OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING
Qarori
Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar koʻtarishlari va tashishlari mumkin boʻlgan ogʻir yuk normalarining chegarasini belgilash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 12-mayda 1954-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 1-songa ilova) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 12-sentabrdagi 207-son “Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi Konvensiyani hamda Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi Konvensiyani amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 37-38-son, 377-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar koʻtarishlari va tashishlari mumkin boʻlgan ogʻir yuk normalarining chegarasini belgilash toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v. b. A. XAITOV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-aprel,
17/QQ-son
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-aprel,
8-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining 2009-yil 21-apreldagi 17/QQ, 8-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar koʻtarishlari va tashishlari mumkin boʻlgan ogʻir yuk normalarining chegarasini belgilash toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 1-songa ilova) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 12-sentabrdagi 207-son “Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi Konvensiyani hamda Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi Konvensiyani amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 37-38-son, 377-modda) muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar koʻtarishlari va tashishlari mumkin boʻlgan ogʻir yuk normalarining chegarasini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha korxonalar, tashkilotlar va muassasalar, shuningdek, ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlarida qoʻllanishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizom talablari taʼlim tizimidagi uslubiy qoʻllanmalarni ishlab chiqishda va ishlab chiqarish amaliyotida eʼtiborga olinishi lozim.
II. Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar uchun yuklarni koʻtarishlari va tashishlari uchun ruxsat etiladigan normalar
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslar ish vaqtining uchdan bir qismi yuklarni koʻtarish va tashish bilan bogʻliq ishlardan iborat boʻlganda, ular uchun yuk koʻtarish va tashish normalarining chegarasi ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq holda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarning ish vaqti faqat yuklarni qoʻlda koʻtarish va tashish bilan bogʻliq boʻlgan ishlardan iborat boʻlganda, ular uchun yuk koʻtarish va tashish normasining chegarasi 4,1 kg dan ogʻir boʻlmasligi, shuningdek ular aravacha va vagonetka yordamida yuk tashishlariga jalb etilmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻn olti yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlar ish vaqtining uchdan bir qismi yuklarni qoʻlda koʻtarish va tashish bilan bogʻliq ishlardan iborat boʻlganda, qoʻlda yuk koʻtarish va tashish normalarining chegarasi: oʻgʻil bolalar uchun — 6,5 kg, qiz bolalar uchun — 3,5 kg dan ogʻir boʻlmasligi lozim.
6. Oʻn olti yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlarning ish vaqti faqat yuklarni qoʻlda koʻtarish va tashish bilan bogʻliq ishlardan iborat boʻlganda, ular uchun yuk koʻtarish va tashish normasining chegarasi 2 kg dan ogʻir boʻlmasligi lozim.
7. Oʻn olti yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlarga aravacha va vagonetka yordamida yuk tashishlariga ruxsat etilmaydi.
III. Yakuniy qoida
Ushbu Nizom Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Toshkent sh.,
2009-yil 15-aprel
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
Toshkent sh.,
2009-yil 15-aprel
Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar koʻtarishlari va tashishlari mumkin boʻlgan ogʻir yuk normalarining chegarasini belgilash toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Ish vaqtining uchdan bir qismi yuklarni koʻtarish va tashish bilan bogʻliq ishlardan iborat boʻlganda, oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarning yuk koʻtarish va tashish normalarining chegarasi
Keyingi tahrirga qarang.
| Koʻtarish va tashish turlari | Yuk normasining chegarasi | Koʻtarish va tashish shartlari | |
| oʻgʻil bolalar uchun | qizlar uchun | ||
| Qoʻlda | 13 kg gacha | 7 kg gacha | qiyalik balandligi 0,01 dan yuqori boʻlmaganda ruxsat etiladi |
| Bir gʻildirakli aravachada | 39 kg gacha | qizlarga ruxsat etilmaydi | qiyalik balandligi 0,02 dan yuqori boʻlmagan faqat taxtali yoʻlakda harakatlanishga ruxsat etiladi |
| Ikki gʻildirakli aravachada | 47 kg gacha | qizlarga ruxsat etilmaydi | qiyalik balandligi 0,02 dan yuqori boʻlmagan tekis yoʻlda harakatlanishga ruxsat etiladi |
| qiyalik balandligi 0,01 dan yuqori boʻlmagan notekis yoʻlda va koʻpriklarda harakatlanishga ruxsat etiladi | |||
| Uch va toʻrt gʻildirakli aravachada | 67 kg gacha | 52 kg gacha | qiyalik balandligi 0,02 dan yuqori boʻlmagan tekis yoʻlda harakatlanishga ruxsat etiladi |
| Vagonetkalarda | 405 kg gacha | 224 kg gacha | qiyalik balandligi 0,01 dan yuqori boʻlmagan temir yoʻllarda harakatlanishga ruxsat etiladi |
Izoh:
1. Barcha yuk normalari yukning ogʻirligi bilan birgalikda ularni koʻtarishlari va tashishlari mumkin boʻlgan moslamalarni ham oʻz ichiga oladi.
2. Ruxsat etilgan qiyalikning balandligi deganda qiyalikning eng yuqori balandligini yoʻlning uzunligiga nisbati tushuniladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 19-20-son, 242-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2023-y., 10/23/1954-1/0147-son)