Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 19.05.2009 yildagi 140-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TRANSYOʼLQURILISN” DAVLAT KOMPANIYASINING SAMARALI FAOLIYAT KOʻRSATIShINI TAʼMINLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Mintaqaviy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 28-fevraldagi PQ-804-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi “TRANSYOʼLQURILISN” davlat kompaniyasining muassisi hisoblanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TRANSYOʼLQURILISN” davlat kompaniyasining ustavi 2008-yil 19-sentabrda “Mintaqaviy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi – Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TRANSYOʼLQURILISN” davlat kompaniyasi 2008-yil 24-sentabrda Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani hokimligi tomonidan yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi kengashi tomonidan “Oʻzyoʻlmashservis” yoʻl-taʼmirlash korxonasi balansida turgan va “TRANSYOʼLQURILISN” davlat kompaniyasiga uning ustav fondini shakllantirish hisobiga belgilangan tartibda beriladigan davlat mol-mulki roʻyxati belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi kengashi tomonidan belgilangan roʻyxatga kiritilgan davlat mol-mulkini ikki hafta muddatda baholasin hamda uni belgilangan tartibda “TRANSYOʼLQURILISN” davlat kompaniyasining ustav fondiga bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, “Mintaqaviy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash loyiha davrida Vazirlar Mahkamasi nomidan “TRANSYOʼLQURILISN” davlat kompaniyasining muassisi funksiyasini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M.Xanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 19-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
140-son