Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
SUGʻURTALOVChILAR MOLIYAVIY-XOʻJALIK FAOLIYATINING BUXGALTERIYA HISOBI SChYOTLAR REJASIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 23-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1813-1]
“Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda) va “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 68-modda) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 5-maydagi 47-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Sugʻurtalovchilar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining buxgalteriya hisobi Schyotlar rejasiga (2008-yil 22-may, roʻyxat raqami 1813 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 193-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 19-mart,
36-son
Moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Sugʻurtalovchilar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining buxgalteriya hisobi Schyotlar rejasiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 0950, 3210, 6250, 7250 va 9810 raqamli satrlarda “daromad (foyda)” soʻzlari “foyda” soʻzi bilan almashtirilsin.
2. 4410 va 9820 satrlarda “yigʻimlar” soʻzi “boshqa majburiy toʻlovlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. 9800 satrda “yigʻimlarni” soʻzi “boshqa majburiy toʻlovlarni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. 4100, 4110, 6100, 6110, 7100 va 7110 satrlarda “ajratilgan” soʻzi “alohida” soʻzi bilan almashtirilsin.
5. 4900 va 4910 satrlarda “dargumon” soʻzi “ishonchsiz” soʻzi bilan almashtirilsin.
6. 8500 va 8520 satrlarda “rezerv” soʻzi “zaxira” soʻzi bilan almashtirilsin.
7. 4330, 6011, 7011 va 8040 satrlarda “oldini olish” soʻzlari “ogohlantirish” soʻzi bilan almashtirilsin.
8. 4030 va 6330 satrlarda “sugʻurtalanuvchilardan” soʻzi “sugʻurta qildiruvchilardan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. 6030 va 7030 satrlarda “sugʻurtalanuvchilarga” soʻzi “sugʻurta qildiruvchilarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Sugʻurtalovchilar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining buxgalteriya hisobi Schyotlar rejasini qoʻllash boʻyicha Yoʻriqnomada:
a) matnidagi barcha:
“daromad (foyda)” soʻzlari “foyda” soʻzi bilan almashtirilsin;
“foyda (daromad)” soʻzlari “foyda” soʻzi bilan almashtirilsin;
“soliqlar va yigʻimlar” soʻzlari “soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“soliq va yigʻimlar” soʻzlari “soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“soliqlar va yigʻimlarni” soʻzlari “soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“ajratilgan boʻlinmalar” soʻzlari “alohida boʻlinmalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“ajratilgan boʻlinmalarga” soʻzlari “alohida boʻlinmalarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“ajratilgan boʻlinmalardan” soʻzlari “alohida boʻlinmalardan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“ajratilgan boʻlinma” soʻzlari “alohida boʻlinma” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“dargumon” soʻzi “ishonchsiz” soʻzi bilan almashtirilsin;
“rezerv kapitalini” soʻzlari “zaxira kapitalini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“rezerv kapitali” soʻzlari “zaxira kapitali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“rezerv kapitalining” soʻzlari “zaxira kapitalining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“oldini olish” soʻzlari “ogohlantirish” soʻzi bilan almashtirilsin;
“sugʻurtalanuvchi” soʻzi “sugʻurta qildiruvchi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“sugʻurtalanuvchining” soʻzi “sugʻurta qildiruvchining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“sugʻurtalanuvchiga” soʻzi “sugʻurta qildiruvchiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“sugʻurtalanuvchilarga” soʻzi “sugʻurta qildiruvchilarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“sugʻurtalanuvchilar” soʻzi “sugʻurta qildiruvchilar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“sugʻurtalanuvchilardan” soʻzi “sugʻurta qildiruvchilardan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 6-bandning “b” kichik bandida “soliq (yigʻimlar)” soʻzlari “soliqlar (boshqa majburiy toʻlovlar)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 152-bandda va 266-banddagi jadvalning 17-satrida “sugʻurtalanuvchilarning” soʻzi “sugʻurta qildiruvchilarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 211-banddagi jadvalning 11-satrida “sugʻurtalanuvchidan” soʻzi “sugʻurta qildiruvchidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 211-banddagi jadvalning 18-satrida “ajratilgan boʻlinmalari” soʻzlari “alohida boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 297-bandning ikkinchi xatboshida “sugʻurtalanuvchida” soʻzi “sugʻurta qildiruvchida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 380-banddagi jadvalning 4-satrida “rezerv kapitaliga” soʻzlari “zaxira kapitaliga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) 470-bandning birinchi xatboshida “soliqlar, yigʻimlar va budjetga boshqa ajratmalar” soʻzlari “soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y.,17-son,219-modda)