1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TADBIRKORLIK FAOLIYATINI YANADA QOʻLLAB-QUVVATLASh VA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yanada rivojlanishini ragʻbatlantirishni kuchaytirish, mamlakat iqtisodiyotining barqaror faoliyat yuritishida uning rolini oshirish, yangi ish joylarini shakllantirish va aholi bandligini taʼminlash, shuningdek, xususiy tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish hamda yuritish uchun qoʻshimcha ravishda qulay shart-sharoitlar yaratish, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2009-yil 1-iyundan boshlab 1-ilovaga* muvofiq kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish boʻyicha xizmat koʻrsatish tariflarini pasaytirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda, bir oy muddatda, bino maydoni oʻlchamiga, uning necha qavatliligi, yer uchastkasi maydoni va unda obyektlar mavjudligiga qarab ishlarning har bir turi boʻyicha kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish xizmatlariga belgilangan tartibda qayd etilgan tariflarni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi hamda Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining 2009-yil 1-iyundan boshlab:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik obyektlarining arxitektura-rejalashtirish topshiriqlarini ishlab chiqish va ularning loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish qiymatini 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun boj haqini – eng kam ish haqi miqdorining 5 barobaridan 2 barobari miqdorigacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari tomonidan banklarda hisob raqamlarini ochish uchun toʻlovlarni – eng kam ish haqi miqdorining 1 barobaridan 0,5 barobari miqdorigacha, qishloq joylarda esa – eng kam ish haqining 0,1 barobari miqdorigacha pasaytirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, kichik korxona oʻz uylarida ishlayotgan (kasanachilik bilan shugʻullanayotgan) fuqarolar bilan, qonun hujjatlarida belgilangan xodimlar sonining cheklangan normatividan koʻpi bilan 30 foiz oshgan miqdorda mehnat shartnomalari tuzganda, kichik korxonalar uchun nazarda tutilgan kafolatlar, imtiyozlar va preferensiyalar mazkur korxona uchun saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi muntazam ravishda:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-son Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda davlat boshqaruvi hamda davlat hokimiyati organlari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining qonun hujjatlarida belgilangan huquqlariga rioya etilishi monitoringi olib borilishini taʼminlasin. Monitoring natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, aniq takliflar bilan birgalikda Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha Respublika muvofiqlashtirish kengashiga har chorakda kiritib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylardagi davlat boshqaruvi hamda davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlar huquqlarini poymol etayotgan qarorlarini toʻliq yoki qisman haqiqiy emas (noqonuniy) deb eʼtirof etish toʻgʻrisida, shuningdek, joylardagi davlat boshqaruvi hamda davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlar huquqlarini cheklovchi qarorlar qabul qilgan mansabdor shaxslarini javobgarlikka tortish toʻgʻrisida sudlarga daʼvo arizalari kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi hukumati qarorlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 15-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1112-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 15-maydagi PQ-1112-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 1-iyundan boshlab oʻrnatiladigan tadbirkorlik obyektlarining arxitektura-rejalashtirish topshiriqlarini ishlab chiqish va ularning loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish qiymatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChEKLANGAN MIQDORLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Ishlar va xizmatlar nomlanishi
Ishlar qiymatining cheklangan miqdorlari (bazaviy hisoblash miqdorlari)
1.
Obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun arxitektura-rejalashtirish topshiriqlarini (ART) ishlab chiqish (ART I va ART II ishlab chiqish)
10
shu jumladan qishloq joylardagi tadbirkorlik subyektlari uchun
5
2.
Turarjoylarni yashash uchun moʻljallanmagan joylar toifasiga oʻtkazish (rekonstruksiya yoki rekonstruksiyasiz ART I va ART II ishlab chiqish)
2
3.
Loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish
3
4.
Qurilish davomida nazorat-ijro tasvirga olish ishlarini oʻtkazish
3
5.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarni davlat roʻyxatiga olish.
2
6.
Ekologik ekspertiza oʻtkazish (atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishini toifalar boʻyicha):
6.1.
I toifa (yuqori darajada xavfli)
50
6.2.
II toifa (oʻrta darajada xavfli)
30
6.3.
III toifa (past darajada xavfli)
15
6.4.
IV toifa (mahalliy taʼsir koʻrsatish)
1
LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 21-son, 249-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2011-y., 22-23-son, 224-modda; 2014-y., 45-son, 544-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)