14.12.2007 yildagi 19-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 14.12.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UMUMIY YURISDIKSIYA SUDLARIDA KADRLAR BILAN ISHLASH HOLATI VA SUDYALAR TOMONIDAN SUDYALIK QASAMYODIGA RIOYA ETILISHI MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonun sudyalarning huquqiy maqomini belgilaydi va ularga nisbatan odil sudlovni amalga oshirishda fuqarolar va tashkilotlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini, shuningdek davlat va jamoat manfaatlarini himoya qilish kabi davlat hokimiyati vakolatlari berilgan yuqori martaba egasi sifatida alohida talablar qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalar tomonidan oʻz professional vazifalarning halol va vijdonan bajarilishi, ularning qaror qabul qilish chogʻida mustaqilligi buzilgan huquqlar samarali himoya qilinishini kafolatlaydi, jamiyatda adolat tamoyillariga, sudning xolis va mustaqilligiga nisbatan boʻlgan ishonchni mustahkamlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu oʻrinda umumiy yurisdiksiya sudlarida tashkiliy-kadrlar ishini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, sudyalar tomonidan sudyalik qasamyodiga rioya qilinishini taʼminlash alohida ahamiyat kasb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalik lavozimiga kirishning mavjud tizimi sudyalar tomonidan eng yuqori sud instansiyasi boʻlmish Oliy sud Plenumi majlisida Davlat bayrogʻi oldida sudyalik qasamyodini qabul qilishni nazarda tutadi
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, sud hokimiyati mustaqilligini yanada kuchaytirish, kadrlar bilan ishlashda demokratik asoslarni mustahkamlash, sudyalar korpusi barqarorligini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan sudyalarning malaka hayʼatlari xalqaro huquqning sud hokimiyatini mustaqilligi haqidagi umumeʼtirof etgan norma va prinsiplarga mosdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunga binoan tashkil etilgan sudyalar malaka hayʼatlari sudyalar zaxirasini shakllantirish, ular bilan nazariy va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish, sudyalik lavozimlariga tavsiya etish uchun eng yaxshi nomzodlarni tanlash, sudyalarni malaka va davriy attestatsiyadan oʻtkazish, sudyalarning intizomiy javobgarligi bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish yuzasidan muayyan faoliyatni amalga oshirmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Statistik maʼlumotlar tahlili shuni koʻrsatadiki, 2001-yildan 2006-yilgacha va 2007-yilning 9 oyigacha boʻlgan davr oraligʻida sudyalar malaka hayʼatlari tomonidan sudyalikka nomzodlik zaxirasiga kiritish toʻgʻrisida, jami boʻlib, 3417 ta ariza qabul qilingan va koʻrib chiqilgan, ulardan malaka imtihoni topshirgan. 3305 shaxs zaxiraga olingan, 112 shaxsga nisbatan zaxiraga olish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu davrda sudyalar malaka hayʼatlarining qaroriga muvofiq sudyalik lavozimlaridagi vakansiyalarni toʻldirish yuzasidan oʻtkazilgan tanlovda ishtirok etishni xohlagan shaxslar orasidan 2828 nafari mazkur lavozimlarga loyiq deb topilgan va ularga nisbatan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga yuborilgan. Sudyalikka tavsiya etilgan shaxslardan 1000 nafar nomzod keyinchalik mazkur lavozimlarga tayinlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan bir qatorda statistik maʼlumotlar shuni koʻrsatadiki, umumiy yurisdiksiya sudlarining tashkiliy-kadrlar sohasidagi ishida odil sudlov tizimi samaradorligiga salbiy taʼsir etuvchi jiddiy kamchilik va nuqsonlar mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunonchi, 2001—2007-yillar mobaynida 210 nafar sudya egallab turgan lavozimidan ozod etilgan boʻlib, bu sudyalar korpusi umumiy sonining qariyb toʻrtdan birini tashkil etadi. Shu jumladan, 130 nafari oʻz arizasiga koʻra, 28 nafari sudyalik qasamyodini buzganligi uchun, 25 nafar sudya jinoiy javobgarlikka tortilganligi uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlayotgan sudyalarning ularga qoʻyilgan shaxsiy, maʼnaviy va kasbiy jihatdan talablarga muvofiqligi darajasi oʻta pastligicha qolmoqda. Chunonchi, qayd etilgan davrda yangi sudyalik muddatiga tavsiya etilgan 521 nafar nomzoddan faqat 269 (51,6%) nafari lavozimlarga tayinlangan. 