borib ishlash ushbu Farmonda belgilangan imtiyozlarga ega bo‘lish huquqini beradigan rayonlar va xo‘jaliklarning ro‘yxatlarini tasdiqlasin.