214 (41,1%) nafar nomzodlarning hujjatlari ularga berilgan tavsifnomalar salbiyligi sababli qaytarilgan, sudyalik lavozimida ishlayotgan 23 (4,4%) nafar sudya tavsiya etilgan sudyalik lavozimiga noloyiq deb topilgan yoki zaxirada qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buning natijasida, hozirgi vaqtda amaldagi sudyalar korpusining 45,4 foizini (320 nafar sudya) ish staji besh yildan ortiq boʻlmagan, ilk bor ushbu lavozimga tayinlangan shaxslardan tashkil topgan boʻlib, bunda sudyalik lavozimida 15 yildan ortiq ishlagan shaxslar faqat 11,6 foizni (82 nafar sudya) tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001—2007-yillar davomida oʻtgan vaqt ichida xizmat faoliyatida yoʻl qoʻygan xato va kamchiliklari uchun 554 sudyaga yoki sudyalar korpusining yarmidan koʻprogʻiga nisbatan intizomiy ish qoʻzgʻatilgani tashvishli holdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, sudyalar hatti-harakati ustidan berilgan shikoyatlar soni yuqoriligicha qolmoqda. Tahlil etilayotgan davr ichida sudyalar malaka hayʼatlariga sudyalar hatti-harakati ustidan 4802 ta shikoyat kelib tushgan boʻlib, ulardan 3122 tasi protsessual qonun talablari, 233 tasi sud etikasi buzilganligi, 274 tasi xizmat mavqeyi suiisteʼmol qilinganligi toʻgʻrisidadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilgan salbiy holatlar kelib chiqishiga sudyalar tomonidan oʻz yuksak maqomi va yuklatilgan masʼuliyat yetarli darajada his etilmayotganligi, huquqiy saviyasi hamda ijtimoiy-siyosiy xabardorligi darajasini oshirish borasida olib borilayotgan ish susaytirib yuborilganligi, oʻz shaxsiy manfaatlarini odil sudlov manfaatidan yuqori qoʻyilishi sabab boʻlmoqda. Sud protsessi ishtirokchilariga nisbatan hurmatsizlikka, qonunda belgilangan muddatlar buzilishiga, ishlarni koʻrish va shikoyatlarni hal qilishda sansalorlikka yoʻl qoʻyilayotganligi hollari koʻplab uchrab turibdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni taʼkidlash lozimki, bunday hol, birinchi oʻrinda viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar raislari tomonidan sudlarda ishlar yetarli tashkil etilmaganligi, sudyalar malaka hayʼatlari ishining qoniqarsiz ekanligi, sud qasamyodiga va ijro intizomiga rioya etilishi ustidan nazorat susaytirilganligi natijasida yuzaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalarning kasbiy darajasini oshirish boʻyicha ishlar yetarli olib borilmayapti, davriy malaka attestatsiyalari rasmiyatchilik uchun oʻtkazilmoqda, fuqarolar shikoyatlarini tekshirish masalasiga yengil-yelpi va yuzaki yondashilmoqda, yuqori sud instansiyalari sudyalar tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan qonunsizliklarga tegishli darajada taʼsir choralari qoʻllashmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd etilgan holatlar shunisi bilan xavfliki, ular sud-huquq sohasida olib borilayotgan islohotlarga salbiy taʼsir etib, mamlakatning butun sud tizimini obroʻsizlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan salbiy holatlarning oldini olish maqsadida Umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalari oliy malaka hayʼati tomonidan 2001—2007-yillar mobaynida 25 nafar viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar raislariga nisbatan tegishli intizomiy jazo choralari qoʻllanilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, koʻrilgan choralarga qaramay, bu sohada olib borilayotgan ishlarda jiddiy yaxshilanishiga erishilmagan. Sudyalar tomonidan sudyalik qasamyodini buzish hollari, fuqarolarning sudlar harakatlari va qarorlari ustidan asosli shikoyatlar berilishi, shuningdek amaldagi sudyalar ichida oʻz shaxsiy, maʼnaviy va kasbiy sifatlari boʻyicha salbiy xususiyatga ega boʻlganlari soni barqarorligicha qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, umumiy yurisdiksiya sudlarida kadrlar bilan ishlashni yanada yaxshilash va sudyalik qasamyodiga rioya etilishini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning umumiy yurisdiksiya sudlarida kadrlar bilan ishlash sohasida olib borgan ishlari qanoatlantirarli emas deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar raislaridan quyidagilar ustidan samarali nazorat oʻrnatish talab etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalar tomonidan sudyalik qasamyodi, sud etikasi va jamiyatda yurish-turish qoidalariga rioya etilishi, shuningdek, kasbiy vazifalarini vijdonan bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalar tomonidan odil sudlov obroʻyi, sudyalik shaʼni va qadr-qimmatini tushiruvchi yoki uning xolisligiga shubha tugʻdiruvchi harakatlar sodir etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro intizomiga, jumladan ishlarni va fuqarolar shikoyatlarini koʻrib chiqish muddatlariga qatʼiy rioya etilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar raislari amaldagi sudya kadrlarning huquqiy bilim darajasi, kasbiy tayyorgarligi va ijtimoiy-siyosiy xabardorligi yuzasidan ishlarni kuchaytirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Taʼkidlansinki, fuqarolarni qabul qilish boʻyicha ishlarning toʻgʻri tashkil etilishi aholining sud tizimiga nisbatan ishonchini mustahkamlaydi, uning obroʻsini oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan kelib chiqqan holda, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar raislaridan fuqarolarni qabul qilish boʻyicha ishlarni yaxshilash, ular ariza va shikoyatlarni belgilangan muddatlarda qonuniy hal etish talab etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarni qabul qilish grafiklariga qatʼiy amal qilinsin. Fuqarolar sudlarning texnik xodimlari tomonidan qabul qilinishi va ularga tushuntirishlar berilishi hollariga yoʻl qoʻyilmasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sudyalar malaka hayʼatlari majlislarida ishlarni koʻrish va fuqarolar shikoyatlarini hal etish muddatlarini qoʻpol tarzda buzish, sansalorlikka yoʻl qoʻyish, sud protsessi ishtirokchilarini asossiz ravishda sudga chaqirish, shuningdek sudning obroʻsiga putur yetkazuvchi boshqa harakatlar sodir etish faktlarini aybdor shaxslarning intizomiy javobgarligi masalasi bilan bogʻlagan holda albatta muhokama etish amaliyotga joriy qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sudyalar malaka hayʼatlari sudyalarning kasbiy, maʼnaviy va shaxsiy sifatlariga baho berishda prinsipial yondashsinlar, xizmat yuzasidan notoʻgʻri hatti-harakat sodir etganligi toʻgʻrisida kelib tushgan va oʻz tasdigʻini topgan shikoyatlar boʻyicha sudyalarga nisbatan murosasizlik bilan qattiq choralar qoʻllasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ishlarni apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida koʻruvchi yuqori sud instansiyalariga quyi sud instansiyalari tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan kamchilik va qonunbuzarliklarga nisbatan jiddiy munosabat bildirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar raislariga mazkur qaror talablari bajarilmasligi yoki yetarli bajarilmasligi uchun ularga nisbatan egallab turgan lavozimlaridan ozod etilishi masalasi qoʻyilishiga qadar qattiq intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi koʻrsatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sudyalar malaka hayʼatlari tegishli sudlarda kadrlar bilan ishlash holatini tubdan yaxshilashga va sudyalar tomonidan sudyalik qasamyodiga rioya etilishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan kompleks choralar qabul qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 14-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-son